Nasimxon rahmonov, qosimjon sodiqoy



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə13/31
tarix03.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#82725
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
O\'zbek tili tarixi. 2009. N.Raxmonov, Q.Sodiqov

Antonimlar
Qarama-qarshi ma’noga ega bo‘lgan leksik birliklarning semantik munosabatlari ko‘rinishlari antonimlardir. Qadimgi turkiy tilda ham antonimlarni belgilash mezonlari mavjud. Birinchi mezon shuki, leksik birlik kontekstda antonimlarni hosil qiladi: üzä kök tängri asra yaghiz yär (Ktu, 1) — Yuqorida ko‘k osmon, pastda qora yer. Bu parchadagi iizci — asra, kök — yaghiz antonimlarni hosil qilgan.
Antonimlarni qadimgi turkiy tildagi muhim xususiyatlaridan biri shuki, so‘zlarning zid ma’nosi kontekstda o‘zaro bir-biriga bog‘liq holda yuzaga keladi: Bäglik uri oghling qul bolti, silik qiz oghling kiing bolti (Ktu, 7) — Bek bo‘ladigan o‘g‘ling qul bo‘ldi, suluv qizing cho'ri bo‘ldi.
Mazkur parchadagi biiglikqul, silik qiz — kiing antonimlar qutbini hosil qiladi. Quyidagi parchada ham shu hodisa bor, ya’ni antonim faqat kontekstda yuzaga chiqadi: ... tinlighlar yilqi azunintaqi ämgäktin ozup, kisi azuninta toghdilar (Oy, 1, 8a) — ... jonzotlar hayvonot olamidagi azoblardan xalos bo‘lib, insoniyat olamida tug‘ildilar; özluk ölürmäkning ayigh qilinçi nätäg aghir ärsär, ölürmämäkning yämä buyan ädgü qilinçi yämä ança oq ülgüsüz, qolusuz titir (Oy, 1, 12a) — Tirik jonzotlarni o‘ldirish yovuz qilmish (ekani) naqadar og‘ir bo‘lsa, o‘ldirmaslik yanada olijanoblik, to‘g‘ri ishlar yanada shunchalar ulug‘vor, beqiyosdir.
Bu parchadagi öliirmäk va ölürmämäk fe’llarining bo‘lishli va bo‘lishsiz shakli antonimlar hosil qilgan. Faqat — qo‘shimchasining zidlik hosil qilishi tufayli antonim hosil bo‘lib qolmagan, balki ma’noda zidlik bor. Bu parchadagi boshqa antonim juftlar (ayigh qilinçi — buyan ädgü qilinç, aghir — iilgiisüz) ham ölürmäk va öliïrmämäk antonimiga bogiiqdir.
Iboralar
Qadimgi turkiy tildagi iboralar bevosita va bilvosita matnlarning xususiyatlariga bog‘liqdir. Jumladan, Urxun-yenisey yozma yodgorliklarida iboralar kam uchraydi. Iboralarning asosiy belgisi — obrazlilik bo‘lib, bu esa o‘z navbatida tilni taraqqiy ettirib boruvchi omillardan biridir, ayni paytda iboralar nutq ta’sirchanligi uchun ham asosiy vositalardan biridir.
X asrlardagi yozma yodgorliklarda esa iboralar ancha sermahsul. Ayniqsa, “Oltin yorug‘”da iboralarning shunday ko‘rinishlari uchraydiki, bu iboralarni kitobiy deb atash mumkin. Zotan, ayrim tillarning tarixiy leksikasida kitobiy iboralar bor'. Bu iboralar bevosita tarjima jarayonida yuz beradi. “Oltin yorug‘” ham tarjima asari bo‘lgani uchun asliyat tilidagi iboralarning muqobilini qadimgi turkiy tildan topish imkoni bo‘lmagani uchun tarjimonlar o‘ziga xos, yangi iboralar yaratganlar. Bu iboralarni qadimgi turkiy tildagi individual ibora deb atash mumkin, chunki bu iboralar keyingi davr tilida uchramaydi:... ädgii qilinçligh kïrnï, köpriik itgil, yaratghil (Oy, I, 8b) — ezgu ishlar(ning) kema, ko‘prik(ini) yaratgin; nom tïlgänïn äwrïtgälï köngül turghur sunlar (Oy, III, 16b) — no‘m gildiragini aylantirgani istak paydo qilsinlar; nom tïlgänïn äwïrtgälï ötügçï bolsar (Oy, III, 18a) -no‘m g‘ildiragini aylantirgani xizmatkor bo‘lsa; nom tïlgänïn iiwïrtkälï ötügçï bulsar — no‘m g‘ildiragini aylantirgani iltimoschi bo‘lsa. Xullas, nom ïïlgänïn äwrïtgcilï iborasi turg‘un birikma shaklida “Oltin yorug‘”da takrorlanib kelaveradi— bu qandaydir g‘ildirakni aylantirishni emas, balki buddaviylikning maxayana ta’limotiga rioya qilishni anglatadi: nom tïlgänïn äwrïtgälï. Bu turg‘un so‘z birikmasi tarkibidagi tïlgän iborani hosil qilish uchun asos bo‘lgan. Bu ibora garchi tarjima mahsuli sifatida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, leksik-grammatik jihatdan tom ma’noda qadimgi turkiy tilga xos.
Quyidagi ibora ham individual, faqat “Oltin yorug47” tiliga xosdir: ... bïlïksïz bïlïkkä örlütüp t(ä)rs tätrü körüm üzä köngülüm kökiizüm tätrïlip (Oy, III, 5b) — Nodonlikka yetishib, ters tasawur bilan ko‘nglim, qalbim (ham) teskari bo‘lib qoldi.
Ibora shakliy jihatdan gapga teng, ammo bu iboraning sintaktik tuzilishini erkin konstruksiya asosida paydo bo'lgan gap bilan vazifa jihatdan tenglashtirib bolmaydi. Bu turdagi, ya’ni shakliy tomondan gapga teng iboralarga bir butun sintaktik vazifa yuklanadi.
“Oltin yorug‘”da shunday iboralar borki, ular erkin sintaktik birliklarga o'xshab ko‘rinsa ham, qadimgi turkiy tilda iboraning o‘ziga xos ko‘rinishi, deb baholash mumkin: burxan nomunung ulugh törlüg küçingä, közünïngä artuqraq siiziig kïrïtgiinç köngiil örïtip (Oy, II, 8b)
burxan no1 mining ulug1, xosiyatli kuch-qudratiga ko‘p pok, ishonchli fikr uyg'otib... Bu parchada ibora örït— fe’lining ma’nosi tufayli kelib chiqqan. Bu fe’l orttirma nisbat shaklidagina ibora hosil qilishi mumkin. “Qadimgi turkiy lug‘at” (/tpeBHeTiopKCKMM cjiOBapb. — M. : 1969,, 388-bet)da bu fe’lning ör- fe’lidan hosil bolgani izohlangan, ammo ör— o‘zak holatida ibora hosil qila olmaydi, chunki ko‘chma ma’no ifodalamaydi. köngiil örït— turg‘un birikma shaklida qo‘llanadi, bu esa örït— fe’lining köngül ga leksik jihatdan emas, balki ma’no jihatdan bog‘liq bo‘lgani sababli yuz beradi.
Qadimgi turkiy tilda, xuddi hozirgi o‘zbek tilidagi iboralarga shakl va ma’no jihatdan teng bo‘lgan iboralar ham qo‘llanadi.
Inçip ïgläyü birla ök saw söz qodup (Oy, I, 2b) — U shunchalik (qattiq) xastalandiki, tildan qolib... Bu ibora og‘zaki nutqqa xos bo‘lib, qadimgi turkiy tilda turg'un birikma sifatida shakllangunga qadar, uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan.
Ayrim hollarda iboraning ta’sirchanligini oshirish uchun ibora tarkibida sinonimlar qatori qo‘llanadi:... köngüllärï uyalip siqilip batmish (Oy, II, 42a) — ko'ngullari buzilib, siqilib, vayron bo‘lgan.
Quyidagi ibora esa yuqoridagi iboraning antonimidir: Küsämïsh (kü)süshlärï k(ä)ntü k(ä)ntü köngiillärï bütziin qanzunlar... äd tawarqa äsïlgä(lï bolmaz)unlar (Oy, II, 43b)— Orzu qilgan istaklari, o‘zlarining ko‘ngillari but bo‘lsin, qonsin... mol-dunyoga oshno bo‘lmasinlar.
Umuman, qadimgi turkiy tildagi iboralarni ajratishda qadimgi turkiy til mezonlari asosida qaraladi.
Qadimgi turkiy tilning leksik qatlami
Qadimgi turkiy tilning leksik qatlami asosan XII asrgacha bo‘lgan turkiy tillar davriga mansub. X—XII asr tilidagi leksik qatlamda ayrim o‘zgarishlar bor. Bu o‘zgarishlar qadimgi turkiy matnlardagi oz miqdordagi arab-fors so‘zlari hisobiga bo‘ldi.
Bir qator asarlarning sanskrit, xitoy, tibet tillaridan qilingan tarjimalari hisobiga qadimgi turkiy til leksik qatlami boyidi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, VII-XIII asrlardagi urxun-yenisey yodgorliklariga nisbatan
XII asrlardagi uyg‘ur-turk yozuvidagi turkiy tillar leksik qatlami boy ekani ma’lum bo‘ladi. Bunga sabab, bir tomondan, qadimgi turkiy tilning qo‘llanish hududi kengaydi, ikkinchidan, adabiy tilning grammatik qurilishida kitobiylik ustun bo‘la bordi, so‘z yasalish imkoniyatlari kengaydi, stilistik vositalar tizimida turli-tuman xususiyatlar paydo bo‘ldi. VII—IX asrdagi qadimgi turkiy til leksik qatlami so‘zlashuv nutqiga asoslanib, unda o‘g‘uz dialekti yetakchilik qilgan bo‘lsa, IX-X asrlardagi qadimgi turkiy adabiy til leksik qatlamida, chet so‘zlardan tashqari, turli dialektlardan — o‘g‘uz, qipchoq va boshqa qator dialektlardan kirgan so‘zlar ham asosiy qatlamni tashkil qiladigan bo‘ldi, ya’ni o‘g‘uz qabilasi tilidan boshqa qabilalar tili ham adabiy til shakllanishiga asos bo‘ldi. Shuning uchun bu davr adabiy tili keng hududdagi turkiy qavmlar tili sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Yuqorida aytganimizday, sanskrit, xitoy tillaridan qilingan tarjimalar natijasida bu tillarning tasviriy ifoda vositalariga xos xususiyatlar ta’sir etdi. VII— IX asrdagi qadimgi turkiy til leksik qatlamida mavhum tushunchalarni ifodalash yorqin ko‘zga tashlanmagan boisa, IX—X asrlardagi qadimgi turkiy adabiy tilda ifoda vositalari kengaydi.
Qadimgi turkiy tilga kirib kelgan bir qator sanskritcha, xitoycha, so‘g‘dcha, tibetcha so‘zlar turli diniy-axloqiy tushunchalarni, aqidalarni ifodalash vositalari sifatida muhim ahamiyat kasb etdi: buyan (sanskr.
ezgu ish), bodi (sanskr. — mukammallikka erishish), bushi (xit. — sadaqa), çin (xit. — haqiqat), çinzu (xit. — mutlaq mavjudotlar), yang (xit. — tarz, xil), kshanti (sanskr. — tavba), nirvani (so‘g‘d. — hayajon, kuchli hissiyot), nom (so‘g‘d. — diniy qonun, diniy ta’limot) va h.
Chetdan kirgan so‘zlardan so‘z yasalish hodisasi bu davr adabiy tilida uchraydi. Shunisi diqqatga sazovorki, so‘z yasalganda, yasama so‘z alohida holatda ham, sinonimlar qatorida ham qo‘llangan. Ötrü tägin togha çighay bushiçi män tip tidi (Uyg‘, 67) — Shunda shahzoda: “Men nochorman, qashshoqman”, deb javob berdi; Kishi azuninta toghduqta joq çighay ärinç yarligh bushiçi qoltghuçi bolmishlar (Oy,
12a) — Insoniyat olamida tug‘ilganlarida (ular) qashshoq, baxtiqaro kambag‘al bo‘lganlar.
Bunday so‘z yasalishining qadimgi turkiy tilda mavjudligini shu bilan izohlash mumkinki, bushiçi yasama so‘zi hali qadimgi turkiy adabiy tilga singmagani uchun, bu so‘zning sinonimi bo‘lgan mavjud turkiycha qoltghuçi ni qollashga ehtiyoj bo‘lgan. Bunday so‘z qo'llash usuli asosan “Oltin yorug‘”da uchraydi. Bunday so‘z yasalish usuli, shubhasiz, adabiy tilning leksik qatlami boyishiga xizmat qilgan. Umuman, jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar, birinchi navbatda, leksik qatlamda aks etadi. Tilga doimo yangi so‘zlar kirib turishi bilan birga, tilda azaldan mavjud bo‘lib kelgan so‘zlar yangi hodisalarga, tushunchalarga tatbiq qilina boshlaydi. Ayrim so‘zlar tildan chiqib ketadi yoki o‘zining oldingi ma’nosini yo‘qotadi. Masalan, urxun yodgorliklarida ulus so‘zi äl so‘zi bilan birga (äl ulus tarzida)“davlat, mamlakat” ma’nosini bildirgan bo‘lsa, IX—X asrlarga kelib ulus ning ma’nosi kengaydi, bu so‘z mustaqil holda “qishloq, makon” ma’nolarini ifodalaydigan bo‘ldi. Bu hodisalarning hammasi qadimgi turkiy tilning leksik tarkibi doimo ilgarilab borganini yuzaga chiqaradi. Qadimgi turkiy yodgorliklarning leksik qatlami yuzasidan statistik ma’lumot ham bu fikrni tasdiqlaydi. Urxun-yenisey yodgorliklarida 1500 — 2000 atrofida so‘z mavjud bo‘lsa, birgina “Oltin yorug‘”ning o‘zida 3500 dan ortiq so‘z bor. Shu tariqa, qadimgi turkiy til doimo yangi so‘zlar bilan boyib borgan.
Har bir tilning leksik qatlami muhim ijtimoiy, tarixiy hodisa hisoblanadi. Til tarixi xalq tarixi va madaniyat tarixiga bog‘liq holda o‘rganishni talab qiladi. Zotan, ma’lum bir xalqning, shuningdek, qadimgi turkiy qavmlarning so‘z boyligi ularning hayotida katta madaniy hodisa hisoblanadi. Bunday vaziyatda, so‘zsiz, dialekt tushunchasi emas, balki ma’lum dialektlarning tarixan shakllanish yo‘li muhim ahamiyat kasb etib, shunga diqqat qaratish taqozo etiladi. Qadimgi turkiy adabiy tilning shakllanishida bir qator dialektlarning ishtirokini “dialektlar munosabatlarining rang—barangligi” (V.M.Jirmunskiy) deb atash mumkin. Bu jarayon — dialektlarning adabiy tilga asos bo‘lganini ko'rsatuvchi dalillar leksik qatlamda aniq ko‘rinadi. Qolaversa, qadimgi turkiy tildagi ma’lum leksik birliklarning qaysi dialektlarga mansubligini dalillovchi asosiy ishonchli manba Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asaridir. Mahmud Koshg‘ariy asaridagi so‘zlarga izoh berganda, ayrimlarining qaysi dialektlarga mansubligini alohida ta’kidlab ko‘rsatadi. Bunga sabab — qadimgi turkiy adabiy tildan hali keng o‘rin olmagan so‘zlar bo‘lgani uchun ham Koshg‘ariy izoh berishni lozim ko‘rgan. Qolaversa, Mahmud Koshg‘ariy izoh bergan so‘zlarning aksariyati qadimgi turkiy yozma yodgorliklardan o‘rin olgan. Qadimgi turkiy yodgorliklardagi leksik qatlamning dialektal xususiyatlarini yaxshiroq tasawur qilish va qadimgi turkiy adabiy tilning shakllanishida qaysi dialektning roli muhim bo‘lganini ko‘rsatish maqsadida quyida “Devonu lug‘atit-turk”dan yuqoridagi so‘zlar lug‘ati havola qilindi.
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asarida tillarga va dialektlarga mansubligi ko‘rsatilgan so‘zlar:
aba II tibet. — ota
aba III kipchoq. — ayiq
aba I o‘g‘uz■ — ona
açï barsog'on — keksa ayol
adaq qipchoq, yamaq, suvorin — oyoq
adigh I o‘g‘uz, qipchoq, yag‘mo — ayiq
adin chigil — boshqa
adruq o‘g‘uz — boshqa
aftabi o‘g‘uz, arg‘u — ko‘za 90


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin