Mijozlarga xizmat ko’rsatish



Yüklə 22,88 Kb.
səhifə1/3
tarix24.05.2022
ölçüsü22,88 Kb.
#59405
  1   2   3
marketing strategiyasi


Mijozlarga xizmat ko’rsatish.

Keskin raqobat sharoitida restoranlar tashrif buyuruvchilarga to’g’ri va sifatli xizmat ko’rsatishi, xar bir tashrif buyuruvchini doimiy mijoz darajasiga olib chiqish usutidan g’amxo’rlik qilishi kerak.


Restoranda xizmat ko’rsatishning quyidagi an’anaviy shakllari qo’llaniladi:
1. Kundalik xizmat.
2. Banketlarda xizmat ko’rsatish.
3. Biznes lanch xizmati
4. Koktel va kofe breyk xizmatlari
5. Boshqa turdagi maxsus xizmatlardan iborat

Restoranga mehmonlarning oqimi kelishi uzluksiz davom etganda mijozlarga kundalik xizmat ko’rsatish kuchayadi. Restoran xizmati quyidagi asosiy elementlardan iborat:


  • xo’randalarni kutib olish va salomlashish -30 sekund


  • joy-joyiga o’tqazish (chakiladigan yoki chakilmaydigan so’ragan xolda) – 1 daqiqa


  • taomnoma taqdim etish buyurtmalar qabul qilish -2 daqiqa


  • buyurtmalarni bajarish – 15-20 daqiqa


  • xizmat so’ngida xisob-kitob qilish – 3 daqiqa

Restoran zaliga mehmonlar xostet, menejer yoki ofitsiant tomonidan kutib olinadi, stollarga kuzatib qo’yiladi, o’tqaziladi va taomnoma bilan tanishtiriladi. Taom va ichimliklar tanlashda yordam beriladi. Buyurtma qabul qilinadi.
Bosh ofitsiant (supervayzer) mijozlar bilan restoran xizmat qiluvchilarini bir-biriga bog’lovchi bo’g’in.
Mehmonlarga o’tirishga yordam qilib taomnoma tavsiya etaladi. Agar mehmon o’zi joy tanlagan bo’lsa, bosh ofitsiant uning orqasidan boradi, tanlamagan taqdirda ular oldida borib istalgan joyiga o’tqazadi. Keluvchilar katta guruhdan iborat bo’lsa, necha kishiga joy kerakligi aniqlab stollar birlashtiriladi va yangi servirovka tez va tovush chiqarmasdan amalga oshiriladi.
Bosh ofitsiant yoki ofitsiant mijozlardan kimning qaerga o’tirishi lozimligini tavsiya qiladi va uning bilan birga axloq-odob yuzasidan quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
  • o’tirishga taklif qilingan kishi stolini qulayroq qilib qo’yib berish;


  • avval ayollarni, so’ngra erkaklarni o’tqazish kerak, ayollar erkaklardan o’ng tomonda, erkaklar stolning o’ng burchagida yoki ayolga qarama-qarshi tomonda o’tirishi lozim;


  • ayol ofitsiant xizmat qilayotgan bo’lsa, u holda yoshi ulug’largagina o’tirishda yordam qilishi mumkin;


  • bir joydan ikkinchi joyga o’tqazish mijozlar xohishi bilangina bo’lishi mumkin;


  • tayyorlanmagan stolga taklif qilish mumkin emas;


  • ish yuzasidan uchrashadigan mehmonlar qelsa, ularni ham o’zlariga qulay joyga o’tqazish maqsadga muvofiqdir;


  • tabiiy gullar stolning markaziga qo’yiladi.1




Yüklə 22,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin