Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati



Yüklə 275,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/17
tarix16.06.2023
ölçüsü275,83 Kb.
#131422
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
S3. O‘rta asirlarda jismoniy tarbiya



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
O’ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI 
 
 
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USLUBIYATI
KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
III-MA’RUZA 
 
 
Mavzu: O'rta asrlarda chet mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport
(V-XVII asrlar) 
 
 
 
TOSHKENT-2013 


III-MA’RUZA 
 
 
Mavzu: O'rta asrlarda chet mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport(JTS) 
(V-XVII asrlar) 
 
Reja: 
1 .Feodalizm tuzumining bosqichlari va (JTS) rivojlanishining xususiyatlari. 
2.Chet mamlakatlarda feodallar, dehqonlar va shaharliklarning jismoniy 
tarbiyasi
3. Uyg'onish davri gumanistlari jismoniy tarbiya haqida. 
 
O`rta asrlar Osiyo, Yevropa mamlakatlari va Afrikaning bir qancha 
mamlakatlarning asosiy ko`pchiligi feodal ishlab chiqarish usuli hukmronlik qilgan 
davr edi. Tarix maydonida yangi-yangi xalqlar paydo bo`lgan va G`arbiy hamda 
Sharqiy Yevropaning, Hindi-Xitoyning ko`pgina davlatlari arab davlatlari, 
Turkiya, Yaponiya va boshqalar qaror topdi. Xitoy, Hindiston, Eron, O`rta Osiyo 
terretoriyalarida ilgari paydo bo`lgan davlatlar ham rivojlana bordi.
Xitoyda eramizning III-IV asrlarida; Hindiston, Old va O`rta Osiyo 
mamlakatlarida, Shimoliy Afrika va Yevropada eramizning III-VII asrlarda feodal 
munosabatlar vujudga keldi.
Ba’zi bir xalqlar quldorlik tizimini chetlab, to`g`ridan-to`g`ri ibtidoiy jamoa 
tuzumidan feodal munosabatlarga o`tdilar. Feodalizm davrida yer feodallarning 
mulki hisoblanar edi. Yer oqsuyak feodallarga va cherkov feodallariga qarashli 
bo`lgan vaqtlardagina emas, balki, ba’zi bir sharqiy mamlakatlarida bo`lganidek, 
feodal davlatiga qarashli bo`lgan vaqtda ham feodallarning mulki hisoblanar edi.
Mehnat qurolllari, mollar, xo`jalik imoratlari va urug`liklar feodallarda ham, 
bevosita ishlab chiqaruvchilar-dehqonlarda ham, shuningdek hunarmandlarda ham 
bor edi.
Eksplutatorlar sinfi- oqsuyak feodallar va cherkov feodallari hamda 
ekspluatatsiya qilinuvchi sinf - krepostnoy dehqonlar feodal jamiyatining asosiy 
sinflari edi. Ular o`rtasida butun o`rta asrlar davomida qattiq sinfiy kurash olib 
borildi. Bu kurash o`sha davrdagi ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalariga, shu 
jumladan, feodallar va xalq ommasining jismoniy tarbiyasiga ham hal qiluvchi
ta’sir qilar edi. 
Cherkov feodal jamiyatining g`oyat reaksion kuchi edi. U antik madaniyat 
qoldiqlarini yo`q qilishga harakat qilda, xalq ijodiga, fanga qarshi kurash olib 
bordi. Cherkov xalqning jismoniy kamolotga, tomoshalarga intilishini 
majusiylikning, antik diniy urf-odatlarning ko`rinishi deb bildi. Cherkov 
sergunohlikka qarshi niqobi ostida xalq hayotidan jismoniy mashqlar va o`yinlarni 
zo`r berib chiqarib tashlay boshladi. Cherkov, xuddi oqsuyak feodallar kabi, 
dehqonlar va shaharliklar jismoniy mashqlar yordamida o`z jismoniy


tayyorgarligini yaxshilay olishlari va undan feodallarga qarshi kurashishlari uchun 
foydalanishlari mumkin, deb xavfsiradi. 
Ilk o`rta asr davrida cherkov feodallarning jismoniy tarbiyasiga ham salbiy 
munosabatda bo`ldi. U salb yurishllari davridagina ritsarlarning harbiy-jismoniy 
tayyorgarligiga bo`lgan o`z munosabatini o`zgartirdi. Bu vaqtlarda cherkov 
oqsuyak feodal aslzodalarining jismoniy tarbiyasini qoralamadi va hatto bu 
tarbiyani ruhoniylar hamda monaxlar jamiyatiga olib kirdi. Cherkov xudoga va 
feodal tartiblarining mustahkamligiga bo`lgan e’tiqodni faqat bular yordamidagina 
emas, balki qilich yordamida ham quvvatlar edi.
Yevropa mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport
O'rta asr davri eramizning V-VII asrlariga to'g'ri keladi. Bu vaqtda feodal 
tuzumi G'arbiy va Sharqiy Yevropa, Osiyo hamda Shimoliy Afrikada vujudga 
kelib, u rivojlanib boradi. Markaziy Amerika, Avstraliya qit'alari, Osiyoning 
shimoliy viloyatlarida esa bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumi yoki ilk quldorchilik 
tuzumi hukm surgan. Demak, jahondagi xalqlar turli-tuman ijtimoiy sharoitlarda 
yashab, o'z madaniyatlarini bir-birlari hisobiga to'ldiiganlar hamda boyitganlar. 
Yevropa. Feodal tuzumi davrida asosan ritsarlar va diniy arboblar hukmronlik 
qilganlar. Ular, asosan, krepostnoy dehqonlar va hunarmand aholini ezish va 
ishlatish asosiga yashaganlar. 
O'rta asrlar davomida madaniyatning tarkibiy qismi sifatida jismoniy tarbiya va 
sport ham rivojlangan. Bir necha yuz yillar davomida katolik dini aqliy va jismoniy 
tarbiyaga salbiy ta'sir o'tkazib keldi. Xristian dini ta'lim va tarbiya sohasida 
o'zining hukmronligini ustun qo'ydi. Bunda faqat ruhiyat va oxirat haqida ta'limot 
olg'a surildi. Dinning ta'siri natijasida maktablar va universitetlarda jismoniy 
tarbiyaga e'tibor be- rilmadi. Cherkov feodal tuzumiga yordam berish maqsadida 
ritsarlik katolisizmini keng tarqatdi. Salb (xoch) yurishlaridagi ritsarlik 
faoliyatlarida jismoniy tayyoigarlikka ehtiyoj sezilib, shu sababdan, ularni 
tayyorlashga e'tibor kuchaytirildi hamda ritsarlik jismoniy tarbiya tizimi tashkil 
etildi. Bunda, asosan, harbiy ishning amaliy xususiyatiga tayanildi. 
Ritsarlarni tarbiyalashda otda yurish, qilichbozlik, ov suzish, kamondan o'q 
otish, shaxmat o'yini, she'r aytish kabilardan foydalaniladi. 7-14 yoshdagi bo'lajak 
ritsarlar 
obro'li feodal ayollar tarbiyasini olgan. Bolalar orasidan tanlab olingan 14 yoshga 
to'lganlar qurollarni ishlatish bo'yicha tayyorlanardi. 21 yoshda esa ular bevosita 
ritsar- likka jalb qilingan. Ular har qanday xizmatni bajarishga tay- yor bo'lishi 
uchun kuch va chidamhlikka-erishish yo'lida jismoniy mashqlar bilan 
shug'ullanganlar. Bunda o'yinlar va sport muhim o'rin tutgan. O'yinlar, harakatlar 
harbiy xususi- yatga ega bo'lgan sport o'yinlari ichida fransuzcha «Je de pom» 
(tennisga o'xshash), inglizcha «so'l» (futbolga o'x- shash), gollandcha «Gold» 
o'yinlari ko'proq qo'llanilgan. Harbiy tayyorgarlik mashqlarida shahar devorlariga 
hujum, qasr va qo'rg'onlarni o'rab olib, qamal qilish udumga kiigan. Buning uchun 
sun'iy joylar tayyorlangan. Sport turlari ora- sida qilichbozlik, otda yurish, kurash, 
nayza uloqtirish, bosqon iig'itish, uzunlikka sakrash, kamondan o'q otish, suzish 
kabi mashg'ulotlarga keng o'rin berilgan. 


Nayzabozlikni o'rgatishda shu sohadagi mutaxassis o'qituvchilar feyxmestrlarni 
taklif etishgan. Boshqa turlarda ham bu usullar qo'llanilgan. Ritsarlarning ko'ngil 
ochish mashqlari asosan ov qilish, ya'ni burgut (lochin) yoki it bilan o'ljani tutish 
otda va piyoda yurib hayvon ovlashdan iborat edi. 
Ritsarlaring harbiy-jismoniy tayyoigarligini sinovdan o'tkazish uchun ritsarlar 
turnirini o'tkazishgan. Bu haqda VI asrda Fransiyada amalga oshirilgan faoliyatlar, 
tadbirlar gu- vohlik beradi. Turnirlar ommaviy tusda va yakkama-yakka 
bellashuvlar ko'rinishida o'tkazilgan. Turnirlarni tashkil qilish, asosan, oilada o'g'il 
tug'ilishi, jangdagi g'alaba, ritsar- ning uylanishi, yirik feodalning tug'ilgan kuni va 
boshqa sa- bablar bilan bog'liq bo'lgan. 
Yakka bellashuvda ritsarlar «qirolga hayot, ayolga qalb baxsh etish va o'ziga 
shon-shuhrat keltirish» uchun qasamyod qilishgan. Turnirlarning o'tkazilishi 
ko'proq XIII asrga to'g'ri keladi, ya'ni bu krest (xoch) yurishi bilan bevosita 
bog'liqdir. Bunday yirik turnirlar Germaniya, Angliya, Fransiya, Ispaniyada 
ko'proq tashkil etilgan. So'nggi turnirlar XV asr oxirlarida Germaniyada, XVI asr 
boshlarida Fransiyada 
o'tkazilgan. Bu davrda feodal munosabatlar keskin o'zgardi va ritsarlik tizimi 
susayib bordi, ya'ni yangi buq'uaziya mu- nosabatlari yuzaga keldi. Bu, o'z 
navbatida, porox va o'q otar qurollarning kashf etilishi tufayli jismoniy tarbiyaga 
ehti- yoj susayishini keltirib chiqardi. 
Dehqonlarning yer mulki va o'z shaxsiy mulkiga ega bo'lishi yollanma 
ishchilarning ko'payishini ta'minladi. Feo- dallar va din peshvolari jismoniy 
mashqlar va xalq o'yinlariga qarshi edi. Buning negizida, asosan, dehqonlar va 
shahar hunarmandlarini qo'zg'alon ko'tarish, eng awalo, jismoniy va harbiy kuchga 
ega bo'lish imkoniyatidan mahrum etish maqsadi yotar edi. Shunga qaramasdan, 
xalq qadimgi o'yinlar va jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish, an'anaviy bay- ram 
hamda marosimlarda ularni qo'llashni ma'lum darajada davom ettiigan. XIV asrda 
Shveysariyada 16—18 yoshdagi o'smirlar o'rtasida yugurish, sakrash, kurash, 
nayza uloqtirish, tayoqlarda qilichbozlik kabi sport turlari bo'yicha musobaqalar 
o'tkazilgan. 
Chex dehqon va hunarmandlari XV asrda Rim katolik dini va feodallariga 
qarshi g'alayon va qo'zg'alonlarida jismoniy mashqlardan harbiy maqsadda 
samarali foydalanganlar. 
O'rta asrda shaharlarning ko'payishi (XI—XIV asrlar) xalq jismoniy madaniyati 
yangi 
shakllarining 
rivojlanishiga 
olib 
keldi. 
Shahar 
hunarmandlari, 
mehnatkashlari shaharni himoya qilish maqsadida qilichbozlik Va o'q otish 
bo'yicha «Birodarlik» jamiyatini tuzganlar. Bunday faoliyatlar Fran- siya, Italiya, 
Germaniya, Belgiya, Shveysariya kabi davlatlarda namunali bo'lgan. Shu asosda 
turli xil o'yinlar va ko'n- gilochar tadbirlar ham tashkil qilingan. Angliyaning may- 
donlari va keng ko'chalarida sul (futbolga o'xshash o'yin) ommaviy ravishda 
o'tkazilib, tomoshabinlarni jalb etgan. Shahardagi ommaviy sayllarda akrobatika, 
kurash, mushtlashish kabi o'yin-mashqlar namoyish etilgan. 
Dehqonlar orasida kurash, tosh otish (uloqtirish), yugurish, tayoqlar bilan 
qilichbozlik, konkida uchish, otda poyga, lapta, to'p bilan o'yin, chim xokkey, 
chang'ida yurish kabi turlar keng tarqalgan. 


O'rta asr oxirlarida (XV—XVI a.a.) shahar buijualari ki- chik doirada o'q otish 
va qilichbozlik bo'yicha tuzgan «Biro- darlik» («Bratstvo») jamiyatlari 
mustahkamlana bordi. Sha- hardagi boylar jismoniy mashqlar va o'yinlar o'tkazish 
uchun maxsus joylar, moslamalar qura boshladi. Bunda asosan tennis, golf, 
kriketga katta e'tibor berildi. 
Osiyo, Afrika va Amerika qit'alarida jismoniy tarbiya va sport 
Osiyo, Amerika va Shimoliy Afrika mamalakatlarida qadimgi an'analarning 
uzoq saqlanishi bu hududlarda feodal tuzumi va jismoniy madaniyatning sekin 
rivojlanishiga olib keldi. Shunday bo'lsa-da, eski an'analar zamirida yangi an'analar 
paydo bo'la boshladi. 
Osiyo mamlakatlari. O'rta asrlarda qadimgi jismoniy madaniyat tajribalari 
Hindistonda keng tarqaldi. Bunda kurash, kamondan o'q otish, yugurish, ot 
o'yinlaridan foyda- lanildi. Milliy raqslar bilan birgalikda xatxa-yog (hind gim- 
nastikasi), ya'ni gavdaning harakat me'yorlari, marosim (ritual) o'yinlari va 
boshqalar ommalasha boshladi. 
Xitoy. Dehqonlarning «sariq belbog'lilar deb atalgan mashg'ulotlari III—V 
asrlarda davom etib kelgan. Bunda qurolsiz jang usullari avjiga chiqqan. Chunki 
hukmdorlar aholidan qurollarni yig'ib olgan va ularni ishlatishni taqiq- lagan edi. 
VI asrda Xitoy gimnastikasi (ushu) tez rivoj topdi. Bunda qo'l va oyoqlarni ishlatib 
jang qiUsh, kaft va uning qirralari bilan urish amalga oshirilgan. Min sulolasi 
hukm- ronligi davrida ushu keng rivojlangan edi. Unda 20 xildan ortiq qurollar va 
tayoqlar qo'llanilgan. Lekin o'q otish qurol- larining paydo bo'lishi bu turlar 
taraqqiyotini ancha pasay- tirdi. Shunga qaramasdan, ushu mashqlaridan davolash 
maqsadida foydalanish davom etgan. Xitoyda, shuningdek, ot ustida chavgon 
yugurish va hindlarga xos xatxa-yog bo'yicha musobaqalar o'tkazilib turilgan. 
Yaponiya. O'rta asrlarda Yaponiyada jismoniy madaniyatning rivojlanishi 
Samuraylar institutining tashkil etilishi 
bilan bevosita bog'liqdir. Samuraylar mayda dvoryanlarning harbiy-feodal tabaqasi 
bo'lib, ularning jismoniy tarbiya tizimi (busido) xilma-xil kurash turlari: sumo, jiu-
jiyts va karate, bitta yoki ikkita qilich kendo bilan jang qilish san'ati, • nayza 
ishlata bilish (noginata), piyoda va otda yugurishda kamondan o'q otish, marosim 
bellashuvlar, turli xil to'p o'yinlari kabi mashqlarni o'ziga mujassamlashtiigan. 
Markaziy Amerika xalqlari. Yevropaliklar mustamlaka qilib olgan davrlaigacha 
bu mintaqada inklar, mayya va aseteklar davlatlari mavjud bo'lgan. XII asrlarda bu 
mam- lakatlarda ma'lum darajada jismoniy tarbiya tizimi mavjud bo'lgan. Bunda 
davlat miqyosida va oila sharoitida tarbiya berish amalga oshirilgan. Tashkil 
qilingan maktablarda o'yinlar va boshqa jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishgan. 
Kamondan o'q otish, tayoqlarni (nayza) uloqtirish, qilich va qalqon bilan ishlash 
karatega o'xshash kurash kabi harbiy- jismoniy tayyoigarlik amalga oshirilgan. 
Inklar va aseteklarda uzoq masofalaiga yugurish hayotiy ehtiyoj bo'lib 
hisoblangan. Ko'pchihk o'yinlar va mashqlar bu xalqlarning diniy ma- rosimlari, 
urf-odatlari bilan bog'liq bo'lgan. Shuningdek, qabilalararo o'yinlar, diniy 
bayramlar, tantanalar, atletik musobaqalar tashkil etilgan. Butun jismoniy tarbiya 
tizimi abori- gen xalqlarning mehnat, harbiy va hayotiy turmushida katta o'rin 
tutgan. Yevropaliklarning bosqinchilik, talon-taroj qilish, o'ldirish, majburlash kabi 


harakatlari Amerika xalqlari- ning jismoniy madaniyat tizimi rivojlanishiga salbiy 
ta'sir etgan. 
Afrika mintaqasidagi xalqlar. O'rta asrlarda Afrika xalqlari orasida mehnat
harbiy ishlar va ijtimoiy turmush orqali jismoniy madaniyat shakllari belgilangan. 
Jismoniy tarbiya oilada, ovchilar tomonidan qabilada va «xudo»lar uyi- da 
berilgan. Ko'pincha musobaqalashish shaklida amalga oshirilgan. Bunda 
kamondan o'q otish va tayoqlarni mo'l- jalga tekkizish (viyel), ustunga kim o'zaiga 
tirmashib chiqish kabilar qo'llanilgan. Raqslar bilan birgalikda harbiy mashqlar 
qo'shib o'rgatilgan. Yoshlarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadida oilada yoki 
«xudo»larning uylarida qabila, urug' boshliqlari rahbarligida turli xil an'anaviy 
marosimlar tashkil etilgan. Bunda kurash, nayza va lappak uloqtirishdan keng 
foydalanilgan. O'g'il va qizlardan iborat yoshlarni tarbiyalash tizimida tamtam 
sadolari ostidagi an'anaviy (ritual) raqslar, turli harakatli o'yinlar, akrobatik 
mashqlar asosiy vosita sifa- tida xizmat qilgan. An'anaviy marosimlar kurashsiz, 
chidam- lilik, epchillik, jasurlikni tarbiyalovchi sport turlarisiz tashkil etilmagan. 
Bu, o'z navbatida, xalqlarning jipsligi, inoqligi, ahilligini ta'minlashga xizmat 
qilgan. Bosqinchilik va mus- tamlakachilik tazyiqi Afrikada milliy jismoniy 
madaniyatining ancha susayishiga sabab bo'lgan. 
Uyg'onish davrida jismoniy tarbiya tizimi va pedagogik g'oyalaming paydo 
bo'lishi 
Feodalizm negizida ishlab chiqarish, savdoning o'sishi, shaharlarning 
kengayishi, kapitalistik munosabatlarning rivoj- lanishiga olib keldi. Geografik 
jihatdan kengayish natijasida markaziy davlatlar vujudga kela boshladi. Ishlab 
chiqarish- ning rivojlanishi tabiiy va'pedagogik fanlarning taraqqiy eti- shini 
ta'minladi. Fan va texnika ishlab chiqarishni kengayti- rishga yordam berdi. 
Leonardo da Vinchi (1452—1519) qush- larni kuzatib, uchuvchi apparatning 
tuzilishi to'g'risida o'z mulohazalarini bildirdi. 
G'arbiy Yevropa va Rossiyada kitob nashr qilish ishi vujudga keldi. Kemasozlik 
taraqqiy etdi. Ispanlar, gollandlar va inglizlar Janubiy yarim sharda ko'pgina 
geografik kashfiyotlar qilishdi. Ruslar Shimoliy muz okeaniga tadqiqot (ekspedit- 
siya) uyushtirdi. O'q otar qurollarning turlari ko'paydi. 
Tabiatshunoslik sohasida inson faoliyatini o'iganishga doir kashfiyotlar qilindi. 
Leonardo da Vinchi odam gav- dasining mutanosibligi va uning harakat 
mexanikasini o'igandi. Shveysariyalik Paratselye (1493—1541) shogirdlarini 
bemor yotgan joylarida o'qitdi, xirurgiya va terapiyaning uz- viy bog'liqligini 
ta'kidladi. Ispan shifokori qon almashishi haqida ba'zi bir ma'lumotlarni bayon etdi. 
Ingliz olimi Garvey (1578—1657) «Yurak va qon harakati haqida» nomli kitob 
yozdi. D.Bekon (1561-1626) faqat kuzatish va tajriba (induksiya, analiz, 
taqqoslash, tajriba-sinov) chinakam Urniy usullar, deb isbot qildi. 
Buijuaziya mafkurachilari ilohiy qarashlarga qarama- qarshi ravishda inson 
shaxsini ulug'ladi. Quruq pedagogikaga qarshi, kishining faqat aqlinigina emas, 
balki tanasini ham tarbiyalashga qaratilgan yangi pedagogika ilgari surildi. 
Vittorino da Feltre (1378-1466) Italiyada pedagogika sohasidagi dastlabki 
gumanistlardan bin bo'lgan. Hukmdorlar va saroy ahli bolalarini tarbiyalash uchun 
maktab yaratgan. Bunda aqliy va jismoniy tarbiyaga alohida e'tibor berilib, 


yalqovlarni ayovsiz jazolaganlar. Vittorino bolalarni sof havoda o'ynatish, suvda 
suzish va turli jismoniy mashqlarni bajarishga odatlantirdi. 
Mashhur italyan gumanist shifokori Iyeronim Merkurialis (1530—1606) 
gimnastikaga doir 6 ta kitob yozdi. Dastlabki uch kitobini jismoniy mashqlar 
tarixini yoritishga va keyingi uch kitobini esa jismoniy mashqlarning davolovchi 
xususiyat- laiga bag'ishladi. U ko'p kuch sarf qiluvchi mashqlarni to'la 
ma'qullamadi va asosan davolovchi jismoniy mashqlarni qo'llab-quvvatladi. 
Fransuz gumanitar yozuvchisi Fransua Rable (1483— 1553) o'z asarlarini lotin 
tilida emas, o'z ona tilida yaratgan. Uning «Gargantyua va Pantagryuel» romani 
xalq orasida sevib o'qilgan. Unda dunyoni ilmiy anglash g'oyasi olg'a surilgan. 
Uning ta'kidlashicha, o'g'il bolalarning ilohiy kitob- larni o'qishi bema'nilik, undan 
ko'ra umuman o'qimagani ma'qul, o'quvchilarni, albatta, fikrlash va erkin harakat 
qi- lishga o'igatish lozim. 
Rable tarbiyada aniq tartib, ya'ni tozalik, ovqatlanish tartibi va jismoniy 
mashqlar bo'lishi shartligini ta'kidlagan. 
Fransuz Mishel Monten (1533—1592) bolani o'qitish va tarbiyalashda uning 
qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga ol- ish zarurligini uqtiradi. Tanani 
tarbiyalash haqida «jonni, tanani emas, balki odamni tarbiyalaydilar», - degan, 
ya'ni ikkalasini (tan va ruhni) qo'shib tarbiyalash kerakligi xususida qat'iy hukm 
qilgan. Uning g'oyasi shundayki, bolani shilqim 
va chiroyli bo'lishga emas, balki umuman baquwat va kuchli yigit bo'lishga 
o'rgatish kerak. 
Chexiya gumanisti Yan Amos Komenskiy (1592-1670) ko'zga ko'ringan 
pedagog bo'lgan. Uning fikricha, tabiat har bir kishiga ma'naviy kamolot 
imkoniyatlarini beigan, shu sa- babdan umumiy ta'lim hamma uchun zaruriydir. 
Demak, barcha joylarda maktab tashkil qilish va ularda barcha bolalar, jumladan, 
kambag'allarning farzandlari ham o'qitilish kerak, degan g'oyani oldinga suradi 
Komenskiy. 
O'rta asrlarda o'q otish qurollarining kashf etilishi ritsarlik tarbiya tizimi barham 
topishining muhim sabablaridan biridir. Endilikda shahar va qishloq aholisi 
o'rtasida jismoniy mashqlar turli xil o'yinlar bilan ommaviy shug'ullanish vazi- yati 
yuzaga kela boshladi. Shahar va qishloqlarda o'zlariga xos bo'lgan an'analar, 
bayramlarda katta ziyofatlar uyu- shtirib, kurash, mushtlashish va boshqa mashq-
o'yinlar na- moyish-ko'rgazmasini tashkil etish keng rivojlandi. 
Shu bilan birgalikda shahardagi sinfiy xususiyatga ega bo'lgan guruhlar, 
oqimlar o'rtasida keskin kurashlar, noro- ziliklar kuchaydi. 
Yangi paydo bo'layotgan kapitalistik tuzumga qarshi ilk sotsial utopistlar 
vujudga kela boshladi. Ular orasida ingliz Tomas Morning (1478—1535) alohida 
o'rni bor. U eski feo- dal va yangi kapitalistik tuzumlarni butunlay rad etdi. Uning 
yaxshi davlat tuzilishi va yangi orol haqidagi qiziqarli «Utopiya» («orzu» 
ma'nosida) kitobi e'tiboiga loyiqdir. Bu asarda qat'iy kun tartibi (rejim) belgilanib, 
unga ko'ra ertalab ishlash uchun 2 soat, tushlik va dam olishga 2 soat, tushdan 
so'ng ishlash uchun — 3 soat, kechki ovqat va ko'ngilochar o'yinlaiga - 3 soat, 
uxlash uchun esa - 8 soat belgilangan. Bolalar tarbiyachilar rahbarligida aqliy 


ta'lim, mehnat ta'limi, axloqiy va jismoniy tarbiya kurslarini o'tish- lari shart 
bo'lgan. 
Мог utopistlarning haibiy-jismoniy mashqlariga katta e'tibor berib, qurollar 
bilan suvda suzish, o'q otish, bolta va boshqa moslamalarni jangda ishlata bilish, 
oilani himoya qilish hamda qo'shnilarni dushman hujumlaridan saqlash uchun 
zarurligini uqtiradi. 
Italiyalik Tommazo Kampanella (1568—1639) jamiyatda boylar va 
kambag'allarning bo'lmasligi haqida qayg'uradi. U «Quyosh shahri» nomli kitobini 
sayohatchi tilidan yozib, ajoyib fikrlarni bildiradi. Ya'ni Quyosh shahrida boy ham, 
kambag'al ham bo'lmaydi. «Jamoa — barcha kishilarni ayni bir vaqtda boy va shu 
bilan birga, kambag'al qiladi, hamma narsasi bo'lgani uchun boy bo'ladi, hech 
qanday mulki bo'lmaganligi uchun kambag'al bo'ladi, ular buyumlaiga emas, balki 
buyumlar ularga xizmat qiladi», — deydi u. «Quyosh shahri»da onalar bolalarini 2 
yoshgacha emizib, keyin ularni maxsus tarbiyachiga beradilar. Bunda bolalar sayr, 
yugurish, turli o'yinlar bilan mashg'ul boiishadi. Yetti yoshli bolalar guruhlaiga 
ajratilib, birlari ma'ruza tinglasa, boshqalari jismoniy tarbiya bilan shug'ullanadilar. 
Qizlarning 19 va yigitlarning 21 yoshgacha turmush qurishi man etilgan. 
Ammo 27 yoshdan keiyin turmush qurma- ganlar qoralangan. Fohishalik qilganlar 
awalo qattiq jazolan- gan (bo'yniga boshboldoq osilgan), qayta takrorlansa, o'lim- 
ga niahkum qilingan. 
Kampanella «Quyosh shahri» aholisining (solariylar) haq-huquqi, bilimi, 
mehnati, dam olish va ijtimoiy turmush sharoitlarida tengsizlik bo'lmasligiga 
erishganligi asosida, ke- lajak avlodning shu tarzda hayot kechirishlarini orzu qil- 
ganligi bilan jahon xalqlari e'tiboriga sazovordir. 
Ta'kidlash lozimki, XVI asrda Yevropada kapitalistik tuzumning rivojlanishi 
davrida jismoniy tarbiya va sport pedagogika nazariyasidan ancha orqada edi. Bu 
davrda cherkov- larda islohotlar boshlandi. Xristianlikda yangi protestantlik 
yo'nalishi paydo bo'ldi. Cherkovdagilarning jismoniy tarbiyaga munosabati 
o'zgardi. Ya'ni yoshlarni jismonan sog'lom qilib tarbiyalash va ularning turli xil 
bemazagarchiliklardan yiroq bo'lishiga erishishda jismoniy tarbiya, mashqlar va 
o'yinlardan foydalanishning ijobiy tomonlari tan olindi. Shaxsga sig'inishni 
tarbiyalovchilar (katolik, protestant cher- kovi va h.k.) yoshlarga o'z ta'sirini 
o'tkazish yo'lida jismoniy tarbiya va sportdan keng foydalanishga o'tadi. 

Yüklə 275,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin