«Kompyuterning fizik asoslari» fanidan yakuniy nazorat Variant


Fan o’qituvchisi: Raxmatov I.I



Yüklə 449,33 Kb.
səhifə7/33
tarix03.02.2023
ölçüsü449,33 Kb.
#82616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Kompyuterning fizik asoslari Саволлар (3)

Fan o’qituvchisi: Raxmatov I.I.
Kafedra mudiri: Raxmatov I.I.
«Kompyuterning fizik asoslari» fanidan yakuniy nazorat
Variant

  1. Kanal n-tur boshqariluvchi p-n o’tishli maydonli tranzistorning chiqish xarakteristikasi

Avval ko‘rilgan dreyfsiz va dreyfli tranzistorlarga qaraganda bu tipdagi tranzistorlar uni qutbli hisoblashadi, ularnig ishlash prinspida ikki tipdagi zaryad tashuvchilarning ishlatilishi yotadi: elektronlarni va teshiklarni – va shunig uchun ularni qo‘shqutbli deb atashadi.



Uni qutbli tranzistorlarda injeksiya holati ishlatilmaydi va ularning ishlash prinsipida zaryad tashuvchilarning bir belgili – yo elektronlar, yoki teshiklarni ishlatish yotadi. Ular shuningdek maydonli deyiladi, chunki tokning boshqarilishi elektr maydonini o‘zgartirish yo‘li bilan bajariladi.

Maydon tranzistorlari, boshqacha qilib aytganda uni qutbli yoki kanallarni yaratish g‘oyasini qo‘shqutbli tranzistorni yaratiuvchilardan biri U.Shokli 1952 y taklif qildi. Bu tranzistorlarning asosiy ustunligi katta kirish qarshiligi (lampalarga o‘xshash va o‘ndan katta) N-p o‘tishli va p tipdagi kanalli maydon tranzistorining ulanish sxemasi prinsipi 18-rasmda tasvirlangan.

18-rasm.
Yarim o‘tkazuvchanligi plastinka (p-tipidagi) qarama qarshi uchlarida elektrodlarga ega uning yordamida kuchaytiruvchi kaskadning chiqish (boshqariladigan) zanjiriga ulangan. Bu zanjir Е2 manbadan ta’minalanadi va unga yuklanish Ryu ulangan. Tranzistor bo‘ylab asosiy tashuvchilar toki o‘tadi (elektron toki). Kirish (boshqaradigan) tranzistor zanjiri boshqa tipdagi elektr o‘tkazuvchanlik hududi bo‘lgan uchinchi elektrod yordamida tashkillangan (bu n-hududi). Е1 manba yagona n-p-o‘tishida teskari kuchlanish yaratadi.

O‘tishga to‘g‘ri kuchlanish berilmaydi, chunki bunda tranzistorning kirish qarshiligi juda kam bo‘ladi. Kirish zanjiriga kuchaytiriladigan tebranishlarnig manbai TM ulangan.
Maydon tranzistorida fizik jarayonlarni ko‘rib chiqamiz. Kirish kuchlanish o‘zgarganda n-p o‘tishda teskari kuchlanish o‘zgaradi, buning natijasida yopuvchi qatlamining qalinligi o‘zgaradi (18-rasmda bu hudud shtrixlangan chiziqlar bilan chegaralangan). Asosiy zaryad tashuvchilar oqimi o‘tadigan hududning ko‘ndalang kesim maydoni tegishli ravishda o‘zgaradi (chiqish toki). Bu hudud kanal deb nomlanadi. Kanalga oqib o‘tadigan asosiy zaryad tashuvchilar elektrodi istok(I) deb nomlanadi. Istok va stok lampaning katod va anodga o‘xshash (yoki qo‘shqutbli tranzistorning emitter va kollektoriga). Kanalning ko‘ndalang kesim maydonini rostlash uchun mo‘ljallangan boshqaruvchi elektrod zatvor deb nomlanadi. Zatvor lampaning to‘riga o‘xshash (yoki qo‘shqutbli tranzistorning bazasiga), garchi ularning ishlash prinsipi ancha farqlanadi.
Agar zatvorda kuchlanish oshirilsa, bunda yopuvchi qatlam qalinlashadi va kanalning ko‘ndalang kesim maydoni kamayadi. O‘zgarmas tokka bo‘lgan uning qarshiligi Ro oshadi va stok toki ishi kamayadi. Zatvorda ma’lum bir kuchlanishda kanalning ko‘ndalang kesim maydoni nolga teng bo‘ladi va stok toki juda kichik miqdorgacha kamayadi. Tranzistor yopiladi. Zatvorda kuchlanish O ga teng bo‘lganida, kanalning kesimi eng katta miqdorgacha oshib boradi, qarshilik Ro eng kam miqdorigacha kamayadi, stok toki maksimal miqdorgacha oshadi. Kirish kuchlanishi yordamida chiqish toki bilan yuqori samarali boshqarish uchun, kanal yaratilgan asosiy yarim o‘tkazuvchini materiali yuqoriomili bo‘lishi kerak, ya’ni aralashmalar konsentratsiyasi yuqori bo‘lmasligi kerak. Shunda yopuvchi qatlam eng katta qalinligida bo‘ladi. Bundan tashqari kanalning o‘zini boshlang‘ich qalinligi (kirish kuchlanishi nol bo‘lganida) yetarlicha kichik bo‘lishi kerak. Stokka yaqinlashgan sari kanal bo‘ylab potensial oshishi sababli, bunda stok yaqinrog‘ida o‘tishni teskari kuchlanishi oshadi va yopuvchi qatlam qalinligi katta bo‘ladi.



  1. CD va DVD disklar o’qish-yozish qurilmalari.

Kompakt disklar 1983 yil Sony kompaniyasi bozorga katta shov-shuvlarga sabab bolgan CD-ROM (Compact Disc Read Only Memory - kompakt disk, faqat oqiladigan xotira) disklarni va ular uchun disk yurituvchilarni bozorga chiqardi. 70 minutli oliy sifatli stereo musiqani raqamli korinishda yozish uchun moljallangan kompakt disk sigimi 650 MB ga teng edi. Osha paytdagi ommaviy kompyuter IBM PC ning tezkor xotirasi 128 KB, sotuvdagi vinchesterlarning hajmi 5 MB edi. Hozirgi paytda hajmi 700 Mbaytdan 900 Mbaytgacha bolgan kompakt disklar mavjud. Kompakt disklarning uch turi mavjud: 1. CD-ROM 2. CD-R 3. CD-RW


3 CD-R – (Compact Disk Recordable – yozish mumkin bolgan) larga maxsus disk yurituvchi qurilma yordamida bir marta axborot yozish mumkin. CD-RW - (Compact Disk Rewritable - qayta yozish mumkin bolgan) disklarga bir necha (mingtagacha) marta qaytadan axborot yozish mumkin. Ularga mos ravishda CD-ROM, CD-R va CD-RW disk yurituvchi qurilmalar yaratildi. Kompakt disklar
4 Dunyoda dastlabki multmеdiali dasturlarning asosiy tashuvchilari bolib, CD-ROM lazеr disklari hisoblanadi. Tashqi korinishidan Audio kompakt - diskdan farq qilmaydigan bu lazеr disklari - video, audio, matn, grafika va animatsiya korinishdagi axborotlarni 900 mеgabaytgacha bolgan hajmini oziga sigdira oladi. Masalan sigimi 700 Mbaytli kompakt diskka sahifali matn yoki 8 mеtrli kitob javonidagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu imkoniyatlar, CD-ROM lazеrli disklarni hayotda amaliy jihatdan king qollanishiga olib kеldi. CD disk yurituvchilarni dunyoning Sony, Panasonic, Creative kabi taniqli firmalari ishlab chiqaradi. Kompakt disklardan malumotlarni oqish lazеrli nurlar yordamida amalga oshiriladi. CD-ROM (faqat oqish uchun) va CD-RW (oqish va yozish uchun). Bu qurilmalar kompyutеrlarda lazеrli disklardan axborotlarni oqish va yozish uchun ornatiladi. Lazerli kompakt disklar

5 DVD disklar 1995-yil yangi turdagi optik disklar DVD (Digitel Video Disk-raqamli video disk) lar yaratildi. Ular kompakt disklardan katta sigimlari bilan ajralib turadilar. Yuqori chastotali lazerlardan foydalanish va diskdagi halqalar orasidagi masofani kamaytirish hisobiga bitta diskga 4,7 GB sigimli disklar yaratish mumkin boldi. Disk ikki tomoniga yozish hisobiga disk hajmini 8,5-9,4 GB gacha yetkazish mumkin boldi. DVD disk yurituvchilar barcha disklarni oqiy oladi. DVD hamda kompakt disklarni ham oqiy oladi. DVD disklarni DVD-ROM, DVD-R, DVD-RW turlari va disk yurituvchilari mavjud.
6 Digital Video Disk (DVD) -qattiq disklarning kеyingi yangi avlodi bolib, ma'lumotlarni tashish, saqlash asosan videoli ma'lumotlar uchun foydalaniladi va king tarqalgan. Ularning ikki turi mavjud: 1) DVD-R 2) DVD-RW DVD-R (Digital Video Disc - Read) – oqish uchun ishlatiladigan raqam video disk. Unga faqat bir marta ma'lumot yoziladi va ochirib bolmaydi. DVD-RW (Digital Video Disc - Read Write) – oqish va yozish uchun ishlatiladigan raqamli video disk. Unga bir nеcha marta ma'lumot yoziladi va ochiriladi. DVD disk turlari:

7 DVD disk turlari. Ikki turdagi disklar chiqariladi: 1. Bir qatlamli. 2. Ikki qatlamli. Bir qatlamli DVD disk 4,7 Gbayt malumotlarni saqlaydi, bu 135 minut davom etadigan videofilmni yozishga yoki tovushni 9 soat eshitishga yetadi. Ikki qatlamli -Raqamli DVD videodisklar bolib, bu disklarga malumot ikki qatlamli va ikki tomonli yoziladi. Shuning uchun ham ularga katta sigimli malumotlar ketadi, ularning sigimi 4,7Gbayt, 8,5Gbayt, 9,4Gbayt, 17 Gbayt ga teng boladi.
8 Yumshoq disklar (Floppy Disk Drive) birinchi variant shaxsiy kompyuterlar uchun ishlatilgan va hozirgi kunda ularni dеyarli uchratish qiyin. Yumshoq disklar diskеta dub ham yuritiladi. U asosan 5,25 va 3,5 dyuymli diskеtalarga boinadi. 5,25 dyuymli diskеtalarning hajmiga kora 180, 360 Kbayt boladi. Bu diskеtani qol yordamida bеmalol egsa boladi. Unda 133 mm aylana simon disk bolib, tortburchak korinishdagi palstmas himoyalagich bilan qoplangan. Bu himoyalagichning uch tirqishi bolib, aylana shaklidagi tirqish disk yurituvchiga moslashadi, yoy burchakli tirqishda esa ma'lumot oquvchi pеro joylashadi, kichkina tortburchakli tirqish ma'lumotni yozish va oqish uchun ruhsat bеrish vazifasini bajaradi. Agar kichik tirqish qora ranli qogoz bilan bеrktirilsa, diskеtadan faqat ma'lumotlarni oqish mumkin. Bu diskеtalarni hajmiga qarab har birining oqish qurilmasi alohida boladi. Ushbu diskеtaning diskining diamеtri 133 mm, shuning uchun uni 5,25 dyuymli dеyiladi. Yumshoq disklar.
9 Disketa - Malumotlarni, dasturlarni doimiy saqlash, uzatish, qabul qilish maqsadida disketalar ishlatiladi. Unga FDD (Floppy Disk Driver – egiluvchan disk qurilmasi) yordamida malumotlar va dasturlar yoziladi va undan oqiladi. Hozirda HD (High Definition - yuqori aniqlikdagi) rusumidagilar asosan hajmi 1,44 yoki ota yuqori 2,88 Mbaytga teng bolganlari keng ishlatilmoqda. 3,5 dyuymli diskеtalar hajmiga kora 0.72, 1.44, 2, 2.88 Mbaytli. Bu diskеtalar qattiq plastmas qobiq ichida joydashgan, diskning diamеtri 89 mm boladi. Disketa



  1. Yarim o’tkazgizli materiallar




Yüklə 449,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin