Mustaqil ish mavzu: Motiv va motivatsiya



Yüklə 273,13 Kb.
səhifə1/5
tarix01.12.2023
ölçüsü273,13 Kb.
#170661
  1   2   3   4   5
Motiv va motivatsiya.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANGREN UNIVERSITETI

“Umumiy psixologiya” fanidan


MUSTAQIL ISH
Mavzu: Motiv va motivatsiya.

Guruh: PPS 23-5


Bajardi: Umirzakova Muhtabar


Qabul qildi: Gazibekova G.


Angren- 2023

Mavzu: Motiv va motivatsiya.
Reja:
Kirish.
1.Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni.
2. Psixologiyasida o’qish motivlarining nazariy tahlili.
3.O’zbekiston psixologlari tadqiqotlarida motiv va motivatsiya muammosi.
Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish.
Motivatsiya — biror maqsad yo’lida harakat qilish istagi. Motivatsiya maqsadlarni belgilab olishda va unga erishishda muhim element sanaladi. Izlanishlar shuni ko’rsatmoqdaki, insonlar o’zlaridagi motivatsiya darajasiga ta’sir ko’rsata oladilar.
Motivatsiyaning bir qancha manbalari mavjud bo’lishi mumkin va ko’pincha, insonlar biron-bir xatti-harakatga kirishishida bir necha sabablar mavjud bo’ladi.
Motivatsiyani tushunib olishda foydalaniladigan qoliplardan biri Amerikalik psixolog tomonidan 1943-yilda taklif etilgan “Ehtiyojlar piramidasi” hisoblanadi. Maslov fikriga ko’ra, insonlar tabiatan o’zlarini takomillashtirishga va barcha imkoniyatlarini namoyon etishga-”o’z-o’zini aktuallashtirish”, sekin-astalik bilan fundamental muhim ehtiyojlardan, misol uchun oziq-ovqat, xavfsizlikdan yuqori tartibdagi ehtiyojlarga, misol uchun sevgi, tegishlilik, o’z-o’zini qadrlash kabi ehtiyojlarga intiladi.
Keyinchalik Maslov o’z nazariyasini kengaytirib, uning tarkibiga “o’zidan yuqoriga intilish” ehtiyojini qo’shdi — insonlar o’sish cho’qqisiga yetib borishadi va o’zlaridan yiroqdagi narsalarga e’tibor orqali hayotning yuksak ma’nosini topishadi. Maslov nazariyasining barchaga birdek universalligi shubha ostiga olingan bo’lsa-da, ko’pchilikning fikricha, bu nazariya insonning motivatsiyasiga oid fundamental haqiqatlarni qamrab oladi.
Umumiy maqsadni kichik, o’ziga xos, o’lchab bo’ladigan vazifalarga bo’ling. Kichik maqsadlarni amalga oshirish osonroq va ularning har birini ro’yxatingizdan o’chirib borish sizni davom etishga undaydi — vazifani bajarib bo’lgandan so’nggi dopamin natijasi! O’lchash mumkin bo’lgan vazifalarni bajarish, ularning har biri nihoyasiga yetgandan so’ng ularni tanib olishga, nishonlashga va keyingi bosqichga o’tishga imkon beradi.

Yüklə 273,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin