Talabalar uchun ijara xonadonlar yoxud oliy ta’lim muassasalarining mahallalar uchun “INVESTITSIYASI” Yurtimizda so‘ngi besh yillikda bo‘lgan o‘zgarishlar, ta’lim sohasida bosilayotgan jiddiy qadamlar mamlakatda ziyoli fuqarolar ulushini oshirish bilan bir qatorda anchagina jiddiy muammoga aylanib qolgan talabalar turar joylari yoki ijara xonadonlar bilan bog‘liq yechimini topishi kerak bo‘lgan kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
2017-yilga kelib yurtimizda yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrab olinish darajasi 9 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich qariyb 50 foizga yetmoqda. Bu esa talabalarning turar joylar va ijara xonadonlarga bo‘lgan talabini 4-5 barobarga oshib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Oliy ta’lim muassasalari qoshida ochilgan talabalar turar joylari sig‘imi afsuski talabalar uchun yetarli bo‘lmayapti.