Ommaviy oferta shartnomasi



Yüklə 365,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/18
tarix09.08.2023
ölçüsü365,37 Kb.
#138992
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
agrobank oferta uz

10.
 
JISMONIY SHAXSLARGA “CHAKANA.UZ” VEB SAHIFASI YOKI MOBIL 
ILOVA ORQALI ONLAYN KREDIT AJRATILGANDA KREDIT 
MABLAG‘LARINI QAYTMASLIK XATARIDAN SUG‘URTALAS

TO‘G‘RISIDA OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI
 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish 
Agentligi tomonidan _____________________-sonli litsenziya asosida faoliyat 
yurituvchi 
_______________________________ Sug‘urta kompaniyasi (keyinchalik 
Sug‘urtalovchi) nomidan jamiyat nizomiga asosan ish olib boruvchi 
___________________________ bir tomondan va quyida «Sug‘urta qildiruvchi/naf 
oluvchi» deb ataluvchi “Agrobank” Aksiyadorlik 
Tijorat Banki (bundan buyon matnda 
Bank deb yuritiladi) Ustavga asosan faoliyat ko‘rsatuvchi ikkinchi tomondan, quyida 
“Qarzdor” deb ataluvchi Jismoniy shaxs birgalikda “Tomonlar” va alohida “Tomon” 
deb ataluvchilar, ushbu kredit qaytmaslik xataridan sug‘urtalash bo‘yicha ommaviy 
oferta shartnomasini (quyida “Shartnoma” deb ataladi) quyidagilar haqida tuzdilar:
10.1 SHARTNOMA PREDMETI 
10.1.1. Sug‘urtalovchi, ushbu oferta Shartnomada ko‘rsatilgan miqdor va muddatda 
sug‘urta mukofoti to‘lanishi sharti bilan u
shbu Shartnomada nazarda tutilgan 
shartlarga muvofiq sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda Sug‘urta qildiruvchi/Naf 
oluvchiga ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan tartibda va hajmda zararlarni qoplab 
berish majburiyatini oladi. 
10.1.2. Sug‘urta obyekti bo‘lib kreditning garov yoki boshqa taʼminot bilan 
taʼminlanmagan qismini so‘ndirish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasligi oqibatida 
Sug‘urta qildiruvchining kredit shartnomasi bo‘yicha yuzaga kelgan ziyonlar bilan 
bog‘liq mulkiy manfaatlari hisoblanadi.
10.1.3. Ushbu 
Shartnoma bo‘yicha sug‘urta puli kredit shartnomasiga asosan 
ajratilgan mablag‘ miqdorini tashkil etadi. Qarzdor tomonidan ushbu shartnomaning 
amal qilish davrida kreditning asosiy qismi qisman so‘ndirilgan taqdirda, sug‘urta 


summasi shu miqdorda (asosiy 
qarzning to‘langan/so‘ndirilgan miqdorida) kamayib 
boradi. 
10.1.4. Kredit muddati: Kredit 1 (bir) yil muddatga kreditni qaytarish grafigi asosida 
so‘ndirish sharti bilan ajratiladi.
10.2. SUG‘URTA PULI, SUG‘URTA MUKOFOTI MIQDORI VA TO‘LASH TARTIBI
10.2.1. 
Ushbu Shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofoti (QQS) siz kredit shartnomasiga 
(oferta) asosan ajratilgan mablag‘ning 1,5% ni tashkil etadi.
10.2.2. Ushbu Shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofoti 5 (besh) bank ish kunida bir 
yo‘la to‘lanadi.
10.2.3. Sug‘urta mukofoti qisman to‘langan taqdirda sug‘urta javobgarligi to‘langan 
sug‘urta mukofotiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
10.2.4. Ushbu Shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotining to‘langan sanasi bo‘lib 
Sug‘urtalovchining bank hisob raqamiga kelib tushgan sana 
hisoblanadi. 
10.2.5. Sug‘urta mukofoti Sug‘urta qildiruvchi/Naf oluvchining roziligi bilan qarzdor 
tomonidan ham to‘lanishi mumkin.
10.3. SUG‘URTA POLISINI (BOSH POLIS) TAQDIM QILISH TARTIBI
10.3.1. Sug‘urtalovchining majburiyati, Sug‘urta qildiruvchi tomonidan o‘z vaqtida 
sug‘urta mukofoti to‘langan taqdirda, sug‘urta mukofoti to‘langan sanadan 
boshlanib, sug‘urta shartnomasi bo‘yicha olingan majburiyat to‘liq bajarilgunga 
qadar amal qiladi. 
10.3.2. Sug‘urta mukofoti Sug‘urtalovchining bank hisob 
raqamiga kelib tushgandan 
keyin, har oy yakunida keyingi oyning 5 sanasiga qadar sug‘urta himoyasi taqdim 
etilgan mijozlar to‘g‘risidagi ro‘yhat ilova qilingan holda Bosh polis taqdim etiladi.
10.3.3. Bosh polis yo‘qolgan taqdirda Sug‘urta polisining dublikati Sug‘urta 
qildiruvchining va/yoki Naf oluvchining yozma arizasi asosida 5 (besh) ish kuni ichida 
berilib, undan so‘ng yo‘qolgan Sug‘urta polisi haqiqiy emas hisoblanadi va u bo‘yicha 
sug‘urta hodisalari ko‘rib chiqilmaydi.
10.4. SUG‘URTA HODISASI
10.4.1. Kredit ajratish bo‘yicha ommaviy oferta shartnomasida belgilangan muddat 
(har oyda so‘ndirish muddati ) yoki shartnoma sud tomonidan muddatidan oldin 
bekor qilinganda (kredit qarzdorligini muddatidan oldin undirish belgilanganda) 
qarzdorning (kredi
t oluvchi) kredit qarzdorligini to‘lamasligi (qaytara olmasligi) 
oqibatida Sug‘urta qildiruvchi/Naf oluvchi/ning zarar ko‘rishi sug‘urta hodisasi 
hisoblanadi. 
10.4.2. Mazkur sug‘urta shartnomasi bo‘yicha quyidagilar sug‘urta hodisasi 
hisoblanadi: 


10.4.2.1 
Qarzdor tomonidan kreditning asosiy qismini to‘liq yoki qisman qaytarish 
bo‘yicha majburiyatlarini quyidagi hodisalar natijasida o‘z vaqtida bajara olmasligi 
yoki lozim darajada bajarmasligi: 

Qarzdorning kredit shartnomasi bo‘yicha zimmasiga olgan majbur
iyatlarning kredit 
shartnomasida belgilangan muddati davomida bajarilmaganligi yoki lozim darajada 
bajarilmaganligi, yaʼni kredit qarzini qaytarmasligi;

Qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi bo‘lib, sug‘urta muddati davomida qarzdorning 
vafot etishi yok
i doimiy to‘liq mehnatga umumiy layoqatini yo‘qotishi (1,2,3
-guruh 
nogironligi belgilanishi) oqibatida kredit qarzdorligini to‘lay olmasligi;

Kredit shartnomasi bo‘yicha qarzdorlik muddatidan oldin tegishli sud qaroriga 
asosan undirish belgilanishi. 
10.5
. SUG‘URTA HODISASIDAN ISTISNOLAR
10.5.1. Quyidagilar sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi va tegishlicha sug‘urta tovoni 
tarkibiga kiritilmaydi: 
Kredit shartnomasi bo‘yicha penya, foiz, jarima va sud xarajatlari sug‘urta hodisasi 
hisoblanmaydi. 
10.6. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 
10.6.1. Sug‘urta qildiruvchi/Naf oluvchining huquqlari:

Ushbu Shartnoma bo‘yicha Sug‘urtalovchidan maslahatlar olishi;

Garovga qo‘yilgan va kredit hisobiga xarid qilingan mol
-mulkni kredit 
shartnomasining amal qilish muddati 
davomida sug‘urta qildirish;

Kredit to‘liq so‘ndirilganda sug‘urta shartnomasini muddatidan avval bekor qilish 
uchun Sug‘urtalovchiga ariza bilan murojaat qilish;

Sug‘urta polisi yo‘qolgan taqdirda uning dublikatini olishi;
-
Sug‘urtalovchi va Naf oluv
chi bilan bilan kelishgan holda ushbu Shartnomaga 
o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish;
10.6.2. Sug‘urta qildiruvchi/Naf oluvchining majburiyatlari:

Kredit shartnomasi shartlarining ehtimoliy o‘zgarishlari bo‘yicha, shu jumladan 
kredit 
majburiyati bo‘yicha shaxslarning o‘zgarishi yuzasidan Sug‘urtalovchiga 
maʼlumotlarni taqdim etishi;

Sug‘urtalovchi talab qilishi mumkin bo‘lgan hujjatlar, yaʼni zararlar sabablari va 
miqdoriga taalluqli, yetarli dalillarni taqdim etishi; 

Sug‘urtalovchiga subrogatsiya va regress tartibida o‘tgan talab qilish huquqini 
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etish



Yuridik manzil va bank rekvizitlari o‘zgargan taqdirda bu haqda o‘zgarish sanasidan 
boshlab 10 kalendar kunidan kechiktirmay xabar qilishi; 

Ushbu shartnoma amalda bo‘lgan muddatda Sug‘urtalovchidan olingan axborotni 
sir saqlashi, Sug‘urta qildiruvchi va/yoki Qarzdor O‘zbekiston Respublikasining 
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat idoralariga axborot taqdim etishi shart 
bo‘
lgan holatlar bundan mustasno. 
10.6.3. 
Sug‘urtalovchining huquqlari:

Sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan muddat mobaynida Sug‘urta qildiruvchi /naf 
oluvchi/ bilan birgalikda Qarzdor xo‘jalik faoliyatining haqiqiy holatini o‘rganishi va 
Kredit shartnomasida moliyalashtirishi nazarda tutilgan bitimlarga taaluqli 
maʼlumotlarni talab qilishi;
10.6.4. Sug‘urtalovchining majburiyatlari:

Ushbu Shartnomada belgilangan muddatda Sug‘urta polisini berishi;

Sug‘urta qildiruvchiga ushbu Shartnoma bo‘yicha 
maslahat va tushuntirishlar 
berishi hamda ushbu shartnoma shartlari bilan tanishtirishi; 

Revolver shaklidagi kredit mablag‘lari bo‘yicha Qarzdor tomonidan oylik kredit 
mablag‘i to‘lovlari so‘ndirilmaganda sug‘urta hodisasi tan olingandan keyin, ushbu 
Sha
rtnomada kelishilgan miqdor va muddatda sug‘urta tovoni to‘lovini amalga 
oshirishi; 

Ushbu Shartnoma amalda bo‘lgan muddatda Sug‘urta kildiruvchi va/yoki Naf 
oluvchidan olingan axborotni sir saqlashi, Sug‘urta qildiruvchi va/yoki Naf oluvchi 
O‘zbekiston 
Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat idoralariga 
axborot taqdim etishi shart bo‘lgan yoki ushbu shartnoma bo‘yicha axborotni oshkor 
qilishga Sug‘urta qildiruvchining yozma ruxsati bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
10.6.5. Qarzdorning huquqlari: 

Sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan muddat mobaynida sug‘urta masalalari 
yuzasidan bepul maslahatlar olishi, sug‘urta hodisasi ro‘y berganda Sug‘urtalovchiga 
sug‘urta tovoni to‘lovini so‘rab ariza bilan murojaat qilishi;

Sug‘urtalovchi hamd
a Naf oluvchi bilan kelishgan holda ushbu Shartnomaga 
o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritishi;

Kredit to‘liq so‘ndirilganda sug‘urta shartnomasini muddatidan avval bekor qilish 
uchun Sug‘urtalovchiga ariza bilan murojaat qilish;
10.6.6. Qarzdorning majburiyatlari: 

Kredit shartnomasi shartlarining ehtimoliy o‘zgarishlari bo‘yicha, shu jumladan 
kredit majburiyati bo‘yicha shaxslarning o‘zgarishi yuzasidan Sug‘urtalovchiga xabar 
berishi; 



Yuridik manzil, bank rekvizitlari hamda yashash joyi o‘zgargan taqd
irda, bu haqda 
o‘zgarish sanasidan boshlab 10 kalendar kunidan kechiktirmay xabar qilishi.
10.7. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
10.7.1. Tomonlar o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun 
hujjatlariga muvofiq javobgar 
bo‘ladilar.
10.7.2. Sug‘urtalovchiga sug‘urta mukofotini to‘lashni kechiktirganligi uchun Sug‘urta 
qildiruvchi Sug‘urtalovchiga har bir kechiktirilgan kun uchun kechiktirilgan 
mablag‘ning 0,2% miqdorida, lekin ushbu Shartnoma bo‘yicha to‘lanishi lozim 
bo‘lgan mablag‘ning 10% dan oshmagan miqdorda penya to‘laydi.
10.7.3. Sug‘urta qildiruvchiga tegishli sug‘urta tovonini to‘lab berishni 
kechiktirganligi uchun Sug‘urtalovchi Sug‘urta qildiruvchiga har bir kechiktirilgan kun 
uchun 
kechiktirilgan mablag‘ning 0,2% miqdorida, lekin ushbu Shartnoma bo‘yicha 
to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ning 10% dan oshmagan miqdorda penya to‘laydi. 
Penya to‘lanishi Sug‘urtalovchini sug‘urta tovoni to‘lovidan ozod qilmaydi.
10.8. SUG‘URTA TOVONI TO‘LA
SH TARTIBI 
10.8.1. Sug‘urta tovoni Sug‘urta qildiruvchiga Qarzdor tomonidan kreditning garov 
yoki boshqa turdagi taʼminot bilan taʼminlanmagan qismi miqdorida, lekin har 
qanday holatda ham sug‘urta pulidan oshmagan miqdorda to‘lanadi. Sug‘urta tovoni 
miqdori haqiqatda olingan kredit miqdori va kreditning garov yoki boshqa turdagi 
taʼminot bilan taʼminlangan qismi o‘rtasidagi farqdan kreditning asosiy qismini 
so‘ndirish uchun yo‘naltirilgan pul mablag‘larini ayirib (chegirib) qolgan holda 
aniqlanadi. 
10.8.2. 
Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda Sug‘urta qildiruvchi/Qarzdor 
Sug‘urtalovchiga voqea sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ariza berishi, shuningdek 
Sug‘urtalovchiga ziyon sodir bo‘lganligini va miqdorini aniqlash imkonini beruvchi 
hujjatlarni: 
- joriy sanada Qarz
dorning hisob raqamidagi mablag‘lar saldosi to‘g‘risida bank 
maʼlumotnomasi;
- Qarzdorning vafot etganligi yoki 1,2,3-guruh nogironligini tasdiqlovchi hujjat; 

Kredit qarzini undirish bo‘yicha qabul qilingan sudning hal qiluv qarori.
Qarzdor Sug‘urta qildiruvchiga Sug‘urtalovchi talab qilayotgan hujjatlarni o‘z vaktida 
taqdim etishda ko‘maklashishi shart.
10.8.3. Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash yoki to‘lashni rad etish 
to‘g‘risidagi qarori sug‘urta qildiruvchiga u sug‘urta tovonini to‘lashni so‘rab taqdim 
etgan ariza va ushbu shartnomaning 10.
9.2. 
bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni 
taqdim etganidan keyin 15 (o‘n besh) kalendar kundan kechiktirmay xabardor 


qilinishi (sug‘urta tovonini to‘lash) yoki rad etish sabablarining asoslantirilgan da
lil-
isbotlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
10.8.4. Sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasini tan olgan holatda, Sug‘urta hodisasi 
to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnoma Sug‘urta qildiruvchining 
ishtirokida rasmiylashtiriladi. Sug‘urta tovoni to‘lovi Sug‘urta hodisasi to‘g‘risidagi 
dalolatnoma imzolagandan keyin 5 (besh) ish kuni ichida amalga oshiradi. 
10.8.5. Sug‘urta tovoni miqdorini aniqlash va to‘lashda Sug‘urta qildiruvchi 
tomonidan kredit qarzini kredit qaytarilishi bo‘yicha 
majburiyatlar bajarilishining 
boshqa taʼminot shakllari (jumladan, garovga qo‘yilgan mol
-mulk va transport 
vositalari, pul mablag‘lari, kafillik, boshqa sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta 
polislari va x.k ) va qarzdorning boshqa mol-mulklaridan kredit qarzini sud tartibida 
undirish huquqini amalga oshirishi talab qilinmaydi. Kutish davri o‘tgandan so‘ng 
sug‘urta tovoni to‘lab beriladi.
10.8.6. Sug‘urtalovchi tomonidan Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovoni to‘lovi rad 
etilgan taqdirda u ushbu Sug‘urta shartnomasi shartlariga muvofiq arizani va barcha 
tegishli hujjatlarni taqdim etgan kundan boshlab 15 (o‘n) besh kun ichida rad etish 
saba
blari asoslangan yozma bildirishnoma yo‘llaydi. 
10.9. SUBROGATSIYA 
19.9.1. Agar Sug‘urtalovchi tomonidan Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovoni to‘lab 
berilsa, to‘langan tovon miqdorida yetkazilgan shikast va zararlar uchun javobgar 
shaxsga nisbatan qopla
ngan zarar miqdorida daʼvo qilish huquqi Sug‘urtalovchiga 
o‘tadi.
10.9.2. Sug‘urta qildiruvchi Sug‘urtalovchining yozma so‘roviga asosan daʼvo qilish 
huquqini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan tegishli hujjat va dalillarni taqdim 
etadi. 
10.10. SHARTNOMANI AMAL QILISH MUDDATI VA BEKOR QILISH TARTIBI 
10.10.1. Ushbu ommaviy oferta Sug‘urta shartnomasi qarzdor tomonidan 
akseptlangan paytdan boshlab kuchga kiradi va ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan 
majburiyat to‘liq bajarilgunga qadar amalda bo‘ladi.
10.10.2. S
ug‘urta qildiruvchi va Qarzdor Sug‘urta shartnomasidan istalgan paytda 
voz kechishi mumkin. Sug‘urta qildiruvchi yoki Qarzdor tomonidan ushbu shartnoma 
muddatidan avval bekor qilinganda, to‘langan sug‘urta mukofoti qaytarib beriladi.
10.10.3. Ushbu Shartnoma quyidagi holatlarda tugatiladi: 
a) Sug‘urta qildiruvchi/Naf oluvchi tomonidan sug‘urta mukofoti shartnomada 
ko‘rsatilgan muddat va miqdorda to‘lanmaganda;
b) amal qilishi muddati tugaganda; 


v) tomonlarning kelishuviga muvofiq; 
g) sug‘urtalovchi Sug‘urta
qildiruvchi/Naf oluvchi oldidagi majburiyatlarni to‘liq 
hajmda bajarganda; 
d) sug‘urta qildiruvchi faoliyati tugatilsa, Sug‘urta qildiruvchini qayta tashkil 
etilganligi (qo‘shilish, sotib olinishi va sh.k.) munosabati bilan, sug‘urta 
shartnomasida almashtirilish holatlari bundan mustasno; 
10.10.4. Sug‘urta shartnomasi muddatidan avval tomonlardan birining yozma 
arizasiga binoan bu haqda bekor qilish mo‘ljallangan sanaga qadar 10 (o‘n) kundan 
kechiktirmasdan xabar qilinishi sharti bilan bekor qilinishi mumkin. 
10.11. FORS-MAJOR 
10.11.1. Agar Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara 
olmasliklari yengib bo‘lmas kuch (fors
-major) shart-sharoiti oqibatida yuzaga kelsa, 
ular javobgarlikdan ozod bo‘ladilar. Yengib bo‘lmas kuch taʼsirida bo‘lgan tomon 
boshqa tomonni bunday shart-sharoit yuzaga kelganligi va taxminan qancha davom 
etishi mumkinligi to‘g‘risida bir
-birlarini darhol xabardor qilishlari shart. Bunda 
Tomonlar ushbu Shartnomaning bajarilgan va bajarilmagan qismlari yuzasidan 
o‘rnatilgan tartibda yakuniy hisob
-kitobni amalga oshiradilar. 
10.12. QO‘SHALOQ SUG‘URTALASH
10.12.1. Sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan kredit bo‘yicha tuzilgan yoki tuzilishi 
ko‘zda tutilayotgan barcha sug‘urta shartnomalari haqida Sug‘urtalovch
ini xabardor 
qilishi shart. 
10.12.2. Qo‘shaloq sug‘urtalangan kredit bo‘yicha, har bir Sug‘urtalovchi o‘zlari 
tuzgan sug‘urta shartnomalari doirasida sug‘urta tovoni to‘lovi majburiyatini oladi, 
ammo barcha sug‘urtalovchilar to‘laydigan sug‘urta tovon
ining miqdori zararning 
haqiqiy qiymatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
10.12.3. Agar sug‘urta hodisasi ro‘y bergan vaqtda, sug‘urtalangan kredit boshqa 
sug‘urta shartnomalari bilan xuddi shu tavakkalchilik bo‘yicha sug‘urta qilingan 
bo‘lsa, zararning qoplanishi har bir sug‘urta tashkilotining sug‘urta summalariga 
proporsional ravishda taqsimlanadi. 
10.13. BOSHQA SHARTLAR 
10.13.1. Ushbu Shartnomada keltirilgan masalalar yuzasidan bahslar, talablar yoki 
kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda 
tomonlar ularni muzokaralar yo‘li bilan hal 
etish choralarini ko‘radilar.
10.13.2. Ushbu Shartnomada tartibga solinmagan o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston 
Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi. 



Yüklə 365,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin