ALISHER NAVOIY
-
BUYUK SHAXS
Mayin kuy sadolari ostida boshlovchilar sahnaga
chiqishadi.
1-boshlovchi: ,,Qolmas jahon ichra mangu kishi ,
Faqat qolgusi yaxshi nomu ishi,,
2-boshlovchi: Sheriyat olamida tengsiz ham,tanho
Gazallarin oqib Lutfiydir shaydo.
Qalamin tebratgan ikki til aro,
Qutlug yosh muborak, Navoiy bobo.
1-boshlovchi: Assalomu-alaykum aziz mehmonlar, hurmatli
oquvchilar! Bugun o’zbek adabiyotining asoschishi, shoir,
olim, marifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 573
yilligini nishonlash uchun bu yerga yig`ildik.
2- boshlovchi: Bugungi kechamizni so’z mulkining sultoni
Mir Alisher Navoiy tavalludining 573 yiligiga
bagishlaymiz va barchangizga kelibsiz , deymiz.
1-boshlovchi:
Hirot tuprog`ida voyaga yetgan,
“Qush tili” yo`llarini munavvar etgan,
Yillar tozonidan sog` – omon o`tgan,
Navoiy bobomlar,
Buyuk odamlar.
O`qituvchi: Alisher Navoiy qachon va qayerda tavallud
topganlar?
A.Navoiy 1441- yil 9 - fevralda Hirot shahrida
tugilgan.Shoirning otasi G’iyossiddin Kichina temuriylar
saroyida amaldor, onasi shagzodalarga enagalik qiladi.
1- boshlovchi: Alisherning oilasida muhit qanday edi? Ota -
onalari ko’proq nimalarga qiziqar edi?
Alisherning otasi shoirtabiat kishi edi. U ko’proq
o’qishga, ilm- fanga, adabiyotga qiziqar edi. Oiladagi muhit
Alisherda bolaligidanoq she’riyatga, adabiyotga qiziqish
uyg’otdi.Alisherning uyida tez-tez shoirlar yigilishlardi. 3 - 4
yoshli Alisher ayrim baytlarni yoddan o’qib, o’tirganlarni
hayratga qoldirardi. Yosh Alisher o’tkir zehnli, o’ta odobli,
hozir javobli va ajoyib qobiliyati bilan ajralib turar edi.U
yoshligidan boshlab juda ko’p kitoblar o’qir edi.U maktabda
9 yoshdan boshlab she’rlar yozgan. Ko’pgina shoirlarning
she’rlarini yoddan aytib berar edi. Alisher 12 yoshda edi.
Bir kuni u ustozi Mavlona Lutfiyni oldiga boradi. Lutfiy
bundan xursand boladi. U yosh Alisherdan yangi yozilgan
g’azallaridan o’qib berishni so’radi.
Navoiy yangi yozgan g’azalini o’qib beradi.
Orazin yopqoch ko’zimdan sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh.
Shunda Lutfiy Ofarin o’g’lim, - deydi. Bu g’azaldan
hayajonlangan Lutfiy ,,Men o’zimning o’n, o’n ikki misradan
iborat devonimni shu bir g’azalga almashgan bo’lur edim”,
degan ekanlar.
Hamma o`quvchilar:
Navoiyning tilini,
Beruniy hikmatini,
Farobiy idrokini
O’rganamiz maktabda
O’rgatadi maktabda
.
O`quvchi:
Ko’p jahongir ko’rgan bu dunyo,
Barchasiga guvoh yerosti
Lekin do’stlar she’r ahli aro
Jahongiri kam bo’lar rosti
Besh asrkim, nazmiy saroyni,
Titratadi zanjirband bir sher,
Temur tig’i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher
Dunyo bo’ldi chamanim manim
O’zbekiston Vatanim manim.
O`quvchi: A.Navoiy bobomizni g’azalnafis shoir deydilar.
Bu bejiz emas albatta! Ular qalamiga mansub, hozirda
xalqimiz tomonidan sevib tinglanadigan ,,Qora ko`z”,
“Munojat”, ,,Chorgoh”, ,,Sunbula” ashulalari shular
jumlasiga kiradi.
Raqs: ,,Munojat’’-ashulasi bilan. Dilola.
O`quvchi:Alisher yoshligidan kitobni sevgan, tirishqoq va
sinchkov, zehni o’tkir bola bo’lgan. Maktabga bormasdan
turli kitoblarni mutoala qilgan. 1-bo’lib unga otasi ,,Qush
tili” kitobini olib beradi. 1 kuni otasi Alisherni maktabga olib
borganda
u o’zi bilan ,,Qush tili” kitobini ham olib boradi.
Bolalar domla bilan birgalikda 3-4 ta so’zni be, te, se deb
yoddan qaytarar edilar. Alisher bu so’zlarni 4-5 marta
aytganidan keyin zerikib,qo’lidagi ,,Qush tili” kitobini olib
o’qiy boshlaydi [Buni domla ko’rib qolib kitobni olib
qo’yadi. Chunki bu maktablarda bunday kitoblarni o’qish
mumkin emas edi. Domla kitobni qaytarib bermaydi.Alisher
xafa bo’lib uyiga qaytadi.Kitobda tabiat manzarasi, o’simliklar,
gullar,qushlar juda chiroyli qilib tasvirlangan edi.
Alisher tabiatni, gullarni juda yaxshi ko’rar edi. U bog’da
gullar ichida sayr qilib yurganda kitobi esiga tushib qoladi.
U boshidan kitobni so’zlay boshlaydi. Qarasaki, u kitobning
har bir so’zini eslab, birma –bir yoddan aytadi.Bundan u juda
xursand bo’lib ketadi.
Dostları ilə paylaş: |