Davlat mexanizmi



Yüklə 5,23 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü5,23 Kb.
#208396
Davlat mexanizmi

DAVLAT MEXANIZMI


Davlat mexanizmi
Davlat apparati

Davlat mexanizmi – davlat apparati, tashkilotlari va muassasalari hamda davlat korxonalari tizimidan iborat bo‘lib, ular vositasida davlat hokimiyati amalga oshiriladi va jamiyat ustidan davlatning rahbarligi ta’minlanadi.

Davlat mexanizmining belgilari:


- o'zaro bog‘liq va iyerarxik jihatdan bir-biriga bo‘ysunuvchi davlat organlari va tashkilotlari (davlat korxona va muassasalari) tizimidan iborat;
- davlatning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini hamda funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkiliy, moliyaviy va boshqa vositalar bilan ta’minlanganligi;
- har bir davlat organi, tashkiloti vakolatlari va faoliyat doirasining muayyan huquqiy asoslarga ega ekanligi va boshqalar.

Davlat mexanizmi quyidagi asoslarga ko‘ra faoliyat yuritadi:


Davlat mexanizmining yagonaligi.
Maqsad va vazifalarning umumiyligi.
Ierarxik tizimga asoslanganligi.
Majburlov apparatining mavjudligi.
Hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan davlat organlari ichki tuzilishining mavjudligi.
Davlat organlari – davlat funksiyalarini amalga oshirishda hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat mexanizmining asosiy bo‘g‘ini. Masalan, prokuratura, sud, ichki ishlar organlari va boshqalar hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlaridir.
Davlat tashkilotlari – bevosita ishlab chiqarish hamda ta’minot bilan shug‘ullanuvchi davlat idorasi hisoblanib, davlat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan funksiyalarni bajaradi. Mazkur tashkilotlarning asosiy qismini davlat o‘z monopoliyasida qoldiradi. Metro, tramvay, trolleybus, elektr energiyasi tarmog‘ini boshqarish, aloqa tizimi shular jumlasidandir.
Davlat muassasalari – davlat organlari kabi hokimiyat vakolatiga ega bo‘lmagan, davlatning oldida turgan umumijtimoiy vazifalarni bajaruvchi idoralardir, masalan, kasalxonalar, maorif, teatr va boshqalar. Ushbu muassasalar hokimiyat vakolatiga ega bo‘lmasa-da, lekin jamiyat oldida turgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim vazifalarni bajaradilar

Davlat mexanizmi(apparati)ning tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari


Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi.
Demokratizm prinsipi.
Pog‘onama-pog‘ona bo‘ysunish (iyerarxiya) prinsipi.
Oshkoralik prinsipi.
Qonuniylik prinsipi.
Professionalizm prinsipi.
Saylanish va tayinlanishning uyg‘unligi.

Davlat apparati tushunchasi

Davlat apparati - bu davlat mexanizmining tarkibiy qismi bo‘lib, u davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun berilgan vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari majmuidan iboratdir.

Davlat apparatining quyidagi xususiyatlari mavjud:


- davlat apparati boshqaruv bilan maxsus shug'ullanuvchi kishilardan iborat;
- davlat apparati muayyan organlarning murakkab tizimidan tashkil topgan bo‘lib, ular bevosita hokimiyatga daxldor funksiyalarni ado etadi va bunda o‘zaro mustahkam aloqada bo‘ladi;
- davlat apparatiga kiruvchi barcha organlarning faoliyati tashkiliy va moliyaviy vositalar bilan, zarur hollarda esa majburiy ta’sir choralari bilan ham ta’minlanadi;
- davlat apparatining faoliyati fuqarolarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini ishonchli tarzda kafolatlash va muhofaza qilishga qaratilgandir.

Davlat organlari tizimi

Davlat organi - bu qonuniy asosda tashkil etiladigan, davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayonida muayyan vakolatlarga ega bo‘lgan, davlat apparatining mustaqil bo‘g‘ini.


Yüklə 5,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin