Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ifodali o'qishga o'rgatish Mundarija: kirish



Yüklə 41,2 Kb.
səhifə1/5
tarix30.09.2023
ölçüsü41,2 Kb.
#150709
  1   2   3   4   5
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarini ifodali o\'qishga o\'rgatish


Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ifodali o'qishga o'rgatish
Mundarija:
KIRISH
I. BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI IFODALI O'QISHGA O'RGATISH METODIKASI

    1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ifodali o'qishga o'rgatish.

    2. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil qilish.

II. O‘QISH DARSLARINING MOHIYATI

    1. O‘qish darslarining maqsadi va vazifalari.

    2. Boshlang’ich sinflarda o’qish malakalarini rivojlantirish.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. “Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi.” O‘zbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir. Bu, avvalambor, ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo‘naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog‘liq ekanini biz yaxshi anglaymiz. 1997 yilda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi samarasida mazkur soha tubdan isloh qilindi, zamonaviy uzluksiz ta’limtarbiya tizimi yaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlar haqida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. Chunki yoshlar – bizning kelajagimiz. Bu sohadagi davlat siyosatini yanada chuqurlashtirish uchun yaqinda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Bularning barchasi bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Yoshlarimiz biznes, ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va sport sohalarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz istiqboliga, buyuk ajdodlarimiz boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib davom ettirishiga katta ishonch bagishlaydi. Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni organish, ozlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bolmaydi. Ushbu vazifani bajarish uchun yoshlarimiz ajdodlarimiz merosini ular qoldirgan manbalar orqali organishlari, koproq kitob oqishga, bilimlarni asl manbalardan oliishga harakat qilishlari zarur. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yilning 12 yanvar kuniKitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targibot qilish boyicha komissiya tuzish togrisidagi farmoyishi2 bu mavzuning dolzarb ekanligini tasdiqlaydi. Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni oittiradi.
Ozbek xalqining boy madaniy merosi bolmish xalq ogzaki ijodi namunalari kichik maktab yoshidagi kitobxonlar uchun ulkan manaviy-marifiy manba hisoblanadi. Xalq ertaklari bu orinda alohida ahamiyatga ega. Mana shu asarlar yordamida oquvchilarda tarbiyaviy jihatlarni takomillashtirib borish zarur. Sinfdan tashqari oqish darslariga tolaqonli dars sifatida qaralib, otilgan asar yuzasidan suhbat, viktorinalar otkazish, asarni tahlil qilish, goyasini ochib berish,
qahramonlarning hatti-harakatlarini muhokama qilish; bular asosida vatanparvarlik, dostlik, mehnatsevarlik, insonparvarlaik goyalarini oquvchilar ongiga singdirib borish zarurligi bizning mavzuimizning dolzarbligini belgilab beradi.


  1. BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI IFODALI O'QISHGA O'RGATISH METODIKASI



Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ifodali o'qishga o'rgatish.
Boshlang'ich ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining eng muhim va murakkab bo'g'ini hisoblanadi.Boshlang'ich sinflarda ifodali o'qishga o'rgatish sinflar bo'yicha o'qish mazmunini og'zaki va yozma nutqini rivojlantirish va mashg'ulotlarni olib borish kerak. Bola maktabga kelganida avval o'qish,yozishni o'rganadi. Asta-sekin Unga mustaqil kitob tanlay boshlaydi,o'qigan kitobini to'g'ri baholay olish ko'nikmalari shakllantiriladi. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar so'zlarni to'g'ri bo'g'inlarga ajrata olishi kerak,buning uchun o'qituvchi har bir o'quvchi bilan ishlash o'quvchilar bilan to'g'ri muomalada bo'lishi zarur. Ifodali o'qish turli badiiy va amaliy matnlarni puxta o'zlashtirishning ma'lum metodlaridan biri sifatida o'qituvchi uchun kalit rolini bajaradi. Ifodali o'qish darslarida o'quvchilarning zerikishiga yo'l qo'ymaydi,aksincha faollashtiradi,badiiy asarlarga qiziqishini kuchaytiradi,adabiyotga havas uyg'otadi. Ifodali o'qish va o'zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy talaffuz me'yorlari shakllanadi1.
O'quvchilar nutqining grammatik shakllarini to'g'ri qo'llash va to'g'ri talaffuz etish bolalar nutqining ravon,ifodali bo'lishiga yordam beradi. Ifodali o'qishda: a) nafasdan to'g'ri foydalana olish; b)adabiy til talaffuz normalarini yaxshi bilish; c)so'z,bo'g'in va tovushni to'g'ri,aniq talffuz etish; Boshlang'ich o'quvchilarini ifodali o'qitishda asosan shu 3 qoidaga amal qilishi kerak. Boshlang’ich sinflarda ifodali o’qishga o’rgatish har bir o’quvchi so’zlarni to’g’ri talaffuz qila olish,bo’g’inlarni to’g’ri ajrata olishi va normal tezlikda o'qishi orqali bola gapdagi asosiy,mazmunini anglaydi. Bolaning o'qish tezligini normallashtirishda 2ta narsaga e'tibor berishi kerak.
1.Normal tezlikda o'qish namunasini ko'rsatish;
2.Ichidagi o'qish yuzaki bo'lmasligi uchun topshiriqlar berish yo'li bilan tekshirish;
Birinchi prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov “Mamlakatimiz yoshlarini jahonning taraqqiy etgan davlat yoshlari bilan har jabhada bellasha oladigan kerak bo'lsa ulardan o'z ustunligi bilan ajralib turishini ta'minlashning yagona yo'li ta'lim va tarbiyaga 171 jiddiy e’tibor qaratishdan iboratdir. Boshlang’ich ta'lim mazmunining ana shunday asosiy maqsadlari sirasiga o’quvchilarni mustaqil o'qitishga o'rgatish, ifodaviylikni kuchaytirish,dunyoqarashini shakllantirish,mustaqil va ifodaviy ishlash kabilarni kiritish mumkin. O’quvchilarda boshlang’ich ta’lim jarayonida o'qib o'rganayotgan fan asoslarini mukammal egallashlari uchun ularni,birinchi navbatda,mustaqil fikrlash,mushohada yuritish ko'nikma va malakalari bilan qurollantirishimiz lozim” – deydi. Boshlang’ich sinf bosqichida o'quvchilarni mustaqil va ifodali o'qishga o'rgatishda sinfdan tashqari o'qish darslari muhim ta'limiy ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarga ifodali o'qitish,ko'nikma hosil qilish har bir pedagogning vazifasi hisoblanadi.
Birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov 1997-yilda bo'lib o'tgan tarixiy 3- sessiyada “Ta'lim to'g'risida"gi qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"haqida fikr yuritar ekan “Bilim olish o'z yo'liga,lekin o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish har bir pedagogning eng muhim va birinchi darajadagi vazifasi bo'lishi lozim"deb ta'kidlaydi. Ifodalilik ko'rgazmalilik demakdir. Ifodali o'qish adabiyotni aniq va ko'rgazmali o'qitishning dastlabki va asosiy formasidir. O'qituvchi ifodali o'qish orqali asar mazmunini va emotsionalligini o'quvchilarga ko’rgazmali ravishda yetkazadi. O'qish darslari o'quvchilar fikrini va nutqini o'stirish,hamda o’quvchilar shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi xususiyatlar bilan boshqa o'quv predmetlari orasida alohida o'rin tutadi.
O'qish darslari jarayonida o'quvchilarning o'qish malakalari takomillashib,to'g'ri,ongli,va ifodali o’qish badiiy asar g'oyasini tushunish qobiliyatlari o'sib boradi. 2-sinfda ona tili va o'qish savodxonligi darsligining 1-qism 1-bo'limida “Katta bo'lsam,Nobel mukofotini olaman!”mavzusida keltirilgan quyidagi hikoyasi “Nobel olaman!",ya'ni bu hikoya o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga,tabiatni asrashga,o’quvchilarni o’z oldiga qo'ygan maqsadiga intilishiga yordam beradi. Ismim – Muhammad, familiyam – Haydarov. Ikkinchi sinfda o‘qiyman. Men tabiatdagi g‘aroyib narsalarga qiziqaman. Shuning uchun ham eng sevimli fanim – tabiiy fanlar.
Tabiatda sirli narsalar ko‘p. Oddiygina yomg‘ir yoki shamolning qanday paydo bo‘lishi haqida o‘qisam, hayratlanib ketaman. Ayniqsa, osmondagi yulduzlar, sayyoralar haqida ko‘proq bilgim keladi. Katta bo‘lsam, astronom bo‘laman. NASA, SpaceX kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlayman. Ularga koinotni o‘rganishda yordam beraman. O‘zim ham fazoviy kemalar yasayman. Ularda fazogirlar Oy va Marsga uchishadi.Yaxshi astronom bo‘lish uchun hamma fandan a’lo baholarga o‘qish kerak. Fizika, matematika va kimyoni chuqurroq o‘rganish kerak. Chunki boshqa galaktikalarga uchsak, bu bilimlar kerak bo‘ladi.Kelajakda Nobel mukofotini olmoqchiman. O‘zbek olimlari haligacha bu mukofotni olmagan. Men Nobel mukofotini olgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘lishim mumkin. Buning uchun esa hamma odamlarga foyda keltiradigan katta ish qilish kerak.
Bu oson emasligini bilaman. Lekin men albatta harakat qilib ko‘raman. 2-sinfda o'quvchilarda so'zni butunicha o'qish malakalari shakllanadi va to'g'ri,ifodali o’qishga intilish yaqqol seziladi. Ayrim matnlarni ovoz chiqarmay mustaqil o'qishga 172 harakat qiladi2. O’qituvchi yordamida o'qitilgan matnlarni tez anglaydi,undagi ba'zi bir voqea-hodisalarni so'z orqali ifodalashga urinadilar. O'qish va gapirish jarayonida o’quvchilarning adabiy til normalariga rioya qilish talab qilinadi.
O’quvchilar turli xildagi aniq topshiriqlar asosida bir necha marta o'qitiladi va o'qish ma'sulyati orttiriladi. O'qish darslarida darsning asosiy qismini o’quvchilarning o'qishiga ajratish lozim bo’ladi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o'z nutqida ta'lim to'g'risida fikr yuritar ekan: ”Maktabda o'qitish metodikasi o'zgarmasa ta'lim sifati ham,mazmuni ham,muhit ham o'zgarmaydi.” Xulosa qilib aytish kerakki,har bir o'qituvchi bugunni ertasini kelajagini yaratishda o'quvchilar bilan birga ishlashi kerak.
Bolalarda kitobga muhabbat uyg'otish,kitobdan foydalanishga,undan kerakli bilimni olishga o'rgatish, ya'ni kitob bilan ishlashni biladigan,chuqur fikrlovchi,sermulohaza kitobxonlarni yetishtirish kerak. Buning uchun o'qituvchilar o'z kasbini sevib,o'sha kasbga ma'sulyat bilan yondashish zarur. O'quvchilar so'zlarni,harflarni to'g'ri talaffuz qilishi va bo'g'inlarga to'g'ri ajrata olishi zarur. O'quvchilarni buning uchun kitobni sevishga,kitob o'qishga undashimiz kerak. O'quvchilar qancha ko'p kitob mutolaa qilsa,shundagina o'z maqsadimizga erisha olishimiz mumkin3.

Yüklə 41,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin