Mavzu: Axborot, uning turlari va fan uchun ahamiyati, xususiyatlari



Yüklə 39,22 Kb.
səhifə1/9
tarix02.01.2022
ölçüsü39,22 Kb.
#35380
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
AXBOROT HAQIDA



AXBOROT HAQIDA
Reja:

  1. Kirish

    1. Informatika to`g`risida ma`lumotlar;

    2. Axborot tushunchasi;

    3. Axborotning hossalari;

    4. Axbоrоtning ifоdalanish shakllari va uning turlari;

    5. Axborot texnologiyalari tushunchasi va ularning turlari;

    6. Axborotni kompyuterda tasvirlanishi;

  2. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar

Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo’lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har xil to`siqlarga duch keladi va shu to`siqlarga yengib o’tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin, hayot tajribalaridan ma`lumki, ko’pincha yangi kashfiyot ma`lum bir muammoni xal qilish jarayonida vujudga keladi. Biz so’zsiz kompyuterning XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri desak yanglishmaymiz. Davr talabiga ko’ra bugungi kunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi. Ma`lumotlarni boshqarish, ayniqsa, xozirgi kunda muxim axamiyat kasb etmoqda. Ma`lumotlarni boshqarish tizimlariga bo`lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta xajmdagi ma`lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to’gri kelyapti. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o’zgarishlar uning bir qismi bo`lgan informatika soxasiga xam uz ta`sirini ko’rsatmokda. Bu ta`sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo’layotgan o’zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o’zgarib va boyib bormokda. Axborot texnologiyalarida juda katta yutuk va o’zgarishlar amalga oshdi. Yangi axborot texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarining paydo bo’lishi bu soxadagi xizmat qilish uslubini tubdan o’zgartirdi.
Tasavvur kilib ko’ring, yakin-yakinlargacha biror maslani kompyuterda yechish uchun algoritmlarni, dasturlash tillaridan birini, dasturni kompyuter xotirasiga kiritishni, uning xatolariyu natijani taxlil qilishni talab kilar edi. Bu ishni fakat mutaxassislargina amalga oshirar edilar. Ammo bu soxada mutaxassis bo’lmagan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko`payishi jamiyat oldida ma`lum kiyinchiliklarni tug’dirdi. Windowsni yoki bu asosida ko’rilgan informatsion texnologiyani yana xam tushunib olish uchun quyidagiga e`tiboringizni qaratmokchimisiz. Supermarketda barcha ta`minot masalasini uning direktori xal qilsa, servisda xam xuddi shu xol ro’y beradi. Yangi axborot texnologiyasining direktori Windowsdir. Agar sizga matn muharriri kerak bulsa, Windows sizni u bilan ta`minlaydi, siz hisob-kitob qilmoqchimisiz? marxamat,

Windows sizga elektron jadvalni taklif etadi. Ayniqsa, bu tizimda, Inernet, elektron pochta (E-mail) kabi imkoniyatlarining mavjudligi, Windowsning roli beqiyosligidan dalolat beradi. Bu sistemaning tarkibida xizmat qilishning yuzlab turlari mavjudki, ularni o’rganish va foydalanish jamiyatning har bir a`zosi, ayniqsa, talabalar uchun juda muximdir. Kompyuter faqatgina DOS buyruqlarni tushunadi. DOS bilan kompyuter orasidagi interfeys matnli bo’lib, barcha bo`yruqlar qo`lda-klaviaturada kiritiladi. Axborot texnologiyasi – bu aniq texnik dasturlar vositasining majmui bo’lib, ular yordamida biz ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan xayotdagi turli-tuman masalalarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan xayotdagi turli-tuman masalalarni xal etamiz. Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri-iqtisodiy axborotlardir. Uning oddiy ma`lumotdan farkli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan, korxonalar va boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan bog`liqligidadir.


Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya`ni inson faoliyatining barcha soxalarida axborotni kompyuter va telekommunikasiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog`liq bo`lgan yagona soxadir.

Informatika fan nomi lotin tilidan axborotlarni tushuntirish va taxlil qilish ma`noni bildiradi, bu fan axborotlarni jamlash va qayta ishlash usullarini, axborotlash jarayonini qonuniyatlarini o’rganadi. Informatika atamasi XX asrning

60 yillarida paydo bulib ishlata boshlandi. Informatikani yuzaga kelish va rivojlanishida xisoblash texnika va boshqa texnik vositalarning o’rni beqiyos, chunki axborotlar bevosita xisoblash texnikasi ko’magida qayta ishlanadi va bu fan uzining xususiy, yangi, nostandart uslub va usullariga egadir. Demak, informatika bu inson faoliyatining turli jabhalaridagi axborotlarni izlash, to`plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.
Informatika uchun asosiy ashyo - axborot. U informatika fanining asosiy tushuncha sifatida qabul qilingan. Axborot uzi nima?

«Axbоrоt» so’zi lоtincha “information” so’zidan оlingan bo’lib, birоr ish hоlati yoki kishi faоliyati haqida ma`lum qilish, xabar berish, birоr narsa haqidagi ma`lumоt, degan ma`nоni anglatadi. Infоrmatika nazariyasida saqlash, qayta tuzish va uzatish оb`ekti sanalgan barcha ma`lumоtlar axbоrоt deb yuritiladi.



Yüklə 39,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin