Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

37

kelolmayman. Boshqa zamonga judayam o‘rganib qoldim”. 



“Meni shu yerda kutib turing! Xo‘pmi? Men hoziroq qaytib kelaman”, - dedi Anton. 

“Yaxshi, - boshini quyi soldi soatsoz. – Sen kelganingcha men ikkalamizga choy qaynatib 

turaman”. 

Anton uyiga yugurib bordi va karavotining tagidan zamon gardishini chiqardi. 

Anton qaytib kelgach, soatsoz ikki chashka choyni stolga qo‘ydi. Anton ham 

indamaygina zamon gardishini stolga qo‘ydi. Keyin u uni qay holda va qayerdan 

topganini aytib berdi. 

“Zamonga sayohat qildingmi?” - so‘radi soatsoz vahimaga tushib. 

“Ozgina, xolos, - tinchlantirdi Anton. – Endi hech qachon unday qilmayman: hech 

qachon. Ochig‘ini aytsam, bu narsadan qutulayotganimdan o‘zim ham juda 

xursandman”. 

“Bu safar men uni olib ketaman, - dedi soatsoz. - Ammo buning evaziga senga esdalik 

uchun bir narsa bermoqchiman”. U ko‘p qutilarning ichini titkilab, nihoyat izlagan 

narsasini topganday bo‘ldi.  

“Ajdodlarimdan biri olim va tabib bo‘lgan. Shunisi hayratlanarli-ki, o‘shanda ular uni 

jodugarlikda ayblamaganlar. Mana bu narsa unga tegishli, endi esa seniki bo‘ladi. U 

Antonga oq billurni uzatdi. Antonning barmoqlari muzdek sirt va burchaklar ustida 

yopildi. U undan o‘ziga qandaydir g‘ayritabiiy quvvat o‘tayotganini his qildi. 

Anton hecham ikkilanmadi: bu o‘sha billur edi. 

Nemis tilidan Odiljon Safarov tarjimasi.  

"Ma'rifat" gazetasidan olindi. 

© Copyright Odiljon Safarov 



http://www.ziyouz.com 

Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin