Mavzu: Elektron tijorat tizimlari Reja: Elektron bozor va elektron tovar tushunchasi Elektron biznez va elektron tijorat modellari Internet-banki, mobil tijorat


Elektron biznez va elektron tijorat modellari



Yüklə 8,93 Kb.
səhifə2/4
tarix21.04.2023
ölçüsü8,93 Kb.
#101299
1   2   3   4
Mavzu Elektron tijorat tizimlari Reja Elektron bozor va elektr-fayllar.org

Elektron biznez va elektron tijorat modellari
An'anaga ko'ra, elektron tijoratni tashkil etish modellari o'zaro ta'sir qiluvchi sub'ektlar tomonidan tasniflanadi. Quyidagi uchta sub’yekt ko'rib chiqiladi:
 Biznes (Buseness, B );
 Iste'molchi (Consumer, C );
 Davlat (Government, G ) .
Bitimlar ishtiroqchilar va o'zaro ta'siri boyicha electron tijorat tashkilotning to'qqizta modelini ajratish mumkin
 B2B ( Business - to - Business ) ;
 B2C ( Business - to - Consumer ) ;
 B2G ( Business - to – Government) ;
 C2B ( Consumer - to - Business ) ;
 C2C ( Consumer – to - Consumer) ;
 C2G ( Consumer - to - Goverment ) ;
 G2B ( Government - to - Business ) ;
 G2C (Government -to- Consumer ) ;
 G2G ( Government - to - Government ) .
B2B Model - ( Business–to Business, Biznesdan - Biznesga)
B2B atamasi odatda onlayn xizmatlarning keng doirasini anglatadi, ularda biron bir tarzda, xususiy shaxslar emas, balki korxonalar va kompaniyalar qatnashadilar. B2B sektorida kompaniyalar bir-birlariga sotadigan tovarlar va xizmatlar sotiladi. Asosiy tovar va pul aylanmasi korporativ muhitda ro'y beradi va iste'mol bozoriga deyarli kirmaydi
B2 C modeli (Business-to - Consumer, Biznesdan - Iste'molchiga)
B2C - bu o'z mahsulotlarini boshqa korxonalarga emas, balki oxirgi iste'molchiga sotadigan klassik biznes. Aynan mana shunday ish sxemasi butun dunyoda eng ommaviy hisoblanadi. B2C an’anaviy do'kon bo'lib, u erda odamlar o'z ehtiyojlari uchun mahsulot sotib oladilar . B2C - bu oxirgi iste'molchiga sotish .
B2G modeli (Business – to - Goverment, Biznesdan - Hukumatga)
Model B2G - biznes va davlat o'rtasidagi munosabatlar modeli.
Davlat deganda turli davlat tuzilmalari tushunilishi kerak. Ularga armiya, milliy gvardiya, havfsizlik organlari, sud, Oliy Majlisi va boshqalar kiradi.
Davlat sektoriga turli darajadagi ta’lum muassasalar: maktablar, bolalar bog'chalari va oliy ta’lim muassasalar kiradi.
Davlat sog'liqni saqlash tashkilotlari: kasalxonalar, klinikalar, tibbiy markazlar. Madaniy va ilmiy muassasalar : fanlar akademiyalari, kutubxonalar, muzeylar va teatrlar va boshqalar

Yüklə 8,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin