Mustaqil ish mavzu: Motiv va motivatsiya


O’zbekiston psixologlari tadqiqotlarida motiv va motivatsiya muammosi



Yüklə 273,13 Kb.
səhifə4/5
tarix01.12.2023
ölçüsü273,13 Kb.
#170661
1   2   3   4   5
Motiv va motivatsiya.

3.O’zbekiston psixologlari tadqiqotlarida motiv va
motivatsiya muammosi

O’quv faoliyati motivatsiyasi muammosi hamdo’stlik davlatlari qatori respublikamizda ham ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar tomonidan keng miqyosda o’rganib kelinmoqda. Jumladan, keyingi yillarda mazkur ilmiy muammolarning turli jabhalariga nisbatan qiziqish yanada kuchayib bormoqda. Bunga yaqqol misol sifatida respublikamiz miqyosida ushbu muammo yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borayotgan taniqli psixolog olimlarni ta'kidlab o’tish joizdir. Bular sirasiga respublikamizda psixologiya fanining rivojlanishiga amaliy va nazariy hissasini qo’shib kelayotgan M.G.Davletshin rahbarligidagi uning shogirdlari A.Q.Saitova, F.I.Haydarovlar hamda E.G’.G’oziev va E.Z.Usmonova, V.A.Tokareva, A.A.Fayzullaev, R.Asomova, U.Jumaev va boshqalarning ushbu muammo yuzasidan olib borgan tadqiqotlarini kiritishimiz mumkin. 
Keyingi o’n yilliklar mobaynida M.G.Davletshin rahbarligida ushbu muammo yangicha ilmiy asosda talqin qilinib, keng ko’lamda o’rganilmoqda. M.G.Davletshinning fikrlariga ko’ra, O’zbekiston kelajagi bo’lgan yoshlar har xil sohaning mazmuniga ongli ravishda yondashuvi orqali, ularni mumkin qadar ertaroq, to’g’ri va oqilona tasavvur qiladi. M.G.Davletshin konsepsiyasidan kelib chiqqan holda olib borilgan tadqiqotlardan biri A.Q.Saitovaning "O’smir yoshidagi o’quvchilarning o’quv motivlarini va qadriyatlarini o’rganishga" bag’ishlangan ishdir. Bu ishda muallif o’smir yoshining xususiyatlariga tayangan holda bir qator xulosalarga kelgan. Xususan tadqiqotchi fikriga ko’ra, o’smirlar o’quv faoliyatida potensial hisoblangan motiv o’z-o’zini namoyon qilish motividir; o’quv faoliyati o’smir o’quvchilarda o’z-o’zini takomillashtirishga, bu esa o’quv faoliyati bilan bog’liqdir. Muallif tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda shaxsdagi qadriyatlar yo’nalganligining o’quv faoliyatga bog’liqligi masalalari tadqiq qilinadi.
A.Fayzullaev ilmiy tadqiqotlarida shaxsning motivasion o’z-o’zini boshqarishning turli-tuman omillari ham ko’rib chiqilgan.
Aniqlangan bu omillar shaxs motivatsiyasining xususiyatlariga motivasion boshqarishning amalga oshirish usullari va natijalariga tegishlidir.
Bundan tashqari motivasion tuzilmalarning shaxs tomonidan ob'ektivlashtirish va o’z motivatsiyasini boshqarishdagi turli psixologik strategiya va usullari masalalari ham aniqlab berilgan. Shaxsning hayot faoliyatida motivasion o’z-o’zini boshqarishning boshqa bir qator sohalari ham o’rganilgan.
E.Z.Usmonovaning ilmiy tadqiqotida o’quvchilarning o’quv faoliyati jarayonidagi qarama-qarshilik, motivatsiya, ijod va shaxs muammolari o’rganilgan. Tadqiqot davomida ikki asosiy motivatsiya toifasining munosibligini tushunish muhim bo’lgan, muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini odamda tashqi motivatsiyaga kiritiladi.


Yüklə 273,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin