Morfologiyada so‘zning qaysi ma’nosi o‘rganiladi?



Yüklə 15,47 Kb.
tarix11.04.2023
ölçüsü15,47 Kb.
#96401
Morfologiya (2)


#1. Morfologiyada so‘zning qaysi ma’nosi o‘rganiladi?
A) leksik ma’nosi B) ko‘chma ma’nosi C) grammatik ma’nosi D) atash ma’nosi
#2.Qaysi gap faqat ega, to’ldiruvchi, kesimdan tashkil topgan?
A) Xalq bor yerda haqlik bor.
B) Odamni har doim aql yuksaltiradi.
C) Bilim mehnat bilan, tilak g’ayrat bilan go’zal.
D) Bulbulni tinglashni sevaman.
#3. Jahonda nimaiki oq bo’lsa, unga ona suti timsol: nimaiki jo’shqin bo’lsa, unga ham ona mehri timsol: nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo'lsa, ona irodasi timsol, kimki pok muhabbat mehri daryolik da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol.
Berilgan parchada nechta gapning egasi olmosh bilan ifodalangan?
A) 6 B) 3 C) 4 D) 5
#4. Cho‘lquvarlarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi, balki ular o‘z jasoratlari, mehnatlari bilan tabiatni zabt etadilar.
Gapdagi yasama so’zlarning sintaktik vazifasini aniqlang.
A) to’ldiruvchi, ega, kesim
B) aniqlovchi, kesim, hol
C) to’ldiruvchi, ega, hol D) ega, aniqlovchi
#5.Gapning markazi qaysi bo’lak?
A) ega B) aniqlovchgi C) to’ldiruvchi +D) kesim
#6. kimning?qayerning? nimaning? So’roqlariga javob bo’luvchi bo’lak?
A) aniqlovchi B) hol C) ega D) kesim
#7. Mustaqil so’z turkumlari necha?
A)6 B)3 C)7 D) 5
#8. Aqlliga aytdim, angladi – bildi,
Aqlsizga aytdim, shaqillab kuldi.
Ushbu parchadagi ismlar guruhiga mansub so’zlar qaysi turkum(lar)ga tegishli?
1) ot; 2) sifat; 3) fe’l
A) 2, 3 B) 3 C) 2 D) 1, 2, 3
#9. Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi.
Ushbu gapdagi ismlar sonini ko’rsating.
A) 8 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 5 ta
#10. Ismlar guruhiga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi?
A) ot B) sifat C) olmosh D) ravish
#11. Ismlarning lug‘aviy shakllari qo‘llangan javobni belgilang.
A) kitobning, kitobim, o‘quvchilar
B) Farzandmiz, bolam, mushukcha
C) uycha, odamlar, oyijon
D) daftarcha, koptokka, qalamim
#12. Qaysi javobda keltirilgan gapda so’roq olmoshlari ravishga xos sintaktik vazifa bajargan?
A) – Nima ishlari bor ekan? – so’radi Zulayho xola.
B) Nega qalbim to’la o’kinch va malol?
C) Mukarrama, ular kim ekan?
D) Kechagi gaplardan keyin qaysi yuz bilan boradi?
#13. To’ldiruvchi necha xil bo’ladi?
A) 2 B) 3 C) 1 D) 4
#14. Olmoshning necha ma’no turi bor?
A) 4 B) 7 C) 8 D) 6
#15.Son gapda otga bog`lansa, qanday gap bo`lagi vazifasini bajaradi?
A) Ega B) To`ldiruvchi C) Hol. D) Aniqlovchi
#16. Men erta nahorda uyg`onib ketdim. – Ushbu gapdagi ravish qanday gap bo`lagi bo`lib kelyapti?
A) to`ldirivchi B) hol C) ega D) sari
#17. Uzoq safardan o‘z yurtingga qaytish qanday yaxshi. -Mazkur gapdagi
olmoshlar nechta?
A) 1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta
#18. .Dugonam sevinganidan terisiga sig‘may ketdi. Ushbu gapda ishtirok etgan bo'laklarni aniqlang.
A) ega, to‘ldiruvchi, to'ldiruvchi, hol, kesim B) ega, hol, kesim
C) ega, to'ldiruvchi, to‘ldiruvchi, kesim D) ega, hol, to‘ldiruvchi, kesim
#19. Payt holi qatnashmagan gapni toping.
A) Havo issiq bo'lgani uchun yo'lga chiqolmadik.
B) Yo'lovchilar bu sahroga qadam qo'yishlari bilan safar yanada og'irlashdi.
C) Faqat kechalar she'r yozganimda barcha tashvishni unutaman.
D) Shu payt Alishening oilasi va bir necha kishi kirib, unga salom berishdi.
Yüklə 15,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin