Mustaqil ish mavzu: Motiv va motivatsiya


Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni



Yüklə 273,13 Kb.
səhifə2/5
tarix01.12.2023
ölçüsü273,13 Kb.
#170661
1   2   3   4   5
Motiv va motivatsiya.

1.Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni
Garchand psixologik adabiyotlarda ayniqsa yosh va pedagogik psixologiyaga oid manbalarda motiv va motivatsiya masalasi ko’p bora ko’tarilgan bo’lsa-da, batafsil yoritilmagan. Masalan, ayrim psixologlar maktabgacha yoshda ayrim tarqoq situasion mayllar ma'lum motivlar tizimlariga aylanib borishini qayd etadilar. Biroq bu fikr atroflicha chuqurroq o’rganilmagan. Shunga muvofiq adabiyotlarda psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida motiv va motivatsiya tushunchasi turlicha talqin qilingan.
Eng keng tarqalgan ta'riflarga ko’ra, motiv - bu kishini faoliyatga undovchi kuch, sabab yoki ehtiyojlar yig’indisidan iboratdir.
Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan quyidagicha ta'rif beriladi:
A.Maslouning fikricha, motiv bu ehtiyojlar yig’indisidir.
S.L.Rubinshteynning ta'kidlashicha, motiv bu ehtiyojning his qilinishi va qondirilishi.
S.L Rubinshteyn. "Motivatsiya - bu psixika orqali amalga oshuvchi determinasiyadir".
A.N.Leontev - motivni inson faoliyatiga yo’nalgan aniq ehtiyojlar va uni qo’zg’atadigan voqelik deb hisoblaydi.
Motiv -ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab.
Motivatsiya keng ma'noda inson hayotining (uning xulq-atvori, faoliyatining) murakkab ko’p qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi.
Motivatsiya - insonni faoliyatga undashning murakkab, ko’p darajali tizimi bo’lib, u o’zida ehtiyojlarni, motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, ustanovkalarni, emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi.
Motivatsiya - murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlar majmuasi bo’lib, u o’zini mayllar, maqsadlar, ideallar ko’rinishida namoyon qiladi va inson faoliyatini bevosita aniqlab, boshqarib turadi.
Motivatsiya - odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmuidir.
V.S.Merlin motivlar tizimlarining ayrim jihatlarini ancha batafsil yoritib bergan.
U motivlar tizimlarining shakllanish jarayonini quyidagicha tasavvur etadi: "turli motivlar bora-bora o’zaro bog’liq va bir-biriga tobe bo’lib boradi hamda oxir oqibatda motivlarning yaxlit tizimi vujudga keladi". V.S.Merlin fikricha, motivlar tizimining shakllanishi jarayonida nafaqat motivlar barqarorligi, balki motivlarni anglash kabi shartlar bajarilishini talab etiladi. Demak, V.S.Merlin bo’yicha motivlari tizimlari o’zaro bog’liq va bir-biriga tobe shaxs motivlarining bir butun yig’indisidan iborat. Ammo V.S.Merlin garchi motivlar tizimlarining ayrimlarini haqiqatdan ham muhim jihatlarini ko’rsatib o’tgan bo’lsa ham, motivlar o’rtasidagi tizimli munosabatlarni motivlar tizimlari va faoliyat ko’rsatish muammosini tadqiq etmagan.
Chet el psixologlari orasida A.Maslou ehtiyojlar ierarxiyasi nazariyasi bilan mashhurdir. O’z nazariyasida A.Maslou ehtiyojlarning quyidagi ierarxik qatorini ajratadi: fiziologik ehtiyojlar, xavfsizlikka bo’lgan ehtiyoj, muhabbat va boshqalar bilan bog’liq bo’lish ehtiyoji, hurmatga bo’lgan ehtiyoj, insonning o’z yashirin imkoniyatlarini to’laro namoyon etish va ro’yobga chiqarish ehtiyoji va boshqalarni kiritadi. A.Maslou fikricha, muayyan ehtiyojning qondirilishi uchun avval ierarxik qatorda undan oldingi ehtiyoj qondirilgan bo’lishi talab etiladi. Boshqacha qilib aytganda, A.Maslou konsepsiyasida ierarxiyada yuqori o’rinni egallovchi ehtiyojlar quyi o’rindagi ehtiyojlarga tobedir. A.Maslou konsepsiyasida motivasion jarayonlar boshqaruvida odam ongining ishtiroki, boshqaruvdagi roli e'tiborsiz qoldirilgan. Olim ehtiyojlar ierarxiyasidagi vertikal munosabatlarni tahlil qilib, bir darajada joylashgan ehtiyojlar orasidagi gorizantal munosabatlar esa o’rganilmagan.
Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta, keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo’ladi.
Xorij psixologlaridan neofreydistlar hisoblanmish A.Adler, K.Yung kabilar tomonidan ilgari surilgan motiv va motivatsiya borasidagi nazariyalarga asosiy e'tiborni qaratamiz. A.Adlerning fikricha, insonni harakatga undovchi asosiy kuch uning faoliyati maqsadini aniqlovchi, ularga erishish yo’llari manbai hisoblanadi. Xornining ta'kidlashicha, inson xulqi motivatsiyasini boshqa motivlar yordamida aniqlash mumkin. Jumladan, birlamchi bezovtalanish atrof-muhitga nisbatan dushmanlik hissini tug’diradi, xavfsizlikka ehtiyoj esa insonni boshqa odamlar tomonidan baholash va o’z-o’zini baholashga nisbatan ichki intilishini vujudga keltiradi. E.Fromm ham o’z qarashlarida libido masalasiga katta e'tibor bermaydi, chunki uni qiziqtirgan muammo inson xulqi jabhalarida ijtimoiy va psixologik omillarning o’zaro ta'sir o’tkazish jarayonidir.




Yüklə 273,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin