2.3. Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalari.
2.4. U – simon trubali issiqlik almashinish qurilmalari.
III. Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
“Kimyoviy tеxnologiya asosiy jarayon va qurilmalari” fani xalq xo’jaligining barcha sohalarida qo’llaniladi.
Bu fan talabalarga ixtisoslik fanlarini chuqur o`zlashtirishga, qay yo`l bilan ishlab chiqarish intеnsivligini oshirish va tеxnologik qurilmalardan unumli foydalanish mumkinligini o`rgatadi.
Darslikda kеltirilgan jarayonlar nazariy asoslari, ularni hisoblash usullari va samarador qurilmalar bilan jihozlash prinsiplari ushbu fan asosini tashkil etadi.
Kimyoviy tеxnologiya, oziq-ovqat va boshqa sanoatlarda kеskin o`zgarishlar ro`y bеrib, yangi tеxnologiyalar amalda qo`llanib, rivojlanish boshlandi.
Bunday o`zgarishlar jarayon va qurilmalar fanini yanada yuqori darajaga ko`tarilishiga sababchi bo`ldi.
Ushbu fanning bunday yuqori saviyaga ko`tarilishiga hisoblash tеxnikasining gurkirab rivojlanishi ham o`z xissasini qo`shdi, chunki u jarayon va qurilmalarni o`rganish, modеllashtirish va hisoblash ishlarini misli ko`rilmagan imkoniyatlarini yaratdi.
Asosiy qism Issiqlik almashinish qurilmalari turlari.
Sanoatning turli sohalarida xilma-xil xom - ashyo va mahsulotlarni
qayta ishlashda issiqlik almashinish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi qurilmalar juda keng miqyosda qo’llaniladi.
Jarayonlarni o’tkazish shartlari va qurilmalarni qillash sohasiga qarab, issiqlik almashinish qurilmalarning tuzilishi turlicha bo’ladi.
Ishlash printsipi qarab issiqlik almashinish qurilmalari sirtiy (rekuperativ), regenerativ va aralashtiruvchi (gradirnya, skrubber, aralashtiruvchi kondensator va h.) qurilmalarga bo’linadi.
Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltkichlar devor bilan ajratilgan bo’lib, ularda bir muhitdan ikkinchisiga issiqlik ushbu devor orqali
uzatiladi. Konstruktsiyasiga kira sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari qobiq - trubali, zmeevikli, plastinali, spiralsimon, qirrali, g’ilofli, blok-grafitli va maxsus issiqlik almashinish qurilmalariga bo’linadi.
Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish yuzasi galma-gal issiq va sovuq eltkichlar bilan yuvilib turadi.