Ona tilidan test-sinov topshiriqlari 6-sinf uchun 6-sinf ona tili I chorak



Yüklə 113 Kb.
səhifə4/4
tarix02.01.2022
ölçüsü113 Kb.
#42667
1   2   3   4
6-sinf ona tili 100 ta

IV chorak
1. Zid ma 'noli so 'zlar, asosan, qaysi so 'z turkumiga oid so 'zlardan hosil

bo 'ladi?

A) ot C) ravish

B) sifat D) fe'l

2. -illa qo'shimchasi qanday hollarda -ulla tarzida aytiladi va -ulla yoziladi?

A) O'zagida u unlisi yo v undoshi bo'lgan bir bo'g'inli so'zlarga qo'shilganda

B) O'zagida u unlisi hamda v undoshi bo'lgan bir bo'g'inli so'zlarga qo'shilganda

C) o'zak oxiri lablangan unli bilan tugagan so'zlarga qo'shilganda

D) faqat o'zagida u unlisi bo'lgan so'zlarga qo'shilganda

3. Bir tup kessang, o'n tup ek. Berilgan gapda sonning qaysi ma'no turi qo'llangan?

A) dona son C) sanoq son

B) miqdor son D) chama son

4. Jamlovchi son qaysi qo'shimchalar orqali hosil bo'ladi?

A) )-ta,-ov,-inchi C) -ala, -inchi, -tadan

B) -ta , -tadan, -ov D) –ov, -ala, -ovlon

5. Ravish so'z qo'llangan qatorni belgilang.

A) Pishiqchilik faslining ilk ne'mati - marvarid tut.

B) Buvim meni doim erkalardilar, yer-u ko'kka ishonmasdilar.

C) Yengil kulgi ko'tarildi.

D) Sahnada ham, zalda ham qiy-chuv boshlangandi.

6. Qaysi qatordagi gapda holat ravishi qo'llangan?

A) «Daryo» kechuviga yetay deganimizda haydovchi mashinani

to'xtatdi.

B) Momaqaldiroq tingan, ahyon-ahyonda chaqmoq arqoni simobrang

bulutlar ichidan otilib chiqar.

C) Tashqarida shamol qo'zg'alib, deraza qanotlari tez-tez ochilib­ yopilardi.

D) Qayerdandir bolalarning shodon qichqirig'i eshitildi.

7. Nuqtalar o'rniga mos keladigan ravish so 'z tanlang. Har dovon oshganimizda Oynatog' qarshimizda yanada... bo'lib ko'rinardi.

A) yaqin C) qop-qora

B) shiddatli D) go'zal

8. O'rin ravishi qo'llangan gap qatorini belgilang.

A) Do'nglikdan shox otib ketgan tok ko'zga tashlanardi.

B) Nihoyat, uzoqdan so'qmoq ko'rindi.

C) Osmon bulut.

D) Suvni bejiz obi hayot deb atashmagan.

9. Fe'lda nechta mayl bor?

A) 5ta C) 3ta

B) 4ta D) 2ta

10. Archa hamisha ko’m-ko’k. Gapda ravishning ma’no jihatdan qaysi turi qo’llangan?

A) o’rin C) miqdor-daraja

B) holat D) payt

11. Sonlarning ma’noviy guruhlarini hosil qiluvchi qo’shimchalar vazifasiga ko’ra qanday nomlanadi?

A) lug’aviy shakl hosil qiluvchi qo’shimchalar

B) so’z yasovchi qo’shimchalar

C) sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar

D) A va C

12.Qo’shma fe’l berilgan qatorni toping .

A) kitobni o’qib C) o’qib chiqmoq

B) javob bermoq D) ketib qolmoq

13. Ravish qaysi gapda kesim vazifasini bajargan?

A) Majlisda Faridaga so’z berildi

B) Sardorning bahonasi ko’p

C) Bizning sinfimiz maktabda birinchidir

D) Dunyoda o’zbek millati bitta.

14. Turlovchi qo’shimchalar qaysi ?

A) egalik qo’shimchalari C) ko’plik qo’shimchasi

B) kelishik qo’shimchalari D) A va B

15. Yaxshidan ot qoladi. Sifat gapda qanday vazifani bajargan?

A) to’ldiruvchi C) hol

B) aniqlovchi D) ega

16. Sifatlarda qiyosiy daraja qaysi qo’shimcha orqali hosil bo’ladi?

A) –mtir C) –gina

B) –roq D) -dir

17. O’rin- joy otlari berilgan qatorni belgilang.

A) kosa, qozon C) o’tloq, gulzor

B) daraxt, bayram D) stol, stul

18. Qo’shma sifatlar berilgan qatorni belgilang

A) gulbeor, dardisar C) o’qigan bola, haydalgan yer

B) sovuqqon, kamgap D) katta-kichik, baland-past

19. Ravish ko’pincha qaysi so’z turkumiga bog’lanadi?

A) fe’l C) sifat

B) olmosh D) ot

20. Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so’z o’rtasida qo’llanib,bu narsaning o’lchovini bildiradigan so’zlar …?

A) kasr sonlar C) aralash sonlar

B) butun sonlar D) hisob so’zlar

21. Qaysi kelishik qo’shimchasi ravishlar tarkibida hozirgi kunda ajralmas holga kelib qolgan?

A) –ni C) –dan

B) –ning D) A va B

22. Bir turdagi otlarning umumiy nomini bildiruvchi otlar qanday otlar?

A) atoqli otlar C) mavhum otlar

B) turdosh otlar D) A va B

23. Tashqariga chiqib , G’ofurjon boydan ketishga izn so’radi. Ushbu gapda ravishning ma’no jihatdan qaysi turi qo’llangan?

A) o’rin C) miqdor-daraja

B) holat D) payt

24. O’zi dumaloq, to’ni ko’k, belbog’I qizil, do’ppisi oq. Ushbu topishmoqdagi sifatlarni ajrating.

A) ko’k, qizil, oq C) o’zi, ko’k, qizil, oq

B) dumaloq, ko’k, qizil, oq D) ko’k qizil

25. Sifatdosh yasovchi qo’shimcha qaysi?

A) –b (-ib) C) -di

B) –moq D) -gan








Yüklə 113 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə