Mavzu: Jahon xom-ashyo bozorlarining rivojlanish xususiyatlari
Reja:
1. Xom-ashyo nima?
2. Jahon xom-ashyo bozorida neftno o’rni.
3. Jahon bozori
Xom-ashyo — konlardan olingan foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslar, ulardan ishlab chiqarilgan va yana ishlov talab etadigan mahsulotlar. Keng maʼnoda Xom-ashyo mehnat taʼsirida oʻzgargan va yanada ishlanishi lozim boʻlgan mehnat predmetinn anglatadi.
Xom-ashyo jarayonida Xom-ashyodan tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat paydo boʻladi. Xom-ashyoning jami xilmaxil koʻrinishlari kelib chiqishiga koʻra sanoat va qishloq xoʻjaligi Xom-ashyosiga boʻlinadi. Sanoat Xom-ashyosi, oʻz navbatida, mineral va sunʼiy Xom-ashyoga boʻlinadi. Ishlatilishiga koʻra, mineral Xom-ashyo yoqilgʻienergetika (neft, tabiiy gaz, kumir, uran, yonuvchi slanetslar), metallurgiya (qora, rangli, nodir va asl metallar rudalari), konkimyo (agronomiya rudalari, bariy, kaltsiy ftorid, oltingugurt), texnika (olmos, grafit, slyuda), qurilish materiallari (sement, keramika) i.ch. Xom-ashyolari va boshqalarga boʻlinadi. Sunʼiy Xom-ashyoga sintetik smolalar, plastmassalar, sintetik kauchuk, sunʼiy teri, sintetik yuvish vositalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi Xom-ashyosi va oʻrmon xoʻjaligi, baliq ovlash va tayyorlov tarmogʻining ishlov berilmagan (xom) mahsulotlari oʻsimlik Xom-ashyosi (don va texnika ekinlari, yogʻoch, yovvoyi va shifobaxsh oʻsimliklar) va hayvonot Xom-ashyosi (goʻsht, baliq, sut, teri, jun) ga boʻlinadi. Ayrim sanoat tarmoqlarida Xom-ashyoni birlamchi (metallurgiyada rudalar, qogʻoz sanoatida sellyuloza) va ikkilamchi (metall parchalari, makulatura) turlarga boʻlish muhim amaliy ahamiyatga ega. Ikkilamchi Xom-ashyodsh toʻgʻri foydalanish ijtimoiy mehnatni tejashni taʼminlaydi. Birlamchi Xom-ashyoni kompleks qayta ishlash sanoatning Xom-ashyo bazasini kengaytirish va iktisodiy samaradorligini oshirishda muhim manba xisoblanadi.
Neft
Neftning butun jahonda isbotlangan zaxirasi 140 mlrd. tonna, yillik qazib olish 3 ,5 mlrd tonnaga teng. Lekin bu 40 yildan so’ng neft zaxiralari tugashi bilan global mu- ammolar boshlanadi, degani emas. Chunki iqtisodiy statistik aniqlangan, isbotlan- gan , hisoblangan zaxiralarga tayanadi. Lekin bu yer yuzining hamma zaxirasi emas. Hattoki ko’pgina tekshirilgan konlarda umuman aniqlanmagan yoki qisman aniqlangan neft maydonlari mavjud. Bir qancha neft maydonlari esa o’zining kashfiyotchilarini kutmoqda. Neft zaxirasi juda katta bo'lgan (neft zaxirasi 10 mlrd. tonna yoki jahon zaxirasining foizi bo’lgan) davlatlar - Iroq, Eron, Venesuela . Bu davlatlar oldindan ko’p aholiga, katta yoki kichik iqtisodiy rivojlanishga ega , Iroq va Eron esa jahon sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri. Barcha yirik mintaqalarda, Xorijiy Yevropa va Rossiya Federatsiyasi bilan birga neft zaxiralari 100 foizni tashkil qiladi. Hattoki Shimoliy Amerika ham , AQSH ning o ’z neft zaxiralarini «konservatsiya » qilishiga qaramay, o’z zaxiralarini Meksikada olib borilgan tekshiruvlarga ko’ra orttirib olishdi.
Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud boʻlgan, mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, ammo koʻpgina mamlakatlar, soʻngra jaxondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan Jahon bozori (uning negizida jahon xoʻjaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga oʻtish bilan shakllana boshladi va 20-asr boshiga kelib qaror topdi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga oʻtish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi savdo u yoki bu mamlakatning ichki taraqqiyotini toʻldiradigan omildan mamlakat xoʻjaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Ixtisoslashuv bir mamlakatda muayyan tovarni arzon va sifatli i. ch. imkonini bersa, tovarlarni i. ch.da resurslardan samarali foydalanishni taʼminlasa, shu tovarlar koʻplab yaratiladi va Jahon bozoriiga yetkazib beriladi. Biror mamlakatda resurelarni sarflash qulay boʻlmagan yoki i. ch. imkoni bulmagan tovarlar Jahon bozoridan sotib olinadi. Jahon bozorida alohida narxlar — jahon narxlari amal qiladi; ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar vositasida olib boriladi.
Xulosa
Sanoat va unda ishlab chiqarilgan mahsulotlar mustaqillikning moddiy-texnika bazasini yaratishda muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham hukumatimiz tomonidan qo`yilgan amaliy vazifalarni to`la bajarish sanoatni jadal rivojlantirishni taqozo etadi. Sanoatning rivojlanishidagi asosiy shartlaridan biri sanoatni xom ashyo bilan yetarli darajada ta`minlash, undan to`la va to`g`ri foydalanishdir. Xom ashyo har qanday texnologik jarayonlarning asosiy elementi hisoblanib, u ishlab chiqarish texnologiyasinigina belgilamasdan, balki uning iqtisodiy samaradorligini hamda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotning sifatini ham belgilaydi. Xom ashyo keng miqyosda iste`mol buyumlari hamda ishlab chiqarish mahsulotlari olish uchun ishlatiladigan tabiiy materiallar (birikmalar) dan iborat bo`lib, u quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Miqdori jihatdan yetarli bo`lishi;
Qazib olish arzon va oson bo`lishi;
Texnologik jarayonlar oson borishi kerak.
Ma`lumki, sanoatda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan umumiy xarajatlarning 70-80% ini jarayonda ishlatiladi.
Mineral xom ashyolar. Yer ostidan qazib olinadigan mineral birikmalar xom ashyolar deyiladi. Bunday minerallar Yer yuzida 2500 ga yetadi va bular Yer sharining turli qismlarida turli miqdorda bo`ladi. Rus olimlari V.I.Vernadskiy, N.S.Kurnakov, A.E.Fersman va I.M.Gubkinlar yer osti mineral boyliklarini qidirib topish, qazib olish va qayta ishlash asoslarini yoritib beradi. MDH o`zidagi ko`mir, torf, fosforli va kaliyli tuzlar, osh tuzi, natriy sulfat va shu kabi boyliklarning zapasi jihatidan dunyoda birinchi o`rinlarda turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
https://aim.uz/referaty/57-khimiya/77518-kimyoviy-texnologiyada-xom-ashyo-va-uni-boyitish-usullari.html
Bender H. U. Fundamente. Geographischcs Grundbuch fur die Sekundarslulc. II. Stuiluart. Klettw Pertes, 1994.
file:///C:/Users/User/Videos/Jahon-ijtimoiy-iqtisodiy-geografiyasi
Dostları ilə paylaş: |