Intellektual salohiyat natijalari va mulkchilik



Yüklə 117,21 Kb.
səhifə1/3
tarix12.10.2023
ölçüsü117,21 Kb.
#154966
  1   2   3
Intelluktula salohiyat (3)





INTELLEKTUAL SALOHIYAT NATIJALARI VA MULKCHILIK



Tayyorladi:Xolxo‘jayev Eldorxo‘ja

R espublikamizda innovatsiya infratuzilmasini shakllantirish hozirda institutlar va yordamchi innovatsion korxonalar asosida barpo etilmoqda. Ular tarmoqlar innovatsiyasini rivojlanishini ko’pgina masalalarini hal qiladi. Respublikamiz oliy o’quv yurtlarining o’quv dasturlarida innovatsion jarayon tashkil qilish masalalariga tarmoqlar doirasida e‘tibor qaratilmoqda. Ishlab chiqaruvchilar va korxonalarning innovatsiya jarayonlarda ishtirok etish uchun mablag’larni ajratish maqsadida zaruriy sharoitlar yaratilmoqda.



  1. asrda innovatsion loyihalar va yangi g’oyalarning hayotga keng tatbiq etilishi jamiyat va insoniyat taraqqiyoti uchun samarali hisoblanadi. Texnologiya taraqqiyoti asrida ilmiy loyihalarni ishlab chiqarish va hayotga joriy etish, mamlakat iqtisodiyotining yuksalishida va yangilanishida muhim omil sanaladi. Innovatsion faoliyat infratuzilmasining rivojlanish darajasi innovatsion siyosatni amalga oshirishga ta‘sir etuvchi asosiy omillardan biridir.

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonuni 1996yil 30 avgustda qabul qilingan.

  1. Umumiy qoidalar.

  1. modda. Asosiy tushunchalar.

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: Muallif - ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs;
Yozuv - ovozlar va (yoki) tasvirlarning ularni texnikaviy vositalar yordamida qayta-qayta idrok etish, takrorlash yoki uzatish imkonini beradigan biror-bir moddiy shaklini ifodalaydi;
Ijrochi - aktyor, qo’shiqchi, musiqachi, raqqos yoki rol o’ynaydigan, o’qiydigan, ifodali o’qiydigan, musiqa asbobini chaladigan, adabiyot yoki san‘at asarini (shu jumladan estrada, sirk) boshqa bir tarzda ijro etadigan shaxs, shuningdek spektaklning sahnalashtiruvchi rejissyori va dirijyor;
E‘lon qilish (oshkor qilish, chop etish) – ommaning oqilona talab va ehtiyojlarini qondirish uchun hamda asarning, fonogrammaning xususiyatidan kelib chiqqani holda asar, fonogramma nusxalarini muomalaga etarli miqdorda chiqarish;
Manzarali amaliy san‘at asarlari – amalda foydalaniladigan buyumlarga ko’chirilgan ikki o’lchovli yoki uch o’lchovli san‘at asari, shu jumladan, badiiy hunarmandchilik asari yoki sanoat yo’li bilan tayyorlanadigan asar;
Fonogramma - biron-bir ijro yoki boshqa ovozlarning har qanday mutloqo ovozli yozuvi;
Asar nusxasi - asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan ko’chirmasi;
Fonogramma nusxasi - fonogrammadan bevosita yoki bilvosita tayyorlangan va shu fonogrammaga jam bo’lgan ovozlarning hammasini yoki bir qismini qamrab olgan har qanday moddiy jismdagi fonogramma ko’chirmasi.
Davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solish sohasidagi tartibga solish tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga olishi zarur:

  • davlat siyosatining aniq belgilangan maqsadlarini;

  • belgilangan maqsadlarni amalga oshiradigan boshqaruv organlari va ularning funksiyalarini;

  • boshqaruv funksiyalarini to’liq amalga oshirishda tartibga solish ob‘ekti va axborot beradigan axborot tizimini;

  • davlat boshqaruv organlarining qo’llab-quvvatlash va tartibga solish instrumentlari, davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solishning asosiy instrumentlariga nafaqat uning elementlari taalluqli bo’ladi balki davlatning ilmiy imtiyozlar tizimiga muvofiq, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar sohasi o’rtasida byudjet va byudjetdan tashqari resurslarni taqsimlash orqali ilmiy texnika yangiliklarini davlat tomonidan to’g’ridan-to’g’ri qo’llab quvvatlash;

  • innovatsion jarayonlarning sub‘ektlariga turli xil imtiyozlarni taqdim etishni (ham innovatsiyalarni amalga oshirayotgan bevosita tadbirkorlarga ham ularni yoki bu darajada qo’llabquvvatlayotgan infratuzilma elementlariga);

  • iqtisodiyotda innovatsion muhitni shakllantirish va ilmiy-texnik axborotlar milliy xizmatini, patentlash va litsenziyalash, standartlashtirish, sertifikatlash, statistika, xorijiy tajribani o’rganuvchi tahliliy markazlar, ilmiy-texnik rivojlanish, prognozlashtiruvchi kadrlarni tayyorlash kabilarni o’z ichiga oluvchi tadqiqotlar va ishlanmalar ta‘minoti infratuzilmasi hamda ular asosida qaror qabul qiluvchi shaxslarni ustuvor ilmiy, milliy tizimlar bilan ta‘minlashdan iborat.

I nnovatsion faoliyati rivojlantirish uchun istiqbolli amaliy ishlar natijalarini targ’ib qilishni ta‘minlash va respublikada texnologiyalar transferini ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida rivojlantirish zarur.
Birinchidan, respublika fanning bu jarayonni amalga oshirishga bo’lgan hissasini yaxshilab aniqlash kerak va mavjud innovatsion xulosa qilish kerak. Real moliyaviy, moddiy-texnik imkoniyatlari, asbob-uskuna va ma‘lumotlarni ta‘minlash asosida tugatilgan ishlanmalarni targ’ib qilish uchun ustuvor ishlab chiqarish yo’nalishlarini topish kerak. Mamlakatlar olimlari va ishlab chiqaruvchilarning mavjud tarmoqlararo aloqalarni birin-ketin kengaytirish lozim. Buning uchun bu masalalarni kamida ikki o’zaro bog’liq holda hal qilish lozim.
Birinchi daraja, mahalliy ishlab chiqarishning asosiy ustuvor masalalari uchun va i lmiy-texnik va integratsion texnologik dasturlar bajarilishi uchun kooperatsiya mexanizmlarini ishlab chiqish, oliy ta‘lim muassasalari va tarmoqlar ilmiy kuchlarini birlashtirishdan iborat bo’lishi lozim.
Ikkinchi daraja – bu mexanizmlarning ishlab chiqilishi va texnologiyalar transferini ta‘minlash uchun normativ-huquqiy bazani shakllantirish va innovatsiyalarni tijoratlashga e‘tibor qaratishni talab etadi.
Bunday rivojlangan infratuzilma yaratish targ’ibot, marketing konsalting va boshqa korxonalarning sotish bilan shug’ullanadigan tuzilmalari va maxsus vositachi firmalarni tashkil qilishni taqozo etadi. Ularning maqsadi – olimlarga hamda ishlab chiqaruvchilarga yordam ko’rsatish va ularning targ’ibot faoliyatini ta‘minlash va innovatsiya mahsulotlarini ishlab chiqarishni amalga oshirishdir.
Ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilarning o’zaro qiziqishlari uchun davlat darajasida zarur sharoitlar yaratish, maqsadli, kerakli qarorlarni qabul qilish va innovatsiya faoliyati ishtirokchilariga soliqlarda imtiyozlar tizimini kiritish, bunda davlat va xususiy korxonalar mablag’larini birlashtirishhamda berilgan takliflarini tezlik bilan amalga oshirish lozim.
Ikkinchidan, respublikada yaratilgan intelektual mulk ob‘ektlarini tashkil qilishda fan va ishlab chiqarishning ikki tomonlama qiziqishlarini ta‘minlash uchun zarur sharoitlarni yaratish kerak. Olimlarning patent bilan himoyalangan har bir ishlanmasi belgilangan respublika korxonasi, firmasi yoki fermer xo’jaligida tajribada amalga oshirish uchun kerakli monitoringdan o’tkazilishi kerak.
Eksportga yo’naltirilgan ishlanmalarni ajratish uchun mahalliy ixtirolarning keng ekspertizasini o’tkazish va davlat tarkiblari tomonidan ularga zarur ko’maklashishi kerak. Bu maqsadlar uchun O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tassarufida patentlangan ixtirolar monitoringi va ekspertizasi bo’yicha maxsus bo’linmalar yoki korxonalar tashkil etish lozim.
Intelektual mulk ob‘ektlarining eng muhimlarini tadbiq etish uchun, nafaqat tashkiliy tomondan qo’llash, balki tadbiq etayotgan korxona tomonidan maqsadli mablag’ bilan ta‘minlash ham zarur. Intelektual mulkdan foydalanuvchilar uni mualliflarini ishlab chiqarilgan mahsulotning iqtisodiy samaradorligiga qarab rag’batlantirish lozim. Respublikada yaratilgan intelektual mulkka mualliflik huquqini kengroq rivojlantirish, korxonalar, manfaatdor ishlab chiqaruvchilar va fermalar, davlat tuzilmalari tomonidan ularni qo’shimcha moddiy rag’batlantirishi kerak. Bu patentlar bilan himoyalangan innovatsiyalarni tijoratlashtirish yo’li hisoblanadi.
Uchinchidan, fan va ishlab chiqarishdagi takliflarni davlat uchun eng muhimlarini ustuvorlarini tanlash, davlat tomonidan qo’llab-quvvatlangan ustuvor innovatsion loyihalarini ajratib, respublika innovatsion ilmiy- texnika dasturini doimo to’ldirib turish lozim. Ushbu loyihalarni bajarish uchun maqsadli davlat investitsiyalari va bank kreditlarini ushbu sohaga yo’naltirish.
To’rtinchidan, innovatsiya texnologiyalarini samarali transferini ta‘minlash uchun ―fan-innovatsiya-ishlab chiqarish‖ zanjirini o’zaro hamkorligini yo’lga qo’yish joiz. SHuningdek, olimlar kashf etgan yangiliklar va texnologiyalarni sanoatga tadbiq etish mexanizmlarini amalga oshirish kerak. Ushbu mexanizmlarni joriy etish ma‘lum bir tashkiliy ishlarni amalga oshirishni talab etadi. SHunga muvofiq qonunchilik bazasini yaratish va maqsadga yo’naltirilgan mablag’larni izlab topish zarur. Buning uchun texnologiyalar transferi va mahalliy innovatsiyalarni tijoratlashtirish va harakatlantirish mexanizmlarini qamrab oladigan bir qancha me‘yoriy- huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish zarur.
Beshinchidan, qonunchilik darajasida, olimlarning innovatsiya ishlanmalarini va yangi texnologiyalarini amaliyotga tadbiq etishni mablag’ bilan ta‘minlashni tarmoqlarga biriktirib qo’yish, yangi texnologiyalar hamda modernizatsiya fondlaridan kengroq foydalanishni yo’lga qo’yish lozim. Uni ―Innovatsion faoliyat to’g’risida‖gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasida ko’rsatish va innovatsiya faoliyatiga investitsiyalar kiritish to’g’risida namunaviy Nizom ishlab chiqish lozim.
O’zbekistonda muhofaza qilinadigan ixtiro, foydali modellar, sanoat namunalari tarkibidagi qurilmalarni boshqa davlat – Parij konvensiyasi ishtirokchisining transport vositasida, bu transport vositasi vaqtincha yoki tasodifan O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lganda qo’llanish, bunda bu qurilmalar faqat shu vosita ehtiyojlari uchungina foydalanilishi shart. Tarkibida patentlangan ob‘ektlar bo’lgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki tajribalar o’tkazish.
Tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tarkibida patentlangan ob‘ektlar bo’lgan vositalarning qo’llanishi. Vazirlar Mahkamasi milliy xavfsizlik manfaatlari yo’lida patentlangan ob‘ektlardan foydalanish to’g’risida patent egasining roziligini olmasdan turib qaror qabul qiladi lekin bunday hollarda obe‘ktdan foydalanilgani uchun unga tegishli moddiy yordam ko’rsatiladi.
T arkibida patentlangan ob‘ektlar bo’lgan vositalarni, agar bu vositalar qonuniy yo’l bilan xo’jalik aylanmasiga kiritilgan bo’lsa (patent egasining o’zi yoki uning litsenziyasi)dan foydalanish.
Dorixonalarda shifokor resepti bo’yicha dorilarni bir marta tayyorlash. Ixtiroga patent – ixtironing ustuvorlik sanasidan boshlab yigirmayil mobaynida amal qiladi va u mohiyati bo’yicha ekspertiza o’tkazilgandan
so’ng beriladi.
Hozirgi vaqtda respublikada xorijiy mamlakatlar etakchi tajribalaridan foydalanib, bir qancha viloyatlar (mintaqalar) markazlarida Innovatsiya markazlarini ochilishi, o’z navbatida mintaqa, viloyat va tumanlar innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi bo’yicha fondlari, venchur fondlari tashkil qilinish i bilan berishi lozim. Ushbu fondlarni tashkil etishda innovatsiya infratuzilmasi yaxshi rivojlangan yirik korxonalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalari, kichik innovatsiya firmalari, konsalting, marketing va tadbiq etuvchi korxonalar ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo’ladi. YAngi ochilgan firmalarda qo’shimcha ish o’rinlari yaratiladi. Bu esa aholini ish bilan ta‘minlash va bandligi muammosini echishga o’z ulushini qo’shadi.

    1. B izning fikrimizcha, innovatsion faoliyatni keng rivojlanishini ta‘minlash hamda respublikani yuqori texnologiyalarni tadbiq etish bo’yicha rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko’tarilishini ta‘minlash maqsadida quyidagi ustuvor tadbirlar kompleksini amalga oshirish lozim: Milliy innovatsiya ustuvorlikni amalga oshirish strategiyasi va mexanizmlarini rivojlanishi uchun vazirliklararo Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish.

    2. ―Innovatsion faoliyati to’g’risida‖gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni ishlab chiqilishi va qabul qilinishi, Soliq kodeksiga tegishli o’zgarishlar kiritilishi, shuningdek, rag’batlantirish mexanizmlari, samarali intelektual mulk himoyasini tashkil etish va uni xo’jalik amaliyotiga kiritish lozim.

    3. Ustuvor innovatsiya loyihalarini, ilmiy g’oya ishlab chiqilgandan boshlab, texnik konsepsiyasi tayyorlanib, tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qadar, doimiy mablag’ bilan ta‘minlash maqsadida innovatsiyani davlat tomonidan qo’llab - quvvatlash tizimini tashkil qilish lozim. Ushbu tizim innovatsiya faoliyatida qatnashuvchi xo’jalik sub‘ektlari uchun muayyan soliq imtiyozlarini ko’zda tutishi, shu jumladan:

  • yangi raqobatga chidamli mahsulot ishlab chiqishga bevosita yo’naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga sarflanadigan mablag’lar soliqlardan ozod qilinishi;

  • fundamental tadqiqotlarga va innovatsiyani qo’llab-quvvatlovchi tarmoq va tarmoqlararo fondlar, mablag’lar soliqlardan ozod qilinishi;

    1. Innovatsiya faoliyatni mablag’ bilan ta‘minlovchi ko’p manbali tizimni shakllantirish.

    2. Innovatsiyalarni tijoratlashtirish va ustuvor texnologiyalarni tadbiq qilish uchun Milliy innovatsiya fondi tashkil qilish kerak. Uning manbalari, byudjetdan tashqari, iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsiya mahsulotlarini tadbiq etishidan olingan foyda ulushidan tashkil topadi.

    3. Etakchi ilmiy-tadqiqot va oliy ta‘lim muassasalari bazasida bir qancha texnologik parklar, markazlar tashkil etib, ularning faoliyatini yirik korxonalar va banklar bilan birgalikda tashkil etish lozim.

Innovatsion kichik biznes rivojlanishini qo’llab-quvvatlash, ishlab chiqarishga etakchi mahalliy innovatsiya texnologiyalarni tadbiq etishni rag’batlantirish lozim.
7.Innovatsiya infratuzilma korxonalarining, davlat, xususiy yoki mulkning qaysi turi bo’lishidan qat‘iy nazar tarmoqlangan to’rtlik tashkil etish lozim. Ular konsalting, marketing, dilerlik, amalga oshiruvchi va boshqa o’rtada turuvchi korxona va firmalar bo’lishi mumkin. Ularning vazifalari:
- innovatsiya texnologiyalari va bozordagi mahsulotlarni tijoratlashtirish;
- aholi bandligini ta‘minlash maqsadida qo’shimcha ishchi o’rinlarini yaratish.
Butun jahon intellektual mulk tashkilotining tarixi 1883-1886yillardan Sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasi, Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish, Bern konvensiyasi qabul qilingandan boshlangan. Bu Konvensiyalar ―Xalqaro byurolar‖ deb nomlangan o’z kotibiyatlarini tashkil etishni ko’zda tutgan edi. 1893yilda bu ikki kotibiyat
―Intellektual mulkni muhofaza qilish bo’yicha birlashgan xalqaro byurolar‖ga birlashtirildi.
Hozirgi Butun jahon intellektual mulk tashkiloti (qisqartirilgan shaklda ―BIMT‖, ingliz tilida –―WIPO‖, fransuz va ispan tillarida
―OMRI‖) 1967yil 14 iyulda imzolangan. ―Butun jahon intellektual mulk korxonaini ta‘sis etish Konvensiyasi‖ga muvofiq tuzilgan. Bu Konvensiya 1970 yildan o’z faoliyatini boshlagan.
Hozirda Butun jahon intellektual mulk tashkiloti o’z faoliyat yuritishi bo’yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tizimi tarkibiga (1974yil dekabridan) kiruvchi ixtisoslashgan muassasadan iborat.
SHunday qilib, xalqaro va mahalliy innovatsiya faoliyatida to’plangan tajriba hamda integratsiya yo’li bilan tashkil etilgan korxona, respublika innovatsiya kompleksini rivojlantirish maqsadida innovatsiya qayd qilingan ko’p tashkiliy-texnik muammolarni echish imkoniyatini beradi. Bu esa respublika olimlarini mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishidagi faol ishtirokini ta‘minlaydi.
























Yüklə 117,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin