Bolalar dunyoqarashini shakllantirishda ikkinchi tilga o`rgatishning ahamiyatliligi



Yüklə 19,88 Kb.
səhifə1/3
tarix29.03.2022
ölçüsü19,88 Kb.
#54399
  1   2   3
IKKINCHI-TILGA-ORGATISH


BOLALAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA IKKINCHI TILGA O`RGATISHNING AHAMIYATLILIGI

N.Parmanova

SamDU magistranti

Tel. nomer. 97 391-62-67

Annotatsiya:

Maqolada, maktabgacha yoshdagi bolalar dunyoqarashini shakllantirishda ikkinchi tilga o`rgatishning ahamiyati va usullari haqida fikr yuritilib, ikkinchi tilni o`rganish ta`limning muhim bosqichi ekanligi va maktabgacha yosh davridan boshlangani maqsadga muvofiq ekanligi amaliy va nazariy ma`lumotlar bilan ko`rsatilgan.

Tayanch so`z va iboralar: dunyoqarash, maktabgacha ta`lim, bola, pedagog, ikkinchi til, o`yin, o`yin faoliyati.

O`zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy-marifiy sohalardagi o`zgarishlar qatorida ta`lim-tarbiya mazmunini yangilash, uni muntazam takomillashtirib borish zaruriyatini vujudga keltiradi. Bunday yangilanish va o`zgarishlar bir qator ta`lim qonunlari hamda ta`lim dasturlari asosida amalga oshirilmoqda.

Darhaqiqat, bugungi kunda maktabgacha ta`lim sohasi har tamonlama rivojlanmoqda va juda katta e`tabor qaratilmoqda. Bolalarni har tamonlama yetuk qilib tarbiyalashda, barkamol avlod qilib yetishtirishda, avvalo, uning sog`lig`i, nutqi va boshqa sifatlari ingliz tili jihatidan savodxonligiga ham e`tabor qaratish lozim. Ta`limning yangi mazmuni o`quvchilarning har tamonlama kamol topishiga, ularni faollashtirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirishda ota-ona va tarbiyachining zimmasiga katta masuliyat yuklashi shubhasizdir.

Ikkinchi tilga o`rgatish ta`limning muhim bosqichi bo`lib, bu davrda bolalarni to`g`ri talaffuz qilish ko`nikmalarini shakllantirishni hamda atrofidagi narsa va predmetlarni nomini ingliz tilida aytishni hamda soda so`zlashuvni o`rganadilar. Albatta, bu jarayon ota-ona va tarbiyachi pedagog kumagida amalga oshiriladi va o`z –o`zidan bola dunyoqarashini kengayishiga hissa qo`shadi.

Umuman olganda, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ikkinchi tilni o`rgatish metodikasi fani va tarbiyachi oldida bir qator vazifalar turadi. Bu vazifalar esa maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o`rgatish davrida bolalarni ikkinchi til lo`g`atini boyitishga mo`ljallangan ta`limiy o`yinlar, mujassam loyihaviy mashg`ulotlar, sanamalar, hikoyalar va ertaklar o`qib berish, sayrlar, kuzatishlar jarayonida amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tarjima o`yinlarini tashkil etish va o`rgatish boshlang`ich ta`limdagi ingiliz tili mashg`ulotlariga mos kelishi hamda bu jarayonda bir xillikka erishishni ta`minlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga kiradi. Chunki bolalarga ingliz tilini turlicha o`rgatish ularni chalg`itadi va bu holat uning savodxonligiga, albatta, salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bunday kuzatishlar tarbiyachidan talaffuz bo`yicha to`g`ri bilim va malakaga ega bo`lishni hamda maktabgacha ta`lim muassasasida o`zga tilni o`rgatish davrida tarjima o`yinlarini to`g`ri tashkil etishni talab etadi. Bunday maqsadlarni amalga oshirish davlat talablarida ko`zda tutilgan bo`lib, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim berishda rivojlanish sohalari orasidagi aloqadorlikni ta`minlanishi bilan amalga oshirilib boriladi.

Barkamol avlodni tarbiyalashda esa harflar zanjiri orqali amalga oshiriladigan yozuv bilimdonligining ahamiyati juda katta. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ikkinchi tilni o`rgatish davrida bolalarga mujassam tarjima o`yin faoliyatlarini tashkil etish davomida ularning og`zaki nutqini o`stirishga imkoniyat yaratish hamda syujetli-rolli o`yinlar davomida, multimedia vositalari yordamida, interfaol usullar yordamida ularning og`zaki nutqini ustirishga imkoniyat yaratish ayniqsa maktabga tayyorlov guruhlari uchun kelgusida yetuk kadr bo`lishlari uchun juda zarur deb hisoblaymiz.

Zero, “Til bilgan, el biladi” degan naql bejizga emas. Bugungi kunga qadar bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash va ularga to`g`ri talaffuzni o`rgatish borasida ko`plab tadqiqot ishlari olib borilgan. Chunki maktabgacha ta`limda bolalarning ikkinchi tildagi lo`g`at boyligi oshirilsa, og`zaki nutqi rivojlantirilsa, harf elementlari bilan tanishtirilsa, ikkinchi tilde so`zlash va uni tarjima qilish bo`yicha ishlash tizimi ma`lum miyorga keltirilsa, bola hayotining keying bosqichlarida ikkinchi til bo`yicha og`zaki muloqot bilan bog`liq masalalar biroz bartaraf etilgan bo`lar edi. Ikkinchi tilga, xususan, ingiliz tilga oid har bir yangi so`zlarni o`rgatish davrida bolalar bilan tarjima o`yin faoliyatlarini tashkil etish nutqning bir shakli tarzida, 5-6 yoshdan ya`ni tayyorlov guruhidan boshlab, o`rgatib borilishi juda ko`plab ilmiy-uslubiy o`quv adabiyotlarida ta`kidlangan. Keyingi davrda bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash va dunyoqarashini shakllantirishda ikkinchi tilga o`rgatishda urg`uni to`g`ri qo`yishga o`rgatish va bu jarayonda harf va shakllar ustida ishlash yuzasidan ham alohida ilmiy adabiyotlar nashr etilgan va ularda bolalarni to`g`ri talaffuzga o`rgatish yo`llari ko`rsatilgan.

Ishimizning ob`ekti maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, ikkinchi tilga oid yangi so`zlarni o`rgatish metodikasi borasida chop etilgan ilmiy adabiyotlar, maktabgacha ta`lim uchun mo`ljallangan uquv-uslubiy qo`llanmalar, darsliklar, multimediya vositalari va maqolalardan iborat bo`lib ya`ni yangi so`zlarni o`rgatish jarayonida og`zaki nutqini va dunyoqarashini shakllantirishda mujassam ta`limiy o`yinlardan foydalanish hisoblanadi.

Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni maktabga tayyorlash davrida tarjima o`yinlarini tashkil etish ustida ishlashning eng afzal tomonlarini ta`minlovchi innovatsion texnologiyalardan va didaktik o`yinlardan foydalanish maqolamizning asosiy predmetidir. Shu bilan bir paytda bolalarga yangi so`zlarni o`rgatish davrida lo`g`atni faollashtirish mashg`ulotlarini tashkil etish ustida ishlash dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, umumiy holatda gap ustida ishlash dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, umumiy holatda o`rganish, ularning didaktik asosini belgilash ham mavzumizning predmeti hisoblanadi

Bolalar dunyoqarashini shakllantirishda muhim o`rin tutadigan lo`g`atni faollashtirish va tarjima o`yinlarida so`z va gaplarning mohiyatini o`rganish nazariyasini o`rganish, ularni amalda hayotga tadbiq etish tadqiqotimizning maqsadi hisoblanadi va bolalar dunyoqarashini shakllantirishning innovatsion usullarini ishlab chiqish ham asosiy maqsadimizdir.

Yuqorida oldimizga qo`yilgan maqsadlarimizdan kelib chiqib:


  1. Maktabgacha ta`limda bolalar dunyoqarashini shakllantirishning omili hisoblangan ikkinchi tilga oid so`zlarni o`rgatish davrida bolalarni o`zga tilga o`rgatishda ularning lo`g`atini rivojlantirish ustida ishlash, lo`g`at va uning mohiyati haqida tasavvurga ega bo`lishlari uchun qanday usullardan foydalanish, qanday ko`rsatmalar va qo`llanmalarni ishlatish zarurligini yoritish.

  2. Bolalarga o`zga tilga oid so`zlarni o`rgatishda lug`atlarni yanada rivojlantirish ustida ishlashda olib boriladigan ta`limiy - mujassam - o`yin faoliyatlari turini tahlil qilish

3.Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o`rganish va tahlil qilish asosida maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarni dunyoqarashini shakllantirishda ikkinchi tilga o`rgatish ustida ishlash va uni tahlil qila olish dolzarb muammo ekanligini aniqlash.

  1. Maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga lo`g`atni rivojlantirish metodikasini o`rgatishda to`g`ri talaffuz qilish darslari ustida ishlashga yo`naltirilgan yangi pedagogic texnologiyalar asosida o`yin faoliyati ishlanmalarini yaratish.

Ingliz tilida lo`g`at minimumuni qo`yidagi tamoyillar hisobga olindi: har bir yil uchun so`zning amaliy qimmati: so`zning og`zaki nutqda matnda tez-tez qo`llanilishi; tovush tarkibiga ko`ra so`zdan foydalanish imkoniyati.

Ta`limning dastlabki chog`larida talaffuzi bolalarga qiyinlik qiladigan so`zlardan qochish kerak. Biroq mazkur tanlov tamoili bazan bolalarni nutqda tez-tez uchrab turadigan so`zlar bilan tanishtirish haqidagi talabga zid kelishi mumkin. Talaffuzi qiyin bo`lgan, lekin muloqot uchun juda muhim bo`lgan so`zlarni;( goodmorning, goodafternoon, grandfather, grandmother) birinchi mashg`ulotlardanoq bolalar nutqiga qo`shish kerak.

Ta`lim jarayonida bolalarni asosan so`zlar mazmuni bilan tanishtirish lozim.

Bolalar tomonidan og`zaki nutqda, o`qishda tushuniladigan, to`g`ri talaffuz etiladigan va o`z nutqlarida qo`llaniladigan so`zlar ularning faol lo`g`at zahirasini tashkil etadi. Biroq, ba`zan bolalarga ingliz tilidagi nutqda qo`llash uchun yaqin orada talab etilmaydigan so`zlarni eshitishga va qaysidir ma`noda tushunishga to`g`ri keladi. Bu so`zlar bolalarning passiv lug`at zahirasini tashkil etadi.

Muloqot qilishni bilish so`zlarni turli gaplarda, turli vaziyatlarda mustaqil ravshda qo`llay olishni anglatadi. Yangi so`zlarni ularni muayyan mavzu ichida mazmunga qarab birlashtirgan va ko`rgazmali qurollarga (o`yinchoqlar, suratlar, multimediya vositalari v.h.) tayangan holga muomalaga kiritish zarur, lekin bir mashg`ulotda uch, to`rttadan ortiq so`zni o`rgatmaslik lozim. Tarbiyachi biror narsani ko`rsatar ekan, yangi so`zni 2-3 marta sekin va tushunarli qilib ifoda etishi, keyin esa ularni bolalarga jo`r bo`lib va yakka tartibda aytishni taklif qilishi lozim. Yangi so`zlar birlamchi o`rganilgandan so`ng bolalar xotirasida saqlab qolish, leksikani faollashtirish va nutqiy mohiyatni rivojlantirishga yordam beruvchi o`yinlarni o`tkazish kerak.

1-bosqich – t a n l a b o l i sh. Tarbiyachi bolalar bilan biron-bir buyum yoki narsalarni tanlab olishga doir o`yin o`ynaydi. Bu o`yinlar bolalar u yoki bu buyumni anglatuvchi yangi so`zni o`rgatib olishlari lozim.

2-bosqich – t a k r o r I a s h. Bola tarbiyachi ketidan buyumlardan birining nomini takrorlashi lozim. Tarbiyachi bolalarga o`zlariga yaqin qolgan o`yinchoq, kiyim, meva va hokozolarni tanlab olish va o`qituvchining ketidan ushbu narsaning nomini takrorlashi lozim. Ushbu bosqichda “Sen onangga nima sovg`a qilasan?”, “Yoqtirgan o`yinchog`ingni tanla va uning nomini ayt”, kabi o`yinlarni o`tkazish tavsiya etiladi.

3-bosqich –n o m l a sh. Bola o`qituvchi yordamisiz biron bir buyum nomini aytishi darkor. Buning uchun “Topingchi bu nima?”, “Mujizali qop”, “Sehrli qalpoqcha” o`yinlarini o`tkazish tavsiya etiladi.

Real buyumlar, suratlar milliy bolalar bog`chalarida bolalarga ingliz tilini o`rgatishdagi eng yaxshi vosita ya`ni ko`rgazmali qurollar hisoblanadi.

Leksik material mazmuni buyumlardan tabiiy holda foydalanish imkonini beradi. Bu – guruh xonasi, o`yinchoqlar, kiyimlar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa ko`plab narsalar demakdir. Bularning har birini osongina ko`rsatish mumkin. Pedagog buyumlarni ko`rsatar ekan, uning nomini aniq- tiniq, ko`rib, bir necha bor aytadi. Keyin esa bolalardan uning ortidan yangi so`zni takrorlashni so`raydi. Bola nafaqat yangi so`zni eshitadi va tarbiyachi ketidan takrorlaydi, balki u shu so`z bilan ifodalanadigan buyumni ham ko`radi. Bolada so`z va buyum o`rtasida mustahkam aloqa hosil bo`ladi.




Yüklə 19,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin