Darsning maqsadi: 1. O'quvchilarga topishmoqlarning janriy xususiyatlari haqida ma’lumot berish. Ularning topishm oqni ifodali o'qish, javobini tez topish malakalarini oshirish, ziyraklikka o'rgatish. 2. O'quvchilaming muomala madaniyatini oshirish. 3. O'quvchilam ing mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ijodiy faoliyatga yo'llash. Darsning turi: yangi bilim beruvchi, topishmoq o'qish darsi. Darsning borishi I. D a’vat bosqichi. M aqsad: o'quvchilam ing topishmoq haqidagi tushunchalarini aniqlash, yangi mavzuga qiziqish uyg'otish. M etod: suhbat, izlanish metodi. O'qituvchi xattaxtaga osmondagi yulduzlar, yong'oq, yer yong'oq, arra rasmlarini ilib qo'yadi va quyidagi topishmoqni yozadi: Tunda ko'rib, cho'g' deysan, Tongda ko'rib yo'q deysan. Savol-topshiriqlar beriladi: — Shu rasmlar ichidan topishm oqning javobini toping. — Qaysi so'zlar orqali topishm oqlarning javobi „yulduz" ekanini bildingiz? Xattaxtaga 2-topishm oq yoziladi: Qo'shaloq tovoq, Ichi to'la yog'. — Qaysi belgilariga ko'ra topishm oqning javobini topdingiz? 3-topishm oq yoziladi: Pilla kabi bo'g'indor, Har bo'g'inda mag'zi bor. — Yer yong'oqning qaysi belgilari topishm oqda keltirilgan? www.ziyouz.com kutubxonasi
4-topishmoq: Og'zi y o ‘g ‘-u tishi bor, Duradgorda ishi bor. — Javob qaysi so'zlar orqali topdingiz? 0 ‘qituvchi: — Topishmoqlarni topishda sizga nimalar yordam berdi? — Topishmoqda narsaning belgilarini ifodalovchi so'zlar bo'ladi. - Topishmoqlarda ko‘pincha kim?, nima? so'zlariga javob