Bolalarning qaddi-qomati shakllanishiga sinf va sinf jihozlarining ta’siri



Yüklə 1,36 Mb.
tarix08.06.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#61015
Yosh fiziologiyasi mustaqil taʼlim

BOLALARNING QADDI- QOMATI SHAKLLANISHIGA SINF VA SINF JIHOZLARINING TA’SIRI.


Ingliz tili 2-fakulteti 3-kurs (kechki) talabasi GʻULOMOV QUVONCHBEK

TAYANCH HARAKAT TIZIMI

  • Bolaning o‘sib rivojlanishi davrida tana muskullari o‘z vaznini 35 marta oshirar ekan.
  • Muskullarning kuchga kirishi 20-25 yoshgacha davom etadi. Muskullarning

  • rivojlanishi esa 25-30 yoshgacha davom etadi
  • Muskul kuchining eng jadal kuchayishi qiz bolalarda 10-12 yoshda, o‘g‘il bolalarda 13-14 yoshda sodir bo‘ladi.
  • Odamni to‘g‘ri turishini bukuvchi muskullar ta’minlaydi. Belning to‘g‘riligi, to‘g‘ri yelkalar, ochiq ko‘krak qafasi, ko‘tarilgan bosh, ya’ni yaxshi gavda tuzilishi va uni tutishi holati – bu salomatlik va go‘zallik hamda ishchanlik qobiliyati hisoblanadi.

Umurtqa pog‘onasining 3 xil qiyshayishi farq qilinadi.


Umurtqa pog‘onasining kasalligida umurtqa pog‘onasining fiziologik holatdan chiqib, old, yon va orqa tomonga qiyshayishi kuzatiladi.

QADDI-QOMATNING NUQSONLARINI DAVOLASH

  • — Krovatdagi ko‘rpacha tagiga fanerdan yasalgan taxtacha qo‘yish va unda

bolani orqasi yoki qorni bilan yotishga o‘rgatish;
  • — o‘z vaqtida ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish;
  • — sumkani orqaga osib yuradigani bilan almashtirish;
  • — bolaning ko‘rish va eshitish holatini shifokorga tekshirtirish;
  • — maktabda sinf rahbari va shifokor bilan tez-tez muloqotda bo‘lish;
  • — bolaning sinf partasida o‘tirishini nazorat qilish;
  • — bolaga og‘irroq narsalarni ko‘tartirmaslik;
  • — ertalabki badantarbiyaga odatlantirish;
  • — shifokor-ortoped ko‘rsatmasiga binoan davolash gimnastikasi bilan shug‘ullanishini

tashkil etish;
  • — suv sporti, chang‘i uchish foydali ekanligini tushuntirish kabi bir qator tartiblarga

amal qildirish lozim.

Odamda qaddi-qomat 6 -7 yoshlardan boshlab shakllana boshlaydi.


Bolaning qaddi -qomati shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi:
  • partada dars davomida qanday o‘tirishi,
  • doskaga chiqib o‘zini qanday tutishi,
  • yurganda sumkasini qo‘liga olib,
  • egilib yurishi
  • uy sharoitida xo‘jalik ishlarini bajarish jarayonida o‘zini qanday tutishi

  • Salbiy ta`sir qiladi:
  • tor joyda qisilib yotishi,
  • baland yostiqlardan foydalanishi,
  • g‘ujanak bo‘lib uxlashi tana suyaklari va umurtqa pog‘onasining noto‘g‘ri

  • shakllanishiga olib keladi.

SINF JIHOZLARIGA QO‘YILADIGAN GIGIENIK TALABLAR

  • Suyanchiq bola umurtqa pog‘onasining bel egiluvchanligiga mos kelishi kerak. Suyanchiq oralig‘i gorizontal bo‘yicha kursi
  • suyanchig‘iga bo‘lgan masofa

    o‘quvchi gavdasining diametridan

    3-5 sm masofa qolishi kerak. Suyanchiq oralig‘i oshib ketsa,

    o‘quvchi bukilib o‘tiradi, kamayib ketsa, siqilib o‘tiradi.

  • Partaning cheti o‘tirgichdan 3-5 sm
  • o‘tishi maqsadga muvofiqdir.

  • Partaning yozuv stoli 15-20 gradus

qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu
ko‘rishni engillashtiradi.
O‘quvchi partada to‘g‘ri o‘tirganda qorin va ko‘krak bo‘shlig‘idagi a’zolari qisilmaydi, u bemalol nafas oladi, suyak- muskul apparatiga yuk kam tushadi, ko‘ziga zo‘r kelmaydi.
  • O‘quvchilarni partaga o‘tkazishda bo‘yini parta raqamiga moslash zarur. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm., sinf doskasi bilan birinchi parta orasi 200 sm, yonbosh devor bilan parta orasi 50 sm va orqa devor bilan oxirgi parta orasi 65 sm bo‘lishi kerak.
  • Sinf doskasining yuzasi silliq, yaltiramaydigan bo‘lishi kerak. Uning o‘lchami sinf sathiga bog‘liq bo‘lib, uzunligi 175 sm dan 300 sm gacha, eni 120sm bo‘lib, boshlang‘ich sinflarda poldan 75-80 sm, yuqori sinflarda 80-90 sm tepaga o‘rnatiladi.
  • Bolalarda sinf taxtasiga qaraganda boshni faqat bir tomonga engashtirish odati borligi tufayli har bir o‘quv choragi

  • o‘quvchilarni partalarning bir qatoridan ikkinchisiga ko‘chirish tavsiya qilinadi.
  • A.F.Listov bolani bo‘yiga qarab parta nomerini aniqlash uchun quyidagi formulani tavsiya qiladi, ya’ni bola bo‘yining oldingi

  • raqami o‘nligidan 5 ni ayirsa, shu bola o‘tiradigan partaning nomeri kelib chiqadi. Masalan, bolaning bo‘yi 148 sm,14 dan 5 ni ayirib tashlaymiz, unda 9 qoladi. Demak, 148 sm buyli bola 9 nomerli partada o‘tirishi kerak.
    {148cm } 14-5=9
  • O‘quvchilarning jismoniy mehnatini tashkil etishga doir muayyan gigiena talablari mavjud. Bular texnik jihozlar, xonani shamollatish va mikroiqlim taalluqlidir.
  • 8 yoshli bola uchun yuk og‘irligi 2 kg dan,
  • 9-10 yoshli bola uchun 3 kg,
  • 10-12 yoshli bola uchun 5 kg,
  • 13-17 yosh oralig‘idagi bolalar uchun 12 kg dan oshmasligi

  • kerak.
  • O`quvchilar orasida qad-qomati buzilgan, umurtqa pog‘onasi qiyshaygan bolalar bo‘lsa, maxsus gimnastika mashqlari tayinlash va vrach tavsiyanomasi bo‘yicha davolash zarur.

EʼTIBORINGIZ UCHUN KATTA RAHMAT


Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin