Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə5/169
tarix05.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#125324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
2 5244698480563199183

Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o‘rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning obyekti va subyekti tanlanadi, mavzusi, o‘tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan uzviy bog‘liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suhbat orqali odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atqori, qiziqishi, ziyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi.
Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va ayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod umumiy psixologiyada keng qo‘llanildi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o‘yinchoqlar, modellar, yozga she’rlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar to‘plash mumkin. Obyekt bilan subyekt o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun shaxsning psixika to‘g‘risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diogramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik model, moslama, milliy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik disertatsiyasi, ilmiy maruza, konspekt, takriz, tezis, maqola, ko‘rsatmali qurollar, loyiha, konsepsiya, san’atkor, artist va bahshi ijodiyoti kabilar kiradi.
Test metodi. Test – inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o‘sishini, mentalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste’dodlilar, iqtidorlilar va aqli zayiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo‘llaniladi. Test metodlarining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshriuvchining mahoratiga va qiziqishiga yig‘ilgan psixologik ma’lumotlarning obyektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog‘liqdir.
1905 yildan, ya’ni franso‘z psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon insonning aqliy o‘sishi va iste’dod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi.
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettell, Bartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin.
Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda qo‘llaniladi. Eng keng tarqatilgan testlar qatoriga:

  1. Bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniqlashga qaratilgan diagnostik metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik testlar deb nomlanadi; bu tur harakat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument kabilardan foydalanishga mo‘ljallangan), yozma testlar (maxsus blankalardagi savollardan bitta to‘g‘risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini ajratishga yo‘naltirilgan), og‘zaki testlar (savollar tizimi umumiy ta’lim va jismoniy tarbiyada tayyorgarlik darajasini aniqlaydi).

  2. Insonning aql-idroki, aql zakovati, aqliy qobiliyati va fikrlash darajasini o‘lchashga mo‘ljallangan testlar intellekt testlari deyiladi; ular rebral va novebral shakllarda tuzilgan bo‘lib, aqliy imkoniyat, uquvchanlik, topqirlik, zehn, farosatlik, aqliy taraqqiyot darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari yo‘riqnomasida analogiyaga, umumlashtirishga, tushunchalarga, tavsiflashga mantiqiy munosabatni aniqlash talab etiladi.

  3. Ijodiyot (kreativlik) testlari shaxsning ijodiy qobiliyatlarini o‘rganish va boholashga mo‘ljallangan bo‘ladi; ular ijodkor shaxsining hayotiy tajribasini tahlil qilishga va ijodkor shaxsning individual xususiyatlarini (ijodiy tafakkur va uning mahsuldorligi; egiluvchanligi, tezkorligi, topqirligi, argenalligi, talabchanligi, konstruktivligi va hokazo) o‘rganishga yo‘naltiriladi.

  4. Mezonga mo‘ljallangan (kriterial oriyentirlangan) testlar tekshiruvchidan egallangan va kaspiy topshiriqlarni bajarish uchun etarli yoki yetarli emasligini aniqlashga mo‘ljallangandir. Me’zon (kreteriya) sifatida muayyan bilimlar tizimi mavjud yoki mavjud emasligi xizmat qiladi. Me’zonning yaratilishi uning mantiqiy psixologik tuzilishini taxlil qilish asosida quriladi. Bunda metodika bilan me’zonning psixologik munosibligi, relevandligi oldindan hisobga olinishi lozim.

  5. Shaxsga oid yoki shaxslilik testlari: shaxsning ustanovkasi qadriyatlaga munosabati,emsiona holatlari, motivatsiyasi, shaxslararo munosabatdagi sifatlari, xulq-atvorining tipik shakllari va hokazolarni o‘rganishga, o‘lchashga, aniqlashga yordam beradi. Ular shaxsni o‘rganish shakllari, so‘rovnomalari va bilim jarayonlarini o‘lchash, baholash, o‘zini o‘zi baholashga yo‘naltirilagn bo‘ladi. Shuningdek, subyektivlikni aks ettiruvchi testlarni ham qarmab oladi.

  6. Proyektiv testlar (lotincha prochestio – oldinlab, ilgarilab namoyon etish ma’nosini bildiradi) proyeksiya natijalarini psixologik talqin qilishga asoslangan shaxsni yahlit o‘rganishga qaratilgan metodlar majmuosi proektiv testlar deyiladi. Endi testga ayrim misollarni keltiramiz.

Ortiqcha so‘zni chiqarib tashlang:
a) Yenisey, Dnepr, Sirdaryo, Amur (javob: Dnepr – u Evropada joylashgan);
b) Petrozavodski, Ijevsk, Siktivka, Abakan (javob: Abakan – u Osiyoda joylashgan);

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin