Ko’phadlarni qo’shish va ayirish. Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarga ko’phadlarni qo’shish va ayirish haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy: Olingan bilimlarni xayotda qo’llay olish. O’quvchilarni o’zaro xurmat ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning xotirasini shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: o‘nli kasrni (bu yerda , -natural son) standart shaklda yoza oladi, standart shakldagi sonlar ustida amallar bajara oladi;
butun koeffitsientli va sodda kasr koeffitsientli ko‘phadlar va ular ustida qo‘shish, ayirish va ko‘paytirish amallarni bajara oladi;
ko‘phadni birhadga bo‘la oladi.
Dars turi:yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi
Darsda foydalanilgan metodlar: an’anaviy, interfaol
Dars jihozi: darslik, konspekt, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar
Tashkiliy qism: Salomlashish
Navbatchi axborotini tinglash
O’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o’tkazish
Uy vazifasini tekshirish
Asosiy qism Bir nechta ko’phadning algebraic yig’indisini standart shakldagi ko’phad ko’rinishida yozish uchun qavslarni ochish va o’xshash hadlarni ixchamlash kerak.