Muhammad Al-Xorazmiy



Yüklə 27,14 Kb.
səhifə1/5
tarix02.11.2022
ölçüsü27,14 Kb.
#67208
  1   2   3   4   5
2-topshiriq
mm2-9Uz, DARS TAHLILI, Крипто активларни чиқариш тартиби тасдиқланди

O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Pedagogika Psixologiya Fanidan:
2-Topshiriq ishi


Guruh: PED001-1
Bajardi: Baxtiyorov Abbos Tekshirdi: Yusupova Zamira

Topshiriq savollari:

  1. Psixika va ongning rivojlanishini tahlil qilish (Venn diagrammasi, Bumerang usullari asosida)

  2. Sezgi turlari va uning psixofiziologik asoslari.

  3. Diqqatni diagnostika qilish metodlari.(P’eron - Ruzer metodikasi, Shult jadvali)

Javoblar:

  1. Psixikaning odamga xos bo‘lgan oliy darajasini ong tashkil etadi. Ong psixikaning oliy, uni yaxlit bir xolga keltiruvchi shakli bo‘lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. Shu ma‘noda ong «ijtimoiy mahsul» bo‘lib anglangan borliqdan bo‘lak boshqa narsa emasdir. Ongning strukturasi, ya‘ni tarkibining muhim psixologik ta‘rifi qanday? Uning birinchi ta‟rifi nomining o‘zidayoq berilgan bo‘lib, ong deganidir. Kishining ongi bizning tevarak-atrofimizni qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi. Ongning yashash usuli va ong u nimaningdir borligi bilimdir. Shunday qilib ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradiki ular yordamida odam o‘zbilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani hayol va tafakkurni o‘tkazuvchi qo‘zg‘atuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o‘sha momentda kishi tasavvurida hosil bo‘lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotira ongda o‘tmish obrazlarini qaytadan gavdalantirsa, hayol ehtiyoj ob‘yekti bo‘lgan, ammo hozirgi paytda yo‘q narsaning obraz modelini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan foydalanish yo‘li bilan masalaning hal 18 etilishini ta‘minlaydi. Aytib o‘tilgan psixik bilish jarayonlaridan istalgan birning batamom barbod bo‘lishi u yoqda tursin, buzilishi yo izdan chiqishi ham ongning barbod bo‘lishiga olib keladi. Ongning ikkinchi ta‟rifi-unda sub‘yekt bilan ob‘yekt o‘rtasida fanni farqlanishining o‘z ifodasini topishi, ya‘ni odam «men» degan tushuncha bilan

«men emas» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Tirik organizmlar dunyosi tarixida birinchi bo‘lib undan ajralib chiqqan va o‘zini atrofmuhitga qarama-qarshi qo‘ygan inson o‘z ongida ushbu qarama-qarshilik va tofovutni saqlab kelmoqda. Jonli mavjudotlar ichida uning o‘zigina bilishga, ya‘ni psixik faoliyatni o‘zini tadqiq etishga yo‘naltirishga qodirdir. Odam o‘z xatti- xarakatlarini va umuman o‘zini o‘zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning emas
«men emas» dan ajratilishi-har bir kishi bolalaigida boshdan kechiradigan yo‘l bo‘lib, uning o‘zini o‘zi anglashi jarayonida yuz beradi. Ongning uchinchi ta‟rifi- odamning maqsadni ko‘zlovchi faoliyatini ta‘minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funksiyasi kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, xarakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va
x.z. «Kishi tabiat tomonidan berilgan narsalar bilan birga o‘zining ongli maqsadini
ham amalga oshiradi, bu maqsad qonun sifatida, kishining ish usulini va bu ishning xarakterini belgilab beradi va kishi o‘z irodasini ana shu maqsadga bo‘ysundirishi lozim»;-deb ta‘kidlagan edi. Maqsadni ko‘zlovchi faoliyatning amalga oshirilishida, uning muvofiqlashtirilishida va yo‘nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko‘ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzulganligi deb qaramoq kerak. Nihoyat ongning to‟rtinchi ta‟rifi-uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. Ya‘ni «Mening o‘z muhitimga bo‘lgan munosabatim mening ongimdir». Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg‘ular olami kirib keladi. Undamurakab ob‘yektiv va eng avvalo odamning o‘zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z aksini topadi. Bu o‘rinda ham boshqa ko‘pgina hollarda bo‘lgani kabi patalogiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligi aynan his-tuyg‘ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: bemor bunga qadar behad sevgan onasini suymaydigan bo‘lib qoladi, yaqin kishilari to‘g‘risida zarda bilan gapiradi va xakozo.

  1. Sezgi - atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.

Yüklə 27,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə