Nasimxon rahmonov, qosimjon sodiqoy



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə11/31
tarix03.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#82725
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
O\'zbek tili tarixi. 2009. N.Raxmonov, Q.Sodiqov

Singarmonizm deb so‘zdagi tovushlarning hamda qo‘shimchalarning talaffuziga ko‘ra o‘zaro uyg‘unlashuvi, moslashuviga aytiladi. Qadimgi turkiy tilda singarmonizmning quyidagi turlari kuzatiladi:
Unlilar uyg‘unligi. Bu qonun ikki xil:
Tanglay uyg‘unligi\ so‘zdagi tovushlarning bir-biriga va qo‘shimchalarning o‘zakka qatorda va “yo‘g‘on-ingichkalikda” moslashuvi. Mazkur qonunga ko‘ra o‘zak-negizga qo‘shiladigan affikslar ham fonetik variantlardan iborat bo‘ladi. Masalan, ot yasovchi -g, -g affiksi: qapïg — eshik, bilig — bilim; jo‘nalish kelishigi affiksi -qa, -kä: qaganqa — xoqonga| äbkä — uyga; yoki -garu, -gärii affiksi: oguzgaru
o‘g‘uzga, ilgärü — oldinga (Sharqqa).
Lab uyg‘unligi: birinchi bo‘g‘indagi unliga keyingi bo‘g‘indagi unlining yoki o'zakning oxirgi bo‘g‘inidagi unliga qo‘shimchadagi unlining lablanish jihatdan moslashuvi: älimiz — davlatimiz, siimüz — lashkarimiz, atïm — otim, bodunum — xalqim.
Bu qonunga ko‘ra ham bir qator affikslarning lablangan unlili va lablanmagan unlili variantlari bo‘lgan. Jumladan: qaratqich affikslari - nïrj, -nil]; -ïr), -iij laming -mil), -nürj; -uij, -üij variantlari, sifat yasovchi -lïg, -lig ning -lug, -lüg variantlari ham bor va b.
Undoshlardagi jaranglilik va jarangsizlik uyg‘unligi. Mazkur qonunga muvofiq o‘zak-negiz jarangsiz undosh bilan tugasa, qo‘shimchaning birinchi tovushi ham shunga moslashadi, ya’ni jarangsiz undoshli bo‘ladi: otqa — olovga, tiläkkä — tilakka. 0‘zak-negiz unli tovush, jarangli undosh yoki sonor bilan tugagan bo‘lsa, unda affiksning jarangli undosh bilan boshlanuvchi varianti qo‘shiladi: yulguc — ombir, barduq — borgan.
Ko‘k turk yodgorliklari tilida o‘zak-negiz unli, jarangli undosh yoki sonor bilan tugagan hollarda ham qo‘shimchaning faqat jarangsiz undoshli varianti qo‘shiluvi mumkin. Jumladan, urxun bitiglarida jo‘nalish kelishigining, asosan, -qa, -kä variantigina qo‘llangan. 0‘zak-negizning oxirgi tovushi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ayni shakli qo‘llangan: tagqa — toqqa, Tämiir qapïgqa — Temir qopiqqa, yärkä — yerga, ögüzkä
daryoga va b. Bu xususiyat keyingi davrlarda ham qisman davom etdi. Jumladan, “Qutadg‘u bilig”da, “Devonu lug‘atit-turk”dagi turkiy matnlarda ham bu shakl ustun. Shuning bilan bir qatorda, uning -ga, - gä varianti ham uchraydi. Ko‘rinadiki, turkiy tillar tarixida jaranglilik va jarangsizlik uyg'unligi keyinchalik muqum bir hodisaga aylangan.
Jaranglilik va jarangsizlik uyg‘unligi qonuniga muvofiq holda affikslar ikki xil variantda amal qilgan: biri — jarangli undosh bilan boshlanuvchi va ikkinchisi — jarangsiz undoshlar bilan boshlanuvchi variantlar. iMasalan, sifatdosh qo‘shimchalari: -duq, -dük / -tuq, -tiik; -dacï, -däci / -tacï, -täci, ravishdosh qo‘shimchasi -galï, -gali / -qalï, -käli va b.
Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar
Qadimgi turkiy tilda nechta unli fonema bor? Har bir unliga tavsif bering.
Qadimgi turkiy tildagi cho ‘ziq unli va undoshlarga tavsif bering.
Qadimgi turkiy tildagi tovush o ‘zgarishlari (b//t, b //m va b. tovushlar) ning asosiy xususiyatlarini izohlab bering.
TO‘RTINCHI BO‘LIM QADIMGI TURKIY TIL LEKSIKASI

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin