2
KBK 63.(5 o‘zb)
UO‘K: 94(574)
N- 18
O.Nazarov
O‘zbekistonda ommaviy jamoalashtirishning o‘tkazilishi va uning
oqibatlari (jarayon va ziddiyat)
Mazkur monografiyada o„zbek xalqi tarixida asoratli voqealarni qoldirgan
ommaviy jamoalashtirish davri ittifoq tasarrufidagi respublikalar qatori O„zbekiston
xalqi tarixiy taqdirida ayanchli va sezilarli muammolarni
qoldirgan davr haqidagi
ma‟lumotlar o„rin olgan. Chunki xalqimizning qariyb chorak kam bir asrlik siyosiy
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti mazkur tarixiy jarayon bilan mustahkam bog„liq
bo„lgan davr hisoblanadi.
Shu sababli ishda jamiyat taraqqiyotining real qonuniyatlarini chuqur o„rganish
zarurligi, milliy tarixdagi yuksalish va tanglik davrlarini yangicha metodologik nuqtai
nazardan turib tahlil qilishga e‟tibor qaratilgan. Ana shu muhim ijtimoiy vazifalardan
kelib chiqib, monografiyada vatanimiz tarixining og„ir mustamlakachilik o„tmishi
bilan bog„liq bo„lgan muammolarni bugungi kun nuqtai
nazaridan qayta tahlil
qilishga harakat qilingan.
Shu bois, mazkur monografiya talabalar uchun ijtimoiy-gumanitar fanlarda
xususan “O„zbekiston tarixi”, “Jahon tarixi”, “Falsafa”
fanlaridan dars berish
jumladan hamda magistrlar,
tadqiqotchilar, shuningdek, jamoalashtirish
tarixi bilan
qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo„ljallangan.