Mavzu: Ilk o`rta asr sharq falsafasi va uyg'onich davri



Yüklə 87,26 Kb.
səhifə1/8
tarix07.01.2024
ölçüsü87,26 Kb.
#210412
  1   2   3   4   5   6   7   8
ilk o`rta asr sharq falsafasi va uyg\'onich davri


Mavzu: Ilk o`rta asr sharq falsafasi va uyg'onich davri

Reja:




    1. Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari.

    2. Ilk o‘rta asrlarda Sharqda falsafa rivojlanishining umumiy belgilari.

    3. Ilk o‘rta asrlarda Sharq falsafsi Uyg‘onish davri falsafasi.




  1. Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari.

Qadimgi Sharq va G‘arbda shakllangan falsafa insoniyatning ilm, fan, ma'naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o‘ziga xosligi va betakrorligidan qat'iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega.
Birinchidan, falsafiy tafakkur Sharqda ham, G‘arbda ham ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan. Mifologiya inson o‘zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi. Ammo mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham qo‘yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o‘lim nima va h.k.
Ikkinchidan, G‘arb va Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo‘lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan. Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.
Uchinchidan, G‘arb va Sharq falsafasi umuminsoniy qadriyatlarga qarab mo‘ljal oladi. U insonni hamisha qiziqtiruvchi hodisalarni o‘rganadi, Qadimgi manba “Avesto”da ko‘rsatilgani kabi “qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so‘zlash va yaxshi ish ko‘rish mumkin”, degan savolga javob topishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo‘lish uchun inson falsafiy donishmandlikni o‘zlashtirishi lozim: u dunyoni anglab yetish, inson va tabiat, inson hayotining mazmuni va boshqa shunga o‘xshash muammolarda mo‘ljal ola bilishi kerak. Aristotel ham shoh Iskandarga nasihatida “Shuni bilgilki, o‘zing buzuq va fosih ersang, raiyatu fuqaroni isloh qilolmaysan. O‘zing adashgan, gumroh ekansan, ularga yo‘lboshchilik qilolmaysan. Axir o‘zi ko‘r odam qanday qilib o‘zgalarga rahnamo bo‘lsin? O‘zi qashshoq o‘zgani boy qila oladimi? Kimki o‘zi xoru zalil bo‘lsa, o‘zgani qanday qilib mashhuru aziz eta olsin. Bilgilki, isloh etishni istagan hyech kimsa o‘zini isloh etmaguncha o‘zgalarni ham isloh eta olmaydi. Agar o‘zi buzuq fosid bo‘lmasa, boshqa kishini fasod ishga olmaydi. Qo‘l ostingdagilarni isloh etishni istar ekansan, islohni o‘zingdan boshla. O‘zgalar aybini yo‘qotishni hohlasang, avvalo o‘zingni ayblardan va xunuk xulq atvordan pokla. O‘ylagan fikring senga hyech qachon firib bermasligi lozim. Agar so‘zlaring go‘zalu qilmishlaring esa xunuk bo‘lsa, ishlari gaplariga teskari, zohiri botinini aks ettirmaydigan va'zxon bo‘lasan qolasan ”1 deb uqtiradi.
To‘rtinchidan, Qadimda Sharq falsafasi ham, G‘arb falsafasi ham yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, do‘stlik, birodarlik, muhabbat va nafrat, baxt, lazzatlanish va azob chekish, ilmu ma'rifat kabi muammolarning yechimini izlagan. Bu jarayon o‘sha davr buyuk faylasuflarining fikrlarida ayniqsa, bo‘rtib namoyon bo‘ladi.
Beshinchidan, falsafiy bilimning dunyoqarash bilan bog‘liqligi ham G‘arb va Sharq falsafasi rivojlanishining qonuniyatidir. Biz istaymizmi, yo‘qmi, lekin falsafiy g‘oyalar, qarashlar, nazariyalar va tizimlar yo idealistik, yo materialistik, ba'zan eklektik (bu ikki dunyoqarashning birikmasi) bo‘ladi. Jumladan, qadimgi Yunonistonda Milet falsafiy maktabi namoyandalarining asarlarida falsafiy muammolarning materialistik talqiniga duch kelish mumkin. Bu maktab asoschisi Fales suvni, Anaksimen – havoni, Anaksimandr – apeyron (mavhumlik)ni hamma narsaning birinchi asosi deb hisoblaydi. Dunyoning materialistik asoslarini Anaksagor taklif qiladi. Uning fikricha, barcha narsalar muayyan «urug‘lar»dan iborat. Ularni Anaksagor gomeometriyalar deb nomlagan. Empedokl o‘zining “Tabiat haqida” asarida olov, havo (uni Empedokl efir deb nomlagan), suv va yer turli narsalarning birinchi asoslaridir, deb qayd etgan.
Shunga o‘xshash fikrlarga Sharq falsafasida ham duch kelishimiz mumkin. Masalan, Zardushtiylik ta'limotida olov, hindlarning qadimgi falsafiy kitobi “Upanishada”da, shuningdek “Chorvaka” qadimgi hind falsafiy maktabiga doir manbalarda suv, olov, yer, havo, butun borliqning substansional asosidir, deb qayd etiladi. Bu fikr esa Empidokl ta'limoti bilan hamohangdir.
Oltinchidan, Sharq va G‘arb qadimgi dunyo falsafasida idealizm o‘zining ikki ko‘rinishida: ob'ektiv idealizm va sub'ektiv idealizm sifatida namoyon bo‘ladi. Sharq falsafasida bu “yoga”, buddizm, jaynizm, zardo‘shtiylik, konfutsiychilik, daochilik falsafasi, G‘arb falsafasida – bu Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot, Platon falsafasi va sh.klarda o‘z ifodasini topadi.
Yettinchidan, G‘arb va Sharq falsafasi rivojlanishining yana bir umumiy qonuniyati uning metodologik ahamiyat kasb etuvchi haqiqiy ilmiy bilimga erishish yo‘lida ilmiy izlanishlar olib borishidir. Bu yerda gap fanga va falsafaning metodologik funksiyasiga bo‘lgan munosabat haqida ketmoqda. Falsafiy ta'limotlar, konsepsiyalar, g‘oyalar yordamida turli hodisalarning tahlili amalga oshiriladi, amaliy tavsiyalar beriladi. Bu jihatdan miloddan avvalgi V asrda vujudga kelib, Xitoydagina emas, balki boshqa Sharq mamlakatlarida ham keng tarqalgan konfutsiychilik diqqatga sazovordir. Uning ayrim konsepsiyalari hanuzgacha tirik. Masalan, «syao» yoki ota-onani hurmat qilish, kattalarga izzat-ikrom ko‘rsatish konsepsiyasi yosh jihatidan ham, ijtimoiy ierarxiya bo‘yicha ham kattalarga nisbatan o‘z xulq-atvorini barcha fazilatlar mohiyatini anglab yetish asosida yo‘lga qo‘yishni taklif qiladi.
G‘arb falsafasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda ham falsafaning metodologik funksiyasi bo‘rtib namoyon bo‘lishini ko‘ramiz. Masalan, yunon faylasuflari – falsafa tarixidan donishmandlik va shirinsuxanlik o‘qituvchilari degan nom bilan o‘rin olgan sofistlar shogirdlariga oqilona fikrlashni, muhokama qilinayotgan narsa yoki hodisaning mohiyatini teran anglagan holda ish ko‘rishni va o‘z falsafiy bilimlaridan siyosiy faoliyatda foydalanishni o‘rgatishni o‘z vazifasi deb bilganlar. Ma'lumki, qadimgi yunon faylasufi Suqrot o‘z e'tiqodlarini himoya qilish yo‘lida hayotini tikkan. U davlatni boy va zodagon kishilar emas, balki ishning ko‘zini biladigan, oqil odamlar boshqarishlari lozim deb hisoblagan va o‘z shogirdlariga o‘sha davrda mavjud bo‘lgan siyosiy an'analarda mo‘ljal olishni o‘rgatgan. Ayni shu fikri uchun ustidan chiqarilgan hukmga e'tiroz bildirmay, Suqrot o‘z o‘limini ixtiyoriy ravishda tanlagan va bir qadah sikut (zahar) ichib o‘lgan.
Sakkizinchidan, G‘arbda ham, Sharqda ham faylasuflar narsalar va hodisalarni o‘rganish, tahlil qilish, tushuntirishning o‘z metodlarini yaratganlar. «Dialektika» so‘zini ilk bor Suqrot ishlatgan. Bu so‘z bilan u samarali bahslashish, fikrlar qarama-qarshiligi orqali haqiqatning tagiga yetishga qaratilgan muloqot olib borish mahoratini ifodalagan. Dialektikaning aynan shu talqiniga sofistlar ham amal qilganlar. Ular o‘ziga xos inkor dialektikasini rivojlantirib, tinimsiz bahs-munozara muhitida haqiqatning tagiga yetishga to‘xtovsiz harakat qiluvchi, ziddiyatlarga to‘la inson tafakkurini faol harakatga keltirganlar.
To‘qqizinchidan,, qadimgi Sharq va G‘arb falsafasida dialektik metod bilan bir qatorda hodisalarni o‘rganishning metafizik metodiga ham duch kelish mumkin. Aristotel Eley maktabi vakillari Parmenid va Melis hamda ularning izdoshlarini «tabiatni to‘xtatuvchilar» deb nomlagan, chunki ular tabiat harakatini rad etgan. Ular uchun borliq «yagona va harakatsiz»dir. Eleylik Ksenofan, masalan, shunday deb yozgan: «Bir joyda abadiy turadi, umuman qimirlamaydi, u yoqdan buyoqqa o‘tish unga xos emas»2. Parmenid bu qoidaga aniqlik kiritadi: «...hamma narsa bir, abadiy, vujudga kelmagan, sharsimon va bir xil, o‘z ichida makonga ega emas, harakatsiz va chekli»3.

Yüklə 87,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin