Tayanch tushunchalar:adabiy til, turkiy qavmlar tili, xalqning yozuvi va san’ati, turkiy-run yozma yodgorliklar, skif tili, semantik guruh, “shoh skiflar” tili, amazonkalarning tili, turkiycha model, ming yillik, tuman kunlik yozuv, koyne, umumxalq tili, dialektal xususiyatlar, turkiy tillarning davrlashtirilishi, oltoy nazariyasi, qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar, ideografik paradigma, ural-oltoy nazariyasi, skif tili so‘z yasalish modeli, ilk turkcha davr, to‘ba tili.
Qadimgi turkiy tilning manbalari
Qadimgi turkiy til turkiy qavmlarning o‘zlari kabi ko‘hna zamonlardan buyon mavjuddir (biz tilning og‘zaki shaklini nazarda tutyapmiz, tilning bu shaklini adabiy til deb atash to‘g‘ri emas). Yevropa olimlaridan ba’zilari qadimgi turkiy urug‘larning paydo bo‘lgan davrini miloddan oldingi o‘ninchi ming yillikka olib borib bogiaydilar. Demak, turkiy og‘zaki til ham shu davrga borib taqaladi. Ammo bu degani — ilk yozuv yodgorliklari (miloddan oldingi IV—V asrlar) paydo bo‘lmasdan oldin ham qadimgi turkiy adabiy til mavjud edi, degan qarash to‘g‘ri emas. Bunday taxminlarning ilmiy asoslari yetarli emas. Adabiy til faqat yozma matnlarda aks etadi, yozuv paydo bo‘lgunga qadar og‘zaki yetib kelgan voqealar adabiy tilning mezonlarini aslo belgilay olmaydi.
Til xalqning etnik jarayoni bilan baravar yuradi. Miloddan oldingi uchinchi ming yilliklarda o‘g‘uz qiyofasidagi qavmlar Oltoy tog‘larida, Orol dengizi bo‘ylarida yashagani to‘g‘risida ham arxeologik topilmalar ma’lumot beradi. Shuningdek, Markaziy Osiyoning sharqiy qismida miloddan oldingi 111 ming yillikning boshlari — II ming yillikda turkiy qavmlar yashagani va Chin sulolasi ularni shimolga quvib yuborgani to‘g‘risida ham qadimgi Xitoy yilnomalarida ma’lumotlar berilgan.
Ilk o‘rta va o‘rta asrlardagi tarixiy asarlar turkiy qavmlarning tili va etnik tarixi to‘g‘risida yanada aniqroq ma’lumotlar beradi. XIII asrda yashagan muarrix Rashididdin Fazlulloh Hamadoniy “Jome’ut-tavorix” asarida turkiy qavmlar yashagan hududlar to‘g‘risida quyidagicha yozadi: “Qadimdan bugungacha (ya’ni XIII asr boshlarigacha — N. R. ) turkiy deb nom olgan xalqlar cho‘l hududlarida, tog‘larda, Dashti Qipchoq o‘rmonlarida, rus cherkas, boshqird, talas (hozirgi Sayramdan boslilab Angor daryosigacha — N. R. ), Turkiston va Uyg‘uriston viloyatlarida, nayman xalqi istiqomat qiladigan viloyatlardagi daryolar bo‘ylarida va tog‘larda, masalan, Ko‘k Irtish, Qoraqurum, Oltoy togiarida, Urxun daryosi bo‘ylarida, qirg‘izlar va Qamjigit (ya’ni Kama daryosi bo‘ylarida
N. R. ) viloyatlarida, Mo‘g‘ulistonda ... istiqomat qilib kelganlar”5.
Turkiy qavmlar tarixiga oid manbalarda ularning tili to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilmasa ham, ba’zi ishoratlar bor. “Darvoqe, tillar xalqning yozuv va san’at paydo boigungacha yaratgan eng qadimgi yodgorliklari hisoblanadi. Tillar xalqlarning kelib chiqishi, qarindoshligi vajoylashuvi to‘g‘risida engyaxshi guvohlikberadi.... Olimlaruel, slavyan, fin, turkiy, fors, arman, gruzin va boshqa tillar yuzasidan tadqiqotlar olib borishlari kerak, toki bu tillar o‘rtasidagi uyg‘unlik yaxshiroq aniqlanib yuzaga chiqsin. Ayni paytda xalqlarning kelib chiqishini aniqlashda ham bu usul juda foydalidir”6. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asarida turkiy tilning mavqei to‘g‘risida aytgan gaplari ham yuqorida aytilgan fikrlarni yana bir bor tasdiqlaydi: “Ishonchli bir buxorolik olimdan va nisoburlik boshqa bir ishonchli olimdan shunday eshitgan edim, ular bu so‘zni payg‘ambarga nisbat berib aytgan edilar: payg‘ambar qiyomatning belgilari, oxirzamon fitnalari va o‘g‘uz turklarining xuruji haqida gapirganda, shunday degan edi: turk tilini o‘rganing, chunki ularning hukmronligi uzoq davom etadi”.7 Turkiy tilning Sharqdagi tillar orasida qadimdan mavqeini belgilovchi bu dalil albatta e’tiborga loyiq. E’tiborga loyiq tomoni shundaki, Sharqdagi boshqa tillarga nisbatan turkiy qavmlarga va ularning tillariga alohida diqqat qaratilgan. Buning boisi esa turkiy tilning keng hududga tarqalgani edi. Shuning uchun ham bunday e’tiborli tilda badiiy asarlar, yilnomalar va boshqa bitiklar yaratilmasligi mumkin emas. Quyidagi chet manbalar qadimgi turkiy tilning VII asrgacha — turkiy-run yozma yodgorliklar yaratilgunga qadar davrdagi mavqei to‘g‘risida ishonchli xulosalarga olib kelishi shubhasizdir.
Miloddan oldingi va milodning boshlaridagi turkiy madaniyat va turkiy qavmlarning ijtimoiy, siyosiy va etnik tarixiga oid manbalarning aksariyati Xitoy yilnomalaridan o‘rin olgan. Shuni qayd etish kerakki, xitoyliklar turkiy qavmlar haqidagi ma’lumotlarni bir tizim holida, mil. ol. Ill asrdan — Chin sulolasidan boshlab yilnomalarga kirita boshlaganlar. Ungacha esa turkiy qavmlar tarixi yo‘l-yo‘lakay, biron munosabat bilan kiritilgan, xolos. Bunga sabab shuki, turkiy qavmlarning mustahkam, markazlashgan davlatlari parchalanib, yo‘q bo‘lib ketgan, shu bois tarix sahnasida jiddiy rol o‘ynay olmagan edilar. Faqat mil. ol. Ill asrga kelib, turkiy qavmlar Markaziy Osiyoda mustahkam ildiz otib, qudratli davlat barpo qildilar. Shubhasiz, bu vaziyat ham turkiy tilning mavqeiga ta’sir etmay qolmadi. “Shimoliy sulolalar tarixi”da qayd etilishicha, turkiy qavmlarning xat yozish usuli g‘uz (ya’ni o‘g‘uz)larnikiga o‘xshar ekan.8 Yilnoma muallifi turkiy til to‘g‘risida to'xtalmay, faqat turkiy yozuv to‘g‘risida ma’lumot berish bilan cheklangan. Buning sababi turkiy qavmlarning tilida yilnoma mualliflari biron o‘zgachalikni ko‘rmaganlar.
Rus olimi N. V. Kyunerning qadimgi xitoy yilnomalaridagi turkiy qavmlar tarixiga oid qilgan ishlari ko‘p masalalarga oydinlik kiritdi. U asrda yashagan mashhur muarrix N. Y. Bichurinning uch jilddan iborat “0‘rta Osiyoda qadimgi davrlarda istiqomat qilgan xalqlar to'g‘risida ma’lumotlar” (bu kitob rus tilida chop etilgan: CoöpaHHe CBe/ieHHÖ o Hapo^ax, oÖHTaBiimx b Cpe/men A3hh b iipeBHwe BpeMe- Ha. — M. — JI.: 1950—11. —lit., 1953—III t.) kitobini qaytadan ko‘zdan kechirib chiqdi va Chin yilnomalaridagi “bo‘zqir” xalqlari, ya’ni turkiy qavmlar to‘g"risida N. Bichurinning kitobidagi ma’lumotlarni boshqa manbalar bilan qiyosladi. Xususan, N.V. Kyuner turkiy qavmlarning etnik va lisoniy jarayoniga aniqliklar kiritdi.
N. Y. Bichurinning kitobi mil. ol. II — mil. IX asrga oid davrni o‘z ichiga oladi. Kitobda miloddan oldingi turkiy qavmlar tili to‘g‘risida ba’zi ishoralar bor. Jumladan, 0‘rta Osiyoni mil. ol. II asrda bir necha yil kezib chiqqan Chjon Tsyan Xan imperatori U-Diga ko‘rgan— kechirganlarini bayon qilar ekan, “Davandan boshlab g‘arbda Anshigacha turli tillarda gapirishadi, lekin rasm-odatlarida o‘xshashlik bor, gaplashganlarida bir-birlarini tushunadilar”, deydi9. Chjon Tsyan Davanning g‘arb tomoni deb ko‘rsatganda, Samarqand va Buxorogacha bo‘lgan joylarni nazarda tutgan. “Bir-birini tushunadigan til” — qadimgi turkiy tilning turli lahjalari ekanini N. Y. Bichurinning kitobiga izohlarni tuzgan A, N. Bernshtam va S. P. Tolstov aytgan. Chjon Tsyanning sayohati va 0‘rta Osiyo davlatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlari “Shi szi” yilnomasining “Davan haqidagi qissa” deb nomlangan 123-bobida bayon qilingan.
Bundan tashqari, mil. ol. Ill asrdan boshlab Chin muarrixlari yilnomalarda xitoycha yozuvda bir necha turkiycha so‘zlarni o‘z ohangida
turkiycha talaffuzda berishga urinib ko‘rganlar. Ammo boshqa xalqning tilidagi so‘zni xitoycha yozuv bilan shu xalqning tili talaffuzida berish murakkab bo‘lsa ham, Xitoy muarrixlari yozib qoldirgan turkiycha so‘zlarni tiklash mumkin. Buning namunasi sifatida Bichurinning kitobida keltirilgan kishi nomlarini, turkiy urug‘lar, unvonlar, shahar nomlarini misol tarzida keltirish mumkin: Gudulu~Qutlug‘, Tumin— Bo‘min, bayigu bayirqu va h. (mazkur darslikning “Ilk turkcha davr” bo‘limida Xitoy yilnomalaridagi qadimgi turkiy tilga oid ma’lumotlar to‘g‘risida so‘z yuritiladi).
Bulardan tashqari, qadimgi Xitoy yilnomalaridan qadimgi turkiy qavmlar tiliga oid boshqa ma’lumotlarni ham topish mumkin.
Qadimgi turkiy tilga oid ikkinchi yirik chet manbalardan yana biri — yunon muarrixlarining asarlaridir. Bular orasida Gerodot (mil. ol. V asrda yashagan)ning “Tarix” asarida skiflar tiliga oid keltirilgan ma’lumotlarni, ayrim so'zlarni tayanch material sifatida olamiz. Albatta, bu o‘rinda skiflarning etnik jarayoniga to‘xtalmasdan (chunki bu keng mavzudir) skiflar tili to‘g‘risida Gerodot keltirgan ma’lumotlar bilan cheklanamiz.
Shuni e’tirof etish kerakki, skif tilida biron yozma yodgorlik saqlanmagan. Ammo Gerodotning “Tarix”ida keltirilgan skifcha so‘zlaiga tayangan holda, skif tilini rekonstruksiya qilish mumkin va shunday urinishlar turkologiyada bor. Skif tilini rekonstruksiya qilish natijasida “skifcha so‘z yasalish moduli” qadimgi turkiy til so‘z yasalishi tizimi biian bir ekani dalillangan10.
Gerodotning kitobida besh yuzdan ortiq skif tiliga oid so'zlar uchraydi. Shu so‘zlardan yuztasi tahlil qilinganda, o‘sha davrdagi qadimgi turkiy til “skifcha so‘z yasalish modeli”ga mansub är komponenti bilan boshlangani ma’lum bo‘ladi. Skif tilidagi va qadimgi turkiy tildagi är komponentli so‘zlar bir semantik guruhni tashkil qilgani oydinlashadi.
Qadimgi turkiy tilda är/ör komponenti bilan boshlangan turkiy so‘zlar shomonlik, sehrgarlik, o‘simlik olami va boshqa qator kasb-korga oid tushunchalarni ifodalaydi. Masalan: skif. örpä (kichik), qadimgi turk. kiir (jasur, bahodir), skif. Arpaqsay (ovchilar, chorvadorlar homiysi, lashkarboshi), qadimgi turk. aran (chorva saqlanadigan joy).
Skif tilida ba’zi so‘zlar ko‘p ma’noli ham bo‘lgan. Masalan, qol “bronza” va “qo‘1” ma’nolarida qo‘llangan. Bu so‘zdan “skifcha so‘z yasalish modeli” asosida o‘ndan ortiq so‘z hosil bo‘lgan: qaliq (osmon), qalamaq (alanga qoplamoq), qorumaq (qo‘riqlamoq), qul (asir), qolandi (alangalandi).
Gerodotning “Tarix”idan Qolaqsayga oid matnlami yunonchadan qadimgi turkiychaga tarjima qilish asosida yuqoridagi so‘zlar aniqlangan11.
Shuningdek, Gerodot skiflar tilining ko'rinishlariga oid keltirgan dalillari ham diqqatga sazovor. Gerodot skif qavmi to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, nihoyatda sinchkovlik bilan bu qavmning etnik va til xususiyatlariga aniqlik kiritishga harakat qilgan edi.
Gerodot skif qavmlarini jamiki tafsilotlari bilan quyidagicha tasnif qiladi: 1. “Shoh skiflar”. 2. “Shoh skiflar” zulmidan ozod bo‘lgan skif qavmlari. 3. Tug‘ilishidan kal bo‘lgan skif qavmlari (Gerodotning aytishicha, bularning tili alohida bo‘lgan, ammo skiflarga xos kiyinadilar).
Ko'chmanchi skiflar. 5. Dehqon skiflar. 6. Qo‘shchi (yer haydovchi) skiflar. 7. Ellin skiflari.
Gerodot udumlari va tillari skiflarga yaqin bo‘lgan qavmlar to‘g‘risida ham birma-bir to'xtalar ekan, Gelon xalqini quyidagicha ta’riflaydi: “Gelon aholisi azaldan ellin boigan edilar... Aytishlaricha, ularning bir qismi skif tilida, bir qismi ellincha gapirganlar”.
Ko'rinadiki, Gerodot skif tilining ellinlar, ya’ni yunon tilidan keskin farq qilganini ko'rsatgan. Shuningdek, Gerodot “shoh skiflar” to‘g‘risida ma’lumot berganda, ularning 0‘rta Osiyodan kelib chiqqanini (Gerodot bergan geografik hududni bugungi kunga tatbiq qiladigan bo'lsak,, “shoh skiflar” hozirgi 0‘zbekiston hududidan kelib chiqqani ma’lum boiadi) va boshqa skif qabilalari ustidan hukmronlik qilishlarini aytadi. “Shoh skiflar” ham Gerodot yuqorida ko‘rsatgan skif tilida gapirgani aniq. Uningcha, “yomon skiflar tili” ham boMgan. Bu tilda skiflar bilan amazonkalarning bolalari — savromatlar so‘zlashganlar. Gap bu o‘rinda “shoh skiflar” tilidan ma’lum darajada farq qiladigan til to‘g‘risida bormoqda. Gerodotning ko‘rsatishicha, amazonkalarning tili skiflar tilidan tamomila farq qilgan. Amazonkalarni ellinlar asir qilib kemada olib ketayotganlarida, amazonkalar ularni o‘ldirganlar. Amazonkalar kema boshqarishni bilmaganlari uchun suv oqimi bo‘yicha Skifiyaga kelib qolganlar1. Gerodot “yomon skiflar tili” to‘g‘risida gapirganda, savromatlar skif tilini yaxshi o‘zlashtira olmaganlarini nazarda tutgan edi.
Skiflar tili yuzasidan XIX asrdan buyon munozaralar bo‘lib keladi. Munozaralarda skif tilini bir guruh olimlar turk-mo‘g‘ul tillari guruhiga mansub deb qaradilar, bu g‘oya tarafdorlari — R. Latam, Minns, Treydlardir. Ba’zi olimlar esa skif tilini ham, ularning kelib chiqishini ham hind-eron xalqlariga bogiadilar. Bu g‘oya tarafdorlari V. M. Miller, M. Fasmer, Y. Xarmatt, V. Abayevlardir. Ularning dalillari shundan iboratki, skifcha ismlarning lingvistik tahlili — til atributsiyasi uchun muhim shart. Bu — muhim, ammo yetarli bo‘lmagan dalildir. Tarixiy shaxslarning ismlari — til egalarining lingvistik identifikatsiyasi uchun yetarli omil emas. Asos sifatida mif va afsonalarda uchraydigan ismlar ham jalb qilinsa, maqsadga muvofiqdir. Bular — Targ‘itay va uning o‘g‘illari Lipaqsay/Alpoqsay, Arpaqsay, Qulaqsay kabi ismlardir. Bu ismlar turkiycha model asosiga qurilgani to‘g‘risidagi qarashlar o‘zini oqlaydi12.
Jahon skifologiyasining muhim muammolaridan biri, xususan, skif tilining qadimgi turkiy til asoslaridan biri ekani to‘g‘risida yuqorida bayon qilingan dalillar hali rivojlantiriladi.
Qadimgi turkiy til to‘g‘risida ma’lumot beruvchi yana bir manba arab va fors tillaridagi asarlardir. Bu manbalarda qadimgi turkiy tilning holati va taraqqiyoti, asosan, turkiy qavmlar tarixiga bog‘liq holda bayon qilinadi. Rashididdinning “Jome’ut-tavorix” asari ana shunday muhim manbalardan biridir. Rashididdin turkiy qabilalar tarixi to‘g‘risida alohida-alohida so‘z yuritar ekan, etnik jarayon va til munosabatini asosiy omil sifatida qaraydi. Jumladan, u turkiy qavmlardan qalach urug‘i to‘g‘risida to‘xtalib, bu urug‘ xalaj deb ham aytiladi, deya ma’lumot beradi. Qalach/ xalaj o‘g‘uz qabilasining bir urug‘idir. Keyinchalik bu urug‘ tilini yo‘qotdi va afg‘on xalqi bilan birlashib ketdi. Xalaj urug‘idan bazilarigina o‘z tilini — turkiy tilni saqlab qolgan1 °.
Arab va fors manbalarida ko‘proq qadimgi turkiylaming geografiyasi, migratsiyasi va etnik jarayoniga ko'proq e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, Ibn Fadlanning 921-922-yillarda Volga bo‘ylariga qilgan safariga oid asari bu jihatdan ahamiyatlidir. U Volga bo‘ylari va Xorazm o‘lkasiga qilgan sayohatlarini yozar ekan, turkiy qavmlar zich yashaydigan hududlaiga alohida e’tibor qaratadi. Ibn Fadlanning o‘g‘uzlar va Volga bulg'orlari haqidabergan ma’lumotlari diqqatga sazovordir. Ibn Fadlan noturkiy xalq vakili sifatida ma’lum vaziyat, qabila va qabilalarning hayotiga oid ma’lum tushunchalami aniq berish maqsadida umumturkiy leksikadan ham, lotin va yunon so‘zlaridan ham foydalanadi. Masalan, yunon va lotin tillarida mavjud bo‘lgan pontica, arab tilidagi halandj (archagul,) kabi so‘zlardan istifoda etadi; Pontica ning bulg‘or tilidagi shakli bunduq bo‘lib, aslida 0‘rta yer dengizi mamlakatlarida o‘sadigan yong‘oq turidir. Volga bo‘yi bulg‘orlari tiliga 0‘rta Yer dengizi mintaqasidagi xalqlar tillari orqali kirib kelgani shuni ko‘rsatadiki, leksik qatlam murakkablasha boshlagan,13 ya’ni IX—X asrlardagi turkiy tillardagi sanskrit, xitoy, tibet tillaridagi leksik qatlam qatoriga sharq tillari leksik qatlami kirib kela boshlagan.
Turkiy tillarning qadimgi yoki ilk o‘rta asrlardagi holatiga oid matnlar arab va fors manbalarida yo‘qligi sababli, bu davrdagi 0‘rta Osiyo va Sharqiy Turkistondan boshqa o‘lkalarda yashagan turkiy qavmlarning tillari taraqqiyotini arab va fors tillaridagi ma’lum asarlarda saqlanib qolgan so‘zlarga tayangan holdagina belgilash mumkin. 0‘rta Osiyo va Sharqiy Turkiston hududlaridagina qadimgi turkiy tilning uzluksizligi to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin.
Asl manbalar. Qadimgi turkiy tilning holati, taraqqiyoti to‘g‘risida asl manbalar eng ishonchli va to‘laqonli ma’lumotlami beradi. Qadimgi turkiy-run yozuvi yodgorliklarini, moniy va eski uyg‘ur-turk yozuvidagi yodgorliklarni, Qoraxoniylar sulolasi davrida yaratilgan yozma yodgorliklarni asl manba sifatida ko‘rsatish mumkin.
Mazkur turkiy yozma yodgorliklar hududiy jihatdan va maqsadiga ko‘ra turlichadir. Ammo hamma yodgorliklarning til xususiyatlarini birlashtirib turadigan bitta omil shuki, XIII asrgacha qadimgi turkiy yozma yodgorliklar tili ayni paytda mahalliy dialektlar ham bo‘lib, adabiy til sifatida foydalanilgan.
Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar — adabiy tilning taraqqiyotini ko‘rsatib turadigan asosiy manbalardir. Ana shu yodgorliklarga tayangan holda, qadimgi turkiy adabiy til murakkab jarayonni bosib o‘tganini e’tiborga olish lozim. Qadimgi turkiy adabiy tilning taraqqiyotida xalq og'zaki ijodi tili va tarjima asarlari tili ham katta rol o‘ynagan. Qadimgi turkiy adabiy tilning mazkur manbalari bu davrdagi til xususiyatlarining xilma-xilligini ko‘rsatadi. Shu bois qadimgi turkiy adabiy til tushunchasi faqat turkiy-run yozma yodgorliklari tili bilan chegaralanib qolmaydi, balki qoraxoniylar davri so‘nggigacha bolgan adabiy tilni ham o‘z ichiga oladi. Bu davr adabiy tilida ko‘zga yaqqol tashlanadigan alomatlar shundan iboratki, budda va moniylik she’rlari tili urxun yodgorliklaridan farq qildi, budda va moniylik she’rlari orqali qadimgi turkiy adabiy til xalq og‘zaki ijodi asarlari tiliga yaqinlashdi, “Oltin yorug‘” dostoni o‘g‘uz, qorluq va boshqa ba’zi dialektlarni o‘zida mujassamlantirdi (xususan leksikada), ayni paytda grammatik shakllardagi an’anaviylik bilan birga, eski o‘zbek tiliga oid qo‘shimchalar paydo bo‘ldi (xususan, kelishiklarda).
Qadimgi turkiy adabiy tilning qadimiyligi, xususan, miloddan oldingi davrlardagi holati to‘g‘risida yozma manbalarda unchalik ko‘p ma’lumotlar yo‘q. Xitoy yilnomalarida ba’zi ma’lumotlar berilgan. Turkiy til va yozuvning qadimiyligi to‘g‘risida Xitoy manbalarida berilgan maiumotlarni turkiy-run yodgorliklaridagi ma’lumotlar to‘ldiradi. Ba’zi turkiy-run yodgorliklariga murojaat etamiz:
759-yili uyg‘ur xoqonligi hukmdori Eletmish bilga xoqon vafot etdi. 0‘sha yili uning sharafiga bitigtosh o‘rnatildi. Mazkur yodgorlikda quyidagi parcha diqqatga sazovor: Bing yilliq tümän künlik bitigimin, bälgiimin bunda yasi tashqa yaratdim, tolqu tashqa toqutdum — Ming yillik, tuman kunlik yozuvimni, belgimni bu yerda yozib, toshga o‘ydirdim, qalin toshga yozdirdim14.
Mazkur yodgorlik bilan bir davrda yaratilgan Moyun chur bitigtoshida ham ayni shu tarixiy ma’lumot takrorlanadi: Bing yilliq tiimän kiinlik bitigimin, bälgiimin antayasi tashqa yaratitdim (Mch, 21) — Ming yillik, tuman kunlik yozuvimni, belgimni bu yerda yassi toshga yozdirdim.
Turkiy-run yozuvida bitilgan yana ba’zi qadimgi turkiy yodgorliklarda “ming yillik yozuv” to‘g‘risida aytiladi. Bu ma’lumotlarning takror- takror qoilangani shundan dalolat beradiki, qadimgi turkiy til va yozuv “ming yilu tuman kun” ilgari amalda bo‘lgan edi, deganidir. Demak, turkiy-run yozuvi miloddan oldingi asrlarda shakllangan edi, degan bugungi qarashlar VII—VIII asrlardagi bitigtosh mualliflariga ilmiy haqiqat sifatida ma’lum bo‘lgan edi. Shuning uchun har ikki yodnomadan yuqorida keltirilgan ma’lumotlar qadimgi turkiy til tarixi to‘g‘risida asl manba sifatida qaraladi. Bu ma’lumotlar ayni paytda Xitoy yilnomalarida, yunon manbalarida, boshqa chet manbalarda bayon qilingan qadimgi turkiy til va yozuv to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi.
Yozuv va til to‘g‘risida so‘z ketganda, ma’lum yozuv shaklining ko‘plab xalqlarga tez suratda tarqilishi nazarda tutilmaydi. Umumxalq tili, ya’ni dialektlararo muloqot vositasi yozma shaklni oladi. Mazkur til bir yoki bir necha dialektlar asosida shakllanganmi yoki yo‘qmi — bu unchalik ahamiyatli emas. Qadimgi turkiy yodgorliklar o‘zgarmagan, asl holatini saqlagani va barcha turkiy qabilalar uchun yagona boigani uchun, adabiy til xususiyatini o‘zida gavdalantiradi. Adabiy tilning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va leksik tarkibi ayni shu yodgorliklarda mujassamlashgan.
Qadimgi turkiy-run yodgorliklari adabiy tilni o‘zida ifodalar ekan, qadimgi turkiy tildagi bu jarayonga nisbatan koyne terminini qoilash maqsadga muvofiqdir. Koyne (yunoncha koine dialektos so‘zidan boiib, “umumxalq tili” ma’nosini bildiradi) — bir yoki bir necha dialekt asosida kelib chiqqan, mamlakat aholisining turli guruhlari o‘rtasidagi dialektlararo muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladigan tildir. Demak, qadimgi turkiy tilda koyne — leksik qatlam, fonetik tizim, so‘z yasalishi turlari, morfologik shakllar va sintaktik konstruksiyalardagi umumiy jihatlarni qamrab oladi. Tildagi bu hodisani ma’lum bir mamlakat hududida amal qiladigan qonunlar majmuiga yoki aqidalar yo farmonga qiyoslash mumkin. Qonunlar, aqida va farmonlar o‘zgarmagani va hamma uchun bir mezonga ega bo‘lgani singari, koyne ham o‘zgarmasdir. Agar koyneda o‘zgarish yuz beradigan bo‘lsa, bu tashqi omillar natijasida majburan qilingan bo‘ladi. Bu holat ham xuddi qonunlarga o‘zgartish kiritishga o‘xshaydi. “Oltin yorug‘”, “Xuastuanift”, moniylik va buddaviylik she’rlari tilida tashqi omillar ta’sirida yuz bergan o‘zgarishni kuzatish mumkin. Asar tilida turli dialektlarga xos so‘zlarning baravar qoilanishi shunday xulosaga olib keladi. Masalan, kisi (odam) so‘zi bilan birga o‘g‘uz va qipchoq shevalaridagi jalanguq (odam, cho‘ri), açun (olam), yïrtïnçii (olam) va hokazo leksik qatlam.
Umuman, qadimgi turkiy yodgorliklarda dialektal so‘zlarning o‘rin olgani va umumxalq tili leksikasiga aylantirilgani koynening qonuniyatlaridan biridir. Yozma matn, shubhasiz, dialektal xususiyatlarni umumxalq tiliga aylantirgan. Dialektal so‘zlar yozma matnda mustahakamlangach, alohida dialekt doirasidan chiqib, butun avlod tomonidan o'zgarishsiz holda qo‘llanishga o‘tgan.
Turkiy tillar tarixini davrlashtirish. Oltoy nazariyasi
Turkiy tillarni davrlashtirish to‘g‘risida so‘z ketganda, turkologlar turkiy tillarning ildizini Oltoy davridan boshlaydilar va turkiy tillarning manshai aynan oltoy davriga borib taqalishini aytadilar15. Oltoy davridagi turkiy tillarning xususiyatlarini ko‘rsatadigan yozma matnlar boMmagani uchun mavjud turkiy hamda ularga qardosh tillarga tayangan holda xulosalar chiqarilgan va hozirda ham shunday. Shuningdek, turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili tarixini fonetik o‘zgarishlarga asoslangan holda davrlashtirish ham bor. Jumladan, S. Y. Malov xuddi shunday davrlashtirish tarafdori va u aynan qadimgi turkiy yozma yodgorliklar mavjud bo‘lgan davrdan boshlaydi. S. Y. Malovning davrlashtirishi quyidagicha:
bosqich. Turkiy tillarning d lashish davri. Bu bosqichda so‘z oxiri va o‘rtasidagi hozirgi /' tovushi d tarzida talaffuz qilinadi. Bu til xususiyatlarini turkiy-run va eski uyg‘ur-turk yozuvidagi yodgorliklar o‘zida ifoda etadi.
bosqich. 0‘tuvchi davr. Bu davrda birinchi bosqichdagi d tovushi / ga o‘tadi: qadin > qajin, adaq > ajaq, kedin > kejin va h.
bosqich. Til butunlay j lashishga o‘tgan bosqich. Bu bosqichda adabiy tilga g‘arbiy (o‘g‘uz) guruhi tillarining ta’siri kuchayadi.
Ko‘rinib turibdiki, S. Y. Malov qadimgi turkiy tilni davrlashtirishni yozma yodgorliklar ma’lum bo‘lgan davrlardan boshlaydi. Shuningdek,
N. Samoylovich, A. K. Borovkov, A. M. Shcherbak va O. Usmonov kabi olimlarning o‘zbek va turkiy tillarni davrlashtirishi orasida farqlar kuzatiladi. Bu farqlar asosan, VI—VIII asrgacha bo‘lgan turkiy tillarga munosabatda ko‘rinadi. VI asrgacha turkiy tildagi yozma yodgorliklarning yo‘qligi masalani qiyinlashtirgan va qarashlar ham turlicha. Turkologlar urxun-yenisey, eski uyg‘ur-turk yozuvi yodgorliklari tilini o‘zbek tilining alohida davri deb qarasalar, ba’zilar bu davr yodgorliklari tilining o‘zbek tiliga aloqasi yo‘q deb hisoblaydilar1. Qadimgi turkiy til va o‘zbek tili fonetikasi hamda leksikasidagi umumiylik borligi bugungi kunda o‘z isbotini topgan.
Turkiy tillarni davrlashtirish borasida A. N. Baskakovning tasnifi ma’lum darajada turkiy tillar taraqqiyotini qamrab olishga urinish bo‘lgan edi. U turkiy tillar tarixini quyidagicha davrlashtiradi: 1 Oltoy davri. 2. Xun davri (miloddan ol. V asrdan milodiy V asrgacha). 3. Qadimgi turk davri (V—X asrlar). 4 0‘rta turk davri (X—XV asrlar). 5. Yangi turk davri (XV—XX asrlargacha). 6. Eng yangi davr (XX asr boshlaridan bugungacha).
Albatta, N. A. Baskakovning mazkur davrlashtirishi XIX asrdan boshlab M. A. Kastren, V. V. Bartold, V. V. Radlov, P. M. Melioranskiy, B. Y. Vladimirsov, G. Ramstedt, V. Kotvich, K. Gryonbek, A. Jafaro‘g‘li kabi bir qator jahon turkologlarining qarashlari bilan hamohang. Yuqoridagi olimlar ham turkiy tillar tarixida olti davrni qayd etgan. Shuningdek, Osiyo xalqlari tarixiga oid asarlar va turk-mo‘g‘ul va tungus— manchjur tillari sohasida qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar ham yuqoridagidek olti bosqichni davrlashtirish uchun asos bolgan.
Biz yuqorida skif tili ham qadimgi turkiy tilning ibtidosi va skiflar etnik jihatdan turkiy qavmlardan ekanini Gerodotning “Tarix” kitobidagi ma’lumotlarga va bir qator Yevropa olimlarining qarashlariga tayangan holda aytgan edik. Skifologiyaning bugungi yutuqlari shunday deb aytishga imkon beradi. Skif tilini rekonstruksiya qilish natijasida skif tilining fonetik tizimi va lug‘at tarkibi turkiy tillarniki bilan bir, degan fikrning mustahkamlanishiga olib keladi. Qolaversa, xalqlar yoki qabilalarning tarixiy taraqqiyoti bilan ularning tili o‘rtasida doimo muvofiqlik va mutanosiblik boiib kelgani uchun ko‘hna turk davrini miloddan oldingi V asrgacha deb emas, balki milodiy V asrgacha deb belgilash maqsadga muvofiqdir. Buning ustiga, turkiy tillarni davriashtirishda siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni asos qilib olishdan voz kechgan holda, qoraxoniylar sulolasi davrida yaratilgan asarlarni qadimgi turkiy til sifatida qarash o‘rinlidir. XI—XII asrlardagi turkiy yodgorliklar tili, xususan, “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘atit-turk”, “Hibat ul- haqoyiq” leksikasi, fonetik tizimi, so‘z yasalishi, grammatik qurilishi qadimgi turkiy yodgorliklar tilidan keskin farq qilmasligi bugungi kunda ayondir. Ana shularni hisobga olib, turkiy tillar tarixini quyidagicha davrlashtirish ma’qul:
1 Bu haqda qarang: Qozoqboy Mahmudov. O'zbek tilining tarixiy fonetikasi. — “Ijod” nashriyot uyi, Toshkent, 2006, 24—25-betlar.
1. Oltoy davri. 2. Skif davri (qadimgi davrlardan mil. ol. V asrgacha).
Xun davri (mil. ol. V asrdan mil. V asrgacha). 4. Qadimgi turk davri (VI—XI asrlar). 5. 0‘rta turk davri (XII—XV asrlar). 5. Yangi turk davri (X—XX asrlargacha). 6. Eng yangi davr (XX asr boshlaridan bugungacha).
Oltoy davriga oid lingvistik omillarning yo‘qligi masalani biroz murakkablashtirayotganday tuyuladi. Matnlaryo‘q bo‘lgani holda, turkiy tillar ibtidosini oltoy davridan boshlash qanchalik maqsadga muvofiq degan savol tug'ilishi tabiiy. Bunday paytda hozirgi turkiy tillarning va qarindosh deb hisoblanadigan tillarning fonetik, leksik va grammatik tizimiga asoslanish turkologiyada qabul qilingan. Ana shu mezon asosida turkologlar oltoy davridagi turkiy tillar uchun umumiy xususiyatlar sifatida quyidagi omillarni asos qilib oladilar:
Unlilar garmoniyasining borligi.
Grammatik rodning yo‘qligi.
Artiklning yo‘qligi.
Tilning agglyutinativ qurilishga egaligi.
Sifat va son ot oldida aniqlovchi vazifasida kelganda o‘zgarmasligi.
Egalik qo‘shimchalarning mavjudligi.
Predloglar o‘rnida ko‘makchilarning qollanishi.
Aniqlovchining aniqlanmish oldida kelishi.
Ot turkumidagi so‘zlarning birlikda sondan keyin kelishi.
Ot turkumidagi so‘zlarning birlikda sondan keyin kelishi.
Qiyoslash oborotda chiqish kelishigining qoilanishi.
Bogiovchili konstruksiyalar o‘rnida sifatdosh va ravishdosh oborotlarning ishlatilishi va h.
Bugungi oltoy tillari oilasiga kiruvchi tillarni qiyosiy-tarixiy, tizimli- ideografik va tipologik jihatdan o‘rganish shunday natijaga olib keladiki, ayrim turkiy tillar bilan mo‘g‘ul va tungus-manchjur tillari leksik tarkibida, so‘z semantikasi va strukturasida umumiy geografik va etno-ijtimoiy jihatlar aks etadi. Ayniqsa, bir bo‘g‘inli o‘zaklarda bu holatlar aniq ko‘zga tashlanadi. Masalan, quyidagi kategoriyalarga e’tiborberaylik: 1. Ma’lum obektlarning, hodisalarning jami ma’nosini bildiradigan so‘zlar: Bö// Bu o‘zagi aksariyat turkiy tillarda “butun, to‘liq, tugallangan” ma’nolarini bildiradi: Bü+t(ün) — “butun, yaxlit” (o‘zb. ); bo+d(un) —qabilalar uyushmasi (qadim. turk. ); böM(lök) — “mohiyat, biron narsaning mag‘zi”; bo+j(pa) — “doira, doirasimon” (tat,, boshq. ); bii+t(aj) — “zich, yaxlit, uzluksiz” (yoqut); bu+t(en) — “to‘g‘rilangan” (mo‘g‘ul. ); bu+t(un) — “butun” (tungus, manch. ); buM(er) — “tugatmoq” (tungus, manch); bi+k “juda, g‘oyat, tugal” (boshq. ); be+d (uk) — “har narsaning kattasi, ulug‘i” (DLT).
Mazkur guruhdagi o‘zakdosh so‘zlarning ma’no umumiyligiga xos jihatlarni “Tabiat: o‘simliklar dunyosi” gurahiga mansub bir bo‘g‘inli so‘z o‘zaklari ham tasdiqlaydi: bo+r(çak) — “no‘xat va dukkakli o‘simliklar oilasidan boshqa o‘simliklar” (tat. , boshq. ); pu+r (çak)— “bir dona no‘xat” (chuvash. ); buu+r (tsak) — “no‘xat” (mo‘g‘ul. ); bo+r(ço)~ “dukkakli o‘simliklar” (tungus, manch. ); bool+ (jirghn) — “meva” (qalm. , mo‘g‘. , xalx. ); bo+r(tek) — “don”, pjo+p(çjo) — “don” (chuvash. ); bu+p(duka) — “un, non, don” (tungus. , manch. ) va h.
Buiardan tashqari, yana boshqa kategoriyalarga mansub bö o‘zakli so‘zlar borki, oltoy tillari oilasiga kimvchi turkiy tillarda ma’nodoshdir'.
Yuqorida keltirilgan misoldan ma’lum bo‘ladiki, oltoy tillarida tarkibiy-semantik yadroning umumiyligi birgina leksema orqali tasdiqlanmoqda. Oltoy tillariga kiruvchi turkiy tillarning qarindoshligi, ba’zi turkologlar aytganiday, tillarning yaqinlashuvi tufayli yuz bermadi, balki oltoy tillarining etnik jarayoni tufayli yuz berdi. Yevroosiyoning etnik jarayoni va shunga bog‘liq ravishda til taraqqiyoti shunday xulosaga olib keldi.
Leksemalami ideografik paradigma doirasida qarash lozimligini ham yuqoridagi Bö — o‘zakdosh so‘zlari ko‘rsatadi. Oltoy tillari nazariyasi ilk bor ilgari surilganda ham, o‘zakdosh so‘zlar asos qilib olingan edi. Bu nazariyaning birinchi asoschisi qadimgi turkiy yodgorliklarni Sibirdan topgan shvetsiyalik ofitser I. Stralenbergdir. Oltoy tillarini alohida til oilasi sifatida qarashni ham I. Stralenberg o‘rtaga tashladi. U turkiy tillarning qarindoshligi masalasida so‘z yuritganda, bugungi singari “oltoy tillari” degan terminni qoilamadi, balki turkiy tillarni “ural-oltoy tillari” degan nom ostida birlashtirdi. U bir qiyosiy jadval tuzib, o‘ttiz beshta so‘zning 32 turkiy tilda qanday ifodalanishini ko‘rsatib berdi.
Jadvalda bahs mavzusi bo‘lgan 32 til dastlab olti guruhga bo‘lingan. (Stralenberg “tatar” terminini “turkiy” tillar va xalqlar ma’nosida qoilagan). Bular quyidagilardir:
Fin-ugor (Stralenbergning fikricha, uyg‘ur, lekin bu to‘g‘ri emas): mojar, fin, vogul, cheremis, permyak, votyak, ostyak xalqlari va ularning tillari.
Turk-tatar: yoqut, chuvash xalqlari va ularning tillari.
Samodiy xalqi va tili.
Mo‘g‘ul-manchjur: qalmiq, manchjur, tangut xalqlari va ularning tillari.
Tungus: tungus, qamasin, arin, koryak, kuril xalqlari va ularning tillari.
Qora dengiz va Xazar dengizi orasida istiqomat qilgan xalqlar hamda ularning tillari.
I. Stralenberg yuqoridagi jadvalda asosiy e’tiborni chuvash, tatar, boshqird, yoqut, turkman, qoraqalpoq, barabin-tatarlarga qaratgan. U turkologiyada qiyosiy-tarixiy usulni boshlovchilardan biri bo‘ldi va tilning qadimgi etnik tarixni o‘rganishda muhim omil ekanini ko‘rsatib berdi.
Shuningdek, I. Stralenberg o‘rtaga tashlagan ural-oltoy nazariyasi keyingi davrdagi turkologlar tomonidan rivojlantirildi. XIX asrda yashagan turkologlar orasida M . Kastrenning qarashlari diqqatga sazovor. U ural-oltoy tillarini besh guruhga bo‘ldi: 1 ^in-ugor. 2. Samodiy. 3. Turk-tatar. 4. Mo‘g‘ul. 5. Tungus.
Ural-oltoy tillari nazariyasi ba’zi turk >glar tomonidan e’tirof etilgan. Turli oilaga mansub tillarni qiyosiy-tarixiy o‘rganish rivojlanib borishi natijasida doimo qarindosh tillar doirasi kengayib borgan, qadimda bu tillarning qarindosh bo‘lganini isbotlashga harakat bo‘lgan. Turkologlar boshqa qarindosh tillarni izlashga intilar ekanlar, bu hodisa mutlaqo tabiiydir. Oltoyshunoslik tarixida bunday izlanishlar muvaffaqiyat bilan tugagani ma’lum. Masalan, 1915-yili fin tilshunosi Y. Stela, samodiy tillari fin tiliga qarindoshdir, degan g‘oyani ilgari surdi. Keyingi tadqiqotlar Y. Stelaning fikrini tasdiqladi va samodiy tillari materiallaridan komparativ tilshunoslikdan foydalanilmoqda.
Ural-oltoy tillari nazariyasini ilgari surib, qoilab-quwatlagan turkologlarning qarashlari o‘rinlidir. Aslida ural-oltoy tillari Shimoliy Osiyo tillaridan ajralib chiqqan. M. Ryasyanenning fikricha, Shimoliy Osiyo tillarining ural-oltoy tarmog‘i ilk tosh davrida — miloddan oldingi o‘ninchi ming yillikda mavjud edi. Miloddan oldingi oltinchi ming yillikda oltoy tillari tarmog‘i o‘z navbatida Shimoliy Osiyo tillaridan ajralib chiqdi. Miloddan oldingi ikkinchi ming yillikda esa turkiy tillar oltoy tillari tarkibidan mustaqil til oilasi sifatida paydo bo‘ldi. Xullas,
M. Ryasyanenning mazkur nazariyasi ham yuqoridagiday ma’lum mezonlarga asoslangan.
XIX—XX asrlarda jahon turkologlari, jumladan, O. N. Byotlingk,
Y. Vladimirsov, V. Tomson, G. Ramstedt, O. Donner, I. Budens va boshqalar oltoy nazariyasini qo‘llab-quvvatladilar. Bular orasida mo‘g‘ulshunos B. Y. Vladimirsovning kuzatishlari diqqatga sazovor. U mo‘g‘ul tilining oltoy tillari tarixida tutgan o‘rnini belgilab, oltoy tillari nazariyasini qo‘llab-quwatladi: “Mo‘g‘ul tili turkiy va tungus tillari bilan ’oirga yagona ildizga ega boiib, shartli ravishda ularni oltoy tillari deb aytish mumkin. Qadimgi oltoy tili ma’lum emas, ammo oltoy tillari — mo‘g‘ul, turkiy, tungus tillari ma’lum bo‘lib, bu tillar oltoy tilining taraqqiyoti jarayonida hosil boMgan”16. Venger olimi Y. Nemet, V. Poppe ham B. Vladimirsovga hamohang fikrlarni ilgari suradilar. Har ikki olimning fikricha ham, qandaydir qadimgi til boigan va u tilning umumiy fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari hozirgi turkiy tillarda hamda mo‘g‘ul va tungus-manchjur tillarida saqlangan ekan.17 Oltoy tillari oilasiga kiruvchi tillarning, shuningdek, yapon tilining o‘zaro genetik aloqasi masalasi XX asr oxirlarida yana ham aniqlashtirildi va bu nazariya o‘z ilmiy isbotini topdi18.
Oltoy tillarining tarixiy taraqqiyotini ko‘rsatuvchi yozma matnlar yo‘q ekanini yuqorida aytib o‘tdik. Shunday boisa-da, fonetik moslik, leksikada va qo‘shimchalardagi uyg‘unlik bu oilaga kiruvchi tillarning qarindoshligini isbotlovchi dalillardir. Masalan, b—m mosligi: motan: (koreys. “hamma”) — mute: (oltoy. “hamma, butun”) — Aodun: (qadim. turk. “xalq, jamiki turkiy urug‘lar”).
Oltoy tillari bilan qadimgi aloqalarini saqlagan ba’zi turkiy tillarda, jumladan, yoqut, xakas, boshqird, tungus, manchjur tillarida s-t-ç tovushlari mosligi ham oltoy davridagi qarindosh tillarning saqlanib qolgan xususiyatlaridandir: masalan, hozirgi o‘zbek tilidagi “o‘ttiz” so‘zi quyidagicha shaklda qo‘llanadi: gusin (manch. ) — guçin (mo‘g‘ul. )
gutin (tungus.).
Xullas, turkiy tillar davrlashtirilganda, turkiy qavmlar va ularning tillari xronologik chegaralariga muvofiqligi inobatga olingan. Oltoy guruhiga kiruvchi tillarni davrlashtirishda qiyosiy-tarixiy usul eng maqbulidir.
Skif tili so‘z yasalish modelining qadimgi turkiy til so‘z yasalish modeliga mosligini awal ko‘rib o‘tgan edik. Xun davridagi turkiy tilning xususiyatlarini aniqlashda ham, xuddi skif tili kabi, ma’lum bir chet manbalarga tayaniladi.
Ilk turkcha davr
“Ilk turkcha davr” degan termin Yevropa turkologiyasida “prototurkcha” degan termin bilan ham ataladi. Ko‘chmanchi turk urug‘ va qabilalari tarixi bilan yaqindan tanishish shuni ko‘rsatadiki, urug‘ va qabilalarning taraqqiyoti ular tilining lahjalarga boiinishiga olib kelgan. Qadimgi turklarning hayot tarzi, e’tiqodi, turli qabilalar orasida bu boradagi farqlar, shubhasiz, qadimgi turkiy til lahjalariga ham ta’sir etgan. Qadimgi turklarning hayot tarzi yagona turkiy tilning, ayni paytda yagona yozuvning paydo bo'lishini shart qilib qo‘ymagan. Qolaversa, bunga ehtiyoj ham yo‘q edi. Chunki turkiy qavmlarning bir qismi ko‘chmanchilik hayotini boshdan kechirganlari uchun, bir qator etnik birlashmalar paydo bo‘ldi va tabiiyki, ularning tillarida ham farqlar yuzaga keldi.
Ilk turkiy til taraqqiyotida ikki bosqichni kuzatish mumkin. Birinchi bosqichni turkiy tilning boshlang‘ich davri deb qarasa bo‘ladi. Tilning umumiy taraqqiyoti qonuniyatlari nuqtai nazari bo‘yicha tahlil qilinganda, ilk davrdagi turkiy til urug‘ tillarining bir-biriga ta’siri ostida rivojlanib bordi. 0‘sha zamonda begona qavmlarning turkiylashuvi, shuningdek, yana boshqa bir qator sabablar ta’siri bilan yuzaga kelgan turk urug‘ va qabilalari sharqqa ham, g‘arbga ham yoyilib bordi. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘atit-turk” asarida ko'rsatgan qabila va urug‘larning geografik hududi, ularning tillari o‘rtasidagi farqlar ham shundan dalolat beradi. Ilk turkiy til ham bir qator dialektlardan iborat boiganini Koshg‘ariyning bergan ma’lumotlari, dalillari tasdiqlaydi. Ilk turkiy tilni bugungi adabiy tilga qiyoslab tasawur qilish mumkin.
Ilk turkiy tilning xususiyati to‘g‘risidagi tasavvurlarni urxun yodgorliklari ham ma’lum darajada to‘ldiradi. N. Poppe so‘z boshidagi undoshlar ifodasiga ko‘ra, ilk turkiy til uchun quyidagicha tovush tizimini ishlab chiqdi.
Oltoy-bobo tili
*P
*b
*t
*d
*q
*gh
*k
*g
*z
H=c
*y
*n
n*
*ç
*s
Mo‘g‘ul tili
0
b
t
d
k
gh
k
g
d
C
y
n
ç
s
Qadimgi turkiy til
0
*b
*t
q
*k
*y
*ç
*s
So‘z o‘rtasi va oxiridagi undosh tovushlar tizimi qanday bo‘lgani to‘g‘risida aniq fikrlar yo‘q bo‘lsa-da, ilk turkiy tilning 1? va L tovushli til bo‘lganini e’tirof etish mumkin.
Yuqoridagi jadvaldan shu narsa ayon bo‘ladiki, urxun yozuvlarining til xususiyatlarini tashigan va milodiy I asrga qadar davom etib kelgan ilk turkcha til taraqqiyoti tarixi jihatidan oltoy bobo tiliga solishtirilganda, dastlab ikki davrni bosib o‘tgan. Birinchi davrda k va q va gh, t va d, n va ng, z va c tovushlari hali alohida-alohida bo‘lib ajralmagan, ya’ni mustaqil fonema sifatida yo‘q edi. Urxun yodgorliklarida buning qoldiqlarini ko‘rish mumkin.
Ikkinchi bosqichda r tovushidan z, I tovushidan sh tovushi paydo bo‘lganini turkologlar, xususan, N. Poppe e’tirof etadi. Bu vaziyatdan turkologlar qadimiy xususiyatlarini saqlagan hozirgi turkiy tillarni aniqlashda foydalanadilar. Jumladan, chuvash tilini r va / xususiyatga ega til guruhiga, yoqut tilini esa z va sh xususiyatga ega turkiy tillar guruhiga kiritadilar.
Ba’zi turkologlar, jumladan, Yu. Nemet har ikkala turkiy tilning baravar taraqqiy qilgani to‘g‘risidagi fikrni o‘rtaga tashlagan edi. Bundan ko‘rinadiki, ilk turkiy tilning xususiyatlari, alohida belgilari to‘g‘risida bulardan boshqa omillar, xususan, bir qator qavmlarning tillari aniqlashtirilishi, ular yashagan hududlari tayin etilishi ham kerakki, ana shunda ilk turkiy til to‘g‘risidagi tasawurlar yana ham oydinlashadi. Bu omillar yozma til to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki o‘sha tildan ba’zi elementlar yo‘q davrlarga tegishlidir.
Ikkinchi davr — ma’lum bir yozma yodgorliklarda ilk turkiy tilning ma’lum biron tizimiga oid ma’lumotlar, lisoniy elementlar saqlanib qolgan davrdir. Biz bu davmi miloddan oldingi V asrda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan qadimgi turkiylar davridan boshlaymiz va ularning tilini ham shartli ravishda ko‘hna turkiy til deb nomlaymiz. Bu davr turkiylari shumer yozuvlarida xurritlar yoki kurritlar deb eslanadi. Ular miloddan oldingi uchinchi ming yillikning o‘rtalarida Xitoyning shimolini, Mo‘g‘ulistonni, Jungariyani bosib olib davlat qurgan edilar. Birinchi ming yillik oxirida 0‘rta Osiyo, xususan, Sirdaryo etaklari, Orol dengizi bo‘ylariga yetib keldilar. Eng qadimgi Xitoy manbalarida xitoylarning qo‘shnisi boigan Shan xun, Xuan yun, Xuang nu kabi nomlar bilan qayd etilgan qavmiar ham ana shu ko‘hna turkiyiar edilar.19 Bu qavmlar haqida nisbatan jiddiy va izchil ma’lumotlar miloddan oldingi VIII asrdan boshlab uchraydi.
Ko‘hna turkiylarning tili masalasida ko‘p bahslar bor. Yuqorida ularning etnik jihatdan kelib chiqishi turkiy qavmlardan ekanini aytdik. Ularning tili to‘g‘risida turkologlar so‘z yuritganlarida, bugungi venger va chuvash tillaridagi ba’zi so‘zlar ko‘hna turkiy til leksikasi uchun asos bo‘la oladi, deb aytadilar. Shuningdek, ayrim turkologlarning fikrlariga ko‘ra, ularning sharqdagi qo‘shnilari syanbiylar tiliga ham ko‘hna turkiy til asos boigan edi.
Ko'hna turkiylarning boshqa turkiy qavmlar bilan etnik birligi ular tilining turkiycha ekanini belgilovchi yagona omil emas. Birinchi navbatda, Xitoy tarixiy manbalarida saqlanib qolgan qadimgi turkiy so‘zlar orqali ham ularning tili to‘g‘risida ma’lum bir xulosaga kelish mumkin.
Ko‘hna turkiyiar tilida bir qator so‘zlar harbiy sohaga va davlat tuzilishiga oid so‘zlardir. Bu so‘zlar xitoy tilidagi manbalarga o‘tib saqlanib qolgani uchun, ko‘hna turkiy tildagi so‘zlarning fonetik qiyofasi o‘zgarishga uchragan. Xitoy tilining monosillabik til bo‘lgani bunga sababdir. Masalan, ko‘hna turkiylarda toki unvoni bo‘lgan. Olmon olimi de Grott gunlardagi bu unvonni turkiy tillardagi togri/dogri so‘zi bilan bog‘laydi. Zero, xitoy tilidagi “nien” ishorati bilan ifoda etilgan so‘zlarning ma’nosi “hokim, odil, yaxshi” ma’nosini ifodalab, azaldan eng sharafli unvonlardan biri boMgan. K. Shiratorining aytishicha, Osmon o‘g‘illariga (ya’ni podshohlarga) nisbatan shu so‘z ishlatilgan. K. Shiratorining yana takidlashicha, bu unvon tu-si shaklida ham bo‘lgan va qadimgi turklarning nizomlari “to‘g‘ri, odil” bolganidan dalolatdir.
Yunon manbalarida eng qadimgi turkiycha so‘z bo‘lgan asqhu so‘zi ham bor. Bu so‘z “sut bilan aralashtirib ichilgan yegulik” ma’nosini bildiradi. Bundan boshqa ba’zi so‘zlar ham borki, ko‘hna turkiycha so‘zlar qadimgi turkiy tilga yetib kelgunga qadar fonetik jihatdan keskin o‘zgarishlarga uchramaganini, ilk turkiy tildagi so'zlar biron tarixiy voqea munosabati bilan qo‘llanganini ko‘rish mumkin.20 Ko‘hna turkiylarning kimligi va tili to‘g‘risida Yevropa olimlari XX asr boshidan buyon turli nazariyalarni aytib keladilar. Bu nazariyalarning eng ko‘p tarqalgani — ko‘hna turklarning turk qavmlaridan ekani va tili turkiycha bo‘lgani to‘g‘risidagi qarashlardir. Bu nazariyalarni qo'llab- quvvatlagan olimlar quyidagilardir: Abel-Remyuze, Y. Klaprot, A. Semyonov, V. Ripper, Koskinen, K. Shiratori, S. Pritchak, Altxeym, J. Kloson.
Turkologlarning kuzatishlari shuni ko‘rsatadiki, qadimgi turkiycha ism va unvonlardan bir yuz saksontasi miloddan oldingi V asrdan oldingi xitoy yozma yodgorliklarida saqlanib qolgan. Shuningdek, xitoyshunos olimlardan ba’zilari, Chin manbalarida yuzlab ko‘hna turkiy so‘zlar bor, deb e’tirof etadilar. Bu so‘zlar qatorida “Xan shu” yilnomasida turkologlarga yaxshi ma’lum o‘nta xitoycha ideogrammadan iborat ko‘hna turkiy tildagi bir bayt ham bor. Bu baytni xitoyshunoslar turlicha o‘qiganlar. Bunga sabab shuki, xitoy yozuvida / va r undoshlari uchun bitta belgi ishlatiladi, ya’ni ular farqlanmaydi, ö va it unlilari ham uchramaydi. Shu bois ko‘hna turkiy tildagi yigirmaga yaqin so‘zni har xil o‘qish bilan birga, turlicha talqin ham qiladilar. Yuqoridagi Xitoy yilnomasidagi ko‘hna turkiy tildagi baytning boshlanishida çeng-li ku- tu Shan-yu jumlasi uchraydi. “Xan shu” yilnomasida bu jumladagi so‘zlar quyidagicha ma’no ifodalaydi: çeng-li — “osmon” ma’nosida, ku-tu — “o‘g‘il” ma’nosida, Shan-yu — “keng, buyuk” deganidir. Bu jumlaning mazmuni “Osmon o‘g‘li buyukdir” deganidir. Mazkur jumla Chin xoqonlarining unvoni sifatida ishlatilgan.
Mazkur jumladagi birinchi so‘z qadimgi turkiy tildagi “osmon va xudo” ma’nosida qo‘llangan tängrï ning fonetik o‘zgargan shakli ekani turkologlar tomonidan e’tirof etilgan. Faqat J. Dyorfer tängrï so‘zi tarkibidagi ngr undoshlar birikmasi sababli buning turkiycha so‘z ekaniga shubha bildiradi. Uningcha, bu so‘z tanri bo‘lishi kerak, ya’ni bugungi turkiy tillardagi til orqa tig ko'hna turkiychada ham, qadimgi turkiychada ham yo‘q. J. Dyorfer turkmanchada tangri, yoqutchada tanara, chuvashchada tiiri shaklida qo‘llanishini asos qilib oladi.
Ammo shuni e’tiborga olish kerakki, qadimgi turkiy tildagi ng va k undoshlari bilan kelgan unlilar yoqut tilida til orqa unlilariga aylangan.
yoqut tilida:
Qadimgi turkiy tilda öküz " inäk säkiz oghuz
inäx
aghiz va h.
Yoqut tilidagi mazkurtil orqa unli va undoshlarini e’tiborga olib, ng undoshi ishtirok etgan tängri so‘zi ham ko'hna turkiy tilda qoidaga aylangan tangara shaklida bo‘lganini taxmin qilish mumkin.
Chuvash tilida turi shakli bu til tarixidagi biror xususiyat bilan bog‘liq emas. Qadimgi turkiy tilda ä unlisi ishtirok etgan bir qator so‘zlarda hozirgi chuvash tilida til orqa a unlisi qoilanadi. Masalan:
Qadimgi turkiy tilda: Chuvash tilida:
älig (qo‘l) ali, ak
är (er) ar
äblän— (oilali bo‘l-) avlan-
äk- (ek-) ak-
Qadimgi turkiy tildagi tängri so‘zining chuvash tilida turi shakliga kelib qolishi keyingi taraqqiyot mahsuli boiib, sonor tovushlarning (ng) turkiy tillarda turg‘un emasligi va til orqa undoshlarining ham o‘zgarishga moyilligi bilan bog‘liq hodisadir: tängri > tagri > turi. Turk, ozarbayjon tilida tanri va turkman tilida tangri shakliga kelgunga qadar o‘g‘uz guruhidagi turkiy tillarda mazkur til orqa unlisining qo‘llanishi ham ng undoshi ta’sirida yuz beigan bo‘lishi mumkin. Sonor tovush ng til orqa undoshi bo‘lgani uchun qadimgi turkiydagi til oldi ii unlisini til orqa a ga aylantirgan.
Miloddan oldingi asrlardan boshlab Chin muarrixlari o‘z asarlarida bir necha turkiycha so‘zlami xitoycha yozuvda berishga urinib ko‘rganlar. Ammo xitoycha yozuv bilan boshqa xalqning yozuvini o‘z ohangida berish qiyin bo‘lsa ham, xitoy muarrixlari yozib qoldiigan turkiycha so‘zlarni tiklash mumkin. Xitoycha yozuv, dunyodagi fonetik yozuvlar singari, ma’lum tovush ifodasi ma’lum bir belgi bilan ifodalangan yozuv emas. Biron buyum nomini xitoycha yozuv bilan yozmoqchi bo‘lsak, o‘sha buyumning shaklini chizish lozim bo‘ladi. Shunga ko‘ra, xitoycha yozuvning alifbosi boshqa fonetik yozuvdagi harflar miqdoridan juda ko‘p
bir necha ming shakllardan iborat. Buning ustiga, turkiy-run va eski uyg‘ur-turk yozuvidagi q, gh, h, r harflari ishtirok etgan so‘zlarni turkiycha ohangda xitoycha yozuvda va xitoycha talaffuzda berish mumkin emas.
Shuning uchun qadimgi davrdagi xitoy muarrixlari turkiycha so‘zlarni xitoycha yozuv bilan berishda qiyinchiliklarga duch kelgan bo‘lsalar-da, turkiycha talaffuzni imkon qadar saqlashga harakat qilganlar.
Ko‘hna turkiyiar davridagi to‘ba tili ham turkiy tillarga mansubligi to‘g‘risida jahon turkologlari fikrlarini bildirganlar. To‘ba tiliga oid unvonlar, atoqli otlar “Chin-shu” nomli xitoy yilnomasida saqlanib qolgan. To‘ba tilidagi ayrim unvonlar esa atoqli otlardan kelib chiqqan. To‘ba tilidagi ba’zi atoqli otlarni K. Shiratori, P. Pelliot, P. Boodberg tahlil qilganlar. To‘ba tilidagi atoqli ot va unvonlar yuzasidan L. Bazen oiib borgan tadqiqotlar diqqatga sazovordir21. Quyida nomlari zikr etilgan turkologlar to‘ba tilida aniqlagan atoqli va turdosh otlardan namunalar keltiramiz22.
Xitoycha nomlanishi
To‘ba tilida
Qadimgi turkiy yoki eski o‘zbek yo boshqa turkiy tilda nomlanishi
Ma’nosi
1 .Kapo-çene Ka-pak-çin
kapakçin
qapuqçi
darvozabon
2.Pi-ie-çen< pyi- (yoki byi-) - tik-çin
bitigçin
bitigçi
bituvchi, kotib
3.Hsien-çen< qam-çin
qam-çin
cam-çin
otliq pochtalon, uloqchi
4.hu-lo-çen< quo- lak-çin
kurlagçin< kur- la-g-çin
kur, kurla
hukmdorni qurol bilan himoya qiluvchi kamar
5. ho-la-çen lat- çin
hat-laq- çin
atliq, atlaq
otliq, suvori
6.to-po-çen< tä- päk-çin
ta:pakçin
ta.pan
piyoda, yayov, tovon
7. a:çen
açsin
alçin
To‘ba saroyidagi oshxona qismi; bakovul
8. hu-lo
kural
kural
qurol
9. kih-wan-çen< kiet-miwançin
kelmerçin
kelemurçi (mo‘g‘ul.)
tarjimon
lO.muh-kuh-lu
mukiir, mukuri
muquiymiquliq (mo‘g‘ul.)
dumaloq
11. teu-lu, tou-lu< deu-luo
törii, törä
törü,törö
qonunga itoat etraoq
12. qutu
qut
qut
baxt, saodat
13.yanghu
alçi
alçi
ayyor, yolg‘onchi
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, keltirilgan so‘zlardan ikkitasigina mo‘g‘ulchadir. Bu ham qadimgi turkiy tildan keyingi davrga aloqador, qadimgi turkiy tilda saqlanmagan.
Yuqorida aytganimizdek, ko'hna turkiy tildan bir jumla ham saqlanib qolgan. Mavjud saqlanib qolgan so‘z va jumlalarga asoslanib, turkologlar ilk turkiy til z/sk tilga aloqador, deb bilgan edilar. Jumladan, Yu. Nemetning qarashi shunday. U qiz, okuz kabi so‘zlardagi z tovushiga asoslanib, ko‘hna turkiylar davridagi ilk turkiy til z guruh turkiy tillarga kiradi, deb hisoblaydi.
Yuqorida ko‘hna turkiy tilda bir jumla “Chin-shu” yilnomasida saqlanib qolgani to‘g‘risida aytgan edik. Endi o‘sha jumlani ko‘rib chiqamiz.
Chin sulolasi tarixi to‘g‘risidagi “Chin-shu” yilnomasida mil. ol. 329-yilda Po Yangda yuzaga kelgan bir voqea sababi bilan o‘nta xitoycha belgidan iborat ko‘hna turkiy tildagi bir jumla aniqlangan. Bu turkiycha jumla XX asr boshidan beri jahon turkologlarining e’tiborini jalb qilib keladi. K. Shiratori, L. Bazen va A. fon Gaben kabi Yevropa olimlari bu turkiycha jumla ustida ish olib borib, jumlaning turkiy tilda ekanini isbotlashga harakat qildilar. Mazkur jumlaning xitoycha matnini turkolog va xitoyshunoslar turlicha o‘qigan bo‘lsalar ham, hammalari bu jumlaning turkiycha ekanini e’tirof etganlar. Quyida o‘sha jumlani keltiramiz:
Siu-ki ti-li-kang puh-koh ku-tu-tang
Mazkur jumla budda ruhoniysi Fo Tu Tengning bashoratidir.1 Endi jumlani so‘zma-so‘z tahlil qilamiz.