Funksiya tushunchasi va uning berilish usullari



Yüklə 15,16 Kb.
tarix27.03.2023
ölçüsü15,16 Kb.
#90283
Funksiya tushunchasi va uning berilish usullari


Funksiya tushunchasi va uning berilish usullari.
Agar x o'zgaruvchi miqdor X sonli to'plamdan qabul qila oladigan bar bir qiymatga biror ƒ qoida bo'yicha y o'zgaruvchi miqdorning Y sonli to'plamdagi aniq bir qiymati mos kelsa, y o'zgaruvchi x o'zgaruvchining sonli ƒunksiyasi deb ataladi. y o'zgaruvchining x o'zgaruvchiga bog'liq ekanligini ta'kidlash maqsadida uni erksiz o 'zgaruvchi yoki funksiya, x o'zgaruvchini esa erkli o 'zgaruvchi yoki ai]gument deb ataymiz. y o'zgaruvchi o'zgaruvchining funksiyasi ekanligi y =ƒ(x) ko'rinishda belgilanadi.
Argument x ning X to'plamdan qabul qila oladigan barcha qiymatlar to'plami ƒ funksiyaning aniqlanish sohasi deyiladi va D(ƒ) orqali belgilanadi. \f(x) \ ;xє D(ƒ)} to'plam ƒ funksiyaning qiymatlar sohasi (to 'plami) deb ataladi va E(f) orqali belgilanadi.
Agar A va B to‘plamlar hamda ularning funksional bog‘liq qonuni
berilgan bo‘lsa, funksiya berilgan hisoblanadi. Funksiya asosan quyidagi usullarda
beriladi:
a) Analitik usul. Bu usulda o‘zgaruvchilar orasidagi bog‘liqlik formulalar
yordamida beriladi.
b) Jadval usulida:
Funksiya jadval usulida berilganda funksiya argumentlari va unga mos keluvchi funksiya qiymatlari jadvalda keltiriladi.
v) Grafik usulda:
Bu usul asosan funksiyalarni analitik usulda berish qiyin bo‘lgan hollarida
uchraydi. Ko‘pincha tabiatda ro‘y beradigan hodisalarni o‘rganish jarayonida
apparaturalar yordamida egrilar olinib, ularni o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Masalan,
ostsilografni, elektrokardiogrammalarni ko‘rsatishlari funksiyani grafik usulida
berilishiga misol bo‘la oladi.
Yüklə 15,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin