Madaniyatini shakllantirish



Yüklə 298,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix17.04.2023
ölçüsü298,32 Kb.
#99326
növüСтатья
  1   2
4266-Текст статьи-10419-1-10-20211206



BADIIY ADABIYOT ASOSIDA O‘QUVCHILARDA NUTQ 
MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH 
Xoliqulova Dilnoza, Boltayeva Barno 
Jizzax davlat pedagogika instituti 
Annotatsiya: Ushbu maqola badiiy adabiyot asosida o‘quvchilarda nutq madaniyatini 
shakllantirish haqida bayon qilingan. 
Kalit so’zlar: badiiy adabiyot, nutq, og‘zaki nutq, yozma nutq, badiiy asar, o‘quvchi. 
Аннотация: Эта статья посвящена формированию у учащихся культуры речи на 
основе художественной литературы. 
Ключевое слово: художественная литература, речь, устная, письменная речь, 
художественная литература, чтец. 
Annotation: This article is about creating a culture of speech in students based on 
fiction. 
Key words: fiction, speech, oral, written speech, fiction, reader. 
Badiiy adabiyot insonning ruhiy ozuqasi, hayotiy tayanchidir. Badiiy 
adabiyot o‘z mazmuni bilan fuqarolarning hayotiy faolligini oshirishda, jamiyat 
a‘zolarining ma‘naviyatini yuksaltirishda, davlat va xalq manfaatiga xizmat 
qilishda, ozod va obod Vatanni bunyod etishda, odamlarning dunyoqarashi, 
tafakkuri, ruhiyati, ishonch va e‘tiqodini rivojlantirishda xizmat qiladi va 
bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantiradi.[1] 
Jamiyatni doimiy harakatga keltirib turadigan kuch - bu badiiy adabiyot. 
Shunday ekan, badiiy adabiyot asosida o‘sib kelayotgan yosh avlodda milliy 
qadriyatlarni, ilg‘or demokratik qoida va tushunchalarni shakllantirish, boyitish, 
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki, boshlang‘ich ta‘lim bosqichida 
badiiy adabiyot orqali o‘quvchilarda xalqimizning tarixiy boy ma‘naviy 
meroslariga hurmat bilan qarash, avaylab-asrash shakllantiriladi. Merosimizni 
rivojlantirish asosida kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, ma‘rifat, 
ma‘naviyat milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘ulari kamol topadi. 
Badiiy adabiyot orqali milliy ong, milliy birdamlik tuyg‘usini, vatanparvarlik, 


milliy g‘ururni shakllantirishni, ma‘naviy boy, jismonan sog‘lom, aqlan teran, 
barkamol avlodni tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshirish mumkin. 
Shu bilan birga badiiy adabiyot o‘quvchilarda nutq madaniyatini 
shakllantirishning asosiy omili hisoblanadi. 
Badiiy adabiyot mazmunida shaxsni har tomonlama rivojlantirish, har bir 
kishida nutq, muloqot madaniyatini shakllantirish chuqur o‘rin egallagan. [2] 
Badiiy 
adabiyot 
voyaga 
etayogan 
shaxsda 
nutq 
madaniyatini 
shakllantirishda ham, ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti ommabop tarbiya vositasi sifatida shaxsning 
madaniyatini shakllantirishda, siyosiy, ma‘naviy-axloqiy, huquqiy, ekologik, 
jismoniy, iqtisodiy tarbiyalashda diqqatga sazavordir. 
Badiiy adabiyot hayotning barcha qirralarini aks ettirishi bilan boshqa 
san’atlardan ajralib turadi. Shu bilan birga badiiy adabiyotning tarbiyalanuvchi 
hissiyotiga, qalbiga, e‘tiqodiga, tushunchasiga, dunyoqarashiga bir yo‘la ta‘sir 
etishi o‘ziga xos xususiyat hisoblanadi. Boshlang‘ich ta‘lim jarayonida badiiy 
adabiyotning tarbiyaviy imkoniyatlaridan izchil foydalanish barkamol inson 
kamolotida muhim o’rin tutadi. [3] 
O’quvchilar og‘zaki nutqini o‘stirishning asosiy manbalaridan biri badiiy 
asardir. Badiiy asar o’quvchining aqlini, bilimini, ahloqini va mantiqiy hissiyotini 
tarbiyalash bilan birga, uning lug‘at boyligini, nutq madaniyatini o‘stirish vositasi 
hamdir. 
Badiiy asar o‘quvchilarning nutqi uchun asosiy manba sanaladi, shuning 
uchun badiiy asarlar mazmunini puxta o‘zlashtirish ta‘lim jarayonida muhim o‘rin 
tutadi. Badiiy asar matni ustida turli usullar bilan qancha ko’p ish olib borilsa, 
ularning mazmunini o‘quvchilar shuncha puxta va chuqur o‘zlashtiradi va fikrini, 
nutqini ravon, aniq ifodalashga muvaffaq bo‘ladi. 
Buning uchun, avval, boshlang‘ich ta‘lim tarbiya tizimida badiiy 
adabiyotni chuqur o‘rganishga alohida e‘tibor berish maqsadga muvofiqdir. 
Chunki, badiiy adabiyot o‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirish bilan birga, 


ularda xulq-atvor ko‘nikmalarini rivojlantirishda, xatti-harakatlar insoniy 
tuyg‘ularni tarkib toptirishda zarur vositalardan hisoblanadi. 
Bizga ma‘lumki, 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan davr bolalar nutqining 
rivojlanish davri hisoblanadi. Bolaning idroki, tafakkuri va nutqi unda biror narsani 
tushunib olishda yordam beradi. Demak, 10 yoshgacha bo‘lgan davrdagi 
bolalarning nutqi sodda va obrazli, ravon ifodalanishi mumkin. 
Shuni aytish kerakki, badiiy adabiyot tushunchasi turli yoshdagi bolalarga 
mo‘ljallangan so‘z san‘ati bo‘lib, voqelikni bolalarcha idrok etish, bolalarcha 
tasavvur va tafakkur obrazlarida gavdalantiruvchi badiiy asarlar majmuasi 
hisoblanadi. 
Boshlang‘ich ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakl- 
lantirish borasidagi pedagogik faoliyatni tashkil etishda quyidagi vazifalarni 
amalga oshirish maqsadga muvofiq. [4] 
O‘quvchi badiiy adabiyotni o‘rganish jarayonida nutq madaniyatiga doir 
bilimlarni o‘zlashtirishi natijasida nutq his-tuyg‘ulari shakllanadi. Hayotda nimalar 
yuz berayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘ziga turli 
xil shaklda bo‘ladigan munosabatlar rivojlanadi. 
Boshlang‘ich ta‘lim bosqichi o‘quvchilarining idrok etish, xotiralash, hayol 
surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilibgina qolmay, balki shu bilan 
birga hayotdagi u yoki bu narsalarga qanday bo‘lmasin, munosabat bildirish, 
ularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg‘u paydo bo‘ladi. 
Bunday ichki shaxsiy munosabatlar she’rlardan ta’sirlanish natijasida ro‘y 
beradi. O‘quvchi shaxsini o‘zgartiradi, barqaror tus oladi yoki yo‘qoladi. Nutqiy 
his – tuyg‘ulari kamol topadi. 
Nutq madaniyatini shakllantirishda bolalar adabiyotining ta‘siri kuchli 
bo‘lib, undagi ma‘naviy-ruhiy muhit, voqea va hodisalar o‘quvchi tafakurini 
rivojlantirishda tarbiyaviy asos hisoblanadi. Badiiy adabiyot shaxsning ma‘naviy-
ruhiy kayfiyatiga, uning nutq, muomala munosabatlariga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. 
Har qanday kishining jamiyatdagi mavqei, kayfiyati, o‘zini erkin his etishi 


shoirning jo‘shqin she‘riga, yozuvchilarning asarlaridagi qahramonlarning 
muomala, ya‘ni muloqotni qanday amalga oshirishiga bog‘liqdir. [5] 
Shu boisdan kundalik hayotda biz uchun zarur hisoblangan badiiy 
adabiyotni bilish har bir o‘qituvchi uchun zarur. Badiiy adabiyot o‘quvchilarning 
so‘z san‘ati, muloqot, axborot, ma‘lumot almashinuvida, nutqini rivojlantirishda 
muhim o‘rin egallaydi. Badiiy adabiyotni o‘rganish natijasida o‘quvchilarda to‘g‘ri 
idrok etish, tushunish, anglash kabilar takomillashib boradi. 
O‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirish faqatgina boshlang‘ich 
ta‘lim-tarbiya jarayonini takomillashtiribgina qolmay, balki jamiyat taraqqiyotida 
ma‘naviy omil rolining oshib borishini taqozo etadi. 
Bugungi kunda badiiy adabiyot vositasida nutq madaniyatini shakllantirish 
shaxs kamolotining ustivorligini ta‘minlaydi. Shunday ekan, o‘qituvchini ushbu 
ishga ilmiy-metodik jihatdan tayyorlash, unga ijodiy yondashish, o‘quvchilarning 
yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, ularga mos mazmun va metodlar 
belgilashni taqozo etadi. 
Demak, o‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirish o‘qituvchilarning 
pedagogik ijodkorligiga, ilmiy bilim va metodik malakalarni egallashiga, 
tajribasiga bog‘liq. Nutq madaniyatini shakllantirish ta‘lim jarayonida, sinfdan 
tashqari ishlarda ro‘yobga chiqadi. Bunda boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchilari badiiy 
asarni pedagogik tahlil qila olishda ilmiy-metodik yondashishi bosh masaladir. 
Badiiy asarni insoniy, axloqiy, estetik oziq manbai sifatida tahlil qilish nutq 
madaniyati bilan hamohangdir. 
Boshlang‘ich ta’limda badiiy adabiyotdan o‘quv-tarbiyaviy ishlarda to‘gri 
foydalanishning samaradorligi o‘qituvchining bilim saviyasiga, uning ixtisoslik 
bilim darajasiga va har bir asarni pedagogik tahlil qila olish mahoratiga bog‘liq. 
O‘qituvchining badiiy asarni pedagogik tahlil qila olish mahorati adabiyotning 
ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatidan to‘g‘ri foydalanishning shartidir. 
Badiiy asar asosida o‘quvchilar nutq madaniyatini shakllantirishda 
o‘qituvchining asosiy ish metodikasi: kasbiy tayyorgarligi, ta‘limiy va tarbiyachilik 
malakalari, ma‘naviy boyligi talab darajasida bo‘lishi zarur. Bundan tashqari 


o‘qituvchi o‘z o‘quvchilari nutq madaniyatini shakllantirishda quyidagilarni 
amalga oshirishi zarur: 

badiiy adabiyotning muhim o‘rni, bilimlari va dunyoqarashini o‘stirish; 

o‘quvchilarning nutq haqidagi bilim va malakasini oshirishda maktab 
hayoti va ta‘lim-tarbiyaga bag‘ishlangan eng yaxshi badiiy asarlar bilan 
tanishtirish; 

bolalar adabiyotining axloqiy tarbiya, nutq madaniyati haqidagi asarlarini 
chuqur o ‘rganish; 

sinfdan va maktabdan tashqari o‘quv-tarbiyaviy ishlarida qo‘llaniladigan 
asarlar ko‘lami va uning mazmuni bilan tanishtirish. 
Ushbu ishlarni amalga oshirishda o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, 
yangi-yangi asarlarni o‘qishga qiziqtirish zarur. Shuningdek, badiiy adabiyotning 
o‘zaro hayot qonuniyatlari bilan bog‘liq tomonlari haqida o‘quvchilarga yo‘llanma 
berish ham o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq. 
Badiiy adabiyot doimo taraqqiyotda bo‘lganidek, nutq madaniyatini 
shakllantirish 
ham 
doimo 
o‘quvchilarning 
ijodkorligini, 
mustaqilligini 
rivojlantiradi. 
Shuni aytish kerakki, badiiy adabiyot hayotni yaxlitlikda, barcha qirralarini 
aks ettirishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham ushbu bobda badiiy 
adabiyotning tarbiyalanuvchi hissiyotiga, qalbiga, e‘tiqodiga, tushunchasiga, 
dunyoqarashiga ta‘sir etuvchi imkoniyatlari ko‘rsatilgan. 
Ma‘lumki, boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining asosiy qismini badiiy 
asarlar tashkil qiladi. 
O‘quvchilar badiiy asarni o‘qir ekanlar, ularning ko‘z oldida alohida 
manzaralar, hodisa va voqealar namoyon bo‘ladi. O‘quvchilar asarni o‘qish orqali 
yozuvchining ilgari surgan fikri, g‘oyasi bilan tanishadilar. Har bir asar bilan 
tanishish, uni o‘ylash va tushunish o‘quvchining nutqiga, dunyoqarashiga, 
xarakterning shakllanishiga, sezgisining takomillanishiga yordam beradi, ta‘sir 
qiladi. 


Yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash insoniyatning 
azaliy orzusidir. Ota-bobolarimiz ma‘rifat va ma‘naviyatini, adabiyotni kelajak 
avlodga singdirish yo‘llarini qidirganlar. Ushbu izlanishlar samarasi o‘laroq badiiy 
adabiyot orqali komil insonni tarbiyalash asoslari shakllandi. Zero, badiiy asarni 
tahlil qilganda muhim bo'lgan omillardan biri o‘quvchilarga hissiy ta‘sir 
ko‘rsatishdir. [6] 
Xulosa qilib aytganda, badiiy adabiyot yosh avlodning nutqini 
rivojlantirishga va nutq madaniyatini o‘stirishga katta imkon beradi. Undagi ijobiy 
va salbiy obrazlar o‘quvchilar qalbida o‘chmas iz qoldirishi natijasida ular 
mavzularning asl ma’nosini yaxshi tushunib, esda saqlab qoladilar. Chunki 
adabiyot kishiga ma’lumot berish bilan birga, o‘quvchining nutq madaniyatini 
shakllantirishda, 
hulq 
va 
ahloqini 
mustahkamlashda 
yordam 
beradi. 
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirishda badiiy 
adabiyotning muhim o‘rni, nutq madaniyatini shakllantirishdigi omillari 
ko‘rsatilgan. 
Badiiy 
asarlar 
asosida 
o‘quvchilarda 
nutq 
madaniyatini 
shakllantirishning mazmuni va vazifalari ishlab chiqilgan. 

Yüklə 298,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin