Ehtimollar nazariyasini texnikaviy masalalarda qo'llanilishi



Yüklə 5,35 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü5,35 Kb.
#180961
Ehtimollar nazariyasini texnikaviy masalalarda qo\'llanilishi-fayllar.org


Ehtimollar nazariyasini texnikaviy masalalarda qo'llanilishi

Ehtimollar nazariyasini texnikaviy masalalarda qo'llanilishi
Ehtimollar nazariyasida «tajriba» tushunchasi biror shartlar majmuasini anglatadi. Bu shartlar bajarilganda (tajriba o'tkazilganda) kuzatilishi mumkin bo'lgan hodisalar-«tasodifiy hodisalar» deyiladi. Shartlari majmui T bir xil bo'lgan ikkita tajriba - o'zaro teng tajribalar deyiladi. Bunday holda T tajriba ikki marta takrorlanadi deymiz. T tajriba natijasida albatta ro'y beradigan UT hodisa, bu tajriba uchun muqarrar hodisa deyiladi. Boshqacha aytganda, UT muqarrar hodisa - shunday hodisaki, T tajriba necha marta takrorlanmasin, u har gal ro'y beraveradi, T tajriba natijasida hech qachon ro'y bermaydigan hodisa, bu tajriba uchun mumkin bo'lmagan hodisa deyiladi, ya'ni VT mumkin bo'lmagan hodisa - shunday hodisaki, T tajriba har qancha takrorlanmasin VT biror marta ham ro'y bermaydi. Tasodifiy hodisalarni lotin harflari A,B,C, ... bilan belgilaymiz. A hodisaning ro'y berishi B hodisa ro'y berishini va aksincha, B hodisaning r'y berishi A hodisa ro'y berishini ta'minlasa, A va B hodisalar - o'zaro teng hodisalar deyiladi (A=B). Ikkala A va B hodisalarning bir vaqtda ro'y berishini ifodalovchi AB hodisa - A va B hodisalarning ko'paytmasi deyiladi. A va B hodisalardan hech bo'lmaganda bittasining ro'y berishini ifodalovchi A+B hodisa - A va B hodisalarning yig'indisi deyiladi. A hodisa ro'y berib, B hodisa ro'y bermasligini ifodalovchi A\B hodisa - A va B hodisalarning ayirmasi deyiladi. A hodisa ro'y bermaganligini ifodalaydigan A hodisa - A ga teskari (qarama-qarshi) hodisa deyiladi .E - shunday hodisa bo'lsaki, T tajriba natijasida ro'y berishi mumkin bo'lgan har qanday A hodisa uchun, E hodisa, yo A hodisa ro'y berishini, yoki A hodisa ro'y berishini ta'minlasa, E hodisa T tajriba
WWW.OPENSCIENCE.UZ 12 | M^^WI
uchun elementar hodisa deyiladi. Elementar hodisalarni , n=1,2..., ko'rinishida kichik harflar bilan, T tajribaning barcha elementar hodisalar to'plamini ÜT yoki Q bilan belgilaymiz. T tajriba natijasida ro'y berishi mumkin bo'lgan har qanday A tasodify hodisa, ma'lum (A ning ro_y berishini ta'minlaydigan) elementar hodisalarning yig'indisi shaklida, ya'ni 5 A = iel 1 1 ko'rinishida tasvirlanadi. Agar qo'shiluvchilarning (1) yig'indidagi o'rni e'tiborga olinmasa, (1) yig'indi A hodisa uchun yagonadir. Shu sababli har qanday A tasodifiy hodisani A = wi \ iel ko'rinishda, ya'ni (1) yig'indiga kirgan elementar hodisalarning to'plami ko'rinishida tasvirlash mumkin.Xususan, UT=QT , VT=0. A to'plamga kiruvchi , iel elementar hodisalar - A hodisaga imkon yaratuvchi elementar hodisalar deyiladi.
O'zbekistonda Ehtimollar nazariyasi 20-asr 20- yillaridan boshlab V.I.Romanovskiy tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan rivojlana boshladi. T.A.Sarimsoqov, S.X. Sirojiddinov, T.A. Azlarov, Sh.K. Farmonov, A.N. Nagayev, N.U. G'ofurov, T.M. Zuparov kabi olimlarning Ehtimollar nazariyasiga oid tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika mat.ning eng taraqqiy etgan tarmoqlaridan biridir.
Misol. Ikki yashikning har birida 10 tadan detal' bor. Birinchi yashikda 8 ta, ikkinchi yashikda 7 ta standart detal' bor. Har bir yashikdan tavakkaliga bittadan detal' olinadi. Olingan ikkala detalning standart bo'lish ehtimoli topilsin.
Yechish. Birinchi yashikdan olingan detaF standart detaF bo'lishi hodisasini A, ikkinchi yashikdan olingani standart detaF bo'lishi hodisasini V deylik. Unda
R(A) = 108 =0,8, R(V) = 107 = 0,7 bo'ladi.
Ravshanki, olingan ikkala detalning standart detaF bo'lishi hodisasi esa AV hodisa bo'ladi A, V birgalikda bo'lmagan hodisalardir. Shuning uchun teoremaga ko'raR(AV)=R(A)-R(V) bo'ladi.
Demak, R(AV)=R(A)• R(V)=0,8-0,7=0,56 bo'ladi.
Bog'lik hodisalar ehtimollarini ko'paytirish teoremasini keltirishdan avval hodisaning shartli ehtimoli tushunchasi bilan tanishamiz.
Biror A hodisa berilgan bo'lsin. Odatda bu hodisa ma'lum shartlar majmui S bajarilganda ro'y beradi. Agar A hodisaning ehtimoli R(A) ni hisoblaganda S shartlar majmuidan boshqa hech qanday shart talab qilinmasa, bunday ehtimol shartsiz ehtimol deyiladi. Ko'p hollarda A hodisaning extimolini biror V hodisa (R (V)>0) ro'y bergan degan shartda hisoblashga to'g'ri keladi. A hodisaning bunday ehtimoli shartli ehtimol deyiladi va R(A/V) kabi belgilanadi.
Misol. Tangani 3 marta tashlash tajribasini qaraylik. Tajriba natijasida ro'y beradigan elementar hodisalar to'plami quyidagicha bo'ladi:
Q = {GGG, GGR, GRG, RGG, RRR, RRG, RGR, GRR}.
Bu to'plam 8 ta elementdan iboratdir.
Tanganing gerbli tomoni faqat bir marta tushish hodisasi A va kamida bir marta gerbli tomoni tushish hodisasi V bolsa, u holda extimolning klassik tarifiga asosan: R(A)=83 , R(V)=87 boladi. R(A/V) shartli ehtimol esa R(A/V)=73 ga teng boladi.
Endi bog'liq hodisalar ehtimollarini ko'paytirish teoremasini keltiramiz.
Teorema. Ikkita bogliq hodisaning birgalikda ro^y berish ehtimoli ulardan birining ehtimolini shu hodisa ro^y berdi degan farazda hisoblangan ikkinchi hodisaning shartli eqtimoliga ko"paytmasiga teng:
http://fayllar.org
Yüklə 5,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin