Internet-do’kon o’zi nima? Internet-do’kon



Yüklə 27,58 Kb.
səhifə1/3
tarix02.04.2023
ölçüsü27,58 Kb.
#92544
  1   2   3
do`kon


Internet-do’kon o’zi nima?
Internet-do’kon elektron savdo-sotiq shakli, tovarlarni Internet orqali sotishga mo’ljallangan veb-sayt. Internet-do’kon xaridorlari onlayn tarzda (kompyuter yoki smartfonda) tovarlarni tanlashlari, xarid uchun buyurtmani rasmiylashtirishlari, to’lov va yetkazib berish usullarini tanlashlari (elektron to’lov tizimi orqali to’lashlari ham) mumkin.
Internet-do’konda savdo masofadan amalga oshiriladi. Bu holat ayrim tovarlar sotilishiga cheklovlar kiritilishiga sabab bo’ladi. Masalan, O’zbekistonda ham internet-do’konlarda alkogol mahsulotlar, zargarlik buyumlari va ayrim boshqa tovarlar internet orqali erkin sotilishi qonunchilik bilan taqiqlangan yoki cheklangan.
Internet-do’kondagi tovarlar katalog tarzida taqdim etiladi (xuddi oddiy do’kondagi polkalardek), turli kategoriyalarga ajratiladi va tovar fotosurati, narxi, qisqacha ma’lumotlari va boshqa xususiyatlariga ega bo’ladi (xuddi oddiy do’kondagi bo’limlardek). Saytga tashrif buyurgan shaxs (xaridor) tovar xususiyatlari bilan tanishib chiqib, o’ziga keraklisini “Savatcha”ga solish imkoniyatiga ega (oddiy do’kondagi savatchadek). Keyin “Savatcha”ga o’tib, o’zi tanlagan tovarlarni, ularning summasini ko’rishi mumkin. “Savatcha”da tovarlar miqdorini o’zgartirishi, ortiqchasini chiqarib tashlashi, yetkazish usulini tanlashi mumkin. Shundan keyin “Buyurtmani rasmiylashtirish” sahifasida o’zining shaxsiy ma’lumotlarini qoldiradi va to’lov usulini tanlaydi (buyurtma beradi).
O’zbekistondagi Internet-do’konlarda to’lov turlicha bo’lishi mumkin: plastik kartadan elektron to’lov tizimlari orqali (masalan Click, PayMe kabi), bank to’lov terminali orqali yoki naqd pul ko’rinishida (yetkazilgan joyida).
Buyurtmani yetkazib berish kuryer (Internet-do’kon xodimi yoki boshqa shaxslar) yoki pochta xizmati tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Internet-do’konning oddiy do’konlarga nisbatan eng asosiy afzalliklari quyidagilar:

  • Internet-do’konga kuniga 24 soat va yilning 365 kunida, tushlik payti yoki dam olish, bayram kunlariga qaramasdan, sutkaning xohlagan paytida kirish, tovarlarni tanlash va buyurtma qoldirish mumkin;

  • Internet-do’konga dunyoning xohlagan joyidagi har qanday xaridor uyidan chiqmagan holda kirishi mumkin;

  • Internet-do’konga joylahtiriladigan tovarlar hamda xizmatlar turlari va soni cheklanmagan;

  • Internet-do’kon xaridorlari va sotuvchilari bir-biri bilan oradagi masofadan qat’iy nazar onlayn-chat, elektron pochta orqali va boshqa usullarda xohlagan paytda bog’lanishlari mumkin;

  • mobil qurilmalar va internet rivojlanishi xaridor xohlagan joyida turib (ko’chada, hovlida, uyda, mehmonxonada va hokazo) Internet-do’konga kirish tovar sotib olish imkonini beradi;

  • Internet-do’kon – bu savdo-sotiq sohasining kelajagi.

  • Google Play - Android ilovalari, o'yinlar, musiqa, kino ijarasi va xaridlar va elektron kitoblar uchun yagona oyna. Android qurilmalarida Google Play do'konidan Play Store ilovasidan foydalanish mumkin. Standart ilovalar Android tizim tepsisinde ko'rinadi, lekin Play O'yinlar, Play Musiqa, Play Kitoblar, Play Filmlar va TV va Play Newsstand - yuklab olinadigan tarkibning barcha kutubxonalari. Ularning har biri alohida tarkibdagi o'yinchiga ega bo'lib, kontentingizga kirishga ruxsat beradi. Bu shuni anglatadiki, noutbuklar va Android bo'lmagan smartfonlardagi Play Musiqa, Play Books va Play Movies-ni ko'rishingiz mumkin.

  • Eslatma: Google Play do'koni (va ushbu maqolada keltirilgan barcha ma'lumotlar) sizning Android telefoningiz kim bo'lishidan qat'i nazar: Samsung, Google, Huawei, Xiaomi va boshqalar.

  • Yüklə 27,58 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin