Agzamxodjaeva M.Sh
10-Mavzu: Piramida. Kesik piramida
PIRAMIDA haqida tushuncha
Piramida
deb shunday ko`pyoqqa aytiladiki, u yassi ko`pburchak - piramida asosidan,
asos tekisligida yotmagan nuqta - piramida uchidan va uchni asosining nuqtalari bilan
tutashtiruvchi hamma kesmalardan iborat.
Piramidaning uchini asosining uchlari bilan tutashtiruvchi kesmalar
piramidaning yon
qirralari
deyiladi.
Piramidaning sirti asosidan va yon yoqlaridan iborat: Har bir yon yoq uchburchak.
Uning uchlaridan biri Piramidaning uchi bo`ladi, qarshisidagi tomoni esa piramida
asosining tomoni bo`ladi.Piramidaning uchidan asos tekisligiga tushirilgan
perpendikulyar
Piramidaning balandligi
deyiladi.
Piramidaning asosi n burchakdan iborat bo`lsa, u n burchakli piramida
deyiladi. Uchburchakli piramida tetraedr deb ham ataladi.
bu rasmda tasvirlangan piramidaning
asosi A
1
A
2
...An ko`pburchak,
piramidaning uchi S, yon qirralari
SA
2
, SA
2,
... SAn, yon yoqlari
SA
1
A
2
, SA
2
,A
3
. … .
Bundan keyin biz faqat asosida qavariq
ko`pburchak bo`lgan piramidalarni
qaraymiz. Bunday piramidalar
qavariq
ko`pyoqlar
bo`ladi.
Piramida va uning yassi kesimlarini yasash
Parallel proeksiyalash qoidalariga muvofiq
piramidaning tasviri quyidagi tarzda yasaladi.
Avval asosi yasaladi. Bu biror yassi ko`pburchak
bo`ladi. Keyin piramidaning uchi belgilanadi, u
yon qirralar yordamida asos uchlari bilan
birlashtiriladi a)-rasmda besh burchakli
piramidaning tasviri ko`rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |