Mavzu : mantiqiy amallar va mulohazalar. Mulohazalarni sxematik ko‘rinishi



Yüklə 34,04 Kb.
səhifə1/7
tarix26.12.2023
ölçüsü34,04 Kb.
#198480
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu mantiqiy amallar va mulohazalar. Mulohazalarni sxematik -fayllar.org


Mavzu : mantiqiy amallar va mulohazalar. Mulohazalarni sxematik ko‘rinishi


MAVZU : MANTIQIY AMALLAR VA MULOHAZALAR. MULOHAZALARNI SXEMATIK KO‘RINISHI.




Mundarija :
Kirish................................................................................... 3


I. bob Asosiy qism.
1.1 MANTIQIY AMALLAR VA IFODALAR....................8


1.2 ROSTLIK JADVALINI TUZISH................................ 12
1.3 MANTIQIY SXEMALAR..............................................14
1.4 Murakkab mantiqiy sxemalar.................................. 21

II. bob
Xulosa....................................................................... 39
2.1 Foydalanilgan adabiyotlar............................................. 40

Kirish

Mantiq o‘zining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Mantiq masalalari dastlab


Parmenid, eleylik Zeno va Geraklit taʼlimotida u yoki bu darajada ko‘rib chiqilgan. Mantiqqa oid fikrlar, tafakkur shakllari va usullari to‘g‘risidagi dastlabki ta’limotlar qadimgi Sharq mamlakatlari, xususan, Hindiston va Xitoyda vujudga kelgan bo‘lsa-da, qadimda mantiq falsafaning tarkibida bo‘lgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan. Qadimgi Yunon mutafakkirlari tomonidan yaratilgan ta’limotlar zamonaviy mantiqning asosi hisoblanadi.

Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi miloddan avvalgi IV asrda yashab o‘tgan buyuk yunon olimi Arastu (Aristotel) ismi bilan bog‘liq. U birinchi bo‘lib mantiq ilmi o‘rganadigan masalalar doirasini aniqladi, mantiqqa “maʼlum bilimlardan nomaʼlum bilimlarni aniqlovchi”, “chin fikrni xato fikrdan ajratuvchi” fan sifatida taʼrif berdi. Olim birinchi marta mantiqiy tafakkur shakllarini uning mazmunidan ajratib, mantiq va matematikani uyg‘unlashtirishga harakat qildi, dalillar nazariyasiga asos soldi. Formal mantiq ilmining asoslari hamda mantiq jarayonini turli matematik belgilar bilan ifodalashga intilish ham Arastu asarlarida ko‘zga tashlanadi. Markaziy osiyolik alloma Abu Nasr Forobiy Arastuning umumiy formal mantiqqa oid qarashlariga tayangan holda mantiq fanini shakllantira olgan. Kundalik hayotda mantiq atamasi “fikrlar mantig‘i”, “gap mantig‘i”, “xatti-harakat


mantig‘i”, “narsalar mantig‘i”, “voqealar mantig‘i” kabi jumlalarda fikrni ifodalash
maqsadida qo‘llaniladi. Mantiq tafakkurning namoyon bo‘lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni ko‘rsatadigan
qonun-qoidalar yig‘indisini o‘rganadi. Hozirda mantiqning formal mantiq,
dialektik mantiq va matematik mantiq kabi yo‘nalishlari mavjud.
Mantiq (logika) atamasi qadimgi yunoncha λογικος – “fikrlash ilmi” atamasiga mos keladi va “so‘z”, “fikr”, “mulohaza”, “nutq”, “aql” degan ma’nolarni anglatib, bilish jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir. Mantiqning o‘rganish obyektini tafakkur tashkil etadi.
Formal mantiq statik voqelikga oid bo‘lib, tafakkur strukturasini fikrning aniq
mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda
o‘rganadi. Uning diqqat markazida muhokamani to‘g‘ri qurish bilan bog‘liq qoida va mantiqiy amallar yotadi.

• Dialektik mantiq dinamik voqelikga oid bo‘lib, tafakkurni uning mazmuni va shakli yaxlitligi hamda rivojlanishi orqali o‘rganadi.

Matematik mantiq tafakkurni matematik usullar yordamida tadqiq etadi. U hozirgi
zamon matematikasining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.


Masalan. Alining yoshi Valining yoshidan katta. Ra’noning yoshi esa Valining yoshidan kichik. Xulosa Alining yoshi Ra’noning yoshidan katta.

Mantiqning boshlang‘ich tushunchalaridan biri mulohaza tushunchasidir. Mulohaza deganda, rost yoki yolg‘onligi haqida fikr yuritish mumkin bo‘lgan darak gapni tushunamiz. So‘roq va undov gapli ta’riflar ham mulohaza bo‘la olmaydi. Masalan, “2 ga bo‘linuvchi songa juft son deyiladi”, degan ta’rif mulohaza bo‘la olmaydi. Ammo “agar butun son 2 ga bo‘linsa, u holda bu son juft son bo‘ladi”, degan darak gap mulohaza bo‘ladi. Bu mulohaza – rost.

Mulohazalar narsa yoki obyektlarning xususiyatlarini, tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni haqqoniy (to‘g‘ri) aks ettirsa, rost, aksincha, haqiqatga zid, noto‘g‘ri bayon qilsa, yolg‘on mulohaza bo‘ladi. Har qanday mulohaza rost yoki yolg‘on bo‘ladi. Hech bir mulohaza bir vaqtning o‘zida ham rost, ham yolg‘on bo‘la olmaydi. Masalan, “7 < 5”, “A” – unli harf”, “11 – tub son”, “kompyuter XVI asrning oxirida ixtiro qilingan”, “Covid-19 virusi inson uchun xavfli emas” mulohazalarining birinchisi – yolg‘on, ikkinchisi va uchinchisi – rost,
to‘rtinchi va beshinchisi esa yolg‘on mulohazalardir. Mulohazaning qiymati deganda, biz uning rost yoki yolg‘onligini tushunishimiz kerak.Har bir mulohaza faqat bitta: “rost” yoki “yolg‘on” mantiqiy qiymatga ega bo‘ladi!


Yüklə 34,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin