Mavzu: Ilk o`rta asr sharq falsafasi va uyg'onich davri



Yüklə 87,26 Kb.
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü87,26 Kb.
#210412
1   2   3   4   5   6   7   8
ilk o`rta asr sharq falsafasi va uyg\'onich davri

Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar, asarlari: “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Minerologiya”), tabiat va uning ob'ektiv qonunlari mavjudligiga shubha qilmagan. U tabiat muttasil o‘zgarish va rivojlanishda bo‘ladi, materiya narsalar shaklini o‘zi yaratadi va o‘zgartiradi, jon (tafakkur, ma'naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb ta'kidlagan.
Ma'lumki, tajriba, eksperiment borliqni bilish usullaridan biri hisoblanadi. Beruniy shunday deb yozadi: «Mendagi ishtibohni faqat tajriba va takroriy sinov bartaraf etishi mumkin, ...so‘zlovchilarning yakdilligiga qaramay, buning haqiqiyligi tajribada o‘z tasdig‘ini topmagan»4.
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, «Beruniyni yetarli asos bilan o‘rta asr fanida empirik metod yaratuvchilaridan biri deb hisoblash mumkin. U metallar va minerallarning xossalari va solishtirma og‘irligini aniqlash bo‘yicha bir qancha tajribalar o‘tkazdi»5. Tajribada olingan bilimni mutafakkir ayrim me'yorlarga muvofiq ishonchli bilim deb talqin qiladi. Ularning orasida ob'ektlarning kuzatuvchanligi, tajribalarning qayta o‘tkaziluvchanligi va kuzatishlarning tekshiriluvchanligini qayd etish mumkin.
Bu mulohazalar tajriba, bilim olish va uning haqiqiyligini tekshirish metodi sifatida, o‘rta asr sharoitida ham ancha keng tarqalgan, deb aytish imkonini beradi.
G‘oya ilgari surilgani va ishonchli bilimning olinishi tajriba bilan bog‘lanishi, bilimning haqiqiyligi tajribada sinalishi muhimdir.
Beruniyning ijodida kuzatish muhim o‘rin egallaydi. Tabiatni ilmiy o‘rganishda kuzatish bilishning boshqa shakllari bilan o‘zaro bog‘langan.
Beruniy fikricha, kuzatuvchi kuzatilayotgan hodisani u yuz berayotgan joyda idrok etadi6. Binobarin, kuzatish u yoki bu hodisani uning muayyan ko‘rinishida qayd etadi7. Kuzatishlarning eski ma'lumotlari ob'ektning haqiqiy ko‘rsatkichini ancha buzib ifodalashi mumkin.
Abu Ali ibn Sino (980-1037 Buxorolik Ibn Sino (Avitsenna) 300 dan ortiq asar muallifidir Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,”Donishnoma”, “Xay ibn Yakzon”ayniqsa keng dovruq qozongan.). O‘rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir..
Ibn Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom ma'noda qomusiy bilimlar egasi bo‘lganidan dalolat beradi. Ibn Sino fanlarning tadqiqot ob'ektlariga ko‘ra ajratishga asoslangan tasnifini taklif qilgan.
Ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi va inson ularni anglab yetishga qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surgan.
O‘sha davrda u shug‘ullanmagan fanning o‘zi bo‘lmagan. Tibbiyot bilan bir qatorda, Ibn Sino falsafa, xususan bilish nazariyasini ham faol tadqiq etgan.
Ibn Sino moddiy dunyo predmetlarini sezgilar manbai deb hisoblab, ularning ob'ektiv tabiatini tashqi moddiy dunyo in'ikosi sifatida yoritadi. Bundan tashqari, u sezgini materiyaning xossalaridan biri deb e'tirof etadi. Alloma sezgini materiyaning oliy shakllari bilan bog‘laydi. Ibn Sino mavjud narsalarni tasniflar ekan, sezgi hayvonlar deb ataluvchi jismlarga xosligini qayd etadi8.
Ibn Sino neoplatoniklarning jon hissiy narsalarni tananing biron-bir a'zosisiz idrok etadi, degan ta'limotini asossiz deb hisoblaydi. «Qadimda ayrim olimlar (neoplatoniklar) jon hissiy idrok etiluvchi narsalarni hyech qanday organlarsiz bevosita sezadi, deb faraz qilganlar. Muhitga kelsak, bu, masalan, ko‘rish uchun muhit bo‘lib xizmat qiluvchi havo, organlarga kelsak, bu, ko‘rish organi bo‘lib xizmat qiluvchi ko‘zdir. Biroq ular haqiqatdan uzoqdir, chunki hissiy idrok etish jonning o‘zida bu organlarsiz yuz berganida, mazkur organlar behuda yaratilgan bo‘lib chiqar, ulardan hyech qanday naf bo‘lmas edi», deb yozadi va so‘zining davomida neoplatoniklarning qarashlari asossiz ekanligini ta'kidlab, haqiqat sezgilar tana a'zolariga muhtojligidadir,9 degan xulosaga keladi.

Yüklə 87,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin