Mavzu: Zaminlagichlar Reja


YERGA ULOVCHILARNI TURLARI



Yüklə 55,1 Kb.
səhifə2/3
tarix11.05.2023
ölçüsü55,1 Kb.
#111033
1   2   3
vshams

YERGA ULOVCHILARNI TURLARI
Yerga ulovchi qurilmalar deb-yerga ulagichlar-o`tkazgichlar (elektrodlar)ni yerga tegib turgan holatida o`zaro bog`lanishi va yerga ulovchi o`tkazgichlarning elektr qurilmalarni yerga ulanuvchi qismlarini yerga ulovchilar bilan bog`lanishiga aytiladi.
Yerga ulanuvchi jixozlarga nisbatan yerga ulagichlarni joylashtirilish joyiga qarab chiqarilgan va konturli turlarga bo`linadi.
Chiqarilgan yerga ulovchi qurilmalar yerga ulagichlar maydon chegarasida chiqarilgan bo`lib, yoki maydonning bir chekkasiga umumlashtirilgan. Shuning uchun bu chiqarilgan yerga ulagichlar bir joyga umumlashtirilgan deb ataladi. Bu yerga ulagichni kamchiligi himoya kilinuvchi ob'yektdan yerga ulagichni o`zoqlashtirilganligidir. Shuning uchun himoya territoriyasi qismida tegish koeffitsenti. Shu kamchiligi bilan kuchlanishi 1000 V gacha va yerga qisqa toki yoki kichiq bo`lganda ya'ni yerga ulagichni potentsiali tegish kuchlanishini ruxsat etilgan kiymatidan oshmaganda qo`llaniladi.
Avzallik tomoni esa gruntni qarshiligi kichiq bo`lgan joyga elektrodlarni joylashtirishni tanlashni mumkinligidir. Kontur yerga ulovchi qurilmalar elektrodlar va ularni yerga ulagichlari kontur bo`yicha joylashgan bo`lib, yerga ulanishi kerak bo`lgan jixozlar joylashgan maydon ichida joylashtirilishni xarakterlaydi.
Maydonda ko`p hollarda elektrodlar maydondan tyokis joylashtiriladi va shuning uchun bu konturli yerga ulovchi qurilmalar taqsimlangan deb ataladi.
Chiqarilgan yerga ulagich qurilmasi 1-yerga ulagich,2-yerga ulovchi
sim,3-yerga ulanuvchi jixoz.


Konturli yerga ulagichlar

Yerga ulagichlar sun'iy yerga ulash maqsadida sun'iy yerga ulash uchun va tabiiy yerda yotgan predmetlardan qo`llaniladigan yerga ulanishlarga bo`linadi.


Sun'iy yerga ulagichlar sifatida odatda tik va gorizontal elektrodlar qo`llaniladi.
Tik elektrodlar sifatida diametri 5-6 sm pulat trubalar devorini qalinligi 3.5 mm dan kichiq bo`lmagan qalinligi 4 mmdan kichiq bo`lmagan burchak elektrodlar (ulchamlari 40x40 va 60x60) o`zunligi esa 2.5 -3.0 m bo`lgan turlari qo`llaniladi.
Tik elektrodlarni bir-biri bilan birlashtirishda gorizontal elektrodlar sifatida yuzasi 4 x12 mm bo`lgan polasaismon va aylana kundalang kesim yuzali diametri 6mm dan kichik bo`lmagan pulat polasalar qo`llaniladi. Elektrodlarni joylashtirish loyixa asosida bajariladi. Elektrodlarni joylashtirishda yerni quritadigan isiklik trubalar yakinida va neft, moy simiradigan gruntlarda o`rnatish tavsiya etilmaydi chunki yerni quritib qarshiligi oshiradi.
Tik elektrodlarni o`rnatish uchun chukurligi 0.7-0.8 m (transheya) uzun chukurchalar kovlanadi, so`ng truba yoki burchak elekrodlar maxsus mexanizmlar-gidroprsesslar, vibratsiyali elektr chuqurga joylashtiruvchilar yordamida bajariladi. Diametri 10-12 mm uzunligi 4-4.5 m bo`lgan pulat sterjenlarni maxsus moslamalar yordamida undan ham o`zunlarni vibratorlar yordamida yer ostiga buralib qoqiladi. Tik elektrodlarning yuqorigi qismi pulat palosalar yordamida payvandlash bilan bir-biriga bog`lanadi. Bunda polosalarni (na rebro)yonbosh qilib qo`yilib payvandlanadi. (Transheyani) chuqurga ariiqni ichiga mayda toshchalardan tozalangan yer sepiladi va yaxshi (trambovka) qisiladi. Bu esa o`z navbatida yerga ulagichni oqish qarshiligi kamaytiradi va metall iqtisodiy tejamni oshiradi.
Sun'iy yerga ulanishlar sifatida elektr o`tkazuvchi betonlar ham qo`llanilishi mumkin. Tabiiy yerga ulagichlar sifatida yerda o`rnatilgan suv trubalari va boshqa metall trubalar (yonuvchi suyuqlik, yonuvchi va portlash xavfli gaz trubalaridan tashqari) qo`llaniladi. Shu bilan bir katorda binolarning metall temir beton qonstruktsiyalari yerga ulan ganlari kabellarning kurgoshin kobiqlari gidrotexnik inshoatlarning metall qismlaridan ham qo`llaniladi. Podstantsiyalarda va liniyaga chikuvchi tayanchlarning yerga ulovchilari qo`llanilib bu qurilmalar liniyani chaqmoqdan himoyalovchi trosslariga ulangan bo`ladi.
Sun'iy paytlarda tabiiy yerga ulagichlar sifatida xavoda elektr uzatish liniyalarida tayanchlarning temir-beton fundamentlari qo`llanilmoqda. Kapiliyarlik xususiyati bilan beton suv tomchilarini va namlikni simirib armaturalari qarshiligi kamayib o`tkazuvchan bo`lib turadi. Kachiligi-elektr bilan bog`liq bo`lmagan personalarni bu yerga ulagichlarda ishlashi va bu ulagichlarning yerdan ajralish extimolidir (ta'mirlashda,almashtirishda)

Yerga ulovchi o`tkazgichlar


Yerga ulovchi o`tkazgichlar sifatida yerga ulanish kerak bo`lgan qismlarni yer bilan bog`lash uchun qoida buyicha po`lat polosalar va yumalok yuzali pulatlar qo`llaniladi. 1000 V dan yuqori kuchlanishlarda elektr qurilmalar effektli yerga ulangan bo`ladi va ularda ruxsat etilgan katta tok oqib yerga o`tganda termik chidamliligi aniqlanadi. Bunda o`tkazgichni qisqa vaqtda qizish releli himoyani ta'siri vaqtiga mos ravishda tula o`chgincha o`chirgichni temperaturasi 400 S oshmasligi kerak. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishlarda izolyatsiya qilingan neytrallar qarshiligi faza o`tkazgichini 1/3 o`tkazuvchanlikdan kam bo`lmasligi kerak.

Yerga ulanuvchi jixozlarga nisbatan yerga ulagichlarni joylashtirilish joyiga qarab chiqarilgan va konturli turlarga bo`linadi.


Chiqarilgan yerga ulovchi qurilmalar yerga ulagichlar maydon chegarasida chiqarilgan bo`lib, yoki maydonning bir chekkasiga umumlashtirilgan. Shuning uchun bu chiqarilgan yerga ulagichlar bir joyga umumlashtirilgan deb ataladi. Bu yerga ulagichni kamchiligi himoya kilinuvchi ob'yektdan yerga ulagichni o`zoqlashtirilganligidir. Shuning uchun himoya territoriyasi qismida tegish koeffitsenti. Shu kamchiligi bilan kuchlanishi 1000 V gacha va yerga qisqa toki yoki kichiq bo`lganda ya'ni yerga ulagichni potentsiali tegish kuchlanishini ruxsat etilgan kiymatidan oshmaganda qo`llaniladi.
Avzallik tomoni esa gruntni qarshiligi kichiq bo`lgan joyga elektrodlarni joylashtirishni tanlashni mumkinligidir. Kontur yerga ulovchi qurilmalar elektrodlar va ularni yerga ulagichlari kontur bo`yicha joylashgan bo`lib, yerga ulanishi kerak bo`lgan jixozlar joylashgan maydon ichida joylashtirilishni xarakterlaydi.

Ximoyaviy zaminlash qurilmasini nazorat qilish


Ximoyaviy zaminlagich qurilmasi ishga tushirilishidan oldin "qoida­lar"da ko’rsatilgan vaqt ichida nazorat qilinadi. Nazorat ikki turdan : tashqi ko’rik o’tqazish va zaminlagichlar qarshiligini o’lchashdan iborat.
Tashqi ko’rik zaminlagichlarning qarshiligini o’lchamasdan turib kamchi­liklarni aniqlashga qaratilgan.Ushbu nazoratda zaminlagichlarni ulovchi simlarning butunligi va ulangan kontaktlarning maxkam biriktirilgani tekshiriladi. SHu sababli,ulovchi simlar va ularning ulangan joylari (kontaktlari) ko’zga ko’rinadigan,qulay joylarda joylashishi kerak.
Zaminlagichlarni tok oqishiga qarshiligini o’lchash xar xil usullar bi­lan bajarilishi mumkin.Keng tarqalgan usul-ampermetr va volьtmetr usuli bo’lib,o’lchash uchun manba (transformator T),ampermetr (RA), vol­tmetr(RV), yordamchi (YO) va zond(Z) metal qoziqlardan foydalanila­di. O’lchayotgan zaminlagichga nisbatan yordamchi va zond qoziqlar­ni joylashishi misol keltirilgan.
O’lchanayotgan zaminlagich qarshiligi o’lchov asboblarning ko’rsatgan qiymatlari orqali aniqlanadi Rz = U/I, Om .
O’lchov aniqligi yetarli aniq bo’lishi uchun manba kuchlanishi ijozatli katta bo’lishi,volьtmetrning ichki qarshiligi xam iloji boricha katta bo’li­shi kerak.
Zaminlagichlar qarshiligini o’lchash uchun maxsus o’lchov asboblari xam qo’llanadi.Ushbu o’lchash asboblari orasidan keng tarqalgani MS-08 o’lchash asbobi bo’lib, unda logometr usuli qo’llangan .
Ushbu o’lchov asbobida ampermetr va volьtmetr vazifasini bajaruvchi tok va kuchlanish chulg’amlari bo’lgan logometr qo’llangan. O’zgarmas tok
Manbasi generatordan chiqayotgan tok I, mexanik to’g’rilagich orqa­li o’zgaruvchan tokga aylantiriladi.Ushbu tok yordamchi qoziq (YO) va o’lchanayotgan zaminlagich orqali oqib mexanik to’g’rilagichga qaytadi va to’g’rilanib logometrning tok chulg’ami orqali generatorning (-)qutbiga qaytadi.
O’lchanayotgan zaminlagich bilan yer oralig’idagi kuchlanish zond orqali o’lchanadi va mexanik to’g’riligich orqali o’zgartirilib logometr­ning kuchlanish chulg’amiga uzatiladi.Tok va kuchlanish cho’lg’amlarining o’zaro munosabati logometr shkalasidagi qarshilikni ko’rsatadi.SHunday qilib,za­minlagichlar orqali o’zgaruvchan,logometr chulg’amlarida esa o’zgarmas tok oqadi va natijada o’lchash o’zgaruvchan manba ishtirokida bajariladi.
Kompensatsion usulda o’lchaydigan,konchilik korxonalari­ning elektr tarmoqlarida keng qo’llanadigan - M-1103 o’lchov asbobining sxemasi keltirilgan.
O’lchash manbai sifatida o’zgarmas tok generatori qo’llangan va ushbu generator qo’l kuchi bilan aylantiriladi. O’lchov asbobida kompensatsion usul qo’llangani uchun, o’lchaniyotgan zaminlagich qarshiligi Rx, R1 potentsi­ometrdagi kuchlanish bilan taqqoslanadi. O’lchov toki quyidagi zanjir or- qali oqadi: generator (+) qutbi - transformator T1 ning birlamchi chulg’ami o’lchanayotgan qarshilik Rx - yordamchi zaminlagich - generatorning (-) qutbi.
T1 transformatorning ikkilamchi chulg’amiga (transformatsiyalash koef­fitsienti 1) yuqori aniqlikga ega bulgan potentsiometr R1 ulangan.SHu sa­babli,R1dan oqayotgan tok Rx dagi tokga teng bo’ladi.Potentsiometr kon­taktini surib o’lchash asbobi (indikator) mili nulga olib kelinsa,poten­tsiometrning qarshiligi o’lchanaayotgan zaminlagich qarshiligiga teng bo’la­di.O’lchash asbobda "Tekshirish" va "Nazorat" xolatlari bor.
Zaminlagichlardagi ulovchi simlarning qarshiligini o’lchash uchun kichik qarshiliklarni o’lchashga mo’ljallangan xar qanday ommetrlardan foydalanish mumkin.Ushbu o’lchovni bajarish uchun M-372 turidagi maxsus om metrdan foy­dalaniladi.
1000 V dan kichik kuchlanishli elektr tarmoqlarda tegib ketish kuchlanish qiymatini bevosita o’lchash mumkin (4.6-rasm).Odam oyog’ining yuzasi va uni vazni 35x35sm ko’rsatkichli 70-80 kg og’irlikdagi metal taxtacha (1) bilan almashtiriladi va volьtmetr or- qali elektr uskuna qobig’iga ulanadi. Volьtmetrga parallel ulangan shunt (Rsh) yordamida odam organizmining qarshiligi (1000 Om) o’rnatiladi.SHunt­ning qarshiligini quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin
Rsh = (Rv * Ro)/(Rv - Ro), Om.
Bu yerda: Ro - odam organizmining qarshiligi (R-1000 Om);
Rv - volьtmetrning ichki qarshiligi, Om.

Yüklə 55,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin