Mavzu: sinfadan tashqari o‘qish darslarda po‘lat mo‘min ijodini o‘rganish mundarija kirish I bоb. Sinfdan tashqari o‘qish darslarining ahamiyati va muhim vazifalari



Yüklə 64,11 Kb.
səhifə7/8
tarix15.04.2023
ölçüsü64,11 Kb.
#98694
1   2   3   4   5   6   7   8
pulat5

Bob bo’yicha xulosa

  • Po`lat mo`min ijodining fazilatlaridan yana biri shundaki, u o`lkamizning go`zal tabiatini, kichkintoy zamondoshlarimizning qaxramonona mehnat zafarlarini, ularning his-hayajonini, ichki olamini ishonarli vat a`sirli qilib ifodalashga ko`rinadi.

  • Po`lat Mo`minning ijodi ham kattalar ham, bolalar uchun ham mos keladi, shuning uchun ham uning qiymati balanddir. Po`lat Mo`min bolalarning qo`shiqchi shoir sifatida o`z o`rniga, ovoziga ega.

  • Aytish mumkinki, po`lat mo`min bolalarning qo`shiqchi shoiri sifatida o`z o`rniga, ovoziga ega aytish mumkinki, Po`lat Mo`min bolalarning qo`shiqchi shoiri sifatida o`z o`rniga ega. Po`lat mo`min o`zbek bolalar adabiyotining qo`shiq janrini doimo avaylab, parvarish etib kelayotgan, unga yangi sayqal, yangi qanot bag`ishlayotgan shoirlardan biridir. U Hazil she`rlar, marshlar, qo`shiqlar, ho`r tarzida aytiladigan qo`shiqlar ijod qiladi.

  • Po`lat Mo`min katta hayotiy materiallarni ham bolalarbop qilib tasvirlashga mohir “O`rinbosarlar” poemasida yoshlarni kasb, hunar o`rganishga da`vat etsa, “Eh rosa shirin ekan” dostonida mehnatni qadrlashga chaqiradi. Bu bilan yoshlarni ham ma`naviy, ham sog`lom bo`lishiga undaydi.

  • Po`lat mo`min bolalarga qanday ertaklar ma`qul bo`lishini yaxshi biladi. U o`ziga to`qigan ertaklarda bolalarga yangilik beradigan, ular fikrini boyitadigan, tarbiyasiga ijobiy ta`sir etadigan masalalarni qalamga oladi. Po`lat Mo`minning bolalar uchun yozgan she`rlari, ertaklari yosh avlodni vatanga, hayotga, mehnatga muhabbat, do`stga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

  • Shoirning o`zi aytganidek: “Bolalar adabiyoti bir daraxt bo`lsa, uning rang-barang janrlari turfa shoxlaridir. Bir shoxida hikoya, bir shoxida she`r, boshqasida ertak, yana ba`zilarida p`esalar, doston, qo`shiq romanlar…” Binobarin, Po`lar Mo`min ijodi ham xuddi shunday. U adabiyot janrlarininng rang-barang turlaridan unumli foydalangan birgina “Oltmish olti oltin qo`l” turkumining o`zida she`riy vaznning o`n ikki xil formasini ishga sola oldi. Muhimi, faqat mavzu va janrlar rang-barangligidagina emas, balki ana shu adabiyot forma va usul, uslublarini yagona maqsadga bolalarning g`oyaviy estetik takomiliga xizmat ettira bilashda edi.



XULOSA
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida Po‘lat Mo‘min hayoti va ijodini o‘rganish jarayonida o‘qituvchi katta malakaga, mahoratga va tajribaga ega bo‘lmog`i lozim. Uning har bir darsi bir sahnaviy asarga o‘xshashi, bu orqali o‘quvchilar qalbiga sezilarli ta`sir o‘tkaza olishi kerak. Toki, o‘quvchi dars tugasa ham, shu o‘qituchining darsini intiqib kutadigan bo‘lsin. Hattoki, o‘qituvchi uyidan yomon kayfiyatda chiqqan bo‘lsa ham, bu kayfiyati o‘quvchilarga salbiy ta`sir etmasligi kerak. Bu kabi holatlarni biz aktyorlardagina, hofizlardagina uchratmaymiz. Balki o‘qituvchilarda ham shu kabi vaziyatlarga ko‘p bora duch kelamiz.
O‘qituvchi ham har bir darsini ana shunday hayotiy voqealarni, ya`ni o‘zini qiynagan voqealar bilan uyg`unlashtirmagan holda, olib borsa o‘quvchilar undan o‘ziga xos tarzda xulosa chiqaradilar, shuningdek, o‘rganayotgan bo‘lim materiallarini to‘liq o‘zlashtirishlariga erishiladi ham.
Umuman, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida Po‘lat Mo‘min hayoti va ijodini o‘rganish shu sinfdagi darslikdagi bo‘lim materiallari bilan yaqindan tanishtirish jarayonida mazkur har xil janrdagi asarlarga bo‘lgan ularning qiziqishlarini orttirishga erishilishi lozim bo‘ladi. Buning uchun har bir boshlang`ich sinf o‘qituvchisi pedagogik mahoratga ega bo‘lgan holda ta`lim jarayoniga kirib kelayotgan yangiliklardan boxabar bo‘lishi, ularni dars jarayonida bolalarning yoshi va xarakter xususyaitlarini e`tiborga olgan holda qo‘llay bilishi lozim bo‘ladi.
Agar o‘qituvchi o‘z ustida ishlamas ekan, albatta uning olib borgan har bir darsi bolalarda yaxshi taassurot qoldirmaydi. Vaholanki, o‘qish darsi fanlar ichida eng qiziqarli va o‘quvchilarning diqqatini tortuvchi fan bo‘lib, bu darsni zerikarli ravshida tashkil etib olib borish yaramaydi. Shuni e`tiborga olgan holda Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida Po‘lat Mo‘min hayoti va ijodini o‘rganishga,
bu mavzulardan o‘zlariga ijobiy xulosalarni chiqarib olishlariga urg`uni qaratdik. Sababi, bu dasradagi mavzular bolalarning ta`lim, tarbiyasida, ma`naviy kamolotida katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun bu mavzularni o‘tish jarayoniga befarq munosabatda yondashib bo‘lmaydi. Buning uchun ta`lim jarayoniga kirib kelgan yangi pedagogik texnologiya, integratsiya, modulli texnologiya, interfaol uslulardan keng qamrovda foydalanib darslarni tashkil etib olib borishni maqsadga muvofiq deb bildik.
Ayniqsa, interfaol usullar, modulli texnologiya asosida olib borgan darslarimiz o‘quvchilarda katta qiziqishni uyg`otdi. Bu o‘z navbatida ularni mustaqil va erkin mushohada yuritishga, o‘z fikrini qo‘rqmay ayta olishiga ham sabab bo‘ldi.
Shuning uchun ta`lim jarayonida interfaol usullardan bolaning yosh xususiyatini e`tiborga olgan holda foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida Po‘lat Mo‘min hayoti va ijodini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 64,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin