Ii bo`lim. 6-Modul. Marketing asoslari



Yüklə 232 Kb.
səhifə1/19
tarix02.01.2022
ölçüsü232 Kb.
#47101
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Marketing
МУНДАРИЖА, Шпаргалка, Олий таълим муассасаларида Жамоатчилик кенгашларини ташкил этишд, назорат саволлари-9, Тавсия этилган адаиётлар 9, GOLOSARIY, Hosila ta[1], KIRISH, 15, Fan datur, Marketing, Masofaviy ta'lim, Char, string, getline toifalaridan foydalanish, амалий иши тайёр Eks

II bo`lim.

6-Modul. Marketing asoslari

16-mavzu: Marketing va uni rivojlanishini asosiy bosqichlari, marketing tamoyillari,

vazifalari, funksiyalari va turlari
Marketing tushunchasi va uning mohiyati
Tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda
tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo'lib marketing hisoblanadi
hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda,
rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
«Ay-si-ay»
kontsyerni boshqaruvi raisi Djon Harvi Djons tadbirkorlikda marketingni o'rnini
tavisflab shunday deydi, ya’ni «Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu
nafaqat yoqilgi, balki kema komandasidir.»


Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular
boshdan ayirboshlash jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo bo'lishi, sotish
shakllarini rivojlanishi hamda istemolchilarni tovar va xizmatlar bilan o'zaro
harakati bilan bog'lanadi.


Marketing elementlarining paydo XVII asrning o'rtalariga borib takaladi.
Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashni turli shakllari paydo bo'ladi,
keyinchalik marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya’ni reklama, narx,
sotish kabilarni rivojlanishi kuzatildi.


1902 yildan boshlab AQSHning Michigan, Kaliforniya va Illinoys
univyersitetlarida marketing fani kiri
tilib, bu muammolar bo'yicha ma’ruzalar
o'qitila boshladi. Keyinchalik marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi.


1948 yildan boshlab marketing tovarlar va xizmatlar oqimini ishlab
chmkaruvchidan oxirgi pirovard iste’molchi tomon yo'naltirilgan xo'jalik
faoliyatini har xil turlarini amalga oshirish sifatida ko'rina boshladi.


Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog'liqdir,
shu bois marketing so'zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market -
bozor, ing - faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).


Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo'nalishi,
ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo'yicha amaliyot
faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida
marketing ta’rifini ko'p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta’rifi,
u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo'lib, uning mazmuni
quyidagichadir, ya’ni «Marketing» shunday jarayondan iboratki, uning
yordamida uylangan g'oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil
etiladi, g'oyalar, tovarlar va xizmat ko'rsatishlar harakati va sotishni, ayrim
shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi».


Marketingga olimlar turlicha ta’rif berganlar. I.K.Belyaevskiy shunday
degan: «Marketing - bu bozorni o'rganish va tartibga solish, boshqarish
tizimidir». Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta’rif beradi: «Marketing
tashkilotlar va kishilarni xoxish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarni yerkin
raqobatli ayirboshlashni ta’minlash yo'li orqali qondirishga yo'naltirilgan
ijtimoiy jarayondir», «Marketing - bu bir vaqtning o'zida biznes falsafasi va
faol jarayondir».


Ushbu ta’riflardan shuni aytish mumkinki, marketing - bu bozorni
o'rganish, u orqali iste’molchilarga ta’sir etishdan iboratdir.


Talab bilan taklifni o'zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning
xoxish-ehtiyojlarini o'zluksiz qondirish jarayoni bo'lib hisoblanadi. Bu jarayon
o'z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o'zaro ta’siriga
asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xoxish), talab, xarid qilish
(ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kiradi.


Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon
beradi.


Muhtojlik - kishini biron bir narsani etishmasligini xis etishidir.

Ehtiyoj - indevid shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga
muhtojlikdir.


Talab - bu xarid quvvatiga ega bo'lgan ehtiyoj.

Talab - mavjud, potentsial hamda xoxish talabga bo'linadi.

Tovar - bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga
e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif
etilgan barcha narsalardir.


Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish albatta
iste’molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo'ljallashdan iborat.


Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortiq
ta’rif bor. Mutaxassislar o'rtasida marketingning takror ishlab chiqarish
jarayonida ishtiroki masalasida yagona fikr yo'q. Hozir ko'pgina chet ellik
marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikka kiradigan
faoliyatni o'z ichiga olmog'i kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari esa bunday
izoxlarni tanqid qilib, ayriboshlashning hamma turlari ham marketing tusiga ega
emasligini va marketing printsiplarini hamma vaziyatlarga ham tadbiq qilib
bo'lmasligini ta’kidlaydilar. Marketingga ta’rif berishda bunday xilma-
xillikning sababi bor.
Birinchidan, marketing konsepsiyasi mazmuni kapitalistik
ishlab chiqarish usuli rivojlanishi bilan o'zgarib keldi va uning mohiyatini aks
ettirdi,
ikkinchidan, boshqarish tizimida marketingdan foydalanish maqsadlari,
xususiyatlari, miqyosiga qarab, undagi tashkiliy qismlarning ahamiyati va
boshqaruv tizimidagi ahamiyati o'zgarib boradi. Bundan tashqari, mutaxassislar
marketingni biznes xizmati va falsafasi tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida
marketing ishlab chiqarish, savdo, reklama, texnika xizmati ko'rsatish va boshqa
sohadagi tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing - bu jamiyat
ishlab chiqarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyadir.





Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə