Kompyuter lingvistikasining asosiy yo'nalishlari va metodlari



Yüklə 17,2 Kb.
tarix06.06.2020
ölçüsü17,2 Kb.
#31785
maruza-3
XMT KURSAVOY, 11-sinf-adabiyot-fanidan-test, davlat moliyasi ppt q, davlat moliyasi ppt q, davlat moliyasi ppt q, 2-Must.ishDif, Die vergleichende oder komparative Phonetik vergleicht die Laut, Jismoniy shaxslar uchun “Yozgi aksiyasi” reklama aksiyasini o‘tkazish va unda ishtirok etish shartlari, CamScanner 18-02-2022 12.27, tarmoqdan1111111.lab.
KOMPYUTER LINGVISTIKASINING ASOSIY YO'NALISHLARI VA METODLARI.

Ma'ruza rejasi:

1. Kompyuter lingvistikasining asosiy yònalishlari.

2. Avtomatik tarjima. Avtomatik tarjima yo'nalishining tarixi. Tarjimon matsuri.

3. Avtomatik tarjima yo'nalishining zamonaviy holati va istiqboli.


  1. Kompyuter lingvistikasining asosiy yònalishlari:



I. Amaliy yònalishlar.

1. Mashina tarjimasi.

2. Avtomatik tahrir.

3. Avtomatik tarzda tilga òrgatish.

4. Statistik tadqiqotlar.

II. Nazariy yònalishlar.

1. Tabiiy tilni qayta ishlash.

2. Syujet strukturasini modellashtirish.

3. Matnni gipertekst texnologiyalarida berish.

Tabiiy tilni qayta ishlash.

Kompyuter lingvistikasining nazariy yònalishlari ancha qiyin soha bòlganligi sababli uning rivojlanishga katta mablağ talab Etadi. Nazariy yònalishlar bòyicha asosiy tadqiqotlar Asosan Amerikada òtkaziladi. "Tabiiy tilni qayta ishlash" (Natural language Processing) yònalishi inson bilan kompyuterning tabiiy yoki cheklangan tilda munosabatga kirishuvi ( sòzlashuv) ni ta'minlovchi sistema yoki texnologiyalarni yaratish bilan shuğullanadi. Uning muvaffaqiyatli amalga oshishi insonni ovozli buyruqlar asosida murakkab texnik ob'ektlarni boshqarishni ta'minlaydi. Bunda inson olami, sòz okami va texnik olam birlashadi. Hozirgacha bir qancha bunday dasturli sistemalar ishlab chiqarilgan. 70- yillarda Lifer, 1985- yilda Language GRAF nomli cheklangan tabiiy tili interfeysni ta'minlovchi dasturlar tuzilgan. Bugungi kunda AQSHda tabiiy tildagi - inson interfeysularni yaratish bòyicha loyihalar mavjud.

Syujet strukturasini modellashtirish.

Syujet strukturasini modellashtirish bòyicha kompyuter dasturlari 3 Turi bòladi: bular syujetning morfologik, sintaktik va kognitiv formalism asosida modellashtirish. Syujetning morfologik qurilishi haqidagi ğoyalar Proppning tadqiqotlariga asoslanadi. Proppning sehrli ertak personajlari va hodisalari qanchalik kòp bòlmasin, personajlar vazifasi cheklanganligini takidlaydi. Bu vazifalarni kòrsatuvchi apparat ham yaratilgan.

Matnni gipertekst texnologiyalarida berish.

Yana bir yònalish matnni gipertekst texnologiyalari berish hisoblanadi. Gipertekst oddiy matn - Guttenberg kitob nashr qiluvchilaridan Butunlay farqlanuvchi matn tuzishning yangi uslubi hisoblanadi. Gipertekst ğoyasi prezident Ruzveltning fan bòyicha maslahatchisi Vanner Bush nomi bilan boğlanadi. Bush Memeks nomli texnik sistemaning nazariy asosini yaratadi. Bu sistemalar foydalanuvchiga turli aloqalar, asosan, assotsiativ munosabatlar asosida matn va uning bòlaklarini boğlash imkoniyatini beradi. Kompyuter sistemasida gippertekstlar graflar, jadvallar va videorolliklar kòrinishida bòlishi mumkin. Ular ierarxik va tarmoqli bòlishi mumkin. Ierarxik - daraxtsimon òrtasidagi boğliqlik ancha cheklangan. Tarmoqli gipperteks komponentlari òrtasidagi cheklovlar yòq, shuning uchun uning imkoniyatlari katta.

Avtomatik tarjima.

Avtomatik tarjima bòyicha tadqiqotlar juda katta amaliy va nazariy ahamiyati ega bòlganligi uchun uni alohida kòrib chiqamiz. Avtomatik tarjima bòyicha dastlabki g'oyalar ingliz olimi Charls Bebbidj Tomonidan 1836-1848 yillarda ilgari surilgan. Uning fikricha mexanik-elektron mashinalar kodlashtirilgan avtomatik tarjimani amalga oshirishi mumkin. Uning loyihasi 50 mingta sòz xotira kuchiga ega bòlgan elektron mashinalar 1000000 ta sòzni avtomatik ravished tarrjima qilishi zarur bòladi. Uning ğoyalari jordaan 100 yil òtgachgina amalga oshadi. 1954-yilda Jorj Daun Universiteti dunyoda birinchi bòlib avtomatik tarjima tarjiba bòldi. Bu tajribalar IBM-701 kompyuterda òtkazildi. Bu tajribalar bazasi algaritmlardan Iborat bòlib 50.000 ta sòzni rus tilidan ingliz tiliga tarjima qildi. 1966-yilda AQSHning fan bòyicha Kongress qòmitasida avtomatik tarjimaga oid ma'ruza muhokama qilindi. U avtomatik tarjima bòyicha salbiy ma'noda edi. Shundan keyin jahon miqyosida avtomatik tarjimalarni molliyalashtirish keskin kamayib ketdi. Ular faqatgina Yaponiyada davlat tomonidan molliyalashtiriladi. Qolgan davlatlarda avtomatik tarjima oid loyihalar xususiy yirik kompaniyalar tomonidan molliyalashtiriladi. Bugungi kunda " General Motors " , "LG" , " Phillips " ," Siemens " kompaniyalari avtomatik tarjimaga oid izlanishlarni mablağ bilan taminlab turadi.

Avtomatik tarjima bòyicha dunyodagi eng yirik loyiha 1991-yilda AQSHda NASA mutaxsislari tomonidan yaratiladi.DIANA. Uning hajmi 10 mlnta sòzni tashkil etadi. U dunyoda 6ta tioga asoslangan : rus, inglis, Arab, ispan, Franz, nemis.

Ma'lumotlar bazasini yaratish.



Semantik tasnifda harakat fe'llari sememasidagi faqat atash (denotiv) semalar aniqlanadi. Fe'l semema tarkibidagi ifoda (konnotativ) va boshqa sememalarni tekshirish alohida yirik tadqiqotlarni talab qiladi, fe'llar asosida yaratiladigan kompyuter dasturlari uchun lingvistik tamin ishlab chiqishda hozircha ularning kòchma ma'nolari hisobga olinmaydi.
Yüklə 17,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə