I adabiyotlar sharhi 1 iq-spektroskopiyasi asoslari


Streptotsidning chinligini aniqlash



Yüklə 44,75 Kb.
səhifə6/9
tarix27.12.2023
ölçüsü44,75 Kb.
#199659
1   2   3   4   5   6   7   8   9
I adabiyotlar sharhi 1 iq-spektroskopiyasi asoslar-fayllar.org

2.1 Streptotsidning chinligini aniqlash

Streptotsid- Streptocidum


Tasvirlanishi: oq yoki sarg’imtir rangli hidsiz kukun.
Eruvchanligi: organik erituvchilarda atseton, vodorod xloridda yaxshi eriydi, 96% li spirt qiyin eriydi, issiq suvda yaxshi sovuq suvda kam eriydi .
Chinligi:
IK-spektr. Infraqizil nuri tasirida substansiya, ochuvchi reaktiv sifatida kaliy bromid ishtirokida, 4000 dan 400 sm-1 gacha to’lqin hosil qiladi.
UB-spektr. Ultrabinafsha spektri uchun 0.0008% li preparat olinib, 0.01M NaOH ishtirokida olib boriladi va 220-330 oralig’ida maksimum 251nm to’lqin uzunligini hosil qiladi.
UB-spekt. Ultrabinafsha spektri uchun 0.015% preparat olinib, 1M HCl ishtirokida olib boriladi va 220-320nm to’lqin hosil qiladi, maksimum 264-271 nm, minimum 241-268 nm, o’rtacha 257-268 nm to’lqin uzunligini hosil qiladi.


Chinlik reaksiyalar: 0.05g preparat barcha chinlik reaksiyalarini berishi kerak.
1.Modda birlamchi aromatik aminlarga xos bo’lgan reaksiyani beradi.
2. 0.1 g moddani quruq probirkaga solib, gaz gorelkasida qizdiriladi, natijada binafsha-ko’k rangli qotishma hosil bo’lib,ammiak va anilin hidi keladi.
Suyuqlanish harorati: 164-167o C da suyuqlanadi.
Kislotaligi: 0.8 g preparatga 40 ml suv solib suv hammomida eritamiz. So’ng hosil bo’lgan eritmani filtrlab olamiz.Filtratdan 25ml ajratib olib unga 0.1ml 0.1% li spirt va bromtimol ko’kidan qo’shamiz bunda eritmamiz sariq rangga kiradi. Keyin unga 0.05ml 0.05M li NaOH qo’shganimizda ko’k rangga kiishini kuzatishimiz mumkun.
Xloridlar: 0.02% dan ko’p bo’lmasligi kerak. 1g preparatga 20ml suv qo’shamiz va 1 daqiqadan so’ng filtrlab olamiz. 2ml filtratdan olib 10 ml bo’lguncha suv quyiladi va xloridlarga reaksiya qilib ko’riladi.
Sulfatga: 0.02% dan ko’p bo’lmasligi kerak. Xuddi xlorid kislotaga tayyorlaganimizdek 10 ml eritma tayyorlab olinadi va sulfat ionlariga reaksiya qilib ko’riladi.
Og’ir metallarga: 0.001% dan ko’p bo’lmasligi kerak.1g preparat olib og’ir metallarga sifat reaksiya qilib ko’riladi.



Yüklə 44,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin