Iqtisodiyot nazariyasi" fanidan kurs ishi mavzu: "Pul tizimi va uning rivojlanishi. Hozirgi zamon pulining tabiati



Yüklə 144,69 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü144,69 Kb.
#184539
  1   2   3   4   5
Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu “Pul tizimi va -fayllar.org


Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu: “Pul tizimi va uning rivojlanishi. Hozirgi zamon pulining tabiati.” Bajardi: Abduraimov Bekmirza

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
___________________________ ____________________________
________________fakulteti _________________kafedrasi

Ro’yxatga olindi № __________ Ro’yxatga olindi № __________ “______” ___________2020 y. “______” ___________2020 y.


FUNDAMENTAL IQTISODIYOT” KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “Pul tizimi va uning rivojlanishi. Hozirgi zamon pulining tabiati.”
Bajardi: Abduraimov Bekmirza
Iqtisodiyot” fakulteti, EK-52 guruhi talabasi
Tekshiridi: _______________________

Kurs ishi himoya qilingan sana


“____” _______2020 й.
Baho “_____”
_________

___________ (imzo)


___________ (imzo)
___________
(imzo)

Komissiya a’zolari:


__________________
__________________
__________________


TOSHKENT-2020
Mavzu: “Pul tizimi va uning rivojlanishi. Hozirgi zamon pulining tabiati”
REJA:
Kirish
Asosiy qism:
  1. Pul tizimining iqtisodiy mazmuni va iqtisodiyotda tutgan o’rni.




  1. Pul tizimining rivojlanish bosqichlari va ularga tavsifnoma.




  1. Pul tizimining tarkibiy qismlari va elementlari.




  1. O’zbekistonda pul tizimining tashkil etilishi bugungi kundagi holati va tahlili.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.


Kirish
Pul - bu shunday maxsus tovarki, u boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayirboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular o’zini sifatini yo’qotmaydi va pul o’rnini bosishda juda qo’l kelgan. Pul oddiy mahsulot bo’lib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, ya'ni hamma tovarlarni harid etish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Har bir mamlakat o’zining puliga egadir. Chunonchi, dollar, funt sterling bir necha mamlakatlarning puli bo’lib xizmat qiladi, lekin ularning qiymati bir xil emas. AQSh, Kanada, Avstraliya dollarining qiymat miqdori farqlanadi. Shuningdek, O’zbekiston va Qirg’iziston so’mlari ham bir xil emas. Pul birliklari paydo bo’lganda ma’lum miqdordagi qadr-qiymat asos qilib belgilangan. Milliy pullarning qadrliligi, boshqa pullarga nisbatan qiyosiy miqdori doimo o’zgarib turadi. Chunki, bu iqtisodiyotdagi ko’p tomonlar, hatto siyosiy o’zgarishlar, mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlar kabi ta’sirlar natijasidir. Bozor iqtisodiyotini pulsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, hozirgi kunda odamlar pulga zarur tovarlar, xizmatlar sotib oladilar, pulni jamg’arib boradilar, bankdan kreditlar oladilar, soliq to’laydilar, pul shaklida mehnatlariga yarasha maosh oladilar va hokazo. Nafaqat jismoniy shaxslar balki davlat, korxonalar, tabdirkorlar va boshqa iqtisodiyot subyektlari ham pul vositasidan o’z vazifalarini bajarish uchun keng foydalanadilar. Barcha makroiqtisodiy ko’rsatkichlar ham pul birligida o’lchanib boshqa mamlakatlar ko’rsatkichi bilan solishtiriladi. Shuning uchun ham pul doimo iqtisodchilarning diqqat markazida bo’lgan, davlat miqyosida esa alohida pul-kredit siyosati olib boriladi va hozirgi zamon pulning tabiati chuqur o’rganiladi. Tovar-pul munosabatlari hayotimizga keng kirib kelgan va pul shakllari o’zgarib borsa ham ularning mohiyati, vazifalari, muhim roli saqlanib kelmoqda.
So’nggi yillarda hukumatimiz tomonidan elektron to’lov tizimlarini joriy etish va rivojlantirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar ko’lamini kengaytirish hamda pul mablag’larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirishga oid chora-tadbirlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ichida “Ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlash” kabi ustuvor yo‘nalishni alohida ta‘kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki mamlakatning barqaror pul-valyuta tizimi uning iqtisodiy o’sishiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Pul – bozor aloqalarining hammabop va universal iqtisodiy vositasidir. Shuning uchun ham pulning kelib chiqishi, mazmuni, tabiatini o’rganish, vazifalarini tadqiq etish, pul nazariyalarini tahlil qilish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. O’z evolyutsiyasi jarayonida pul maxsus tovar shaklida bosib o’tgan yo’li, shakllari odamlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar rivojlanishini namoyon etadi va turli tarixiy davrlarda mazkur munosabatlar qay darajada bo’lganligini ifodalab beradi. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi shular bilan izohlanadi.
So'nggi ellik yillikda pul shakllarining jadal rivojlanishi kuzatildi. To'lov tizimlari ishtirokchilarining bir tomondan to'lovlarni boshqarish tizimini ratsionalizatsiya qilish istagi va XX asrning 70-yillari o'rtalarida boshlangan elektron hisoblash mashinalarining kredit tashkilotlari faoliyatiga jadal joriy etilishi, boshqa tomondan, naqd pulsiz qog'oz kredit pullarini naqd pulsiz elektron kredit pullari (bank depozitlari, plastik kartalar) bilan almashtirish jarayonining boshlanishiga yordam berdi.

Pul ko'pincha bozor tili deb ataladi, chunki ular orqali tovarlar va resurslar aylanishi amalga oshiriladi. Iste'molchilar bozorda ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan mahsulotlarni sotib olishadi, bu esa o'z navbatida aholidan


olingan resurslar uchun pul to'laydi. To'g'ri tashkil etilgan va aniq faoliyat ko'rsatayotgan pul tizimi milliy ishlab chiqarish barqarorligini ta'minlash, narxlarning to'liq bandligi va barqarorligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari, pul tizimining qanday ishlashi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishining barqarorligiga bog'liq.
Natijada, hozirgi bosqichda pul funksiyalarini aniqlash va rivojlantirish muammosi o'z ahamiyatini yo'qotmaydi, chunki ko'pchilik uchun ular asosiy qiymat o'lchovidir. Pul har doim boshqa har qanday mahsulot, xizmat, ish, moddiy bo'lmagan tovarlar uchun almashtirilishi mumkin bo'lgan umumiy ekvivalentdir va bozor almashinuvi jarayonini qulay holga keltiradigan vositachi sifatida ishlatiladi. Kurs ishining asosiy maqsadi: pulning rivojlanish bosqichlari, asosiy vazifalari va hozirgi zamon pulining tabiatini o'rganishdir.
Zamonaviy sharoitda odamlar kundalik hayotida, korxonalar, davlat va boshqa organlar faoliyatida, iqtisodiy faoliyatning turli sohalarida puldan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar.
-tovarlar va xizmatlar narxini aniqlash va sotish;
-ishlab chiqarish xarajatlarini va foyda miqdorini aniqlash;
-ish haqi;
-byudjetlarni tuzish va ijro etish;
-kredit va hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish;
-qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
-jamg'arma va mablag ' sifatida to'plash;
-ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan narsalar resurslar (asosiy va aylanma mablag'lar) hajmini baholash va hokazo.

Pul tizimining iqtisodiy mazmuni va iqtisodiyotda tutgan o’rni.


Pul to’g’risidagi nazariyalar va ularning rivojlanish xususiyatlari
Pul nazariyalari - pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’siri haqidagi nazariyalardir. Bu nazariyalar kapitalistik ishlab chiqarish usuligacha bo’lgan davrda vujudga keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida, pul-tovar munosabatlari xo’jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrdagina pul nazariyasi keng tarqaldi. Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi munosobat pul nazariyalarining markaziy masalalaridan biri bo’lib elgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funksiyalari va pul muomalasiga bo’lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi. Ilk tarixiy pul nazariyalari sifatida nominallik va metallik nazariyalarini keltirishi mumkin. Kapitalizm taraqqiyoti bilan birga bu nazariyalar ham o’zgarib yangi, miqdoriy nazariyaning paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Hozirgi kunda monetarizm va iqtisodni pul-kredit munosobatlari orqali tartiblashtirish nazariyalari ham mavjud. Ammo eng asosiy pul nazariyalari sifatida metall, nominal va miqdoriy pul nazariyalari tadqiqot qilib kelinmoqda. Pul nazariyalarining kelib chiqishiga asosiy sabab ishlab chiqarishning taraqqiy etishi va pul muomalasining taraqqiyotdan ma’lum darajada oqsashini oldini olish va uni rivojlantirish masalasi hisoblanadi.
Qo’l mehnatidan manafakturaga, manafakturadan sanoat ishlab chiqarishiga o’tilishi bilan xalq xo’jaligida mehnatning integratsiyalashuvi ham kuchaya bordi. Buning natijasida xo’jalik yurituvchi subyektlar orasidagi pullik munosabatlar ham murakkablasha boradi. Feodalizmgacha bo’lgan naqd pullik munosobatlar bu davr
talablariga javob bera olmay qoldi. Buni biz Yevropadagi XV asrdagi «pul ocharchiligi» dan ko’rishimiz mumkin. Xuddi shu davrdan boshlab pul nazariyalari to’g’risidagi ilk fikrlar yuzaga keldi. Bu nazariyalarning o’sha davrdagi muammolarini echishdagi roli beqiyos bo’ldi. Ilk bor vujudga kelgan pul nazariyalari bu metallik va nominallik pul nazariyalari hisoblanadi.
Pulning metallik nazariyasi kapitalning dastlabki davrida taraqqiy etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og’irlik miqdorini kamaytirish) ga qarshi kurashda progressiv rol o’ynadi. Bu nazariyalar o’sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya ‘ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullari tarfdori bolib chiqdilar. Bu nazariya o’sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyaning asoschilaridan biri U. Stefford (1554-
1612y.) edi. U o’z qarashlarini o’zining Londonda 1581 yilda chop etilgan
«Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi.
Bu oqim tarafdorlari Angliyada T. Men (1571-1641y.), D. Nors (1641-1691y.),
Frantsiyada bu ta’limotni A. Monkreten (1575-1621y.), Italiyada F. Tamani (1728- 1787y.) va boshqalar rivojlantirdi. Ularning fikricha barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining jamg’arishga bo’lgan intilishi iqtisodchilarning boylikning manbaini o’rganishlariga sabab bo’ladi. Ular bu manbani savdodan izladilar. Ularning e’tirof etishlaricha aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta’milaydi. Shunday qilib, ilk metallik nazariyasi tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funktsiyalarini bajaradi deb hisoblar edilar.
Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat edi:
-ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi
Maqsadga muvofiq kelishini tushunib yetmadilar;
-ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muomalasi asosida yuzaga kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushunmadilar;
-ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg’arishni tushundilar va
«bunday boylik manbai savdodir» degan noo’rin fikrga keldilar.
Ular jamiyat boyligi mehnat natijasida vujudga keladigan moddiy va ruhiy qadriyatlar yig’indisi ekanligini tushuna olmadilar. Ilk metallik nazariyasi targ’ibotchilari savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib chiqqan edilar. XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarimiga kelib sanoat burjuaziyasi manfaatlarini qondira olmagan metallik nazariyasi o’z mavqesini yo’qotdi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarimiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K. Knis
(1821-1898 y.) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g’oyaning qayta tiklanishiga 1871-1873 y. da Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo’ldi. K. Knis targ’iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. Knis pul sifatida faqatgina metallni emas, balki markaziy bank banknotalari ham e’tirof etdi. Bu paytga kelib xo’jalikda asosiy rolni kredit o’ynay boshladi va bu oltin monetalar bilan birga muomalada bo’lgan va ularga almashtiriladigan banknota emissiyasining asosini tashkil etdi. K. Knis banknotalarni tan olgan holda hech nima bilan ta’minlanmagan qog’oz pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha pul muomalasi metall bilan ta’minlangan banknotalar va metall monetalarga asoslanishi shart. Qog’oz pullar uning fikricha, xuddi «qog’oz bulka» kabi ma’nosiz narsadir. K. Knis ta’kidlashicha: "Oltin o’z tabiatiga ko’ra puldir".
Birinchi jahon urushidan so’ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartni qayta tiklash mumkin emasligini tan olib o’z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishini yoqlab chiqdilar.
Pulning nominallik nazariyasi. Nominalizm quldorlik tizimi davridagi faylasuflar ta’limotida yuzaga kelgan bo’lib, bu ilk nominalizmdir. Birinchi nominalistlar tanga tarkibini buzish (tanganing og’irlik miqdorini kamaytirish) ni ko’r-ko’rona madh etuvchilar bo’lganlar. Yemirilib ketgan tangalarni teng qiymatli tangalar bilan muomalada bir xilda yurganligiga asoslanib, ular pulning metall miqdori emas, balki uning nominali muhimdir deb da’vo qilib chiqdilar. Nominalizm XVII-XVIII asrlarda pul muomalasi to’la qimmatga ega bo’lmagan tangalar bilan to’lgan davrda shakllandi. Xuddi shu to’la qimmatga ega bo’lmagan tangalar (qog’oz pullar emas) ilk nominalizmning asosida yotar edi.
Xuddi metallizm nazariyasi singari ilk burjua nominalizm vakillari ham Angliyadan chiqdi. Bular episkop, faylasuf-idealist Dj. Berkli (1683-1753y.) va iqtisodchi Dj. Styuart (1712-1780 y.) lardir. Nominalistlar quyidagicha xulosaga keldilar:
-pulni davlat yaratadi;
-pulning qiymati unda ko’rsatilgan nominali bilan aniqlanadi.
Xuddi shu bilan bu nazariya nominalizm deb atala boshlandi. Nominalizmning asosiy xatosi shundaki, bu nazariya bo yicha pulning qiymati davlat tomonidan aniqlanar emish. Dj. Berkli pul aslini olganda marka, uning qanday materialdan yasalganligining va nimani aks ettirishining qanaqa ahamiyati bor degan g’oyani oldinga surdi. Xuddi shu bilan u mehnat qiymat nazariyasini va pulning tovarlik tabiatini rad etdi. Pulning umumiy qiymat ekvivalenti sifatida obyektiv ravishda paydo bo’lish mohiyatini tushunmay, nominalistlar uning qiymati davlatning subyektiv xohishi va irodasiga bog’liq dedilar. Nominalistlar pulning qiymat o’lchovini va baholar masshtabini aralashtirib yubordilar. Dj. Styuart pulni teng bo’lgan bo’laklardan iborat masshtab deb aniqladi. Shu bilan birgalikda geografik masshtabni tushunish va ishlatish mumkin agar, buning asosida masofa mavjud bo’lsa, mahsulot og’irligini o’lchash mumkin, agar u qandaydir og’irlikka ega bo’lsa, shu kabi pul ham qiymat o’lchovi funksiyasini bajaradi, agar u tovar bilan qandaydir hamjinslikka ega bo’lsa, deb uqtirdi. Nominalizmning keyingi rivojlanishi (asosan Germaniyada) XIX asrning oxiri va XX asrning boshiga to’g’ri keladi. Bu davr nominalistlarning asosiy namoyondalaridan biri G. Knap (18421926y.) edi.
G. Knap o’zining «Davlat pul nazariyasi» (1905) asarida aytishicha pulning davlat tomonidan belgilanadigan sotib olish qobiliyati mavjud. Shu sababli ham pul davlat tomonidan yaratiladi. Bu nazariyani esa u davlat pul nazariyasi deba taydi. Knapp va uning izdoshlari oldingi noministlardan farqli o’laroq o’z nazariyalarni to’la qimmatga ega bo’lmagan tangalarga emas, balki qog’oz pullarga asoslagan edilar. Knapp pul massasini tahlil qilishda davlat xazina biletlari va almashinadigan tangalarnigina e’tiborga oldi. Kredit pullari (veksel, chek, banknota) ni u alohida kategoriya deb qarab, o’z izlanishlaridan ularni chiqarib tashlaydi. Bu uning katta xatosi edi. Nominalistlarning asosiyk amchiligi shundaki, ular pulning mohiyatini uning huquqiy asosidan izladilar.
Pulning miqdoriy nazariyasi. Miqdoriy nazariya XVI-XVIII asrlarda merkantilistlarning konseptsiyasiga reaktsiya sifatida paydo bo’ldi. Bu nazariyaning boshlovchisi fransuz iqtisodchisi J. Boden (1530-1596) edi. U birinchi bo’lib Yevropada o’sha davrda yuzbergan «baholar revolyutsiyasi»ni ochib berishga harakat qildi. Baholarning sakrashiga sabab Yevropaga Amerika qit’asidan oqib kelgan qimmatbaho metallar bo’lganligini tushuntirdi. XVI-XVIII asrlarda Yevropada oltin miqdori 1500-yilda bo’lgan oltin miqdoridan 16 marta ko’payib ketgan edi. J. Boden baholarning o’zgarishi muomaladagi pul miqdori bilan aniqlandi deb tushuntirdi. Shu sababli ham bu nazariya miqdoriy nazariya deb nom oldi. Ammo ilk miqdoriy nazariya tarafdorlari pul miqdorining bahoga bo’ladigan ta’sirini va buni qanday yo’llar bilan va qaysi hollarda bo’lishligini aniq ochib bera olmadilar. XVIII asrga kelib bu nazariyani inglizlar D. Yum (1711-1726) va Dj. Mill (1773-1836) hamda frantsuz Sharl Monaskyo (1689-1755) rivojlantirdilar. Ingliz iqtisodchisi, faylasuf, psixolog va tarixchi D. Yum o’zining subyektiv idealistik qarashlari bilan qiymat substantsiyasi tushunchasini rad etdi. Amerikadan qimmatbaho metallarning oqib kelishi va baholarning oshishi orasidagi to’g’ri proporsional bog’lanishni ko’rsatmoqchi bo’lib, u: «pul qiymatini uning miqdori belgilaydi» degan fikrini ilgari surdi. Yum fikricha, tovarlarning bahosi va pulning qiymati muomalada bo’lgan tovar va pul hajmi bilan aniqlanadi. Muomalada pulning ko’payishi oldin bir tovar bahosining oshishiga, keyin ikkinchi tovarning va oxir oqibatda barcha tovarlarning bahosining muomaladagi pul miqdoriga proporsional ravishda oshishiga olib keladi. Mana shu pulning miqdoriy nazariyadagi pul massasi o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatadi va munosabat "Baholar darajasining o’sish sur’atlari = Pul massasi o’sish sur’atlari".
Demak, tovarlar bahosi hamisha pul miqdoriga to’g’ri proporsional bo’ladi. Shunday qilib, miqdoriy nazariya vakillarining fikrlari shunda ediki:
-pulning sotib olish qobiliyati xuddi baho kabi (yangi tovar bahosi kabi) bozorda aniqlanadi;
-muomalada barcha chiqarilgan pullar bo’ladi;
-pulning sotib olish qobiliyati pul miqdoriga teskari proporsional va baholar o’zgarishi pul miqdoriga to’g’ri proporsional.
Miqdoriy nazariya pulning faqat muomala vositasi ekanligini ko’ra oldi, xalos. Ular ta’kidlashicha pul va tovar massalarining to’qnashishi natijasida baholar belgilanadi va pulning qiymati aniqlanadi. K. Marks Yumni tadnqid qilib, uning asosiy xatosi shundaki, u «pul muomalaga kirayotganda qiymatga ega emas, tovar esa bahoga ega emas» degan noto’g’ri taxminda edi» deb yozgan edi. Ularning ikkinchi xatosi shunda ediki, ular hamma pul massasi faqat muomalada bo’ladi deb qarashgan. Aslida qiymat qonuniga muvofiq muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlovchi iqtisodiy qonun mavjud. Muomalada bo’lgan haqiqiy naqd pulga, har qanday pul miqdori emas balki, shu davr uchun zarur bo’lgan, to’lov muddati uzaytirilgan, hisob-kitoblar va pul biriklarining aylanishida band bo’lgan pullar kiradi. Miqdoriy nazariya xazinaning metall pul muomalasida stixiyali regulyator ekanligini rad etadi.
Zamonaviy miqdoriy nazariya qog’oz pullar muomalasiga asoslanadi. Bu nazariya A. Marshall, amerikalik I. Fisher, shvedlar G. Nassel va B. Xansen, iqtisodchi A. Pigu, monetarist M. Fridmen tadqiqotlarida o’z aksini topdi. Amerikalik iqtisodchi, statistik va matematik I. Fisher (1867-1942yy) pulning miqdori nazariyasiga yangi sifat kiritdi. U pulning mehnat qiymatini rad etdi va pulning «sotib olish quvvati»ga asoslandi. Miqdoriy nazariyani matematik yo’l bilan isbotlamoqchi, bo’lgan I. Fisher pulning «sotib olish quvvatiga» ta’sir etuvchi olti faktorni ko’rsatdi:
1.(M)-muomaladagi naqd pul massasi;
2.(V)-pulning aylanish tezligi;
3.(R)-o’rta (tortilgan) baho;
4.(Q)-tovarlar miqdori;
5.(MI)-bank depozitlari yig’indisi; 6.(VI)-depozit-chek muomalasi tezligi.
Muomaladagi pulning miqdori bilan mamlakat doirasida sotilgan tovar va xizmatlarning umumiy miqdori o’rtasidagi bog’liqlik Irving Fisherning "ayirboshlash tenglamasi"da ifodalanadi:
MV = PQ,
bu yerda M – pul massasi;
V – muomaladagi pulning aylanish tezligi;
  1. – narxlar darajasi;




  1. – ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning miqdori


Tenglamaning chap tomonidagi MV jami ishlab chiqarilgan tovarni sotib olishga ketgan xaridorlarning umumiy sarflarini va pulning aylanish tezligini bildirsa, o’ng tomonidagi PQ esa, ushbu ayirboshlanadigan tovarlar miqdori va baholar darajasini bildirdi. Agar MV bir yilda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarga sarflangan umumiy xarajatlar bo’lsa, unda u nominal sof milliy mahsulotga (SMM) teng bo’lishi kerak, ya’ni SMM = PQ.


Monetarizm pul nazariyasi 1950-yillar o’rtasida paydo bo’lgan. Bu oqimning ko’zga ko’ringan namoyondasi M. Fridman hisoblanadi, u Chikago universitetining professori, iqtisodsohasidagi Nobel mukofoti laureati. Bu oqimga M. Fridmandan tashqari K. Brunner, A. Moltser, D. Leydler, F. Keygen va boshqa iqtisodchilar kiradi.
Pul nazariyada katta muvaffaqiyat qozongan g’oya - Fridmanning pulning miqdoriy nazariyasi bo’lib, u muomaladagi pul miqdori o’zgarishi bilan tovar baholari o’zgarishi o’rtasidagi bog’liqlikni, monetar siyosat nazariyasi, ya’ni jamiyat holda bo’lgan iqtisodiy tebranishlar pul massasining o’zgarish tufayli bo’lishi, pulning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri kabilarni yoqlab chiqadi. Hozirgi zamon monetarizmiga bir guruh iqtisodchilar qalamiga mansub «Pulning miqdoriy nazariyasiga oid tadqiqotlar» (1956yil) deb nomlangan asar bilan asos solindi. Monetaristlar ilgaridan ma’lum bo’lgan pulning miqdoriy nazariyasiga borib tutashadigan «barqaror pul» nazariyasini olg’a suradilar. Ular pul va iqtisodiy faollik o’rtasida uzviy bog’lanish borligini qayd qilib, iqtisodiy krizislarning sababini pul muomalasidagi buzilishlardan axtardilar: Pulning yetishmay qolishi iqtisodiy o’sishini susaytirib, turg’unlik holatini keltirib chiqaradi, bu esa avval yuzaroq tanglikka, so’ngra esa chuqur iqtisodiy tanglikka olib keladi. Binobarin, iqtisodiy sikl pul miqdoriga bog’liq, bu o’z navbatida Markaziy bank faoliyatiga bog’liq. Pulkredit siyosatini o‘zgartirib tanglikdan chiqish va iqtisodni rivojlantirish mumkin. Monetaristlar iqtisodiyotda bosh masala ishlab chiqarish va pul massasining tengligi bo’lib, shu orqali makroiqtisodiy muvozanat hosil etish mumkin deb hisobladilar.
Pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pulni xohlagan paytda almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin. Pul massasining o’sish sur’atining tezlashuvi yoki sekinlashuvi faol ish yuritishda, ishlab chiqarishning tsiklik tebranishida aks etiladi. Gap shundaki, pul massasidagi o’zgarishlar natijasi asosiy iqtisodiy parametrlarda birdan aks ettirilmaydi, balki biroz vaqtdan keyin ta’siri bilinadi. Odatda, vaqtincha uzilish bir necha oyni tashkil etadi. U shu narsani bildiradiki, pul massasidagi o’zgarishlar yalpi ichki mahsulotga birdan emas, balki bir oz vaqtdan (oydan) keyin ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun pul siyosati joriy tartibdagi samaraga va qisqa muddatli o’zgarishlarga mo’ljallangan bo’lmay, balki uzoq muddatli xarakterga ega.
M.Fridmen konsepsiyasi garchi o’ziga xosligi bilan ajralib tursa ham, u pulning miqdoriy nazariyasiga asoslanadi. Pul massasi ko’paysa, baholar o’sadi, va aksincha, pul massasi kamaysa, narxlar pasayadi, ya’ni boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda tovarlarning baholari pul miqdoriga mutanosib tarzda o’zgaradi.
Mamlakatda har doim pul muomalasi qonuni bilan tartibga solinadigan ma’lum miqdordagi pul birligi massasi mavjud bo’lishi zarur. Umumiy holda pul muomalasi qonuni quyidagicha shakllantirilishi mumkin: tovar aylanishiga xizmat qiladigan pul miqdori tovar massasi va narxlar darajasiga to’g’ridan – to’g’ri, pulning aylanish tezligiga teskari mutanosiblikda joylashadi.
Pulning kelib chiqishi, tabiatiga nazariy jihatdan ikki xil: ratsionalistik va evolyutsion yondashuv mavjud. Ratsionalistik yondashuv asoschilari pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasida kelishuv tufayli yuz bergan deb tushuntirishadi. Bu yondashuv XVIII asr oxirlarigacha hukm surgan. Bu subyektiv psixologik yondashuv hozirgi paytda ham ayrim iqtisodchilar tomonidan qo’llab quvvatlanadi. Evolyutsion yondashuvda esa pul jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti mahsuli deb qaraladi. Pul obyektiv zaruriyat tufayli turli-tuman tovarlar ichidan barcha tovarlarga ayirboshlanadigan maxsus tovar sifatida ajralib chiqqan. Odatda pulni valyuta deb atashadi. Iqtisodiy jihatdan har bir hukumat o'z pul tizimiga ega. Pul - bu operatsiyalarni amalga oshirishda ishlatiladigan likvid aktiv. U o'z qiymatini hukumat iqtisodiyotida va xalqaro miqyosda valyuta orqali umumiy qabul qilishga asoslangan. Ayirboshlash funksiyasi uchun iqtisodiy pul tizimlari rivojlana boshladi. Pulni valyuta sifatida ishlatish bozorda sotib olish va sotish uchun markazlashgan vositani taqdim etadi. Bu birinchi navbatda barterni almashtirish uchun tashkil etilgan. Agar barcha tomonlar kelishilgan pul birligidan foydalansa va uni qabul qilganda, ular bu muammodan qochishlari mumkin. Iqtisodiy jihatdan har bir hukumat markaziy organ tomonidan belgilanadigan va kuzatiladigan o'z pul tizimiga ega. Iqtisodiy rivojlanish odatda kapital to'plash, texnologik taraqqiyot, ishchi kuchi sifati va malakalarining oshishi kabi real omillarning o'sishiga bog'liq deb ishoniladi. Ushbu qarash iqtisodiy rivojlanish jarayonida pulning rolini yetarlicha ta'kidlamaydi. Aytishlaricha, pul shunchaki parda va o'zgacha ahamiyatga ega emas. Biroq, pulning ahamiyatsizligi haqidagi bu haddan tashqari qarashga endi ishonilmaydi. Zamonaviy kompleks iqtisodiy tashkil etish imkonsiz bo'lgan pul nafaqat muhim omil, balki u iqtisodiy rivojlanishni rag'batlantiruvchi muhim omil hamdir. Biz quyida iqtisodiy rivojlanish jarayonida pulning ahamiyatini muhokama qilamiz.
Iqtisodiyotda bugungi kunda pul bir nechta funksiyalarni bajaradi. Pul boshqa qiymatlar o'lchanadigan qiymat standarti bo'lib xizmat qiladi. Pul - bu qiymat ombori, ya'ni boylikni saqlash vositasi. Bu kechiktirilgan to'lovlar uchun standart bo'lib xizmat qiladi.
Biroq, pulni boshqa tovarlardan ajratib turadigan eng muhim vazifasi ayirboshlash vositasi bo'lib xizmat qilishidir. Ya'ni, pul tovarlar va xizmatlar uchun to'lov vositasidir. Aynan shu puldan foydalanish pul iqtisodiyotini barter iqtisodiyotidan ajratib turadi.
Monetar iqtisodiyot - bu tovarlar pulga sotiladigan va pul tovarlarni sotib olishga sarflanadigan iqtisodiyotdir.
Pul samaradorlik va iqtisodiy o'sishga yordam beradi:
Barter tizimi jismoniy shaxslar o'rtasida tovar va xizmatlarni almashtirishda qiyinchiliklarga to'la edi. Tovarlar va xizmatlarning oson almashinuvi bo'lmagan taqdirda, barter tizimi mehnat unumdorligini oshirish va iqtisodiy o'sish uchun muhim omil bo'lgan shaxslar o'rtasida mehnat taqsimoti va ixtisoslashuviga to'siq bo'lib xizmat qildi. Bundan tashqari, iqtisodiy o'sish jarayoni mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishning kengayishiga va natijada odamlar daromadlarining o'sishiga olib keladi. Natijada rivojlanayotgan iqtisodiyotda bitimlar hajmi oshadi. Bu iqtisodiy faoliyatning kengaytirilgan darajasida olib boriladigan operatsiyalarni moliyalashtirish uchun pulga talabni oshiradi. Shunday qilib, iqtisodiy o'sish jarayoni iqtisodiy faoliyat darajasining oshishi talablariga javob beradigan yetarli miqdordagi pul mablag'lari kelmasa tekshiruvda ushlab turiladi.
Pul sarmoyani targ'ib qiladi: Rivojlanish nuqtai nazaridan pulning yana bir muhim roli investitsiyalar hajmini hozirgi tejash darajasidan mustaqil bo'lishida. Barter tizimida iste'mol qilinmagan tovarlar mablag'larni tejash bilan bir qatorda sarmoyani ham tashkil etadi. Ya'ni investitsiyalar joriy tejashdan farq qilmaydi. Hozirgi tejamkorlik qancha ko'p bo'lsa, sarmoyalar shuncha ko'p bo'ladi. Biroq, zamonaviy iqtisodiyotda bu shunday emas. Pulni tejaydigan uy xo'jaliklari bo'lsa, pulni asosiy vositalarga sarflaydigan firmalar. Shuning uchun investitsiya mablag'larni tejashdan farq qilishi mumkin, chunki investitsiya faoliyati tejash harakatlaridan ajralib turadi. Bundan ham muhimi, pul iqtisodiyotiga sarmoya joriy tejash darajasidan oshib ketishi mumkin. Sarmoyalarning tejamkorlikdan oshib ketishi mumkin, chunki yangi pullar hukumat tomonidan valyuta ko'rinishida yoki banklar tomonidan bank depozitlari shaklida yaratilishi mumkin va bu iqtisodiy rivojlanish maqsadi uchun muhimdir. Rivojlangan mamlakatlarda bo'sh ishlab chiqarish quvvati mavjud bo'lgan depressiya davrida hukumat yoki banklar tomonidan yangi pul mablag'larini yaratish orqali investitsiyalarning ko'payishi tovarlar va xizmatlarga umumiy talabning oshishiga olib keladi. Bunday paytlarda ortiqcha imkoniyatlar mavjudligi sababli tovar va xizmatlar taklifi elastik bo'ladi. Shunday qilib, yaratilgan pul mablag'lari hisobidan investitsiyalar natijasida hosil bo'lgan yalpi talabning ko'payishi tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining kengayishiga olib keladi va shu bilan bandlik darajasining oshishiga olib keladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda yaratilgan pullar iqtisodiy rivojlanishni rivojlantirishda foydali rol o'ynashi mumkin. Investitsiyalarni tezlashtirish yoki kapitalni shakllantirish orqali tez iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Ammo investitsiya stavkasini oshirish uchun qo'shimcha resurslar talab qilinadi. Davlat qarzlari o'z-o'zidan rivojlanish uchun yetarli investitsiya manbalarini ta'minlay olmaydi. Shuning uchun hukumat yangi pul yaratish orqali investitsiya qilinadigan resurslar hajmini hozirgi tejash darajasi asosida mumkin bo'lgan hajmdan oshirishga harakat qilmoqda. Yangi yaratilgan mablag'lar sanoat, shuningdek qishloq xo'jaligi sohalarida ishlab chiqarish, daromad va ish bilan bandlikni ko'payishiga olib keladigan investitsiya loyihalariga sarflanishi mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlarda pul taklifining har qanday o'sishi narxlarning ko'tarilishiga yoki inflyatsiya bosimining paydo bo'lishiga olib keladi degan fikr keng tarqalgan. Biroq, bu har doim ham to'g'ri emas. Yangi yaratilgan pulning oqilona miqdori investitsiyalar darajasini oshirish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradi. Rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda ko'plab tabiiy va inson resurslari ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilishi mumkin bo'lgan to'liq foydalanilmagan va ishlatilmagan.
Agar yangi yaratilgan mablag'lar kichik sug'orish ishlari, melioratsiya sxemalari, toshqinlarga qarshi kurash va tuproq eroziyasiga qarshi choralar, tezkor daromad keltiradigan dachalar ishlab chiqarish kabi loyihalarga sarmoya kiritishga sarflansa, inflyatsiya xavfi bo'lmaydi. Ushbu tezkor loyihalar qisqa vaqt ichida eng muhim iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni ko'paytiradi va shuning uchun narxlarning ko'tarilishiga yo'l qo'ymaydi. Bundan tashqari, agar rivojlanish strategiyasi qishloq xo'jaligi va boshqa ish haqi tovarlari ishlab chiqarish sohalariga ustuvor ahamiyat berilsa va barcha fermerlarni sug'orish inshootlari, o'g'itlar va serhosil navlar bilan ta'minlash bo'yicha tashkiliy va institutsional islohotlar amalga oshirilsa, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini oshirish mumkin. Ushbu doirada, narxlarga katta salbiy ta'sir ko'rsatmasdan investitsiyalar darajasini oshirish uchun yangi pullar yaratish mumkin.
Monetizatsiya va iqtisodiy o'sish: Bundan tashqari, ma'lumki, kam rivojlangan mamlakatlarning aksariyati monetizatsiya qilinmagan (ya'ni barter) katta sektorga ega, bu yerda ishlab chiqarish faqat yashash uchun mo'ljallangan. Iqtisodiy faoliyatning yashash xususiyatini buzish va shu tariqa iqtisodiy o'sish uchun yangi kuchlarni yaratish uchun uni monetizatsiya qilish zarur. Pulni joriy etish uni zamonaviy sektor bilan aloqada bo'lishiga yordam beradi. Yashash sektorining zamonaviy sektor bilan bu aloqasi uning ishlab chiqarish hajmining kengayishiga olib keladi. Zamonaviy sanoat sektori mahsulotlarini olish uchun, tirikchilik bilan shug'ullanadigan odamlar o'z mahsulotlarini oshirishga harakat qilishadi. Shunday qilib, mahsulotning o'z-o'zini iste'mol qilishdan ortig'i shu tarzda hosil bo'ladi, bu oxir-oqibat ularning yashash xususiyatini buzadi.
Uni rivojlanayotgan mamlakatlarning o'tmish tarixi qo'llab-quvvatlaydi. Mustamlakachilik davrida dehqonlar sektorining monetizatsiyasi import qilinadigan sanoat mahsulotlari evaziga eksportning kengayishiga olib keldi. Bu ularning qishloq xo'jaligini rivojlanishini sezilarli darajada tezlashtirdi. Eksport uchun ishlab chiqarish hajmining o'sishiga o'xshab, qishloq xo'jaligining yordamchi tarmog'iga pulni kiritish va uning zamonaviy sektor bilan aloqasi, oziq-ovqat donlari va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlarining xaridorgir bo’lib ketishiga olib keladi, bu esa iqtisodiy rivojlanishning muhim omili hisoblanadi. Agar qishloq xo'jaligi mahsulotlarida narxlarning ko'tarilishi, ehtimol, xuddi shunday bo'lganidek, yaratilgan pul mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiyalarning ko'payishi natijasida yuzaga kelsa, bu ko'proq oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni bozorga yetkazib berish uchun turtki bo'lib xizmat qiladi. Qishloq xo'jaligi daromadlarining o'sishi sanoat mahsulotlariga talabni oshiradi va shuning uchun ularning o'sishini tezlashtiradi.
Bundan tashqari, tirikchilik sektorining monetizatsiyasi ham jamg'arma hajmini oshirishga yordam beradi. Monetizatsiya ushbu sektorni tijorat va kooperativ banklari va sug'urta kompaniyalari kabi moliya institutlari bilan aloqada bo'lishiga olib keladi. Jamg'arma foizlari evaziga ko'proq daromad olish imkoniyatlari, hozirgi kundagi tirikchilik sohasidagi odamlarning mablag'larini tejashga moyilligini oshiradi. Agar tegishli pul-kredit siyosati olib borilsa, unda barcha daromadlarini iste'mol qilish yoki to'plash o'rniga, ular o'zlarining bir qismini moliyaviy vositachilarga topshirishlari mumkin.
Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomalasini qonuniy va mutonosib ravishda tashkil qilishda qo'llaniladigan uslublar mujmuasi tushuniladi. Tarixan Pul tizimining metall pul muomalasi va pul belgilari (qogʻoz pullar) muomalasi koʻrinishlari bor. Oʻz navbatida metall pul muomalasi tizimi bimetallizm va monometallizmta boʻlinadi.
Pul tizimi quyidagi asosiy elementlari o’z ichiga oladi:
Pul birligi - so'm, rubl va boshqalar.
Baho masshtabi- dastlab u pul birligining oltinga teng qismi sifatida, hozir jahon pullariga nisbati.
Pulning turlari. Qiymatni o’zida ifodalanishiga ko’ra pullar ikki turga haqiqiy va haqiqiy pulni o’rnini bosuvchi pullarga bo’linadi.
Haqiqiy pullar nominal qiymatini o'zida ifodalovchi real qiymatga ega bo’lgan metal pullar bo’lib ular har xil shakllarda chiqarilgan. Qog'oz pullar haqiqiy pullarning vakili bo’lib pulning muomala funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.
Umuman pullar quyidagi turlarga bo’linadi.
  1. Qog'oz pullar


  2. Kredit pullar. Kredit pullar qog'oz pullardan farq qilib ular bir vaqtni o’zida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo’lib, kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarga davlat banki biletlar veksel, banknot, chek, kredit kartochkasi va boshqalar kiradi.




  1. Tangalar. Asosan nikel va bronzadan tayyorlanadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko'ra birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, VII asrlarda hozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiyev rusida zarb qilingan. Dastlab tangalar oltindan, keyinchalik ular boshqa metallda zarb qilingan.


Qog'oz pullar tarixiy manbalarga ko'ra XII-asrda Xitoyda, 700-yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar Buxoro davlatida qog'oz puldan foydalanilgan. Amerika va Yevropada qog'oz pullar XVII-XVIII asrlarda chiqarilgan.


Emissiya tizimi - Bu muomaladagi bank biletlari, xazina biletlari, qog'oz pullar va qimmatli qog'ozlarni chiqarishdir. Buni Markaziy bank amalga oshiradi. Qimmatli qog'ozlarni ularni emitentlari - davlat, banklar, hissadorlik jamiyatlari chiqaradi. Muomaladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasi- Markaziy bank.
Pul tizimining tarixan 2 turi mavjud:
Metall pullar tizimi.
Kredit va qog'oz pullar tizimi.
Metal pullar tizimi bimetalizm (oltin va kumushni qonuniy tartibda umumiy ekvivalent ekanligi) va monometalizm (faqat ularni birini umumiy ekvivalentligi) turlariga bo’linadi.
Muomaladagi pullarning asosiy qismini qog'oz pullar tashkil qiladi. Qog'oz pullardan foydalanilishiga sabab:
  1. Qimmatbaho metallar, xususan oltin tanga pullarni real va nominal qiymatlari o’rtasidagi farqni vujudga kelishi. Masalan. 10 grammlik tanga faydalanilishi tufayli 7 grammga kelgan.




  1. Ba’zi mamlakatlarda pulni real va nominal qiymatlari to’g'ri bo’lmagan qalbaki tangalarni chiqarilishi.


v) Metal pullarni buzilishi, yo’qolishi davlat xazinasiga qimmatga tushadi. Qog'oz pulni chiqarish bunga nisbatan arzonga tushadi.


Ravojlangan mamlakatlarning pul tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
Pul birligi.
Valyuta kursini belgilovchi qoidalar.
Baho masshtabi.
Pul ko’rinishlari – kredit biletlari, qog'oz pul va tanga.
Emissiya tizimi.
Davlat yoki kredit apparati.
Rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimi quyidagi xususiyatlarga ega:
  • Oltinga almashilmaydigan, keyinchalik qog'oz pul aylanadigan, kredit pullarga o’tish.




  • Pulni muomalaga nafaqat xo’jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqarish.




  • Pul muomalasida naqd pulsiz aylanishning ustunligi




  • Pul muomalasini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi.


Shu kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning, hatto ayrim mamlakatlar pul tizimi o’ziga xos xususiyatlarga ega.


Pul tizimining rivojlanish bosqichlari va ularga tavsif
Pul kashf etilguniga qadar odamlar (ya’ni turli jamiyat vakillari) mahsulotga mahsulot ayirboshlash usuli (barter)dan foydalanishgan va bu jamiyatdagi o’zaro almashinuvga asoslangan savdoning eng birinchi va sodda shakli hisoblanadi. Lekin ikki tomonning istak va ehtiyojlar bir-biriga mos kelmasa, bu savdo usuli ish bermaydi. Pul ana shu cheklovni yengib o’tish maqsadida muomalaga kiritilgan. Avvaliga odamlar ayirboshlash uchun bozorda xaridorgir bo’lgan arpa, kakao donlari, makkajo’xori, guruch va shunga o’xshash boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishgan. Keyinchalik savdoga oltin va kumush to’lov birligi («bimetallizm») sifatida kirib kelgan va keng tarqalgan. Odatda ushbu ikki metall tangalar shaklida qo’yilgan. Oltin ham, kumush ham uzoq muddat muomalada bo’la olgani, ixcham va kamroq miqdorga osongina taqsimlanish xususiyatiga ega bo’lganligi uchun jamiyatda juda ommalashgan.
Shu xususiyatlari sabab, asrlar davomida oltin qiymat jamg’aruvchi sifatida boylikni saqlashning qulay vositasi ham hisoblangan. Oltin miqdori cheklangan bo’lib tabiiy ravishda qimmat, kumush esa oltindan arzon va miqdori ko’p bo’lgani uchun «likvid» (ya’ni doimiy ravishda sotiluvchi va sotib olinuvchi, ya’ni qisqa muddatda ko’p marta qo’ldan qo’lga o’tuvchi) pul birligi sanalgan va odatda kundalik savdo uchun foydalanilgan.
Qiymati va hajmi sabab ko’pchilik foydalanuvchilar oltin tangalarini saqlashda zargarlarga ishonishgan, chunki eng xavfsiz saqlash tizimi zargarlarda bo’lgan. Shunday qilib, bu xavfsiz joylar «pul omborlari»ga aylangan. Oltindan foydanuvchilar o’rtasidagi o’tkazmalarni osonlashtirish maqsadida zargarlar tomonidan oltin tilxatlari muomalaga kiritilgan. Vaqt o’tishi bilan jamiyatda zargarlar tomonidan taqdim qilingan oltin guvohnomalar (sertifikatlar) oltin kabi qiymatga ega deya tan olingan. Shunday qilib, ushbu “ramziy pullar” pul rivojlanishining ikkinchi bosqichi sifatida namoyon bo’lgan.
Daromadlarini oshirish maqsadida zargarlar ularga saqlashga berilgan va vaqtincha foydalanilmayotgan oltinlarni odamlarga qarzga berishni boshlashgan va ular (ya’ni zargarlar) asta sekin omonatchilar va qarzdorlar o’rtasidagi vositachiga aylanishgan. Zargarlar qarzdorlardan foiz undirishar va o’z omonatchilariga oltinlarini saqlashda davom etganliklari uchun kamroq foiz (omonat foizi) to’lashardi.
Har yili oltinning ozgina qismigina (hisob-kitoblarga ko’ra, 15 foizga yaqini) omonatchilar tarafidan qaytarib olingan, katta qismi esa omborxonalarda saqlanishda davom etgan. Zargarlar esa yanada ko’proq daromad olish maqsadida, o’zlarida saqlanayotgan oltin miqdoridan ko’ra ko’proq miqdordagi oltin uchun qarz tilxatlari shaklidagi pattalar (kvitansiyalar) berishni boshlashgan.
Buni, qog’oz va kredit pullar yaratishning ilk namunasi deyish mumkin. Iqtisodiyotning qon tomiri hisoblanuvchi pul, doimiy muhokamalarning dolzarb mavzusi bo’lib kelgan. Charxpalak suvsiz ishlamagani kabi iqtisodiyot ham pulsiz ishlamaydi. Pul deganda mahsulot va xizmatlari uchun to’lov vositasi sifatida qabul qilingan narsa tushuniladi. Bugungi kunga kelib qog’oz pullar butun dunyoda keng tarqalgan to’lov vositasiga aylangan. Pulning eng muhim hisoblanuvchi uchta asosiy vazifasini tushunib olishga harakat qilamiz: Ayirboshlash (almashuv) vositasi (bu vazifasi mavjud bo’lmaganida barcha operatsiyalar barter ko’rinishida o’tkazilardi);
Qiymat jamg’aruvchi (ya’ni boshqa ko’plab aktivlar singari u ham vaqt o’tishi bilan o’z qiymatini saqlab turadi, biroq pul boshqa aktivlarga qaraganda ko’proq likvidlikka ega);
Qiymat o’lchovi (barcha mahsulot va xizmatlarning qiymati pulda aks etadi. U mahsulot va xizmatlarning pulda aks etishida umumiy muvofiqlashtiruvchi birlik bo’lib xizmat qiladi).
Pulning bugungi kundagi holatga yetgunicha bo’lgan rivojlanish taraqqiyot bosqichlari (evolyutsiyasi):
Mahsulot (ko’rinishidagi) bosqichi: pul, qachonlardir mo’yna, arpa, guruch va keyinchalik oltin va kumush kabi qimmatli mahsulot buyumlar ko’rinishida mavjud bo’lgan;
Savdo mahsuloti pullari bosqichi: pul, bu bosqichda qog’oz pullarga aylangan, biroq bu pullar oltin bilan ta’minlangan va haqiqatan ham ularni istalgan vaqtda oltinga almashtirib olish mumkin bo’lgan;
Qog’oz pul bosqichi: qog’oz va elektron pullar hamma joyda tarqalgan, biroq bu pullar haddan tashqari qadsizlanib ketmasligi uchun ularni o’ta ko’p miqdorda bosib chiqarmaslik haqidagi hukumat va’dasidan tashqari hech narsa bilan mustahkamlanmagan.
O’zbekiston hududida dastlabki metall tangalarlar mil. avv. 6-asrda Doro I davrida zarb etilgan, og’irligi 8,4 g ni tashkil etgan "darik" deb nomlangan tilla tangalar, deb taxmin qilinadi. Mil. avv. 3-1-asrlarda va undan keyingi davrda zarb etilgan tangalar namunalari hozirgacha saqlanib qolgan. Ular jumlasiga Antiox I (mil. avv. 281-261 yillar), Yevtidem I (mil. avv. 235-200 yillar), Demetriy I (mil. avv. 200-185 yillar), Yevkratid I (mil. avv. 171-155 yillar), Mitridat II (mil. avv. 124-88 yillar) va Germey (mil. avv. 75-55 yillar) tangalari kiradi. 8-asrning o’rtalarida O’rta Osiyoda arablar hukmronligi boshlanganidan so’ng savdo muomalasini amalga oshirish uchun vazni 4,3 g bo’lgan oltin dinor, maosh va soliqlar to’lovi uchun vazni 2,8 g. bo’lgan kumush dirhamlar va kundalik savdosotiq uchun mis tangalar - fuluslar zarb etilib, muomalaga chiqarilgan. Amir Temur davrida Samarqandda tangalar zarb etiladigan maxsus zarbxonalar tashkil etilgan, birinchi marta turkiy nom, ya’ni "tanga" deb atalgan, vazni 4,5-4,7 g bo’lgan kumush tangalar, vazni 2 g ni tashkil etgan oltin dinorlar va vazni 1,8 g bo’lgan va kumushdan tayyorlangan mirilar zarb etila boshlagan.
Qog’oz pullar. Qog’oz pullar yuzaga kelishining quyidagi bosqichlarini keltirish mumkin:
1-bosqich — tangalarning uzoq vaqt muomalada bo’lishi, qo’ldan qo’lga o’tishi natijasida yemirilishi;
2-bosqich — tanganing metall tarkibining buzilishi. Davlat tomonidan ongli ravishda davlat xazinasiga tushumni oshirish maqsadida tangalarning metall (oltin, kumush) miqdorining kamaytirilishi. Bu bosqichda tanga tarkibining buzilishiga oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarishning qiyinligi, ular zaxiralarining kamligi ham sabab bo’lgan;
3-bosqich — davlat tomonidan emission daromad olish maqsadida xazina biletlarining chiqarilishi.
Xitoyda bizning davrimizning 800-yillarida paydo bo’lgan. Metall tangalarni uzoq masofalarga tashish juda qiyin edi, shuning uchun hukumat qog’oz pullarni muomalaga chiqaradi. Savdogarlar tangalar bilan emas, balki "qattiq" pulga oson almashtirilgan maxsus sertifikatlar bilan to’lashni boshlashdi. Ushbu guvohnomalarda odamlar, daraxtlar, mansabdor shaxslar o’z imzolari va muhrlarini qo’yishgan. Qog’oz pullardan foydalanish juda oson. Tangalar bilan taqqoslaganda, ularni saqlash oson va hisob-kitoblar uchun qulay. Qog’oz pullar maxsus belgilar bilan himoyalangan, masalan, suv belgilari, turli xil ranglar sxemalari va boshqalar. Bu davlat pullarini himoya qilishdir. Bunday pulni soxtalashtirish juda qiyin. Qog’oz pullar ikkita funksiyaga ega: almashinuv vositasi va to’lov vositasi. Ularni oltinga almashtirish mumkin emas, shuning uchun ular muomaladan chiqmaydi. Ba’zida davlat naqd pul yetishmasligini boshdan kechirayotgani sababli qog’oz pullarni ko’proq chiqaradi. Ammo, agar siz mamlakatda tovar aylanishini hisobga olmasangiz, bu xavfli bo’lishi mumkin. Natijada qog’oz pul muomalada "qotib qoladi" va ularning qadrsizlanishi sodir bo’ladi. Shunday qilib, qog’oz pullarning mohiyati shundaki, ular davlat tomonidan chiqarilgan, oltinga almashtirilmagan va ma’lum qiymatga ega. Qadimgi qog’oz pullar qirralari yigirma-o’ttiz santimetr bo’lgan katta to’rtburchaklar shaklidagi choyshablar bo’lgan. Qog’oz pullarni G’arbga Xitoydan qaytayotgan sayohatchilar olib kelishgan.
Oltin va qog'oz pullarning o'zaro nafliligi
Kredit pulning bozordagi qadri faqat to’lov kafolati va qisman likvidlik va spekulyatsiya komponentlaridan tashkil topib, u tub qiymatga ega emas. Odatda kredit pulni bir bo’lak qog’oz yoki elektron kiritilgan yozuv ko’rinishida uchratish mumkin va ushbu qog’oz yoki elektron yozuv faqatgina va’da beruvchining kelajakda tovar yoki xizmat yetkazib berish uchun yozilgan kafolatini ifodalaydi xolos. Misol uchun bozor ishtirokchilaridan biri bozorga xaltalab bug’doy ko’tarib borishga erinib, bir tanishining qo’liga kelasi yili senga 50 kg bug’doy beraman degan ma’nodagi kafolat xatini tutqazadi va undan bitta toychoq sotib oladi. Kafolat xatini bergan odamni orolda hamma yaxshi tanigani va u qarzlarini hamma vaqt o’z vaqtida qaytarishiga hamma ishonganligi sababli, bozorning boshqa ishtirokchilari bilan ham o’zining kafolat xati vositasida savdo amalga oshira boshlaydi. Buning qulayligini ko’rgan orolning boshqa obro’li fuqarolari ham kafolat xatlari orqali savdo qilishni boshlashadi. Shu tariqa bozorda qog’oz pullar (kafolat xatlari) bilan savdo qilish urfga aylanadi. Ko’rib turganingizdek kredit pul tub qiymatga ega emas. Agarda kafolat xatining egasi qarzini to’lashdan bosh tortadigan bo’lsa, kredit pulning qadri faqat bir bo’lak qog’ozga teng bolib qoladi. Ishlab chiqarish va tovar aylanmaning rivojlanishi, metall pullarning yetishmasligi kredit munosabatlarning rivojlanishiga olib keladi. Tovar va to’lov aylanmaning ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir qatorda, kredit vositalari: chek, veksel, banknotalar chiqarilgan.
Kredit pullar deb, kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to’lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi. Kredit pullar o’zining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki ularni yaratish uchun abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit pullar qog’oz pullardan farq qilib, ular bir vaqtning o’zida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo’lib, kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarning asosiy turlaridan biri vekseldir.
Veksel - bu qarzdorning (oddiy veksel) yoki kreditorning (o’tkazma veksel - tratta) ko’rsatilgan summani, ko’rsatilgan vaqtda va joyda to’lash to’g’risidagi yozma majburiyati hisoblanadi. Tijorat veksellarning oddiy va o’tkazma turlari mavjud. Undan tashqari, ma’lum summani qarzga berish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy veksellar mavjud. Moliyaviy vekselning bir turi xazina veksellari bo’lib, ularda davlat qarzdor sifatida ishtirok qiladi. Yana veksellarning o’rtoqlik, bronza veksel turlari mavjud.
Banknota — kredit pullarning yetakchi vakillaridan bo’lib, Markaziy bank tomonidan, veksellarni hisobga olish yo’li bilan chiqariladi. O’tmishda banknota muddatsiz majburiyat bo’lib, xohlagan vaqtda uni bankka topshirib, o’rniga unda ko’rsatilgan summaga oltin yoki kumush olish mumkin bo’lgan.
Veksel banknotadan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
-Veksel ma’lum muddatni o’zida ifodalaydi (3—6 oy muddatga ega bo’lgan veksel),
Banknota ma’lum muddat bilan chegaralanmaydi;
-Veksel bo’yicha vekselni bergan tomon uni to’lashni kafolatlasa, banknotada uni to’lashni davlat (davlat banki) kafolatlaydi.
Banknota qog’oz pullardan quyidagilar bilan farq qiladi:
-kelib chiqishi bo’yicha qog’oz pullar, asosan, muomala vositasi funksiyasini bajarish asosida, banknotalar to’lov vositasi funksiyasi asosida kelib chiqqan; -almashinuvi bo’yicha, banknotalar oldin oltin va kumushga almashtirilgan, qog’oz pullar esa metallarga hech qachon almashtirilmagan;
-emissiya qilinishi bo’yicha, qog’oz pullarning banknotalardan farqi bo’lgan (xazina biletlarini Moliya vazirligi, banknotalarni Markaziy bank chiqargan) va hokazo. Hozirgi zamon banknotalari, albatta, oltinga almashilmaydi. Lekin ular quyidagi yo’llar bilan pul muomalasiga kelib tushadi:
-xo’jaliklarni bank tomonidan kreditlash orqali berilgan kreditlarning bir qismi muomalaga kirib keladi;
-davlatni kreditlash. Ya’ni banknotalar davlatning qarz majburiyati sifatida muomalaga chiqadi;
-aktiv to’lov balansiga ega bo’lgan davlatlarda rasmiy valuta zaxiralarining o’sishi orqali va boshqalar.
Chek - veksel va banknotadan keyin paydo bo’lgan kredit vositasi hisoblanib, to’lovchining o’z bankiga uning schotidan mablag’ni oluvchining schotiga o’tkazib qo’yish to’g’risidagi buyrug’i. Birinchi cheklar taxminan 1683-yilda Angliyada qo’llanila boshlagan. Chekning quyidagi turlari mavjud:
l. Ismi yozilgan chek — bu chek bir kishi nomiga yoziladi va uni boshqaga berish mumkin emas.
  1. Orderli chek — bir kishi nomiga yozilgan va uni indossament bo’yicha boshqa shaxsga berish mumkin.


  2. Ko’rsatilganda to’lanishi lozim bo’lgan chek.


  3. Hisob cheki — naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo’llaniladigan chek.


5.Akseptlangan chek — bank chekni to’lash bo’yicha rozilik beradi va boshqalar. Chek yordamida bankdan naqd pul olish mumkin, u bilan to’lovlarni va boshqa hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin.


Naqd va kredit pullarning xususiyatlari
Elektron pullar - bu bank kartadagi yoki elektron hamyondagi pullar. Elektron hamyonlardan bank kartasiga osongina pul o’tkazishingiz mumkin va naqd pul berishingiz mumkin va aksincha, uni elektron hamyondan boshqa elektron hamyonga joylashtirish mumkin. Bugungi kunda elektron to’lov tizimlarining mutlaq yetakchilari uchta to’lov tizimidir:
-WebMoney;
-RBK Money; -Yandex Money.
Virtual pul va kriptovalyutalar – hozirgi kunda paydo bo’lib, shakllanib borayotgan ushbu bosqich, pul doim ham bir shakl va ko’rinishda bo’lmasligini ko’rsatadi va bu jarayon aynan siz va bizning ko’z o’ngimizda yuz berayotganligi e’tiborlidir. Qog’oz pullar bu – ichki qiymatga ega bo’lmagan har qanday pul birligi (valyuta). U faqatgina hukumatning bosib chiqaralayotgan (qog’oz) pul birligi qonuniy to’lov vositasi ekani haqidagi hujjat bayonoti bilan ta’minlangan bo’ladi va uning (pulning) qiymati ushbu hukumatga bo’lgan ishonchga asoslanadi. Pul birligining qadri yo’qolmasligi uchun hukumat uni qalbakilashtirilishidan himoya qilishi va bosib chiqarilgan pul hajmini nazorat qilishi va mas’uliyat bilan boshqarishi lozim. Qog’oz pullar bosib chiqarish bo’yicha nazorat, hamda qisman zaxira to’plash bilan bog’liq bank amaliyotlari asosan ushbu vakolatga ega bo’lgan Markaziy banklar tomonidan amalga oshiriladi.
Har qanday iqtisodiyotdagi pullarning katta qismi banklar tomonidan bank omonatlari ko’rinishida yaratilishini o’qib hayron qolsangiz kerak. Gap shundaki, banklar har safar kredit berganida yangi pullar hosil bo’ladi. 2014 yilning mart oyida Angliya banki “Zamonaviy iqtsodiyotda pullarning yaratilishi” nomli hisobotini chiqardi. Unda quyidagi fikr bayon etilgan: “Har safar, yirik tijorat banklari yangi kredit (qarz) berganida bank omonatlari ko’rinishidagi pullarni yaratadi”.
Agar hukumat ko’proq pul bosib chiqarishga qaror qilsa, iqtisodiyotda pul ko’payadi. Bunda mahsulotning bozordagi qiymati o’zgarmaydi, ammo pul birligining xarid qobiliyati pasayadi, ya’ni bozordagi o’sha-o’sha mahsulot uchun ko’proq pul to’lash kerak bo’ladi, bu esa pulning qadrsizlanishi (inflyatsiya)ni keltirib chiqaradi.
Oddiy iqtisodiy sharoitda pul hajmi mahsulot ishlab chiqarishga qaraganda tezroq o’sganida pul qadrsizlanadi, ammo bu biroz sodda tasavvur. Pul hajmi asosan yangi qarzlar paydo bo’lishi hisobiga o’sadi, bu esa oxir oqibat aktivlarning narxi pufak kabi shishishiga olib boradi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi Vengriyada yuz bergan kuchli pul qadrsizlanishini misli ko’rilmagan giperinflyatsiya deyish mumkin. O’shanda (1946 yilning iyul oyi) 41,900,000,000,000,000% pul qadrsizlanish ko’rsatkichi qayd etilgan, bu esa narxlar har 15,3 soatda ikki baravar oshgan degani (istasangiz, Zimbabvedagi 500 milliard foizlik haddan tashqari kuchli inflyatsiya haqida ham o’qishingiz mumkin). Agar qog’oz pul birliklari hech qanday qadrga va ichki qiymatga ega bo’lmasa, unda nima uchun ular butun dunyoda qabul qilingan? Qog’oz pul birliklari halihanuz asosiy ikki sabab bilan muomalada qolmoqda:
  • pulning qiymati uni muomalaga chiqaruvchi davlat (emitent)ga bo’lgan ishonchgagina bog’liq, bu esa davlatdan biror bir qo’shimcha xarajat yoki majburiyat talab qilmaydi;


  • qog’oz pullarni muomalaga chiqarish oson va qulay.


Naqd pul aylanishi va uning xususiyatlari


Ma’lumki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari pullik munosabatlar orqali amalga oshadi. Ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslarni sotib olish, ularni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotish jarayoni odatda korxona va tashkilotlar o’rtasida olib boriladigan pullik munosabatlarga bog'liq.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar o’rtasidagi va xo’jaliklarni o’z xodimlari bilan bo’ladigan hisob – kitob munosabatlari naqd pullik va naqd pulsiz shaklda olib boriladi.
Naqd pullik hisob – kitoblarga kelganda naqd pulning harakati bankdan boshlanadi. Naqd pul bankdan chiqgach korxona va tashkilotlar kassasi orqali aholi qo'liga o'tadi. Oldi – sotdi va to’lov harakatlari bajarilgach u yana bankga qaytadi.
Mobil va elektron pullar
21 asrga kelib pulning ikki ilg’or ko’rinishi ommalashdi: mobil to’lovlar va kriptavalyutalar. Mobil to’lovlar orqali odatda smartfon yoki planshetdagi ilovalar orqali mahsulot va xizmatlar uchun pul to’lash yoki boshqa odamlarga pul o’tkazmalarini osonlik bilan amalga oshirish mumkin. Dunyoda Apple Pay, AliPay kabi xizmatlar, O’zbekistonda esa PayMe, Click kabi mobil to’lov ilovalari tadbirkor va xaridorlar o’rtasidagi muhim bo’g’inga aylanib bormoqda.
Elektron pullar kompyuterlarda yozilgan raqamlardir. Dunyodagi eng yirik pul amaliyotlari shu raqamlarni bir hisobdan boshqa bir hisobga ko’chirish orqali amalga oshiriladi.
Kriptovalyuta
Virtual valyutalar orasida eng mashhuri 2009 yilda Satoshi Nakamoto taxallusli odam yaratgan deya hisoblanadigan Bitkoindir. Kriptovalyutalar jismoniy shaklga ega emas. Moliyachi mutaxassislar, kriptovalyutalarni quyidagi jihatlariga ko’ra boshqa pullardan afzal deb hisoblashadi: - ular bilan turli amaliyotlarni bajarish arzonroq;
  • xavfsizlik va maxfiylikni ta’minlash osonroq;


  • moliyaviy mustaqillik talablariga javob beradi;


  • amaliyotlarni tezroq o’tkazish mumkin;


  • xalqaro to’lovlarni amalga oshirish yengilroq (davlatlararo to’lovlar tez va arzonroq amalga oshiriladi);


  • davlatlar emissiya qilgan milliy valyutalardan farqli ravishda markazlashmagan holda ishlaydi.


Umuman, pul o’z taraqqiyotida quyidagi 4 bosqich va 4 shaklga ega bo’lgan:


Tovar shaklida - “qo’yma” asrimizdan oldingi VII asrgacha
Tanga pullar – “tanga” asrimizdan oldingi VII-XIX asrlar
Qog’oz pullar – “banknota” XIX-XX asrlar
Elektron pullar – “kartochka” XX asr o’rtalaridan
Shuni ta’kidlash lozimki uzoq yillar davomida qimmatli metallar pul vazifasini bajargan va uning asosiy sabablari bo’lib:
Ularni qiymati yuqori, hajmi kichik.
Ular bo’linuvchan, ular bo’linganda sifatini yo’qotmaydi.
Ularning yaxshi saqlanishi (masalan, ko’mganda ham).
Ularni olib yurish qulay
Bir og’irlikdagi oltin bir-biridan deyarli farq qilmaydi (bir turdagi mo’yna birbiridan nimasi bilandir farq qilinadi) va boshqalar.
Ayrim manbalarga ko’ra (“Ekonomicheskaya teoriya” pod. red. V. I. Vilyapina,
Dobrinina A.I. Moskva. 2001 y str.141-166) dastlabki qog’oz pullar XII-asrda Xitoyda, 1571 yilda Fransiyada, 1690 yilda AQSh da, XVIII- asrda Yekaterina IIdavrida Rossiyada paydo bo’lgan. Qog’oz pullar muomalasini tashkil etishda Djon Lo (Fransiya 1710-1720 yillar), Dubasov I.I (1897-1987 yillar Rossiya) kabi ayrim shaxslar faoliyatini qayd etish lozim. Djon Lo duelda qatnashgani uchun London turmasidan qochib Gollandiyada, keyin Italiyada yashab ancha boylik ortirgan va 1710 yilda Fransiya davlat byudjeti daromadini oshirish bo’yicha hukumatga qog’oz pullar chiqarish bo’yicha taklif bilan chiqqan. O’sha paytda Fransiya Moliya Vaziri bo’lgan Djon Lo 1720 yilda pulni qadrsizlangani tufayli Fransiyani tark etadi. 1716-1720 yillardagi qog’oz pullar bo’yicha Djon Loni “Mashinnik i proroka” deyilsada, u Yevropa xalqini qog’oz pullarni ajoyib imkoniyatlaridan voqif etdi.
Pul tizimining tarkibiy qismlari va elementlari.
Pul aylanishi, uning mohiyati va tarkibiy qismlari
Pul aylanishi – bu naqd pullik va naqd pulsizlik olib boriladigan hisob – kitoblarning yig'indisidir. Pul aylanishi asosan ikki belgiga:
Jami ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish
Pulni funksiyalariga ko’ra tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin
Jami ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq holda pul aylanishi: tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, kapital qurilish bilan bog'liq aylanishga, hamda tovar va ularning harakati bilan bog'liq bo’lmagan aylanishga bo’linadi.
Tovar ishlab chiqarish va sotish jarayonidagi pul aylanishiga ishlab chiqarishga tegishli ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, mahsulotni sotish, tegishli tashkilotlar bilan hisob - kitoblar olib borish kiradi, ikkinchisiga kapital qurilish va ta’minlash sohasidagi hisob – kitoblar kiradi. Tovar va ularni harakati bilan bog'liq bo’lmagan aylanishga milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog'liq to’lovlar va boshqa tovar harakati bilan bog'liq bo’lmagan to’lovlar kiradi.

1-rasm

Pul funksiyalariga va to’lov turiga ko’ra pul aylanishi naqd pullik va naqd pulsiz aylanishga bo’linadi.


Umuman pul aylanishi quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi: 1.Pullik munosabatlarning turiga ko’ra:
  1. Tovar – moddiy qiymatlarni ayriboshlash jarayonidagi pul aylanishi


  2. Tovar xarakteriga ega bo’lmagan hisob – kitoblardagi pul aylanishi


2. To’lov usuliga ko’ra:


  1. Naqd pullik


  2. Naqd pulsiz 3. Pul munosabatlari ishtirokchilarining hududiy joylashishiga ko’ra:


  1. Bir xudud miqyosidagi pul aylanishi


  2. Xududlararo pul aylanishi


4. Pulni to’lov jarayonidagi ishtirokiga ko’ra:


  1. Aktiv pul aylanishi – to’lov jarayonida bevosita ishtirok etayotgan pul massasi


  2. Passiv pul aylanishi – ma’lum davr ichida, vaqtincha muomilada ishtirok etmayotgan pul massasi (jamg'armadagi, hisob – varaqlardagi bo’sh pul mablag'lari).


Pul aylanishi holatini tartibga solish bo’yicha hukumat organlari tegishli tartibda monetar va fiskal siyosatini olib boradi.


Monetar siyosat – mamlakatda pul massasi va pul bozorini tartibga solishdir.
Monetar siyosatning bosh g'oyasi – iqtisodiy o’sishni bozor mexanizmi ta’minlaydi. Bu mexanizmning asosiy vositasi - pul. Davlat yalpi talabga muomaladagi pul miqdorini tartibga solish bilan ta’sir etishi kerak. Bunga ko’ra muomaladagi pul miqdori = Yalpi milliy mahsulot
Monetar siyosat: Harakatdagi pul miqdorini belgilash, uni qat’iy nazorat qilish; tijorat banklari faoliyatini ko’zatib borish: kredit emissiyasini bajarib borish; Davlat oltin – valyuta zaxirasini yaratish va foydalanishni ko’zda tutadi.
Davlat xarajatlari va soliqqa tortish bo’yicha chora – tadbirlar ko’rish orqali mamlakatdagi ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni yechishga qaratilgan siyosat fiskal siyosat deyiladi.
Fiskal siyosatning asosiy vazifasi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun davlat pul fondlarini markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.
Fiskal siyosat avtomatik va diskresion siyosatga bo’linadi. Avtomatik deganda hukumat tomonidan qo’shimcha chora – tabirlar belgilamay mavjud iqtisodiy mexanizm orqali iqtisodiy o’zgarishlarga moslashuvchan siyosat tushuniladi. Soliq tuzilmalarini iqtisodiy konyuktura o’zgarishiga bog'liqligi va boshqalar.
Diskression (lotincha dissrecio – o’z qaroriga qarab amal qiluvchi) siyosat davlat tomonidan yalpi milliy mahsulotning real hajmiga, bandlik, inflyatsiya va iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatish maqsadida davlat tomonidan aniq chora – tadbirlarni belgilash tushuniladi. Doimiy amal qiluvchi qonunlar, qoidalar, me’yorlarga qo'shimcha ravishda yoki ularni o’zgartirish bo’yicha tezkor tarzda majburiy chora – tadbirlar ko’riladi (soliq reformasi va boshqalar).
Umuman olganda fiskal siyosat ijtimoiy himoya usullarini, byudjet daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini oshirish siyosati, narx – navoni pasaytirishga ta’sir ko’rsatish kabi chora – tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi:
  • pul birligi;


  • narxlar ko'lami;


  • pul turlari;


  • emissiya tizimi;


  • davlat yoki kredit apparati.


Xalqaro pul tizimi va uning elementlari valyuta va moliya konferensiyasi majlisida 1944 yilda tashkil etilgan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu davlatlararo oltin valyuta standarti joriy etish haqida qaror qabul qilindi Bretton Vuds, Amerika Qo'shma Shtatlarida. Bu kelishilgan va ba'zi qoidalar belgilangan edi:


Gold vazifasini amalga, ikki mamlakat o'rtasidagi hisob yakuniy vositasi sifatida tan olingan jahon pul, shuningdek, ijtimoiy boylik baholash uchun standart bo'lib xizmat qilgan.
Dollar va ingliz funt - pul AQSh va Britaniya birligi jahon iqtisodiyotida oltin foydalanish bilan birga joriy etildi.
oltin bozor qiymatini o'rnatish Qo'shma Shtatlar rasmiy qiymati asosida tashkil etildi.
Milliy valyutadagi erkin oltin keyin mamlakat Markaziy banki dollar uchun almashildi va mumkin. Bu birja ikki mamlakat o'rtasidagi ko'p tomonlama hisobkitoblar imkoniyati hissa qo'shgan. tufayli mamlakat oltin zahiralari tükenmesi AQSh bozorini tashqi holatiga zaiflashishiga natijasida, dollar benchmark asoslangan xalqaro pul tizimi va uning tarkibiy qismlari, bankrotlik azob. dollar o'rniga zaxira valyuta keldilar - nemis belgisi, SDR, ECU va Yaponiya ien va oltin dollar narxi rasman bekor qilindi.
Pul birligi - bu barcha tovarlarning narxlarini o'lchash va ifoda etish uchun ishlatiladigan qonuniy valyuta. Pul birligi kichik multiplikatorlarga bo'linadi. Ko'pgina mamlakatlarda o'nlik bo'linish tizimi o'rnatilgan: 1: 10: 100 (1 AQSh dollari 100 sentga teng).
Narxlar shkalasi - bu pul birliklarida qiymatni ifodalash vositasi, pulning texnik funktsiyasi. Rasmiy narxlar shkalasi ayirboshlash tugashi bilan iqtisodiy mohiyatini yo'qotdi kredit pul oltin uchun. 1976-1978 yillarda Yamayka valyuta islohoti natijasida. Oltinning rasmiy narxi va pul birliklarining oltin tarkibi bekor qilindi. Hozirgi vaqtda narxlar shkalasi o'z-o'zidan rivojlanib, tovarlarning qiymatlarini narxlar yordamida o'lchashga xizmat qilmoqda.
Qonuniy to'lov vositasi bo'lgan pul turlari, asosan bank kupyuralari, shuningdek, qog'oz pullar (G'aznachilik kupyuralari) va kichik pul birligidir.
Banknotalar (banknotalar) - Markaziy banklar tomonidan muomalaga chiqarilgan banknotlarning bir turi, qonuniy to'lov vositasi.
Banknotlar aniq belgilangan nominal bilan chiqariladi:
Qo'shma Shtatlarda banknotalar 1, 2, 5, 10, 20, 50, 100 dollarda muomalada;
Buyuk Britaniyada - 1, 5, 10, 20 funt sterling.
G'aznachilik yozuvlari - bu byudjet kamomadini qoplash uchun to'g'ridan-to'g'ri hukumat tomonidan chiqariladigan qog'oz pullar. Bank yozuvlaridan farqli o'laroq, G'aznachilik qog'ozlari hech qachon qimmatbaho metallar bilan ta'minlanmagan va ular oltin yoki kumushga almashtirilmasligi kerak edi. Oltin standart bekor qilingandan so'ng, G'aznachilik yozuvlari va banknotalar o'rtasidagi farq deyarli yo'q bo'lib ketdi.
Savdo chipi - bu qonuniy og'irlik tarkibi va shakliga ega bo'lgan metall quyma.
Qo'shma Shtatlarda muomalada 1, 50, 25, 10, 1 sentlik kumush-mis va mis-nikel tangalar mavjud.
Buyuk Britaniyada muomalada 1 funt sterling, 50, 10, 5, 2 pens, 1 va Ѕ pennyadagi tangalar mavjud. 2 va 1 shillingdan iborat eski tangalar muomalada bo'lib, ularning qiymati 10 va 5 pensga to'g'ri keladi.
Sanoat rivojlangan mamlakatlarda emissiya tizimi deganda qonuniy emissiya to'g'risidagi qonunga muvofiq markaziy banklar tomonidan banknotalarni, xazinalar tomonidan xazina kassalari va tangalarni chiqarilishi tushuniladi. Bank kupyuralari mamlakat emitenti banki tomonidan tijorat banklariga kredit berish jarayonida, sotib olish bilan bog'liq operatsiyalar jarayonida beriladi. chet el valyutasi va davlat qimmatli qog'ozlar.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda pul aylanmasining 95% dan ortig'i naqdsiz to'lov shaklida amalga oshiriladi. Shuning uchun muomalada bo'lgan pul massasining o'sishi asosan banknotalar chiqarilishi tufayli emas, balki depozit cheklari chiqarilishi tufayli yuzaga keladi, ya'ni. bank-emitent tomonidan tijorat banklariga kredit berish jarayonida.
Monetar tartibga solish pul mablag'larining ob'ektiv ehtiyojlarga mos kelishiga erishish uchun davlat ta'sir choralarining majmuidir iqtisodiy rivojlanish... Ko'pgina sanoat rivojlangan mamlakatlarda nishonga olish 70-yillardan boshlab joriy qilingan, ya'ni. o'z siyosatiga rioya qilgan muomaladagi pul massasi o'sishini tartibga solish bo'yicha maqsadlarni belgilash markaziy banklar.
Shunday qilib, sanoat rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimlarining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
  • rasmiy oltin tarkibini bekor qilish va banknotalarni oltinga bepul almashtirish, ya'ni. oltinni demonitarizatsiya qilish;


  • oltin uchun qaytarib bo'lmaydigan kredit pullariga o'tish;


  • banknotalarni muomalaga chiqarilishi nafaqat tartibda bank kreditlari fermer


xo'jaliklari, shuningdek, asosan davlat xarajatlarini qoplash uchun; - pul muomalasida naqd pulsiz muomalaning tarqalishi; - daromad davlat tomonidan tartibga solish pul muomalasi.


Sanoati rivojlangan mamlakatlarning pul tizimi. Zamonaviy pul tizimiga quyidagi elementlar - pul birligi - narxlar shkalasi - pul turlari - emissiya tizimi - davlat yoki kredit apparati kiradi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning pul tizimini tavsiflash uchun uning tarkibiy elementlarini tavsiflaymiz. Valyuta - bu barcha tovarlarning narxlarini o'lchash va ifodalash uchun ishlatiladigan qonuniy valyutadir. Pul birligi kichik multiplikatorlarga bo'linadi. Ko'pgina mamlakatlarda o'nlik bo'linish tizimi 110100 ga teng. 1 AQSh dollari 100 sentga teng.
Narxlar shkalasi - bu pul birliklarida qiymatni ifodalash vositasi, pulning texnik funksiyasi. Narxlarning rasmiy shkalasi kredit pullarini oltinga almashtirishni tugatishi bilan iqtisodiy mohiyatini yo'qotdi. 1976-1978 yillarda Yamayka valyuta islohoti natijasida. Oltinning rasmiy narxi va pul birliklarining oltin tarkibi bekor qilindi. Hozirgi vaqtda narxlar shkalasi o'z-o'zidan rivojlanib, tovarlarning qiymatlarini narxlar yordamida o'lchashga xizmat qilmoqda. Qonuniy to'lov turlari asosan bank yozuvlari, shuningdek qog'oz pullar, xazina kassalari va bo'sh pullardir.
Bank yozuvlari - bu banknotalar, banknotlarning bir turi, markaziy banklar tomonidan chiqariladigan qonuniy to'lov vositasi. Banknotalar Qo'shma Shtatlarda aniq belgilangan nominalda chiqarilgan; Buyuk Britaniyada 1,2,5,10,20,50,100 dollarlik banknotalar 1,5,10,20 funt sterlingda muomalada. G'aznachilik veksellari - bu hukumat tomonidan byudjet kamomadini qoplash uchun to'g'ridan-to'g'ri chiqariladigan qog'oz pullar.
Bank yozuvlaridan farqli o'laroq, G'aznachilik qog'ozlari hech qachon qimmatbaho metallar bilan ta'minlanmagan va ular oltin yoki kumushga almashtirilmasligi kerak edi. Oltin standart bekor qilingandan so'ng, G'aznachilik yozuvlari va banknotalar o'rtasidagi farq deyarli yo'q bo'lib ketdi. Savdo chipi - bu qonuniy og'irlik tarkibi va shakliga ega bo'lgan metall quyma. Qo'shma Shtatlarda muomalada 1 dollar 50,25,10,1 sent miqdorida kumush-mis va mis-nikel tangalar mavjud. Buyuk Britaniyada muomalada 1 funt sterling, 50,10,5,2 pens, 1 va penyada tangalar mavjud.
2 va 1 shillingdan iborat eski tangalar muomalada bo'lib, ular qiymati 10 va 5 pensga to'g'ri keladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda emissiya tizimi qonuniy emissiya to'g'risidagi qonunlarga muvofiq markaziy banklar tomonidan banknotalarni, xazinalar tomonidan xazina kassa va tangalarini chiqarishni anglatadi. Bank kupyuralari mamlakat emitenti banki tomonidan tijorat banklariga kredit berish jarayonida, chet el valyutasi va davlat qimmatli qog'ozlarini sotib olish bilan bog'liq operatsiyalar jarayonida chiqariladi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda 95% dan ortiq pul aylanmasi naqdsiz hisobkitob shaklida amalga oshiriladi. Shuning uchun muomalada bo'lgan pul massasining o'sishi asosan banknotalar chiqarilishi tufayli emas, balki depozit cheklari chiqarilishi tufayli yuzaga keladi, ya'ni. bank-emitent tomonidan tijorat banklariga kredit berish jarayonida. Monetar tartibga solish - bu pul mablag'lari miqdorini iqtisodiy rivojlanishning obyektiv ehtiyojlariga mos kelishiga erishish uchun davlat ta'sir choralarining majmuidir. Ko'pgina sanoat rivojlangan mamlakatlarda nishonga olish 70-yillardan boshlab joriy qilingan, ya'ni. Markaziy banklar o'z siyosatiga amal qiladigan muomaladagi pul massasi o'sishini tartibga solish bo'yicha maqsadlarni belgilash.
Rivojlangan mamlakatlar pul tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlari
Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: pul birligi; valyuta kursini o’rnatish qoidalari, baholar masshtabi; pul ko’rinishlari; emissiya tizimi; davlat yoki kredit apparati.
Pul tizimining tarkibiy qismi milliy valyuta tizimidir, nainki u nisbatan mustaqil bo’lsa ham.
Pul biriligi - qonuniy tarzda o’rnatilgan pul belgisi bo’lib, barcha tovarlar bahosini o’zaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat qiladi. Ko’pincha pul birligi mayda bo’linuvchi qismlarga ajraladi. Ko’pchilik mamlakatlarda o’nlik bo’linish tizimi o’rnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AQSh dollari 100 tsentga 1 funt sterling – 100 pensga, lndoneziya rupiyasi - 100 senga teng va hokazo.)
Rasman baholar masshtabi o’zining iqtisodiy ma’nosini davlat-monopolistik kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltinga almashinishi to’xtatilgandan so’ng yo’qotdi. 1976-1978 yilda o’tkazilagan Yamayka valyuta islohoti natijasida oltinning rasmiy narxi va pul birliklarning oltin tarkibi bekor qilindi.
Qonuniy to’lov vositasi bo’lgan pul ko’rinishlari - bular asosan bank kredit biletlari, qog’oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan, AQSh da muomalada quyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20, 10, 5 va1 dollarlar, bank biletlari.
Xazina biletlaridan tashqari kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 sentli) chiqariladi. Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 funt sterling banknotalar:1 funt sterling, 50, 10, 5, 2 pennli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. Yana eski 2 va 1 shilling tangalari yuritiladi, ular yangi 10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’proq xazina biletlari chiqarish keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sent qiymatli, Hindistonda - 1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi.
Rivojlangan mamlakatlarda bank biletlarining emissiyasi Markaziy banklar tomonidan, xazina biletlari va tangalar qonunda belgilangan emissiya huquqiga asosan xazina muassasalari tomonidan chiqariladi. Bu mamlakatlarda pul emissiyasining asosiy kanali - depozit chek emissiyasidir. Mijoz schyotlaridagi depozitlarga muvofiq tarzda to’lov oborotini ta’minlaydigan chek massasini ko’paytiriladi. Unda tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari ishtirok etadi.
Pul siyosati kredit siyosati bilan chambarchas bog’liq bo’lgani uchun bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni davlat pul-kredit siyosati bilan tartibga solib turadi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda 70-yillardan monetarlashtirish siyosati kiritilgan. Bu siyosatga asosan Markaziy banklar muomaladagi pul massasining o’sishi va kreditlarni tartibga solishda maqsadli mo’ljallarni o’rnatishi lozim. 1975-yildan boshlab Germaniya Markaziy banki (davlat banki) kelasi 12 oyga rejalashtirayotgan muomaladagi pul massasining o’sish yoki qisqarish su’ratlari to’g’risida kongressga hisobot beradi.
Rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimi quyidagi xususiyatlarga ega:
  • Pul birligining oltin tarkibi, banknotalarini oltin bilan ta’minlash va unga almashishning bekor qilinishi;


  • Oltinga almashinmaydigan, keyinchalik qog’oz pul aylanadigan, kredit pullarga o’tish;


  • Pulni muomalaga nafaqat xo’jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqarish;


  • Pul muomalasida naqdsiz pul oboroti ustunligi;


  • Pul muomalasini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi.


1929-1933 ylardagi jahon iqtisodiy inqirozi davri va undan keyin yuzaga kelgan valyuta bloklari, rivojlanayotgan mamlakatlarda emissiya institutlari va ularning operatsiyalari nazorat qilib turgan metropoliyalarga bog’liq bo’lgan pul tizimlari saqlanib qolishini ta’minlaganlar. Emissiya miqdori xo’jalik ehtiyojlari bilan emas, to’lov balanslari holati bilan belgilangan. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrda urushgacha bo’lgan valyuta bloklari asosida alohida valyuta zonalari yaratildi. Bu valyuta zonalari asosiy valyutaga nisbatan boshqa valyutalarning qa’tiy kursini ushlab turish; milliy valyutalarni gegimon - davlat banklarida saqlash; zona ichida valyuta hisob-kitoblarning imtiyozli tartibi kabi xususiyatlarga asoslanib faoliyat olib boradi.


Ko‘pgina davlatlarning pul birliklari qog‘oz pullarga ega. Bu saqlanuvchi pullar federal zaxira pul birliklaridan iborat kongress ruxsati bilan federal zaxira tizimi tomonidan berilgan. Har bir pul birligining yuz qismida federal zaxira birligi deb yozilgan. Yuqori inflyatsiya sharoitida pulning mutlaq likvidligi ustvorlikka ega bo‘lishdan to‘xtaydi. Bunday sharoitda yuqori likvidli aktiv barqaror chet el valyutalari va ko‘chmas mulklar bo‘lib qoladi.
Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagilarga bog‘liq.
  1. Muayyan davrda, aytaylik bir yil davomida sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar narxi summasiga (Tb). Tovarlar qancha ko‘p va narxi baland bo‘lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko‘p pul birligi talab qilinadi.




  1. Pul birligining aylanish tezligiga (At).


Pul bir xil bo‘lmagan tezlik bilan aylanadi. Bu ko‘p omillarga, jumladan ular xizmat qilayotgan tovarlar turiga bog‘liq.


  1. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori puldan to‘lov vositasi sifatida foydalanishga ham bog‘liq. Ko‘pincha tovarlar qarzga sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to‘lanadi. Demak, zarur pul miqdori shunga muvofiq miqdorda kamayadi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pulga ehtiyojni ko‘paytiradi.


Nol Muddatdagi Pul Terminining Mohiyati


Pulga yaqin vositalar kategoriyalarini o‘ziga oluvchi va olmaydigan moliyalarning turli xil ta’riflari mavjud. O‘sib borayotgan muhimlikka egalaridan biri bu sent
Luis federal banki tomonidan hisobotlangan 0 vaqt va ustamali moliyalar. 0-vaqt va ustamali moliyalar tog‘ridan to‘g‘ri foydalaniluvchi xo‘jaliklar va tadbirkorliklar uchun 0 to‘lovli pul kredit moliyalariga e’tibor qaratadi. 0 vaqt va ustamali moliyalarga ega bo‘lish uchun iqtisodchilar M2 uchun ikki xil tartibga solishlarni amalga oshirishadi. Ular: Kichik muddatli depozitlarni chiqarib tashlashadi chunki ularning omonat muddatlari 6 oy, 1 yil yoki zaruriy 0 saqlash muddatidan sal ko‘proq. Omonat muddatlariga bog‘liq pul yechishlar qo‘shimcha moliyaviy jarima pulini tao‘lashni talab etadi.
Tadbirkorlik egaligidagi o‘zaro moliyalashtirish pul bozorlarini qo‘shadi. Tadbirkorlik tashkilotlari bu o‘zaro moliyalashtirish pul bozorlariga cheklar yozib moliyalarini chek depozitlari orqali qo‘shimcha haqlarsiz ko‘chirishlari mumkin. Shaxslar o‘zaro moliyalashtirish pul bozorlari kabi tadbirkorlik o‘zaro moliyalashtirish bozorlari to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lovlar amalga oshirish uchun tayyor. Tenglama ko‘rinishida,
M2 - kichik (100 000$ dan kam) muddatli Pullar, MZM= omonatlar + biznesga tegishli bo‘gan pul bozoridagi o‘zaro fondlar hisobi.
  1. vaqt va ustamali moliyalar afzalligi ularda kundalik asosda mahsulot xizmat va manbalar olish uchun foydalaniluvchi pul birliklari, chek depozitlari, pul bozori depozitlari va o‘zaro moliyalashtirish pul bozorlarini o‘zining ichiga olishidir.


Pulning vazifalari


Pulning asosiy vazifalari
Pulning vazifasi - bu ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida qiymat harakatiga xizmat qiladigan ma‘lum bir harakat yoki pulning "ishlashi". Pulning vazifalari ularning mohiyatining aniq namoyonidir. Shu munosabat bilan zamonaviy pulning iqtisodiy tabiati o‘zgarishi ularning vazifalarining o‘zgarishini belgilaydi.
Pulning vazifalari doimiy dinamikada: ba‘zilari oldinroq, ba‘zilari keyinchalik paydo bo‘lgan. Ularning rivojlanishi jarayonida pul vazifalarining paydo bo‘lishi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
  1. - bosqich. Pul qiymat o‘lchovi sifatida. Tarixan pulning birinchi funksiyasi.


Qiymat o‘lchovi sifatida pul barcha tovarlar qiymatining yagona o‘lchovidir.


  1. - bosqich. Pul sotib olish vositasi sifatida. Pul xarid qilish vositasi sifatida muomalaga kiradi.


3-bosqich. To‘lov vositasi sifatida pul. To‘lov vositasi sifatida pul funksiyasida tovarlarni sotish va buning uchun pul olish o‘rtasida vaqt oralig‘i (vaqtning mos kelmasligi) vujudga keladi. Bunday sharoitda kredit kabi iqtisodiy hodisalar uchun shart-sharoitlar yaratiladi.


  1. - bosqich. Pul taqsimlash vositasi sifatida. Pulni taqsimlash funksiyasida faqat ularning egasidan oluvchiga bo‘lgan harakati mavjud. Ushbu funksiya davlat moliyasining paydo bo‘lishi uchun ob‘ektiv iqtisodiy shartlardan iborat.


Muomala vositasi. Birinchi va eng asosiy o‘rinda pul tovar va xizmatlarni sotish va sotib olishda foydalanish imkoniyatini beruvchi ayriboshlash vositasi. Novvoy haftasiga 200 dona teshik kulcha ko‘rinishidagi oylikni olishni xohlamaydi. Shunga o‘xshab novvoyxona boshlig‘i ham teshik kulchalar o‘rniga baliq olishni xohlamaydi. Pul esa to‘lov uchun osongina olinadigan vosita. Pul bu ijtimoiy ixtiro bo‘lib ta’minotchi va ishlab chiqaruvchilarga to‘lanishi va ular tomonidan bozordagi ko‘pgina turdagi narsalarni olish imkoniyatini beruvchidir. Ayriboshlash vositasi sifatida pul jamiyatga barter qiyinchiliklaridan qochishga imkoniyat yaratadi. Pul tovar ayriboshlashning qulay yo‘li bo‘lgani uchun jamiyatga geografik va inson ixtisoslashuvlarining afzalliklaridan foydalanish imkoniyatini beradi.


  1. - bosqich. Pul to‘plash va tejash vositasi sifatida. Jamg‘arma va tejash jarayoni zamonaviy iqtisodiyotning zarur elementidir.


  2. - bosqich. Pul bir valyutani boshqasiga almashtirish chorasi sifatida. Jahon pullari funktsiyasida pullar valyuta almashinuvini, to‘lovlar balansini yaratishni va valyuta kursini shakllantirishni osonlashtiradi.


Hozirgi vaqtda pulning asosiy vazifalari quyidagilar:


1. Qiymat o‘lchovi. Tovarning almashuv qiymatini ifodalash va uni aniqlash uchun qo‘lda naqd pulga ega bo‘lish shart emas. Pulning bu vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif miqdoran mos kelgan taqdirdagina uning qiymatiga muvofiq keladi. Agar talab va taklif mos kelmasa, narx qiymatidan farq qiladi. Demak, tovarlarning narxi ularning qiymatiga, talab va taklifning nisbatiga bog‘liq. Tovar almashuv qiymati va nafliligining pul bilan ifodalanishi uning narxidir.
Qiymat o‘lchovi birligi. Pul shuningdek qiymat o‘lchovi birligi sifatida ham xizmat qiladi. Jamiyat pul birliklaridan keng ko‘lamdagi tovarlar, xizmatlar va resurslarni qiymatini hisoblash vositasi sifatida ishlatiladi. AQSHda pul birligi sifatida dollarlardan foydalanadi. Biz uzoqlikni milyalar yoki kilometrlar bilan o‘lchaganimizdek, tovarlar va xizmatlarning qiymatini pulda o‘lchaymiz. Pul hisobning qabul qilingan birligi sifatida bo‘lganda har bir elementning narxi faqatgina pul birligi ko‘rinishida belgilanishi yetarli. Biz sigirlarning narxini, jo‘xori, qalamlar yoki maymunjon jihatidan belgilashimiz kerak emas. Pul xaridorlar va sotuvchilarga osongina turli xil tovar va xizmat narxlarini qiyoslash orqali tog‘ri qaror qabul qilishda yordam beradi. Bundan tashqari pul qarz majburiyatlarini aniqlash, soliq qarzlarini aniqlash va davlatning YaIMni aniqlash imkoniyatini beradi.
Aktivlar likvidligi – bu ularning, har xil to‘lovlarga zaruriyat bo‘lganda naqd pullarga aylana olish layoqatidir
Jamg‘arish vositasi. Nihoyat pul odamlarga xarid quvatini hozirdan kelajakka o‘tkazish uchun boylikni jamg‘arish vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Odamlar odatda topgan foydalarini shu kunning o‘zida ishlatib yubormaydilar. Keyinchalik narsalar olish uchun ular boyliklarining ba'zi qismini pulda saqlaydilar. Siz seyfga yoki omonat hisobiga qo‘ygan pullaringiz sizga bir necha hafta yoki oylardan keyin ham foydalanish imkoniyatini beradi. Pullar odatda qisqa muddatli boylik saqlashning eng afzal ko‘riluvchi vositasidir, chunki ular barcha aktivlar ichida eng likvidlaridir. Daromad egalari (alohida shaxs, bank, korxona) o‘zlarining aktivlarini likvidli, ya’ni pul shaklida saqlashga harakat qiladi.
Pul mutloq likvidlik xususiyatiga ega. Boshqa barcha aktivlar kam yoki ko‘p darajada bunday xususiyatga ega bo‘ladi. Moliyaviy aktivlar likvidligi qancha kam bo‘lsa, uning egasi uchun o‘z ixtiyoridagi pulni zarur vaqtda olish imkoniyati bilan bog‘liq yo‘qotish tahlikasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Pulning vazifalari
Dastlab pul birliklari va ularning nomlari ko‘pincha muayyan og‘irlikda nodir metallar bilan bog‘liq bo‘lgan, valyuta tizimlarining nomlari (funt sterling) ham shundan dalolat beradi. Lekin vaqt o‘tishi bilan, «vazn» nomi pul birligidan nodir metallarning haqiqiy vaznidan tobora ko‘proq farq qila boshlagan. Buning bir qancha sabablari bor, bo‘lib ularning biri shu bilan bog‘liqki, tarixan uncha nodir bo‘lmagan, umumiy ekvivalent rolini o‘ynagan metallar nodirroq, demak, qimmatroq metallar tomonidan siqib chiqarilgan; bunda pul nomlari avvaligicha qolgan. Masalan, funt sterling dastlab bir funt kumushning pul bilan ifodalangan nomi bo‘lgan. Lekin oltin qiymat o‘lchovi sifatida kumushni siqib chiqargach, avvalgi nom o‘z qiymati jihatidan bir funt kumushga teng bo‘lgan oltin miqdoriga nisbatan ishlatila boshlagan. Boshqa sabab tangalarni soxtalashtirish bo‘lib bunda davlat pul zarb qilinayotganda tangaga talab qilingandan ko‘ra kamroq miqdorda pul materiallarini sarflaydi.
2. Muomala vositasi. Tovar muomalasi jarayonida pul bo‘lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasi shundan iboratki, u tovarlar muomalasi jarayonida vositachi bo‘lib maydonga chiqadi.
Dastlab tovarlarni ayirbosh qilishda pul bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo‘lgan. Bu hol ayirboshlash vaqtida qiyinchiliklar tug‘dirgan: pul metallni o‘lchash, uni mayda bo‘laklarga bo‘lish, sifatini belgilash zarur bo‘lgan. Asta-sekin pul metall quymalari o‘rniga tangalar ishlatila boshlagan.
Tangalar o‘z vazni va sifati jihatidan ma‘lum miqdordagi metaladan iborat; uning vazni va sifati davlatning alohida muhri bilan tasdiqlangan bo‘ladi.
Oltin pul muomalasi amaliyoti ko‘rsatadiki, uzluksiz muomalada bo‘lish natijasida oltin tangalar eyilib ketadi, o‘z massasining bir qismini yo‘qotadi va to‘la qiymatli bo‘lmagan pulga aylanadi. SHu sababli muomalaga oltin o‘rnini bosuvchi pul sifatida to‘la qiymatli bo‘lmagan qiymat belgilari chiqarilgan. Muomala vositasi vazifasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-bu vazifani real, naqd pullar bajaradi;
-tovar va pul bir-biriga qarama-qarshi, bir trayektoriyada harakat qiladi;
-tovar va pul harakati bir vaqtda yuzaga keladi;
-tovar sotuvchi va tovar sotib oluvchi o‘rtasidagi munosabat tugallanadi va tomonlar tovarga yoki pulga ega bo‘ladilar;
-pul muomala vositasi bo‘lishi uchun, avvalambor, qiymat o‘lchovi bo‘lishi kerak.
3.Boylik to‘plash vositasi. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to‘plash vazifasini bajara boshlaydi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi o‘zini bozor tasodiflaridan ehtiyot qilish va o‘z tovarini sota olish yoki olmasligidan qat‘iy nazar boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun o‘zini ma‘lum pul zahirasi bilan ta‘minlashi kerak.
Natural xo‘jalik sharoitida boylik mahsulot jamg‘arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi boylik jamg‘arishning pul shaklini keltirib chiqaradi. Tovarlarni cheklanmagan miqdorda saqlab bo‘lmaydi, pulni istagan miqdorda saqlash mumkin.
Tovar xo‘jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg‘arish uni muomaladan chiqarib olish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo‘sh yotgan pul foyda keltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga keltirishga, uni foydali joyda ishlatish yo‘lini topishga intildilar. Shuning uchun pul saqlash uchun banklarga qo‘yiladi. Banklar esa, ularni bir joyga to‘plab, kredit vositasida foydalanadi.
Boylik to‘plash vositasini faqat oltin tangalar emas, balki qog‘oz pul materiallari, oltin buyumlar, xorijiy valyutalar va boshqalar ham o’ynay oladi.
  1. To‘lov vositasi. Tovarlar nasiyaga, to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina to‘laydi. Pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmaydi. Pul qarzga berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Nima uchun tovarni sotish bilan unga haq to‘lash o‘rtasidagi vaqt jihatidan ajralish paydo bo‘ladi? Buning eng tub sababi ishlab chiqarish sikllarining turlicha davom etishidir. Masalan, qishloq xo‘jaligida hosil bir yilda bir marta yig‘ib olinadi. Lekin dehqonga butun yil mobaynida turli xil tovarlar kerak bo‘ladi. Pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasi bu xar xil qiyinchiliklarni bartaraf etishga va bu bilan xo‘jalik aylanmasini tezlashtirishga imkon beradi. Shunday qilib, pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan qog‘oz pullar, veksel va banknotlar kelib chiqqan.


Pulning to‘lov vositasi vazifasi quyidagi majburiyatlarni bajaradi:


-korxona, tashkilotlar o‘rtasida tovar va xizmatlar uchun to‘laganda;
-davlat budjetiga va kredit tizimiga to‘lovlarni amalga oshirganda (foydadan to‘lanadigan to‘lovlar, kredit bo‘yicha qarz va foizlarni to‘lash va boshq.);
-ishchi-xizmatchilarga ish haqi to‘lash va aholiga boshqa to‘lovlarni to‘lash (nafaqa, stipendiya va boshq.);
-boshqa har xil qarz va majburiyatlarni to‘lash (masalan, kreditga olinganligi uchun to‘lov, uy-joy, elektr energiyasi va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar)da amalga oshiriladi.
  1. Jahon pullari. Xalqaro mehnat taqsimoti va tovarlar va xizmatlar almashinuvining o‘ziga xos xususiyatlari pul uchun yangi vazifa - xalqaro bozorda tovarlar almashinuviga xizmat qiladi. Xalqaro kredit bozorlarida turli mamlakatlarning pul birliklarini taqqoslash muhim shartdir. Har bir mamlakat o‘z narx shkalasiga ega. Milliy valyuta birliklarini taqqoslashning o‘ziga xos vositasi mavjud ayirboshlash kursi. Odatda, pul barcha funksiyalarini bir vaqtda ketma-ket bajarishi mumkin. Ba’zida mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy barqarorlikka qarab, pulning funksiyalari bir-biridan ajralib qolishi ham mumkin. Masalan, 1940yillarda Xitoyda tovarlar bahosi AQSH dollarida aniqlangan, hisob-kitoblarda, tovar sotish va sotib olishda Xitoy valyutasi qo‘llanilgan. Xuddi shunday hol giperinflatsiya davrida Argentina, Meksika kabi mamlakatlarda joriy qilingan. Bu mamlakatlarning milliy valutasi muomala va to‘lov vositasi sifatida ishlatilgan. Hozirgi zamon pulining tabiati va uning rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar: Hozirgi zamon puli tovarlarni ayriboshlashda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi, umumko’pchilik tomonidan tan olingan va davlat tomonidan qonunlashtirilgan vositadir. Pul tabiatining o'ziga xos xususiyati shundaki, ularga bo'lgan talab, asosan, ularni valyuta vositasi sifatida ishlatish bilan bog'liq bo'lib, bu ularning iste'mol qiymatiga bo'lgan talabni kamaytirishga yordam beradi. XXI asrda naqd va naqdsiz pul muomalasi mavjud bo‘lib, eng ko‘p qo‘llaniladigan pul shakllari – bu qog‘oz, kredit va elektron pullardir.


Kredit pullar qog‘oz pullar bilan qo‘shilib, tovar muomalasiga xizmat qila boshlaydi. Kreditning va kredit tizimining rivojlanishi bilan pulning to‘lov vositasi sifatida qo‘llanish sohasi ancha kengaydi, kredit pullarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bir kishi tomonidan boshqa kishiga beriladigan kredit – qarz majburiyatini, vekselni keltirib chiqardi. Biroq veksellar muomalasi cheklangan, chunki ularga xususiy shaxslar kafolat beradi. Shu tufayli puxtaroq kafolatga ob’yektiv zarurat kelib chiqadi, buning orqasida banknot paydo bo‘ladi. Banknot xususiy shaxsning vekseli o‘rniga bank tomonidan beriladigan vekseldir. Shunday qilib, banknot pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqadi. Banknotlar bilan bir qatorda muomalaning kredit qurollaridan yana bir turi – cheklar ishtirok etadilar. Chek omonat egasi tomonidan o‘z hisobidagi puldan chekda ko‘rsatilgan shaxsga berish to‘g‘risida bankka yozilgan buyruqlardir. Inflyatsiya so’zi pul muomalasi sohasida AQShning Shimoliy va Janubiy shtatlari o’rtasida grajdanlar urushi bo’lganda muomalaga juda ko’p miqdorda (450 mln grin bek) qog'oz dollor chiqarilgan vaqtidan boshlab qo’llanila boshlagan.


Ularni sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizga tushib ketgan.
Tarixga ko’ra urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarining oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog'liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napalion bilan urush davrida, Fransiyada fransuz revolyutsiyasi davrida,
Rossiyada XIX asrning o’rtalarida nomoyon bo’lgan. Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflyasiya 1923 yillarda bo’lib, muomiladagi pul massasi 496 kvintillion markaga yetgan va pul birligi trillion markaga qadrsizlangan. Oldingi inflyatsiyalarning xususiyati shundagi, ular ma’lum davrda nomoyon bo’ladi. Hozirgi davr inflyatsiyasi odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo’lib, xo’jalik faoliyatining barcha sohalarini qamrab olish bilan, pul, omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta’sir qilishi bilan farqlanadi.
Inflyatsiyaning asosiy sabablari.
  1. Jamg'arma va iste’mol o’rtasidagi.


  2. Talab va taklif o’rtasidagi


v) Muomiladagi pul muassasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutonosibliklardir.


Bulardan tashqari pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomilasi qonunning buzilishi, ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi, ishlab chiqarishni qisqarishi, ba’zan byudjet difitsetini qoplash uchun qo’shimcha pul chiqarish va boshqalar ham sabab bo’ladi.
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin.
Ichki omillar mamlakatni monetar – pul siyosati hamda xo’jalik faoliyati bilan bog'liq (nomutonosiblik, baholardagi davlatni yakka hokimligi, noto’g'ri kredit siyosati, pul muomalasi qonunining buzilishi va boshqalar).
Tashqi omillarga jahon iqtisodida bo’lgan inqirozlar (xomashyo, yoqilg'i, valyuta buyicha), davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo’ladigan noqonuniy operasiyalari va boshqalar kiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib inflyatsiya deb ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproporsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy va to’xtovsiz o’sishi va natijada pul muomalasi qonununing bo’zilishi oqibatida pul birligining qadrsizlanishiga aytiladi.
Inflyatsiya quyidagi shaklda nomoyon bo’ladi.
  1. Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib ketishi.


  2. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi.


  3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.


Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning quyidagi turlari mavjud.


Sudraluvchi inflyasiya. Baholarning o’rtacha yillik o'sishi 5-10 foizdan oshmaydi.
Inflyatsiyaning bu turi ko’proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, malakaviy iqtisodiy rivojlanish darajasiga qadar baholar oshishi 3-4 % atrofida ham bo’lishi mumikin. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni takomillashtiruvchi omil sifatida nomoyon bo’ladi.
Suzib yuruvchi inflyatsiya. Bunda narx navo tezroq o’sha boshlaydi. Iqtisodiy o’sish suratlari pasayadi, ishsizlik ko’paya boradi. Inflyatsiya yiliga 8-12 % atrofida bo’ladi.
Shiddatli. Bunda baholarni o’rtacha yillik o’sishi 10-100 % (ba’zida 200 % gacha) bo’lishi mumkin. Inflyatsiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarga xos.
Giperinflyatsiya. Baholarning o’sish sur’atlari yiliga 200 foizdan oshib ketadi. Bu inflyatsiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarini o’zgarishi bilan bog'liq.
Adabiyotlarda shu kabi stagflyatsiya (inflyatsiyani iqtisodiy tanglik bilan birgalikda yuz berishi), loqal (bir mamlakat yoki jahon miqyosida), ichki (bir mamlakat ichida), ochiq (qachonki baholari o’sishi sezilgan holda), yopiq (sekretiy – tovar va xizmatlar sifatini baho o’zgarmagan holda yomonlashuvchi, tovar defitseti sodir bo’lganda) inflyatsiya tushunchalari mavjud.
Inflyatsiyadan farqliroq deflyatsiya narx-navo pasayishini, pul qadrini ortishini bildiradi. U sababli inflyatsiyadan yutqazishlar deflyatsiya yordamida qoplanishlar sodir bo’ladi.
Inflyatsiyadan chiqish uchun:
Ishlab chiqarishni rivojlantirish, uni rivojlanishini rag'batlantirish (soliq tizimi, past foizli kreditlar va boshqalar bilan).
Raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish va uni jahon bozoriga chiqarish.
Muomaladgi pul muassasini cheklash va boshqalar.
Hozirgi sharoitda inflyatsiyaga qarshi kurashish choralari.
Ish haqi va ijtimoiy to'lovlarni indesasiyalab borish.
Tijorat banklari kreditlari bo’yicha foizlarini qayta ko’rib chiqib turish.
Pulning bankdan tashkariga xarakat qilishiga yo’l qo'ymaslik (kassa apparatlarini joriy etish va boshqalar).
Qimmatli qog'ozlar bozorini kengaytirish va boshqalar.
Inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri.
Ishlab chiqarishni stixiyaligi kuchayadi, tarmoqlar mutonosibligi buziladi.
Bo’sh mablag'larni ishlab chiqarish sohasidan muomala (savdo) sohasiga oqib o’tishiga sabab bo’ladi.
Tovarlarni normal xarakati buzilib bozordan bozorga ko'chib yurishi sodir bo’ladi.
Olib sotarlikga keng yo’l ochiladi. Iste’mol va ehtiyojni izdan chiqaradi. Qadrsizlangan puldan qochish uchun kerakli, keraksiz tovarlar sotib olinadi.
Tovarlarni kreditga sotish qisqaradi.
Bank foizlari oshadi, uzoq muddatli kredit berish barham topadi.
Aholi mablag'larini jamg'armaga jalb etish qiyinlashadi.
Barter munosabatlari vujudga keladi.
Byudjet taqchilligi sodir bo’ladi, emissiyaga zo’r beriladi va u inflyatsiyani yanada kuchaytiradi.
Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish. Pul muomilasini barqarorlashtirish yo’llari.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan.
Tovar muomalasini ta'minlash pul miqdoriga ko’p jihatdan bog'liq.
Pul muomalasi qonuni - muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini belgilaydigan, tovar-pul munosabatlarini o’zida aks ettiradigan qonundir. Bu qonunga ko’ra muomala davrida muomalaga zarur bo’lgan pul miqdori barcha tovarlar so’mmasiga to’g'ri proporsional pul aylanishi tezligiga teskari proporsional o’zgaradi
O’zbekistonda pul tizimining tashkil etilishi bugungi kundagi holati va tahlili.
O’zbekiston Respublikasining pul tizimi va uning rivojlanish tarixi.
Har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustaqil pul tizimiga ega. Respublikamizda mustaqil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 1992 yilni noyabr oyida «so’m-kupon» larni muomlaga chiqarilishi hisoblanadi. Pul tizimining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomalagacha milliy valyuta «so’m»ni chiqarilishidir.
O’zbekiston Respublikasining pul tizimining elementlari:
Pul birligi - so’m
Pul birligining turlari - qog'oz va metal pullar
Ularni muomalaga chiqarish qoidalari.
Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari.
Naqd pulsiz to'lov aylanishi va kredit pullar muomalasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar.
Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari.
Xalqaro hisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari.
Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi.
O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat manfatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda ma’suliyatli va oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo etadi. Zero mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lishi mumkin emas. Shu boisdan Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov – « Bugungi eng muhim vazifa valyutamizni baquvvat, dunyoda obro'li valyutaga aylantirishdir, u-yuksak va katta kuchga ega bo’lishi lozim» - degan edi.
Har bir davlatning o’z milliy valyutasi bo'lgani kabi O'zbekistonda ham milliy valyuta – so’m mavjud. O’zbekistonning amaldagi milliy valyutasi so’m — O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 3 sentabrdagi №952-XII qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi PF-870 sonli farmoniga binoan, 1994 yilning 1 iyulida so’m muomalaga kiritilgan.
So’m qadri tushib borishi bilan past nominaldagi qog’oz pullar muomalada ko’proq ushlab turilishi uchun tanga ko’rinishidagi so’mlarga almashtirib borilgan. Jumladan, 1997 yilda ilk marta 1, 5 va 10 so’mlik tangalar muomalaga kiritilgan. Bunday ko’rinishdagi tanga so’mlar 1998, 1999 yillarda ham ishlab chiqarilgan. 2000 va 2001 yillarda 1, 5 va 10 so’mlik tangalarning hajmi kichraytirilgan va dizayni o’zgartirilgan. Bundan tashqari, po’lat, mis va nikel qotishmali 50 so’mlik (2001) va 100 so’mlik (2004) tangalar ham muomalaga kiritilgan. Markaziy bank 2018 yilda mayda kupyuralarni 50, 100, 500 so’mlik yangi namunadagi tangalarga almashtirdi hamda 200 so’mlik tangalarni chiqardi. Tangalarda Toshkentdagi Alisher Navoiy haykali, Toshkentdagi Amir Temur haykali, Toshkent kuranti, Samarqanddagi Registon maydoni, Oq saroy, Oliy Majlis binosi, Temuriylar tarixi muzeyi, Toshkentdagi Mustaqillik maydonidagi monument, Toshkent tennis korti fonidagi tennischi, Milliy kurash tushayotgan polvonlar, futbol maydoni fonidagi futbolchi, Olimpiya shonshuhrati muzeyi fonida mash'ala ushlagan sportchi tasvirlangan.
So’m dizaynida qadimiy naqshlarga, yurtimizdagi osori atiqalar tasviriga katta e'tibor berilgan. 1 so‘mlikning orqa tarafida Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik Katta teatri, 3 so‘mlikda — Buxorodagi Chashmai Ayyub maqbarasi, 5 so‘mlikda — O‘zbekiston milliy bog‘idagi Alisher Navoiy sharafiga o‘rnatilgan haykal va me'moriy kompozitsiya, 10 so‘mlikda — Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasi, 25 so‘mlikda — Samarqanddagi «Shohi Zinda» tarixiy-me'moriy ansambli, 50 so‘mlikda Samarqanddagi Registon tarixiy-me'moriy ansambli, 100 so‘mlikda — Istiqlol saroyi (sobiq Xalqlar do‘stligi saroyi) tasvirlangan. Keyinchalik, Toshkentda 144 x 78 mm o’lchamda chop etilgan katta kupyuralarning dizayni o’zgartirilgan. Old qismida O’zbekiston Respublikasining kattalashtirilgan gerbi, orqa qismida asosan mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlar tasvirlangan. 200 so’mlikda Samarqanddagi Registon ansamblining Sherdor madrasasida tasvirlangan, quyosh orqalagan sherning ramziy tasviri, 500 so’mlikda Toshkentda Amir Temurga o’rnatilgan haykal, 1000 so’mlikda Toshkentdagi Temuriylar tarixi muzeyi binosi, 5000 so’mlikda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi binosi, 10000 so’mlikda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati binosi tasvirlangan. O’zbekistonda 2019 yilning 25 fevraldan boshlab qiymati 100 000 so’m bo’lgan banknot ko’rinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarildi. Qiymati 100 000 so’m bo’lgan banknotning mavzusi (tematikasi) buyuk o’zbek olimi Mirzo Ulug’bek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bag’ishlangan.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g'risidagi qonunning 3-moddasida ta’kidlanganidek O’zbekiston Respublikasi markaziy bankining bosh maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdir. Valyuta barqarorligi pul massasi, narx – navo va milliy valyuta kursining barqaror bo’lish tushunchasini o’z ichiga oladi.
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi.
Monetor siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish.
O’zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil qilish va ta’minlash.
Banklar faoliyatini tartibga solish va ular faoliyati ustidan nazorat qilish.
O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta zaxirasini saqlash va ularni boshqarish.
Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish.
Markaziy bank pul muomalasini barqarorlashtirish uchun ba’zi hollarda quyidagi usullarda ham tayyorlanadi.
  1. Nullifikatsiya – bunda qadrsizlangan pul batamom bekor qilinib muomalaga yangi pullar chiqariladi. Bu usul inflatsiya darajasi o’ta yuqorilab ketgan hollarda qo'llaniladi. Bu usul SSSR da 1922 - 1924, 1947, 1997, 1961 yillardagi pul islohati, O’zbekistonda 1994 yilda bo’lib o’tgan pul islohatida qo'llanilgan.




  1. Revolvatsiya – lotincha qadrini oshishi ma’nosini anglatib bu milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan qadrini oshishini bildiradi. Masalan 1$= 1110 so’mga teng bo’ldi. Ushbu tadbirdan keyin 1005 so’mga teng bo’ladi. Bu usul 1922-1928 yillarda Angliyada, 1961, 1969, 1971 yillarda Germaniyada qo'llanilgan.




  1. Devolvatsiya – lotincha qadrini tushishi ma’nosini anglatadi. Bu usul davlat tomonidan milliy valyuta kursini boshqa valyutalarga nisbatan pasaytirilishi bo’lib u bozor uchun kurash kuchaygan sharoitda eksportni rag'batlantirish, to’lov muvozanatini yaxshilash uchun qullaniladi. Buning asosiy sabablari bo’lib inflyatsiyani kuchayishi va mamlakat to'lov balansning salbiy qoldiqga ega bo’lishidir.


Bu usul AQSh da 1971 yilda 7,89 % ga, 1973 yilda 10 % ga dollar kursini pasaytirish bilan qo'llanilgan.


  1. Denominatsiya – pul miqdorini bir necha marotaba qisqartirish hisoblanadi va u pulni qadri yuqori darajada tushganda, muomaladagi pul hajmi oshganda qo'llaniladi. Bu usul Rossiya federatsiyasida 1921-1922 yillardagi pul islohatida


1000:1, 1923 yilda 100:1, 1999 yilda 1000:1 holida, Buxoro Shòro Xalq Respublikasida bu usul 1922 yilda 100:1, O’zbekiston Respublikasida 1994 yilda 1000:1 holida qo'llanilgan.


O’zbekistonda pul muomalasi bilan asosan Markaziy bank shug’ullanadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Pul muomalasi, kredit berish, mablag’ bilan ta’minlash, hisob-kitob qilish va tashqi iqtisodiy aloqa sohalarida respublika iqtisodiy va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hisobga olishning, hisob berishning, hisob-kitob-ssuda va valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning yagona qoidalari va normalarini belgilash;
Ssuda-depozit operatsiyalarini tartibga solish va umumiy pul muomalasini boshqarishning normativlarini o’rnatish;
Barcha banklar va kredit muassasalari, pul-kredit va valyuta operatsiyalariga doir O’zbekiston Respublikasi qonunlari va qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilish;
Barqaror pul muomalasini va O’zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo’lgan pulning xarid qobiliyatini saqlash;
Bank ishlari bilan shug’ullanish uchun litsenziyalar berish.
Respublika pul va kredit tizimiga rahbarlik qilish;
Milliy valyutani joriy qilish va u bilan respublika xalq xo’jaligini ta’minlash; O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida” qonuniga muvofiq Markaziy bankning bosh maqsadi milliy Valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat va davlat monetar siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish hamda Markaziy bank to’lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko’rinishdagi naqd pul belgilarini muomalaga chiqarish va muomaladan qaytarib olish bo’yicha mutloq huquqga ega.Shunga muvofiq, muomalaga naqd pul chiqarish, ularni saqlash, muomaladan qaytarib olish va muomala uchun yaroqsiz holatga kelgan pul belgilarini yangi pul belgilariga almashtirish vazifalarini bajaradi. Shuningdek, muomalaga chiqarilmagan pul belgilarini saqlash maqsadida Markaziy bank Rezerv fondlarini tashkil etadi va ular bo’yicha pul mablag’larining tarkibiy qismlarini, ya’ni banknot va tangalar ko’rinishidagi qoldiq limitlarini belgilaydi. Tijorat banklari aylanma kassalarining qoldiq limitlari ham Markaziy bank tomonidan o’rnatiladi.
Markaziy bank Respublika banklarida pul muomalasini va kassa ishlarini tashkil etish hamda ularning buxgalteriya hisobini yuritish bilan bog’liq barcha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi.
Markaziy bank o’zining asosiy maqsadini to’laqonli bajarish, ya’ni pul muomalasini barqaror saqlab turishga hamda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun pul muomalasi holatini muttasil o’rganadi va tahlil qiladi hamda uni mustahkamlash uchun amaliy choralar ko’radi. Asosiy naqd pul oqimlari tijorat banklari kassalari orqali o’tganligi sababli, Respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining naqd pul muomalasi bilan bog’liq faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi.
Markaziy bank tomonidan naqd pul muomalasini tartibga solish maqsadida tijorat banklari va ularning mijozlari uchun majburiy bo’lgan quyidagi talablar o’rnatilgan:
Kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
Tijorat banklari kassalariga naqd pullarni topshirish va olish tartibi;
Tijorat banklari aylanma kassalariga limit o’rnatish tartibi;
Tijorat banklari aylanma kassalari mustahkamlash uchun zaxira pullarini tashkil qilish tartibi;
Tijorat banklari kassa aylanmalarini hom cho’t qilish tartibi;
Xo’jalik subyektlari naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati tomonidan tijorat banklari kassalariga topshirish tartibi;
Banknotlar va monetalarni to’lovga yaroqlilik qobiliyatini aniqlash tartibi;
Xo’jalik subyektlari kassalari qoldig’iga limit o’rnatish tartibi;
Naqd pul bilan hisob – kitob qilish tartibi;
Kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi;
Chakana savdo korxonalariga naqd pulsiz hisob – kitob qilish tartibi.
Markaziy bank va uning Hududiy Bosh Boshqarmalari (HBB) zimmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida pul muomalasini tashkil etish, tijorat banklari naqd pul bilan bog’liq faoliyatini muvofiqlashtiradi va monitoring yuritadi.
Bank muassasalariga kelib tushgan pul birliklari va tangalarning qayta sanalishi, to’lovga yaroqli, eskirgan hamda yaroqsiz, ya’ni to’lov qobiliyatini yo’qotgan pul birliklarini toifalarga ajratilgan holda saralash, taxlash, tegishli ravishda o’rab bog’lash va qayta muomalaga chiqarilishi kabi ishlarning sifatini yanada oshirish yuzasidan Markaziy bankning barcha muassasalari va tijorat bank bo’limlariga doimiy ravishda tegishli ko’rsatmalar berib boriladi. Pul birliklarining «yaroqli», «eskirgan»va «to’lovga yaroqsiz» toifalar bo’yicha mezonlarini ishlab chiqadi.
2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o’rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berdi.
Ushbu yo’nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog’liq amaliy qadamlar bo’ldi.
Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o’z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko’p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog’liq.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.
Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo’ldi.
Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash bo’yicha tegishli choralar nazarda tutilgan.
Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining qayta ko’rib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi o’zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to’g’ri qabul qilinishi va qo’llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o’rta muddatli istiqbolda pulkredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan.
Ushbu Konsepsiyaning maqsadi inflyatsion targetlashga o’tishning konseptual asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish uchun zaruriy sharoitlar yaratish bo’yicha o’rta muddatli rejalarni keng jamoatchilikka yetkazish va batafsil tushuntirishga qaratilgan.
O’zbekistonda inflyatsion targetlash rejimini joriy etish istiqbollari
Barqaror iqtisodiy rivojlanish va makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish usullarining bozor instrumentlaridan foydalanish asosida tubdan qayta ko’rib chiqilishi munosabati bilan ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta’minlash pulkredit siyosatining bosh maqsadi sifatida belgilandi.
Bunda inflyatsiya sur’atini pasaytirish va uni past darajada saqlab turish o’rta muddatli istiqbolda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sishni ta’minlashda asosiy shart sifatida qaraladi.
Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi pul-kredit siyosatining tamoyil va usullarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlashga qaratish uchun zarur bo’lgan asosni yaratadi. O’rta va uzoq muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlashda inflyatsion targetlash samarali usul hisoblanadi.
O’zbekiston sharoitida inflyatsion targetlash rejimining tanlanishi qator sabablar bilan izohlanadi. Birinchidan, bugungi kunda inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatining ta’sirchan rejimi sifatida o’zini namoyon qilib, o’rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadiga eng muvofiq keluvchi rejim hisoblanadi.
Ikkinchidan, monetar agregatlar yoki valyuta almashuv kursini targetlash kabi rejimlarning amaliyotga qo’llanilishi tajribasi ularning O’zbekiston sharoiti va zamonaviy talablarga mos kelmasligini ko’rsatmoqda.
Xususan, valyuta almashuv kursini targetlash rejimida kursning doimiy tarzda maqsadli darajada saqlab turilishi xalqaro rezervlarni sezilarli darajada kamaytirib, valyuta inqirozining kelib chiqish xatarini oshiradi.
Valyuta almashuv kursini targetlash rejimida valyuta kursini mos ravishda o’zgartirish orqali tashqi salbiy ta’sirlarni mo’tadillashtirish imkoniyati cheklanadi.
Bundan tashqari, mazkur rejimda Markaziy bankning asosiy e’tibori faqatgina valyuta almashuv kursining maqsadli darajasini ta’minlashga qaratilishi tufayli ichki maqsadlarga qaratilgan mustaqil pul-kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyati cheklanadi.
Boshqa tomondan, iqtisodiyotni liberallashtirish va tarkibiy o’zgartirish, shuningdek, xufyona iqtisodiyotning sezilarli darajada mavjud bo’lishi sharoitlarida pul agregatlarining keskin o’zgarishi kuzatilishi mumkin. Bu esa, o’z navbatida, monetar targetlash rejimi doirasida maqsadli ko’rsatkichlarni o’rnatish va unga erishish vazifasini murakkablashtiradi.
Shu bilan birga, pul agregatlari va inflyatsiya orasidagi barqaror bog’liqlikning pasayishi monetar targetlash rejimi samaradorligini kamaytiradi.
Mamlakatimizda valyuta siyosatini liberallashtirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda narxlar barqarorligini ta’minlash boyicha aniq maqsadlarning belgilanishi inflyatsion targetlashga o’tish uchun tayanch shartsharoitlar yaratadi.
Xalqaro tajribaga asosan, inflyatsion targetlash rejimiga o’tish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha makroiqtisodiy sharoitlar mavjudligini va kompleks choratadbirlar amalga oshirilishini talab qiladi:
Pul-kredit siyosatini yuritish, ya’ni transmission mexanizm samaradorligini oshirish;
Valyuta bozori faoliyatini yanada liberallashtirish va takomillashtirish; Pul-kredit siyosatining mavjud instrumentlarini takomillashtirish va yangi zamonaviy bozor instrumentlarini joriy etish;
Banklararo pul bozori faoliyatining shaffofligini oshirish va rivojlantirish;
Makroiqtisodiy prognozlash va tahlil qilish salohiyatini mustahkamlash; Pul-kredit siyosatining pirovard maqsadi va qo’llaniladigan instrumentlar to’g’risida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida pul-kredit siyosatining aniqligi va shaffofligini oshirish;
Kommunikatsion siyosatni takomillashtirish;
Markaziy bankning institutsional bazasini rivojlantirish;
Moliya bozorini, shu jumladan, davlat qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish; Makroiqtisodiy siyosatni samarali muvofiqlashtirish;
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tarkibiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish.
Umuman olganda, inflyatsion targetlashga o’tish pul-kredit siyosatining barcha asosiy yo’nalishlarini tubdan qayta ko’rib chiqish va takomillashtirishni talab qiladi. Ushbu konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bozor mexanizmlari va instrumentlari asosida pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish bo’yicha strategik vazifalar bajarilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish va rivojlantirish bo’yicha ushbu Konsepsiya o’z ichiga 2018-2021 yillar uchun mo’ljallangan chora-tadbirlar “yo’l xaritasi”ni qamrab oladi.
Mazkur yo’l xaritasini ishlab chiqishda asosiy e’tibor inflyatsion targetlashning mexanizm va tamoyillarini o’rta muddatli istiqbolda samarali joriy qilish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha choralarni amalga oshirishga qaratildi.
Pul-kredit siyosatining transmission (o’tkazish) mexanizmi
Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlashda pul-kredit siyosati choralarining yalpi talab va inflyatsiya darajasiga samarali ta’sir mexanizmining mavjudligi xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Inflyatsion targetlash rejimida Markaziy bank inflyatsiya bo’yicha qo’yilgan maqsaddan kelib chiqib, foiz stavkalarini o’zgartiradi va o’rnatadi.
Iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar kuchayganda, Markaziy bank an’anaviy tarzda foiz stavkalarini oshirish orqali pul-kredit qat’iylashtiradi.
Ushbu choralarning iqtisodiyotning real sektoriga ta’sir qilish darajasi va muddatlari pul-kredit siyosati transmission mexanizmlarining samaradorligi bilan belgilanadi.

Yüklə 144,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin