Mavzu: Ilk o`rta asr sharq falsafasi va uyg'onich davri



Yüklə 87,26 Kb.
səhifə6/8
tarix07.01.2024
ölçüsü87,26 Kb.
#210412
1   2   3   4   5   6   7   8
ilk o`rta asr sharq falsafasi va uyg\'onich davri

So‘fizm falsafasi. Bilish muammosi so‘fizmning eng muhim tomonini tashkil etadi. Mo‘tadil so‘fizm ta'limotiga ko‘ra gnostik (orif)ning asosiy vazifasi oliy maqsadga erishish – haqiqatni bilishdan iborat. Bu maqsadga o‘zini o‘zi takomillashtirish va o‘zini o‘zi bilish yo‘li bilan erishiladi. O‘z mohiyatini bilish jarayonida inson o‘zida ilohiy unsurlar mavjudligini, Allohni bilishning birdan-bir to‘g‘ri usuli o‘zini o‘zi bilish, ya'ni o‘zlikni anglash ekanini tushuna boshlaydi.
Biroq bilishning bu darajasiga yetish uchun odam o‘zini butunlay o‘z o‘zligini anglashga baxshida etishi lozim. U so‘fiycha turmush tarzini tanlashi, shuningdek haqiqat sari yo‘l tutgan kishilarga qo‘yiladigan ayrim boshqa talablarni bajarishi darkor. Mo‘tadil so‘fizm vakillari qatoriga Xorisi Muhosibiy, Abulqosim Kushayriy, Abu Homid G‘azzoliy va boshqalar kiradi. Ular so‘fiy shariat chizig‘idan chetga chiqmasligi, uning barcha so‘zlari va ishlari Qur'oni karim aqidalari va Muhammad payg‘ambar hadislariga muvofiq bo‘lishi lozim, deb hisoblaydilar.
«Vahdati vujud» (borliqning birligi) nuqtai nazarida turuvchi so‘fiylar so‘fizmning ashaddiy tarafdorlari hisoblanadi. Ular Haqiqat (Alloh) va tabiatni bir deb qaraydilar. Tabiat ilohiy emansipatsiya oqibatidir. Inson bu emansipatsiya zanjirida oxirgi bo‘g‘inni egallaydi. U nafaqat Haqiqat (Alloh)ni bilish darajasiga yetadi, balki o‘zi ham Haqiqat – «Alloh»ga aylanadi. So‘fiylikning bu tariqat vakillari yashirin, sirli narsalarni bilishni afzal ko‘rib, shariat aqidalari va me'yorlarini tan olmaganlar.
So‘fizm Allohni tabiat bilan uzviy deb qaraydi. Uni insonni qurshagan tashqi dunyoda mavjud har bir narsa bilan tenglashtiradi va ularda Allohning siymosi, mohiyatini ko‘rib, tabiat, atrof muhit sari, uning sirlarini ochish tomon, bu yashirin hodisalarning har birida ilohiy haqiqat belgisi, mohiyatini topish va bilish maqsadida muayyan qadam tashlaydi.
So‘fizm vakili Ibn Arabiy falsafasi yevropa falsafiy an'anasiga yaqin bo‘lgan tilda yaratilgan filosofema. Uni ayni holda ratsionalistik filosofema deb nomlash mumkin (u birlik, ko‘plik, sabab, oqibat, birinchi asos, jism, makon, vaqt kabi kategoriyalar va atamalardan foydalanadi); tilini badiiy til deb belgilash mumkin bo‘lgan, biroq nafaqat estetika jabhasini, balki ontologiya va naturfalsafaning ratsionalistik tili bilan bir borliqni tavsiflovchi filosofema (uning kategoriyalari – muhabbat, intilish, ehtiros, muhtojlik, go‘zallik va sh.k.); nihoyat, «mistik» tilda yaratilgan filosofema (kategoriyalari: zavq, hol, fano, baqo, jon, ro‘yo va h.k.).
Ibn Arabiyda har bir filosofema, bilishning alohida usuliga tayanadi. Shu sababli yechimlarning har biri bo‘yicha tegishli bilish usulining qisqacha tavsifini keltirish o‘rinli bo‘ladi deb o‘ylaymiz.
1. Bilishning birinchi usuli – oqilona-mantiqiy bilish. Uning vositasi – aql, amalga oshirish usuli – sillogizmlar yoki dalillar orqali chiqarilgan xulosalar tarzidagi mantiqiy mulohazalar. Ko‘rib turganimizdek, Ibn Arabiy Aristotel mantiqi bilan tanish: u to‘g‘ri sillogizmni tuzish uchun zarur shartlarni tavsiflaydi10, mantiqan to‘g‘ri mulohaza yuritish uchun dalillar va xulosalar zanjiri izchil bo‘lishi, biron-bir bo‘g‘inda uzilmasligi lozimligini ko‘rsatadi va o‘zi isbotlashning mantiqiy metodlarini ko‘p karra qo‘llaydi.
2. Bilishning ikkinchi usuli – muammoni mushohada yuritish yo‘li bilan yechish: (yechimdan shartlar sari). Mushohada yuritishni bilish usuli sifatida o‘rganar ekanmiz, dunyo va ilohiy mohiyatning uzviy birligi va ayni vaqtda ilohiy mohiyatning transsendentligi uning uchun muqarrar holdir, deb aytishimiz mumkin. Shuni ta'kidlash lozimki, bu birlik ayniylik emas: boshqacha aytganda, bu dunyo va ilohiy mohiyatning farqlangan birligidir. Har qanday narsa va hodisada mushohada yuritish seziluvchi va idrok etiluvchi tashqi – zohir jihatlarni va sezgilarga ham, aqlga ham yashirin ichki (botin) ma'noni aniqlash imkonini beradi. Bu yashirin ma'no borliqning birinchi asosi, ilohiy mohiyatning dunyoga ichdan xosligining negizi va ayni vaqtda mushohada ob'ekti hisoblanadi. Yashirin ma'noni anglash - narsalarda, dunyoda Xudoni bevosita ko‘rish demakdir.
3. Bilishning uchinchi usuli – muammoni mistik yo‘l bilan yechishdir. (shartlar va yechim ayniydir). Bu yerda bilish oqilona-mantiqiy va mushohada yuritish yo‘li bilan bilishdan mutlaqo boshqacha shartlardan kelib chiqadi. Bu bilish sub'ekti va ob'ektining ayniylik shartidir. Bilish sub'ekti bu ayniylikka erishgach, o‘zining sub'ektlik mohiyatini yo‘qotadi; sub'ekt va ob'ekt o‘rtasidagi tafovut yo‘qoladi, biluvchi bilinuvchiga aylanadi, biluvchi ham, bilinuvchi ham yo‘qolib, faqat yagona universal qoladi. Bu holat «fano» holati, sub'ektiv o‘zlikning «halok bo‘lish», yo‘qolish holati deb ataladi.

Yüklə 87,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin