Mavzu: O‘zbekistonda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi. Reja


Muomaladagi pul belgilaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 238 Kb.
səhifə4/9
tarix07.06.2023
ölçüsü238 Kb.
#126097
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan kurs ishi mavzu O‘zbekistonda 1

Muomaladagi pul belgilaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablar.


Markaziy bank muomalaga chiqargan banknot va tangalar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida to‘lovlarning barcha turlarida yozilgan qiymati bo‘yicha qabul qilinishi, shuningdek hisobvaraqqa, omonatga o‘tkazish va jo‘natma sifatida o‘tkazish uchun qabul qilinishi majburiydir.

To‘lovlarni amalga oshirish.


To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pul bilan yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi hududida banklar orqali amalga oshiriladi. Markaziy bank naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllari va qoidalarini belgilaydi. Markaziy bank yuridik shaxslarning kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Naqd pul mablag‘larini muomalaga chiqarish.


Naqd pul mablag‘larini muomalaga chiqarish va qaytarib olishni faqat Markaziy bank amalga oshiradi.

Pul belgilarini muomaladan qaytarib olish.


Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida har qanday banknot va tangalarni muomaladan qaytarib olishga haqli. Bunga Markaziy bankning ayirboshlash tartibi va muddati ko‘rsatilgan normativ hujjat asos bo‘lib xizmat qilishi kerak, ayirboshlash muddati bir yildan kam bo‘lishi mumkin emas. Markaziy bank ayirboshlash uchun belgilagan muddat tugaganida ayirboshlanishi kerak bo‘lgan banknot va tangalar qonuniy to‘lov vositasi sifatidagi o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasida 1994-yilning 1-iyunidan boshlab respublika milliy valutasi «so‘m» muomalaga kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘ngra 200, 500 va 1000 so‘mlik kupuralar
hamda 1, 3, 5, 10, 20 va 50 «tiyin»lar va 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik tangalar chiqardi. O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida hisob-kitoblar, to‘lovlar, respublika rezidentlari va norezidentlari, yuridik va xususiy shaxslar o‘rtasidagi muomalalar, albatta, milliy valuta – «so‘m"da amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Iqtisodiyotda pulning likvidligi muhim o‘rin tutadi. Pulning likvidligi uning muomala sifatida hamma narsaga tez va hech bir to‘siqsiz ayirboshlanishidir. Puldan boshqa likvidli aktivlar ham bor, lekin ular likvidlik jihatdan pulga tenglasha olmaydi. Sababi pul hech bir xarajatsiz xohlagan paytda xohlagan narsaga ayirboshlanishi mumkin. Bino, javohir yoki transport vositasi boshqa narsaga ayirboshlanishi uchun u sotilishi kerak, bu ko‘p vaqt va xarajatni talab qiladi.


Milliy pul – bu muayyan mamlakatda muomalada yuruvchi va tanho to‘lov vositasi deb qabul qilingan puldir.
Hozirgi iqtisodiyotda tovar shaklidagi pul qo‘llanilmaydi deyish mumkin. Ularning o‘rniga qog‘oz va elektron pullar qo‘llaniladi. Qog‘oz pullar dekretlangan. Yuqoridagi 39-moddaga muvofiq, davlat tomonidan pul deb e’lon qilingan maxsus belgilari bor qog‘ozlardir. Qog‘oz pullar kupura shaklida hamda tangalar sifatida chiqarilishini yuqoridagi ma’lumotlardan bilib oldik. Milliy pul yagona to‘lov vositasi hisoblanadi. U 12 ta himoya belgilariga ega. Himoya belgilari uni qalbakilashtirishning oldini oladi. Pullar muomala qilish jihatidan naqd va naqd bo‘lmagan pullarga ajraladi.
Naqd pullar – bu aholi qo‘lida aniq moddiy shakldagi qog‘oz va tanga pullar bo‘lib, ular qo‘ldan qo‘lga o‘tib yuradi. Bu eng ko‘p tarqalgan to‘lov vositasidir.
Naqd bo‘lmagan pullar bu bankdagi ayrim fuqarolar (jismoniy shaxslar), firmalar yoki davlat tashkilotlari (yuridik shaxslar) nomiga yozilgan puldir. Naqd bo‘lmagan pul bankda turgani uchun u egasiga foiz keltirgan holda o‘sib boradi.

Naqd bo‘lmagan pullar bankning joriy va muhlatli depozitlarida turadi, u ham to‘lovlarda qo‘llaniladi. Pullar bankda saqlanganda xavfsiz bo‘ladi. Bugun dunyo mamlakatlarida plastik kartochkalardan ham keng foydalanilmoqda. Biroq ularning o‘zini pul deb bo‘lmaydi. Ular pul borligini tasdiqlovchi vositadir. Pul aktiv va passiv pulga bo‘linadi. Aktiv pul amalda harakatda bo‘ladi, ya’ni iqtisodiyotdagi oldi-berdi munosabatlarida to‘lov vositasi sifatida harakat qiladi. Passiv pul bu iqtisodiy aylanmada ishtirok etmay turgan puldir. U jamg‘arma, pul rezervlari va kassa qoldiqlaridan iborat bo‘ladi. Milliy pullardan tashqari jahon pullari ham bo‘ladi. Bu xalqaro miqyosda, ya’ni mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarga xizmat qiluvchi puldir. Ilgarilari jahon puli vazifasini oltin quyilmalari, ya’ni yombilari tashkil etgan. Hozir maxsus chiqarilgan jahon puli yo‘q. Bu pul vazifasini qadri barqaror, ya’ni qattiq valutalar tashkil etadi (AQSh dollari, Angliya funt sterlingi, Yaponiya iyenasi, Yevropa Ittifoqining yevrosi, qisman Xitoy yuani). Pul muomalasi deganda, bu pulning qo‘ldan qo‘lga o‘tib, doimo harakatda bo‘lishidir. Pul banklardan chiqib firmalar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari kassasiga kelib tushadi.



    1. Yüklə 238 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin