Bólek kan qatlamlı rudanı magazinlep qazib alıw



Yüklə 1,11 Mb.
tarix05.12.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#172529
11-lek eoki


Bólek kan qatlamlı rudanı magazinlep qazib alıw.
Rudani ikkilamchi maydalash kamerasi orqali chiqarish ruda tanasi qalin bo'lib, rudani qulatish shtangali shpurlar yoki skvajinalar bilan amalga oshiriladi. Bu holatda rudani tushirish va ikkilamchi maydalash joyini konstruksiyasi boshqa tizimlar konstruksiyasiga o'xshashdir. Mayda shpurlar qo'llab qo'porishda hosil bo'lgan nogabaritlarni b evosita kavjoydagi ruda yuzasida maydalaydi, juda kam holatlarda maydalash kamerasini yuk tashiladigan shtrekini ustki (yuqori) qismida joylashtiradi.
Kamerani shipi va yonlari qazib olish jarayonida ayrim kon -geologik sharoitdagina mustahkamlanadi. Amaliyotda magazinlab qazib olish tizimi qator tomirli konlardagi rudniklarda qo'llanishi yonlari turg'un bo'lmagan jinslarni turg'unligini ta'minlash uchun tirgak mustahkamligichlar o'rnatiladi, buning natijasida magazinlab qazib olish tizimining qo'llanish doi rasi bir muncha kengaydi va rudani chiqarish jarayonida sifatsizlanish darajasini kamaytirish imkonini berdi.
Tirgak mustahkamlagichlar blokdan rudani tushirishda ularning harakatlanishiga to'sqinlik qilmasligi uchun ularni lyuklar o'qiga para llel joylashtiriladi. Tirgaklar qatoridagi minimal masofa qazib olish kengligiga va ruda bo'laklarini o'lchamiga bog'liq holda 2-4 m oraliqda joylashtiriladi. Magazinlab qazib olish tizimining yana ham samaraliroq usuli yondosh jinslar turg'unligini ta'minlash uchun sh tangali mustahkamlagichlar o'rnatishdir.
Tirgak mustahkamlagichlarga nisbatan bu turdagi mustahkamlagichlar qator afzalliklarga ega: tayyorlashga materiallar va ishchi kuchi kam sarflanadi, tashib keltirish va o'rnatish oson, kavjoy oldi qismida mustahkaml anmagan joy o'lchamini qisqartiradi; portlatish ishlari olib borilganda buzilmaydi va ularni amalga oshirishga halaqit qilmaydi; rudani blokdan chiqarish jarayoniga ta'sir etmaydi.
Bu turdagi mustahkamlagichlarni yondosh jinslar tabaqalanib darzliklar i bo'yicha ularni ko'chish xavfi bo'lgan holatda qo'llanilishi samaraliroqdir.
Shtangali mustahkamlagichlarni mustahkam turishi va samaradorligi shtanganing uzunligiga va diametriga, kengayadigan ponalarning qalinligiga, shpurlarning diametriga bog'liq.
Shtangalar 1,5x1,5; 1,5’2,0 m oralig'ida o'rnatiladi. Shtangali mustahkamlagichlarni o'rnatishda eng ko'p mehnat talab qiladigan jarayon shpurlarni burg'ilashdir.
Kavjoy ishchilarining mehnat unumdorligi tirgak mustahkamlagichlar o'rnatib qazib olish tizimiga nis batan, shtangali mustahkamlagich bilan mustahkamlab rudani magazinlab qazib olish tizimida o'rtacha 25 -40% ga ko'payadi.
Magazinlab qazib olish tizimida shtangali mustahkamlagichlarning qo'llanishi qazib olish kengligini va rudani sifatsizlanishini kamayti rish imkonini beradi. Rudani seliklarda yo'qotilish darajasi qisqaradi. Rudani chiqarish jarayonida yondosh jinslarni qatlamlanishini oldini olish uchun ba'zan mustahkamlagichlar o'rniga qisqa magazinlab qazib olish varianti tartibi qo'llaniladi.
74-rasmda rudani magazinlab qazish tizimini variantlaridan biri keltirilgan, bunda sulfidli yupqa ruda tomirini qazib olishda kuchli o'zgargan yondosh jinslarning kontakt zonalaridagi minerallari nisbatan kam bo'lgan ruda ham qo'shib olinadi. Yondosh puch jinslar t armoqlangan darzliklardan iborat bo'lib, bunday uchastkalar katta bo'laklarga va tabaqalarga ajralib o'pirilishiga misoldir.
Qo'porilgan rudani miqdor yo'qotilishi va sifatsizlanishini kamaytirish uchun bunday uchastkalarda "qisqa magazinlash" usuli qo'lla niladi.
Uzunligi 50 m bo'lgan blokni yo'lagi qo'porilgan rudada uzaytirib boriladi va blok uzunligi 15-16 m bo'lgan uchta magazinga bo'linadi. Har bir magazin sidirg'a kavjoy bilan mustaqil qazib olinadi. Katta bo'lmagan uchastkada qazib olish ishlarini konsentratsiyalash qo'porilgan rudani magazindan chiqarishini jadallashtiradi, bu bilan yondosh jinslarni lahimda ko'chish (zakol hosil bo'lish) va qazish jarayonida kavjoydagi qatlamlanish ehtimolini kamaytiradi.

74-rasm. Rudani qisqa magazinlab qazish ti zimi.
Magazinlab qazish tizimlarida kavjoy ishchilarini smenadagi mehnat unumdorligi, Qazilayotgan rudani mustahkamlagi va ruda tanasini qalinligiga bog'liq holda 0,7 dan 6 m gacha o'zgaradi. Qalin ruda tanasini qazib olishda smenada 12 m ga yetadi.
Mehnat unumdorligini o'sishi bo'yicha Kauldi, Ko'chbuloq, va Zarmitan konlarida qo'llanilgan magazinlab yupqa ruda tomirlarini qazib olishda ham ancha yuqori ko'rsatkichlarga erishilgan. Ushbu rudniklarda tikga yaqin burchak ostida joylashgan ruda tomirini va minerallashgan zonani qalinligi 0,1 -2 m bo'lgan ruda tomirlari qazib olinadi.
75-rasmda qazish jarayonini oxirgi bosqichida blokdan rudani qazib olish bosqichi (a) va sidirg'asiga lyuklarni (b) joylashish sxemasi keltirilgan.
Takomillashtirilgan yangi tex nologik qazib olish tizimiga quyidagi jarayonlar ta'aluqli:
1. Rudani shpurli usulda qo'porishda diametri 42 - 44 mm o'rniga, 32-36 mm shpurlar burg'ilash burg'ilovchilarni smenadagi mehnat unumdorligini bir xil turdagi burg'ilovchi uskunada 70 -80 % o'sishini ta'minlash imkonini beradi.
2. Tez zarbalovchi teleskopli perfarotorlar PT -48 ning qo'llanishi natijasida shpurlar diametridan qat'iy nazar burg'ilash tezligi 20 % ga ko'payadi.
3. Qattiq qotishmalardan yasalgan dolotasimon shakldagi koronkalarni, xochsimon (krestoviy) keskichlari uzlukli bo'lingan darzliklari mavjud bo'lgan jinslarni burg'ilaganda burg'ilash tezligi yana 15 -20% ga ko'paygan.
4. Yuqori quvvatli, diametri kichraytirilgan patronlangan detonitlarni va diametri tegishlicha kichraytilgan shpu rlar qo'llab ularning oraliqlarini siyraklashtirib joylashtirish yo'li bilan rudani qo'porib samaradorligini oshirib, qulatish ishlarini yuqori bo'lishini ta'minlaydi. Bunda ruda bo'laklarini kerak bo'lgan o'lchamda uning o'rtacha maydalanishini ta'minlab, rudani yondosh jinslar hisobiga sifatsizlanish darajasini rudani qo'porishda ham, blokdan chiqarish jarayonida ham kamaytirish imkonini beradi.
5. Lyuklarni yaqinlashtirib joylashtirish rudani to'xtovsiz jadallashtirib chiqarish imkonini beradi. Uning umu miy mehnat sig'imini ikki barobarga yaqin qisqartirib, magazinlangan ruda yuzasini tekislash ishlariga sarflanadigan mehnat sig'imini ikki barobarga yaqin kamaytirgan, lyuklarda ruda bo'laklarini tiqilib qolishiga barham berilgan, ularni ta'mirlashga sarfl anadigan mehnat sig'imini kamaytirish, yuk tashiladigan lahimdagi lyukdan to'kilgan ruda tozalash ishlariga ham barham berildi. Yaqinlashtirilgan lyuklardan rudani chiqarish yuk tashiladigan gorizontda transport vositalarini uzluksiz ishlashiga, mehnat unumdorligini o'sishiga imkon yaratildi.

75-rasm. Rudani magazinlab qa zib olish tizimi ("Xrustalli" ru dnigida qo'llanilgan sxemasi).

76-rasm. Tabaqalab magazinlashda bo'y -bo'y qilib qazib olish bosqichlari.
6. Magazin ichida tirgak mustahkamlagichlardan foydalanish, rudani yuqori unumli magazinlab qazib olish tizimini yondosh jinslar yetarlicha turg'un bo'lmagan sharoitda ham qo'llanish rudani sifatsizlanish darajasini kamaytirishga imkon yaratadi. Bu texnologiyani "Xrustal" kombinatini rudniklarida qo'll anishi, kavjoy ishchilarining smenadagi mehnat unumdorligini 2,5 baravar o'stirishga imkon yaratadi. Alohida bloklarda ushbu ko'rsatkich 10 ’12 m /smenaga yetgan.
Blokni qazib olish muddati 5 -6 oy o'rniga 1,5-3 oyga qisqargan. Rudani (tabaqalarni) qisman magazinlab qazish tizimi. Bu tizim tirgak
mustahkamlagichli ship pog'onali tizimdan, magazinlab qazib olish tizimiga o'tish oralig'idagi qazish tizimidir.
Bu tizim tirgak mustahkamlagichlar bilan qazib olish tizimidagi asosiy kamchiliklarini ma'lum darajada bartaraf etish imkonini beradi, ya'ni vaqtli poloklarda ishlash vaqtidagi noqulaylik ishchilarni qazilgan bo'shliqqa qulash xavfini mavjudligi, katta hajmda tirgak mustahkamlagichlar o'rnatish va portlatish natijasida tushib ketgan tirgak mustahkamlagichla rni qayta o'rnatish ishini xavfliligi va yog'och mustahkamlagichlarni ortiqcha sarflanishi, qazib olish darajasining pastligi kabi kamchiliklarni bartaraf etadi.
Odatdagi magazinlab qazib olishdan, qatlamlab magazinlash sxemasi, yondosh jinslar va rudaning holati turg'un bo'lmagan, zichlanib qolishga moyil bo'lgan ruda va uning yondosh jinslarida ham qo'llan ilish imkoni mavjudligi bilan farq qiladi.
Blokda asosiy lahimlarni tayyorlash va mustahkamlash shtrekni ustki yon qismidagi seliklarni qoldirmasdan mag azinlash tizimini variantlariga o'xshash. Blokda uzunligi 50-100 m bo'lgan shtrek va ikki bo'limdan iborat bo'lgan vosstayushiylar o'tiladi. Shtrek to'liq bo'lmagan rama bilan 0,7 -1 m qochiqlikda o'rnatib mustahkamlanadi. Lyuklar oralig'i 6 -8 m ni tashkil etadi.
76-rasmda bo'ylama tasmasimon shaklda qazib olish bosqichi ko'rsatilgan bo'lib, qazib olish jarayonini x arakterlaydi.
Qazib olish jarayonlari besh bosqichdan iborat, har bir bosqichda bajariladigan ishlar tartibi birinchi bosqichdan beshinchisigacha , ishni tashkil qilish tartibi qo'porilgan ruda uyumini va to'shamalar bilan kavjoy oralig'idagi masofa o'lchamlari 76-rasmda ko'rsatilgan.
Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin