Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori bilan talaba o‘rtasida Shartnoma № Chirchiq shahri 2021 yil



Yüklə 33,03 Kb.
səhifə1/4
tarix23.06.2023
ölçüsü33,03 Kb.
#134681
  1   2   3   4
Шартнома ректор ва талаба лотин 06 12 2021 2


Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori bilan talaba o‘rtasida
Shartnoma №______________


Chirchiq shahri 2021 yil ____ _____________

Chirchiq davlat pedagogika universiteti (keyingi o‘rinlarda - universitet) nomidan Ustav asosida faoliyat yurituvchi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Xaydarov Ilxom Qudratovich bir tarafdan, bundan buyon matnda – O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, va talaba ________________________ ikkinchi tarafdan, bundan buyon matnda – talaba, birgalikda taraflar deb yuritiladi, mazkur mehnat shartnomasini quyidagilar haqida tuzdilar:


1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur shartnomaga asosan Talaba _______________________ bilan Universitet o‘rtasidagi munosabatlar tartibga solinadi.
2. Talaba o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishni ta’minlaydi.
3. Talaba taqsimlangan o‘quv tusdagi tadbirlarda ishtirok etadi.
4. Mehnat shartnomasining amal qilish muddati quyidagicha belgilanadi:
shartnomaning boshlanishi: ______________ yil;
shartnomaning tugashi: ______________ yil.
5. Talaba bevosita tegishliligi bo‘yicha fakultet dekaniga bo‘ysunadi.
2-bob. Talabaning huquq va majburiyatlari
6. Talabaning huquq va majburiyatlari mazkur shartnoma va universiteti ustavi bilan belgilanadi:
7. Talaba:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni;
universitetning Ustavi;
universitetning jamoa shartnomasi;
universitetning Ichki tartib qoidalari;
universitetning Odob-axloq qoidalari;
universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi (siyosati);
universitetning korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish to‘g‘risidagi nizom;
universitet kengashi qarorlari bilan universitetning rasmiy veb-sayti orqali tanishib chiqib, ularni rahbarlik uchun qabul qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
8. Talaba quyidagi huquqlarga ega:
a) o‘quv jarayonining yuqori sifatini ta’minlovchi o‘qitishning usul va vositalarini tanlash;
b) huquq va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari va qadr-qimmatini himoya qilish;
v) universitet boshqaruv organlariga saylash va saylanish;
g) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rektorning buyruq va topshiriqlari ustidan shikoyat qilish;
d) qonun hujjatlarida, shuningdek, universitetning lokal hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
9. Talabaning majburiyatlari:
a) o‘z vazifalarini vijdonan bajarish;
b) universitetining Ustavi, jamoa shartnomasi, Ichki tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksiga va boshqa lokal normativ hujjatlariga rioya etish;
v) nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni muntazam ravishda rivojlantirish;
g) dars mashg‘ulotlarida qatnashish;
d) mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
e) universitet obro‘siga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar hamda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, bunday holatlar guvohi bo‘lgan taqdirda zudlik bilan universitet rahbariyatiga xabar berish;
j) rektorning, jumladan, bevosita rektor, prorektor, fakultet dekani topshiriqlarini o‘z vaqtida, sifatli va aniq bajarish;
z) etika qoidalariga rioya qilish, talabalar va pedagoglarga hurmatda bo‘lish;
i) huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish bo‘yicha samarali ishlarni amalga oshirish, ularda vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish;
k) bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish bo‘yicha ilmiy, ijodiy-badiiy, sport-sog‘lomlashtirish klub va to‘garaklar ishida faol ishtirok etish;
l) Talabalar turar joylarida belgilangan talablarga muvofiq qoidalarga rioya qilish;
m) o‘zining hatti-harakatlari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan universitetining obro‘si va manfaatlariga putur yetkazmaslik hamda zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarni sodir etishdan tiyilish.
10. Talaba ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy hatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
pora taklif qilmaslik;
va’da bermaslik;
pul to‘lamaslik;
tovlamachilik qilmaslik;
biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik majburiyatini oladi.
Talaba atrofdagi shaxslar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish yoki unda qatnashishga tayyorgarlik ko‘rish sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan xulq-atvordan o‘zini tiyishi shart.
Talaba O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, vazirlik hamda universitetning ichki hujjatlariga muvofiq manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishini oldini olish choralarini ko‘rishi va manfaatlar to‘qnashuvi yoki uning kelib chiqish ehtimoli haqida o‘ziga ma’lum bo‘lishi bilan darhol rektorni yoki uning o‘rnini bosadigan shaxslarni xabardor qilish shart.
Talabalar orasida shaxsiy yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab, biror-bir faoliyatga aralashish, ma’lumot so‘rash hamda qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatish holatlari yuzaga kelganda vazirlik hamda universitetining ichki hujjatlariga muvofiq darhol quyidagi aloqa kanallari orqali:
“70716-68-05” ishonch telefoni;
Telegram-kanali (“https://t.me/tvchdpi2017”);
Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining xizmat telefon raqamiga
(71-2604800) xabar qilishi lozim;
Universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik to‘g‘risida universitetning xizmat telefon raqamiga (70716-68-05) xabar qilishi lozim;
shaxsan vazirlik hamda universitetning ijtimoiy tarmoqdagi manzillariga xabar qilinishi lozim.
Agar Talaba vazirlik hamda universitetning Talabalari tomonidan sodir etilgan va sodir etilishi rejalashtirilayotgan korrupsiyaga oid huqubuzarliklar haqidagi faktlarni aniqlasa, u ushbu ma’lumotni aloqa kanallari orqali vazirlik hamda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatida ko‘rsatilgan shaxslarga taqdim etishi shart.
11. Talaba qonun hujjatlari va universitetning lokal hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.



Yüklə 33,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin