Bolalikdan yig’ limning mag’zini,
Qarilik chog’i xarj qilgin oni.
2- boshlovchi: Alisher o’ziga qanday taxallus tanladi?
G’iyosiddin Kichkina degan kishining Alisher ismli o’g’li
bo’lgan ekan. U yoshligidan uddaburon,ziyrak, bola bo’lib
o’sibdi. 9yoshga to’lganda esa she’rlar yoza boshlabdi.
Odamlar uning yozgan she’rlarini miriqib tinglar
ekanlar.Lekin bola hali o’ziga taxallus tanlamagan ekan.
Kunlardan bir kuni yangi she’r yozibdi-da, uni boqqa
chiqib baland ovozda o’qiy boshlabdi:
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish.
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulga tikondek oshiyon bo’lmas emish.
Gul shoxida turgan bulbulni Alisherning yoqimli ovozi
o’ziga maftun etibdi.
-Ey, xushovoz shoir, sen o’qigan she’rlar bulbullarning erta
tongdagi navosidan ham yoqimli ekan.Ismingni bilsam
bo’ladimi?
-Men Alisherman.
Bildim-bildim, yangi chiqqan shoir sen ekan-da.Endi sen
o’zinga taxallus tanlab, she’rlarning oxiriga yozib qo’ygin.
Alisherga bulbulning navo so’zi yoqib qolibdi. Shundan
keyin u yozgan g’azallariga o’z taxallusini Navoiy deb
yozadigan bo’libdi.
O`quvchi:
O’zbek tilim- bu ona tilim,
Shuurimda yagona tilim
Navoiy asos solgan bu ona tilim
Tilim, tilim, bu ona tilim.
O`quvchi:
Ulug’ tilim,elat-xalq tilim,
Davlat tilim bo’lsa, haq tilim.
Navoiydan minnatdor tilim,
Kuchga to’lib ma’no top tilim.
O`quvchi: A.Navoiy yoshligidan ona tilini yaxshi bilib,
fors,arab tillarini ham puxta o’rganganlar. A.Navoiy o’zbek
tilini javohir xazinasining benihoyat boyligi, badiiy
madaniyatining nihoyat darajada yuksakligini, o’zbek tili
go’zalligini,nafisligini va jozibadorligini o’z g’azallarida
ko’rsatib berganlar.
O`quvchi: Ulug’ bobokalonimiz, tilimizning asoschisi,
she’riyat mulkining sultonin, buyuk shoir va mutafakkir Mir
Alisher Navoiy so’z haqida shunday deganlar:
So’zdirki, nishon berur o’likka jondir,
So’zdirki, xabar berur jonga janondin.
Insonni so’z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guxari sharifroq yo’q andin.
O`quvchi: Mir Alisher Navoiy bobomiz birinchilardan bo’lib
ona tilimizda ,,Xamsa” ,,besh doston” yozganlar. Bular 1-
Hayrat ul Abror, 2-Farxot va Shirin, 3-Layli va Majnun, 4-
Sab’ai Sayyor, 5-Saddi Iskandariydan iborat.
O`quvchi: Bobomiz o’z g’azallarini va hikmatlarida
insonlarni do’stlik va birodarlikka, halollikka, mardlikka,
yaxshilikka, har bir insonni odamlar tashvishini o’ylovchi
inson bo’lishga chaqirganlar.
O`quvchi: Odamiy ersang demagil-odamiy
Oning kim yo’q g’amidin g’ami
O`quvchi: Olam ahli bilingiz, ish emas dushmanliq
Do’st bo’ling bir-biringizga, erur do’stlik ish.
,,Yolg’onchi” masali tinglanadi.
1- boshlovchi: Bobomiz o’z g’azallarida, dono hikmatlarida
har bir insonni o’z so’ziga e’tibor berib so’zlashga
chaqirganlar.Bobomiz ko’pgina she’riy misralari xalq
maqollariga, hikmatlariga aylanib ketgan.
O`quvchilar:
1.Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz.
2.Oz-oz o’rganib dono bo’lur,
Qatra- qatra yig’ilib daryo bo’lur.
3.Til bilgan el biladi.
4.So’zga e’tibor elga e’tibor
5.Bilmaganni so’rab o’rgangan olim,
Orlanib so’ramagan o’ziga zolim.
6.Yaxshi kishi yomonlarga ham
Yaxshiligini unutmas.
7.Kishidan yaxshi ot qolgay albatta jahonda,
Imkoning boricha ilm olmoq bo’lsin shioring.
8.Sabr qilsang ko’p bog’liq ish ochilur
Ishida oshiqqan ko’p toyilur.
Rivoyat: ,,Oqilona javob’’ o’qituvchi so’zlaydi.
O`quvchi: Husayn Bayqaro Hirotga podshoh etib tayinlanadi.
Alisher Navoiyni o’ziga vazir qilib oladi.Ular bolaliklaridan
do’st bo’lib o’sadi. Vazirlar ichida Navoiy hozirjavobligi
bilan ajralib turadi. Shoh hamma vaqt Navoiyning
nasihatlariga quloq soladi.
2- boshlovchi: Bayqaro va Navoiy haqida nimalarni bilasiz?
Qardosh turkman xalqi buyuk bobomizni hurmat qiladi,
asarlarini sevib o’qiydi. Hatto turkmanlar Navoiyni Mirali,
Husayn Bayqaroni esa Mirali Sulton Suyun deb atashgan
va ular haqida rivoyatlar to’qishgan.
Rivoyat : ,,Toshdan telpak tikib bo’ladimi?
Bir kuni Sulton Suyun Miralini gapda mir qilmoqchi
bo’lib unga aqlga sig’maydigan bir yumushni
topshiribdi.Sizga 3-kun muhlat, shu 3kun ichida toshdan
telpak tikib kelasiz, - debdi
Agar hazratim ipini topib bersalar, 3kun ham gapmi,
-Qanaqa ip-debdi Sulton Suyun yon berishni istamay.
-Tolning kulidan iylangan ip-da , shohim.
-Voy,dono-ey. Hech zamonda tolning kulidan ham ip qilib
bo’lar kanmi?
-Unday bo’lsa , toshdanam telpak tikib bo’larkanmi, shohim?-
debdi Mirali.
Miralining hozirjavobligidan qattiq izza bo’lgan Sulton Suyun
yer chizib qolgan ekan.
Rivoyat,,Non isi “
Huroson podshosi Husayn Bayqaro kunlaridan bir kuni
vazirlarini oldiga chaqiribdi-da, ularga topshiriq
beribdi.,,Menga dunyodagi eng xushbo’y hidni keltiring.
Vazirlar unga quchoq – quchoq gul keltirishibdi.Husayn
Bayqaro tan olmabdi……………………………..
A.Navoiy aqlligi bilan kishilarni o’limdan olib qolgan
ekanlar.
1- boshlovchi A.Navoiy bobomiz o’z asarlarida ustozning,
ota-onaning hurmatini to’liq ado etishga chaqirganlar.
O`quvchi :Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitmish
Dostları ilə paylaş: |