Hamkorlik pedagogikasi texnologiyasi



Yüklə 106 Kb.
səhifə1/2
tarix12.04.2023
ölçüsü106 Kb.
#96910
  1   2
Hamkorlik pedagogikasi texnologiyasi


HAMKORLIK PEDAGOGIKASI TEXNOLOGIYASI
Reja: 

  1. Didaktikada hamkorlik o’qitish g’oyasining kelib chiqishi. 

  2. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining afzalliklari va istiqbollari. 

  3. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari. 

  4. Guruhli o’qitish metodikasi. 

Hamkorlikda o’qitish g’oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori – R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professori – R.Jonson, D.Jonson (1987), Koliforniya universiteti professori – SH.SHaron (1988), tomonidan ishlab ishlab chiqilgan.


Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o’qitish, asosan o’quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, Isroil va Evropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o’qitish, yuqorida qayd etilganidek, ko’proq o’quvchilar tomonidan o’quv materialini qayta ishlash loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o’quv bahsi va munozaralar o’tkazishni nazarda tutadi.
Mazkur g’oyalar bir-birini to’ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi.
Hamkorlikda o’qitish g’oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bo’lgan. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, YAponiya, Isroil mamlakatlari ta`lim muassasalarida keng qo’llanila boshlagan.
Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi – o’quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o’qish o’rganishdir.
Hamkorlikda o’qitish har bir o’quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o’quvchida shaxsiy qadr qimmat tuyg’usini vujudga keltirish, o’z kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas`uliyat hissini shakllantirishni ko’zda tutadi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi har bir o’quvchining tahlil olishdagi muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o’quv topshiriqlarini to’liq va sifatli bajarishga o’quv materialini puxta o’zlashtirishga, o’rtoqlariga hamkor bo’lib, o’zaro yordam ubshtirishga zamin tayyorlaydi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasida o’quvchilarni hamkorlikda o’qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:
1. Komandada o’qitish (R.Slavin) da o’quvchilar teng sonli ikki komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a`zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e`tiborni qaratadi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta`kidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi etarli emas. O’quvchilar tom ma`nodagi hamkorlik, har bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvafaqqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. SHundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda mas`uliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga intiladi.
2. Kichik guruhlarda hamkorlikda hamkorlikda o’qitish (R.Slavin, 1986).
Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi topshiriqning ma`lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a`zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.
O’qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
O’quvchilarning kichik guruhlardagi o’quv faoliyati o’yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.
O’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e`tibor o’zaro munosabatning rivojlanishini o’rganishga qaratiladi, o’qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi.
Psixolog A.V. Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosabatlar faoliyatdan kelib chiqishini o’rganib, ta`lim jarayonidagi o’qituvchining o’quvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish faqat ularni muloqotga ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o’quv materialini o’zlashtirishning ham vositasi ekanligini ta`kidlagan edi.
O’zaro hamkorlikning muhim omili va o’quvchilarning o’zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorligining shakllaridir. Hamkorlikdagi o’quv faoliyati o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarining va birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o’zlashtirish ob`ektini, bilim faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta`minlaydi.
Hamkorlikdagi o’quv faoliyatining maqsadi o’zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli o’quvchilar ilgari surgan yangi g’oyalar va o’zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog’liq maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir.
Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat o’qituvchining o’quvchiga ko’rsatadigan yordamidan boshlanadi;
O’quvchilarning faolligi asta-sekin o’sib borib, butunlay ularning o’zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo’ladi.
Pedagogika – psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir:

  1. faoliyatga kirish; 

  2. mustaqil harakatlar o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorlikda bajaradilar; 

  3. o’qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o’quvchini jalb etadi; 

  4. taqlid harakatlari (o’qituvchidan ibrat olgan o’quvchi anna shu namuna asosida harakat qiladi); 

  5. madad harakatlari (o’qituvchi o’quvchiga oraliq mAqsadni va unga erish usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi); 

  6. o’zini – o’zi boshqarish harakatlari (o’qituvchi umumiy maqsadni ko’rsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi); 

  7. o’zini – o’zi ko’rsatuvchi harakatlar; 

  8. o’zini – o’zi uyushtiruvchi harakatlar. 

Interaktivlik – o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta`siri. Hamkorlik faoliyatini takomil bosqichiga o’tish jarayonida o’zaro ta`sir o’tkazish harakatini baholashdan o’z-o’zini baholash darajasiga ko’tarilishi sodir bo’ladi. Ushbu jarayon hamkorlik dinamikasidan dalolat beradigan eng muhim omillardan biri vazifasini o’taydi.



Modulli ta`lim texnologiyasi
Modulli texnologiya o’qitishni modulli dars loyixasi asosida o’qitishni tashkil etish demakdir.Modul, kurs mazmunini uch bo’lakda yoki satxida qamrab oladi:

  • to’la

  • qisqartirilgan

  • chuqurlashtirilgan

dastur materiali (o’quv dasturini) bir vaqtning o’zida barcha ehtimol ko’rilgan kodlarda: rasm, test, ramzlar va so’z bilan berilishi mumkin.Modulli dastur o’quv materiallarining avtonom qismi bo’lib,quyidagi komponentlardan tashkil topadi:

  • aniq ifodaga ega bo’lgan o’quv maqsadi(maqsadli o’quv dasturi)

  • axborotlar banki, o’qitilishdasturi shaklida ayni o’quv material.

  • maqsadlarga erishish bo’yicha metodik qo’llanma.

  • zaruriy malakalarni shakllantirish bo’yicha amaliy mashg’ulotlar.

  • qo’yilgan modul maqsadiga qat`iy muvofiq qiluvchi nazorat ishi.

Modellashtirish turlari.

  • tafakkurni modellash

  • ilmitatsion rollarga bo’lib modellash;

  • tutashtiriluvchi chiziqlar usulida modellash ma`ruza

Modulli texnologiyaning mohiyati ta`lim jarayonini modullar asosida loyixalashtirishdan ya`ni o’quv va predmeti va uning bo’limlari mazmunini tartibga solish. Ta`limning muayyan bosqichidan boshlab bo’linmaydigan kasbiy faoliyatni mantiqan tugallangan qismlarga ajratishdan iboratdir.
So’ngra ajratilgan har bir modul bo’yicha shu modulning o’zigagina taaaluqli bo’lgan faoliyat mazmuni va ta`siri ddoirasi belgilanadi.Modulli texnolgiya maqsadni ruyobga chiqarish uchun modul bosqichma-bosqich amalga toshiriladi.Ushbu jarayonda sodir etilayotgan har bir harakat o’quv elementi sifatida qaraladi. O’quv elementi ham o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
Faoliyatning aniq elementlarini o’rgatish bilan bog’liq bo’lgan nazariy va amaliy axborotlar, ta`lim uchun zarur bo’lgan faoliyatni ta`minlovchi materiallar xaqidagi ma`lumotlar, maqsadlar, identifikatsion ya`ni ta`lim oluvchilarni xarakatlantiruvchi maqsadlar, o’quv materiallari , o’quv sharoitini nazorat qilish instrumentlari, chunonchi , o’quvchilarni ko’zlangan natijalarga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlar, testlar, maqsad etaloni va boshqalarni o’z ichiga qamrab oladi. 
Biroq modulli ta`lim o’zining yetarlicha “puxta“ligiga qaramasdan mazmun jihatdan ham, “yosh” jihatdan ham (u 60-yillarda vujudga kelgan) hanuzgacha tortishuvlarga, fikrlar qarama-qarshiligiga uchrab kelyapti. qator xorijiy mualliflar (V.Goldshmidt, M.Goldshmidt va boshqa) modul deganda aniq o’rnatilgan maqsadga erishishga yordamlashadigan yaxlit o’quv faoliyatini shakllantirishni tushunishadi. Modul mohiyati o’quv materialining avtonom bo’laklarini qurish to’g’risidagi birmuncha farqliroq fikr D.J. Rassel tomonidan aytildi. P.A.YUtsyavichenening ko’rsatishicha, “modulli o’qitish mohiyati shundan iboratki, o’rganuvchi qisman yoki to’liq mustaqil ravishda unga taklif etilayotgan o’zida harakatlarning maqsadli dasturini, axborotlar bankini va qo’yilgan didaktik maqsadga erishish bo’yicha metodik ko’rsatmani qamrab olgan individual o’quv dasturi bilan ishlashi mumkin. Bunda pedagog vazifasi axborotli nazorat qilishdan tortib maslahatchi - koordinatsiyalovchilikka qadar turlanishdan iborat bo’ladi“ Professor M.A.CHoshanov ham keyingi fikrga qo’shilgan holda fan rivojining hozirgi bosqichida modullilik tushunchasi metodologik mazmunga ega bo’layotganligini alohida ta`kidlaydi.
Muammoli o’qitishning didaktik tizimida birmuncha to’liq tadqiq qilingan tashkil etuvchisi muammoli ta`lim hisoblanadi. U o’rganuvchilarning fikrlash faoliyatini birmuncha faollashtirishga, ularda muammoning echimiga yondashishni shakllantirishga, va nihoyat - ijodiy tafakkurni rivojlantirishga samarali ta`sir ko’rsatadi. Bu ta`sir intellektual qiyinlashuvning maxsus vaziyatlarini - muammoli vaziyatlar va ularning echimlarini tuzish bilan ta`minlanadi. Muammoli vaziyat o’qitish jarayonida muhim motiv va hayajonli vosita sanaladi. Uning samarasi to’g’risida A.M Matyushkin, M.I. Maxmutov, I.YA. Lerner kabi yirik olimlar o’z nazariyalarini yaratdilar.
Muammoli-modulli o’qitish texnologiyasida asosiy diqqat xatoliklarni izlab topish maqsadiga muvofiq tarzda tuzilgan maxsus vaziyatlar tizimi orqali o’rganuvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish jihatlariga qaratiladi. U o’zida xatoliklarning uch asosiy guruhini birlashtiradi: gnoseologik, metodik va o’quv. Gnoseologik xatolar bilishga oid xarakterdagi xatolar hisoblanib, bilimlar evolyutsiyasi jarayonida olimlar tomonidan yo’l qo’yiladi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, o’quv jarayonida gnoseologik xatolardan foydalanish o’quvchi (talaba)larda borliqni tanqidiy mushohidalash, tahlil qilish va o’z xatolarini to’g’rilash ko’nikmalarini shakllantiradi, shuningdek, o’quv predmeti va fanga bo’lgan munosabatlarini o’zgartiradi: o’rganilayotgan fan mazmuni o’rganuvchilar oldida tayyor haqiqatlar yig’indisi sifatida emas, balki g’oyalar va odamlarning tarixiy dramasi tarzda, ijtimoiy maktab va yo’nalishlar kurashi tarzda, odat va yangilanish qarama-qarshiligi sifatida turadi.
Metodik xatolar o’quv xatolari bilan o’zaro bog’liq: o’rganish xatolari ko’p hollarda - o’qitish xatolari natijasidir. O’quv xatolari maxsus tashxislovchi jadvallarda har bir muammoli modul uchun guruhlanadi va keyinchalik kuchli ta`sir etuvchi vositalar sifatida foydalaniladi. Agar an`anaviy o’qitishda bilmaslikdan bilishga o’tish standartli vaziyatlarni qo’llash bilan chegaralansa, muammoli-modulli o’qitishda o’quvchining yaqindan rivojlanishi doirasi yangi bilimlarni yuzaki o’zlashtirish va noto’g’ri qo’llashga olib keladigan tanqidiy vaziyatlar - xatolar sohasigacha kengaytiriladi. Bunday sharoitda bilmaslikdan bilishga o’tish sohasi o’rganuvchi uchun asosiy muammoga aylanmaydi, balki tabiiy zveno bo’lib qoladi, ularning dolzarb rivojlanish mintaqasiga aylanadi.
Muammoli-modulli o’qitish texnologiyasining etakchi sifat belgisi - bu egiluvchanlik hisoblanadi. Zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishda egiluvchan avtomatlashtirilgan tizim muhim sanalgani kabi hozir ham, kelajakda ham pedagogik texnologiya samaradorligi ko’p jihatdan uning ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy o’zgaruvchan sharoitga moslasha olish va zudlik bilan ta`sir etish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. egiluvchanlik tuzilmali, mazmunli va texnologik holda bo’lishi mumkin.

Yüklə 106 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin