Mavzu: Access mbbtda jadval obyekti bilan ishlash. Jadval yaratish usullari. I kirish II asosiy qism Reja


Microsoft Access MBBT da haqida umumiy tushuncha



Yüklə 473,94 Kb.
səhifə2/6
tarix14.06.2023
ölçüsü473,94 Kb.
#130065
1   2   3   4   5   6
Access MBBTda jadval obyekti bilan ishlash. Jadval yaratish

Microsoft Access MBBT da haqida umumiy tushuncha.


Keng ma'noda Ma'lumotlar bazasi (MB) deganda real dunyoning konkret ob'ektlari haqidagi ma'lumotlar to’plamini tushunish mumkin. Lekin ma'lumotlar hajmi oshib borishi bilan bu masalalarni hal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan muammo ob'ekt va ma'lumotlarni strukturalash, ya'ni tizimga solish yo’li bilan hal kilinadi. Ob'ekt — bu mavjud va farqlanishi mumkin bo’lgan narsadir. Ob'ektlarga tegishli bir qator ma'lumotlar borki, ularning to’plami MB bo’la oladi. Masalan, har bir akademik litsey yoki kasb-xunar kolleji — bu ob'ektlar bulsa, ulardagi o’quvchilar haqidagi ma'lumotlar to’plami MBga misol bo’la oladi. Har qanday jiddiy MBning yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi. MB loyihalovchisining asosiy vazifasi ob'ektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash, ma'lumotlar orasidagi bog’lanishlarni o’rnatishdan iborat. MBni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma'lumotlarni turli belgilar bo’yicha tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo’yicha zarur ma'lumotlarni (tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat qiladi. Bu ishlarni ma'lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bo’lgandagina bajarish mumkin.
Strukturalash — bu ob'ektlar va ma'lumotlarning o’zaro bog’lanishini tasvirlash usullari hakidagi kelishuvni kiritishdir.
1-misol: strukturalanmagan ma'lumotlar.
Shaxsiy ish N 16493; Aliev Karim Ergashevich; tug’ilgan sana 1 yanvar 1979 yil; Shaxsiy ish N 16498; Boqiyev Dilmurod Raxmatullayevich; tug’ilgan sana 5 dekabr 1985 yil; Shaxsiy ish N16595; Zokirov Anvar Rashidovich; tug’ilgan sana 15 may 1984 yil.
2-misol: strukturalangan ma'lumotlar.



SHaxsiy ish

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tug’ilgan sana

16493

Aliyev

Karim

Ergashevich

01.01.79

16498

Boqiyev

Dilmurod

Omonovich

05.04.79

16595

Valiyev

Ilhom

Eshonovich

02.08.80

Zamonaviy MB texnologiyasida MBni yaratish, unga xizmat ko'rsatish va foydalanuvchilarni MB bilan ishlashiga imkon yaratish maxsus dasturiy uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar majmuasi ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) deb ataladi.
MBBT — MBni yaratish, uni dolzarb holatda ushlab turish, kerakli axborotni topishni tashkil etish va bosh­qa xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’ladigan dasturiy va til vositalari majmuasidir.
MBBT misoli sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
— DBASE dasturi;
Microsoft Access;
— Microsoft Fox Pro for DOS;
Microsoft Fox Pro for WINDOWS;
— Paradox for DOS;
— Paradox for WINDOWS.
MB bilan ishlashga kirishishdan oldin ma'lumotlarni tasvirlash modelini tanlab olish kerak. U quyidagi talablarga javob berishi lozim:
— axborotni ko’rgazmali tasvirlash;
— axborotni kiritishda soddalik;
— axborotni izlash va tanlashda qulaylik;
— boshqa bazaga kiritilgan ma'lumotdan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
— MBning ochiqligini ta'minlash (yangi ma'lumotlar va maydonlar qo’shish, ularni olib tashlash imkoniyatlari va hokazo).
MB bitta yoki bir nechta modellarga asoslangan bo’lishi mumkin. Uar qanday modelga o’zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi ob'ekt sifatida qarash mumkin. Shunday ob'ekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo’ladi.



Yüklə 473,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin